1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-avgust,
PF-6280-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmoni 17-bandi ikkinchi xatboshisidan “va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlarining 34-pozitsiyasida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5583-son Farmoni 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul davlat organlari roʻyxatida:
a) 2.1-pozitsiyaning “Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish” va “Aksiyadorlar boshqaruvi” indikatorlarida “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2.9-pozitsiyadagi “Venchur kapitalining mavjudligi” va “Bozor kapitallashuvi” indikatorlarida “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3.6-pozitsiyaning “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoni 3-bandida:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5870-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandida:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5968-son Farmoniga 1-ilovaning 14-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi PF-6003-son Farmonida:
a) 3-ilovaning 2.6-pozitsiyasi “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmonida:
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qarori 1-bandida:
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish”;
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“regulirovaniye rinka sennix bumag, bukmekerskoy deyatelnosti i deyatelnosti po organizatsii loterey, a takje razvitiye korporativnogo upravleniya”;
9-band quyidagi mazmundagi 16-kichik band bilan toʻldirilsin:
“16) v sfere razvitiya rinka kapitala:
realizuyet yedinuyu gosudarstvennuyu politiku v oblasti formirovaniya, razvitiya, regulirovaniya, kontrolya i korporativnogo upravleniya na rinke sennix bumag;
obespechivayet zashitu prav i zakonnix interesov investorov, zanimayushixsya praktikoy sennix bumag, a takje vladelsev sennix bumag;
osushestvlyayet kontrol za soblyudeniyem aktov zakonodatelstva o rinke sennix bumag, ob aksionernix obshestvax i zashite prav aksionerov;
informiruyet investorov i obshestvennost o sostoyanii razvitiya otechestvennogo rinka kapitala i yego professionalnix uchastnikax;
reguliruyet deyatelnost organizatorov torgov sennimi bumagami i professionalnix uchastnikov rinka sennix bumag, a takje bukmekerskoy deyatelnosti i deyatelnosti po organizatsii loterey;
razrabativayet normativno-pravovie akti v sfere regulirovaniya rinka sennix bumag, provodit attestatsiyu spetsialistov professionalnix uchastnikov i vidayet kvalifikatsionnie attestati;
ustanavlivayet trebovaniya k vipusku i registratsii sennix bumag, otchetnosti po nim, a takje vedeniyu reyestrov vladelsev sennix bumag i reyestra ucheta sdelok s sennimi bumagami;
ustanavlivayet obyazatelnie normativi urovnya dostatochnosti sobstvennix sredstv i pokazateley, ogranichivayushix riski po operatsiyam s sennimi bumagami;
informiruyet obshestvennost o sostoyanii rinka sennix bumag i yego uchastnikax, a takje posredstvom obespecheniya glasnosti svedeniy, predusmotrennix zakonodatelstvom;
osushestvlyayet effektivnoye sotrudnichestvo s zarubejnimi i mejdunarodnimi institutami po voprosam razvitiya i regulirovaniya rinka kapitala”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3852-son qaroriga 2-ilovaning 6-pozitsiyasi rus tilidagi matnida:
“Upolnomochenniy organ (organizatsiya), otvetstvenniy za pokazatel” ustunidagi “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” soʻzlari “Ministerstvo finansov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Gosudarstvennie organi i organizatsii, uchastvuyushiye v administrativnix protsedurax” ustunidan “Ministerstvo finansov” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
“42. Monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni xaridorlarga affillangan shaxs boʻlgan tashish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalarning avtotransportda tashish xizmatlari”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4160-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matnida 6-pozitsiya “Otvetstvennoye ministerstvo, vedomstvo” ustunidagi “Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala” soʻzlari “Minfin” soʻzi bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qarorida:
1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (O.Isakov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4664-son qarori 9-bandida:
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatining 36-pozitsiyasidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 391-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan amaliy ishlar dasturining 11-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat oʻz ehtiyojlari uchun oxirgi isteʼmolchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga”;
“xaridorlarga tashish xizmatini koʻrsatuvchi, affillangan shaxs boʻlgan korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Birja savdolari elektron tizimini takomillashtirish.
1. Elektron birja savdolarining yangi tizimini ishga tushirish. Bunda:
savdo jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish, ishtirokchilarni onlayn akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja savdolarida WEB-interfeys orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratish;
elektron raqamli imzo va QR-kod vositasida shartnomalarni elektron rasmiylashtirish;
tashqi aralashuvlarning oldini oluvchi mexanizmni joriy etish, kiber xavfsizlik darajasini oshirish hamda Internet tarmogʻi orqali soʻrovlarni saralash.
2. Birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni oxirgi isteʼmolchiga yetkazib berish jarayoni toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi elektron logistika xizmatlari portalini ishga tushirish.
2021-yil sentabr
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi
”;
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”da:
a) 17-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “iyul” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 40-pozitsiyada:
“Bajarish muddati” ustunidagi “iyul” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustuni “Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)” soʻzlaridan oldin “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov),” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatining III boʻlimi 10-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5496-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoniga 2-ilovaning 5-bandi “a” kichik bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tarkibining 31-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarori 6-bandining “e” kichik bandi.