toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOshqaruvining
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-sentabr,
2021-36-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-sentabr,
01-02/15-43-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-sentabr,
22/2-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2021-yil 19-avgust
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
2021-yil 18-avgust
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
2021-yil 25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 15-sentabrdagi 2021-36-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 8-sentabrdagi 01-02/15-43-son va Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-sentabrdagi 22/2-son qaroriga
ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi”.
2. 4-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Jismoniy shaxslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida 20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT

T/r

Jismoniy

shaxsning

F.I.O.

Jismoniy shaxsning pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Jismoniy

shaxsning yashash

joyi

Oʻtkazmaning miqdori

(soʻmda)

Oʻtkazmaning sanasi

Pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasining raqami

Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi qachon va kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8


jadvalning davomi

Kelib tushgan valyuta

mablagʻlarining summasi

Kelib tushgan valyuta mablagʻlarining sanasi

Xorijiy

valyuta kodi

Mablagʻni oluvchi yoki joʻnatuvchining nomi

Oʻtkazma turi (bank oʻtkazmasi

yoki pul oʻtkazmasi

(pul oʻtkazmasi agenti koʻrsatilsin)

Izoh

9

10

11

12

13

14


”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2467-4/0921-son)