Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2749, 2016-yil 6-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda) Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a)
birinchi xatboshidagi “hujjatlar” degan soʻz “maʼlumot hamda hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari;”;
“fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlarini tegishli organlardan belgilangan tartibda soʻrab oladi;”.
3. 3-ilova
matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.