toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-sentabr,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-son buyrugʻiga
ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
toʻrtinchi xatboshidagi “Qishloq vrachlik punktlari” degan soʻzlar “Oilaviy shifokor punktlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “qishloq vrachlik punktlari” degan soʻzlar “oilaviy shifokor punktlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil qilish mutaxassisligi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari gigiyena mutaxassisligi boʻyicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.”.
2. 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi mavjud boʻlgan, shuningdek mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarga istisno tariqasida, bir pogʻona yuqori malaka toifasi beriladi. Bunda, sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra ilmiy darajasi mavjud boʻlmagan mutaxassislarga ham bir pogʻona yuqori malaka toifasi berilishi mumkin.”.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arizada talabgorning biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi, raqami, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda tugʻilgan yili) koʻrsatiladi, shuningdek arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)