1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maʼmuriy binosini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning huzuridagi suv xoʻjaligi tashkilotlarini zamonaviy maʼmuriy bino bilan taʼminlash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda — bino va inshootlar) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv xoʻjaligi vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatdagi bino va inshootlar belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarni (sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda), Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatdagi bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishini va Nurafshon shahrida belgilangan tartibda ajratilgan yer maydonida boshqarmaning maʼmuriy binosi qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4. Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi maʼmuriy binosi qurilishi boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi — buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender orqali aniqlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
452-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 452-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)