toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 966-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 966-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
1079-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1079-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 966-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
a) qarorning nomidagi “diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
b) 1-banddagi “diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) Ilovaning nomidagi “diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
b) muqaddimadagi “diplomatik vakolatxonalari va” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
v) 1-banddagi “diplomatik vakolatxonalari va” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“saylovga kamida yetti kun qolgunga qadar” degan soʻzlar “saylovga kamida oʻn kun qolguniga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijdagi saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma saylovga kamida oʻn kun qolguniga qadar kiritilgan taqdirda ushbu taqdimnoma bilan bir vaqtda tegishli okrug saylov komissiyasiga diplomatik vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyasi (bundan buyon matnda xorijdagi uchastka saylov komissiyasi deb yuritiladi) aʼzoligiga nomzodlar ham tavsiya etiladi”.
d) 5-banddagi “diplomatik vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda — xorijdagi uchastka saylov komissiyasi)” degan soʻzlar “xorijdagi uchastka saylov komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
e) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “mazkur muassasalar” degan soʻzlar “diplomatik vakolatxonalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
j) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Chet davlatlarda turgan fuqarolar oʻzini saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida saylovga kamida oʻn besh kun qolguniga qadar xorijdagi uchastka saylov komissiyalariga yozma shaklda yoki TIVning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin”.
z) 15-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida TIVning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda saylovchilar elektron shaklda koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritadi”.
i) 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni TIVga taqdim etadi”.
y) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. TIV Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni, yaʼni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (u mavjud boʻlmaganda — fuqaro pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek saylovchining tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati), familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida), fuqaroning xorijdagi yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi”.
k) 23-banddagi “siyosiy partiyalardan” degan soʻzlar “siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
l) 25-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar va ularni koʻrsatgan siyosiy partiyalar”.
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijdagi saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida TIV tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini taʼminlaydi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
n) VII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VII bob. Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish”.
o) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti MSK tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali yetkaziladi”.
p) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi (saylovchilar) zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish saylovchilarning turgan joyida oʻtkazilishi mumkin.
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa manbalar orqali xabardor etadi”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish koʻchma saylov qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda oʻtkaziladi”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilardagi “koʻchma saylov qutilarining” degan soʻzlar “koʻchma saylov qutilari va kabinalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“MSK TIV yordamida xorijdagi uchastka saylov komissiyalarini muddatidan oldin ovoz berish boshlanguniga qadar zarur koʻchma saylov qutilari va kabinalari bilan taʼminlaydi”.
s) 38 — 41-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish xorijdagi uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida oʻtkaziladi.
Bunda, oldindan plombalangan koʻchma saylov qutisi, koʻchma saylov kabinasi, maxsus qoplar, bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar, belgilangan shakldagi saylov byulletenlari, saylovchilar roʻyxati koʻchirmasi yoki saylovchilar roʻyxati, shuningdek saylovchi tomonidan saylov byulleteni toʻldirilishi uchun ruchka boʻlishi lozim.
39. Saylovchi xorijdagi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik, identifikatsiya ID-kartasi; harbiy guvohnoma; Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda saylovchilar roʻyxatiga yoki saylovchilar roʻyxati koʻchirmasiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi (koʻchma saylov kabinasi) yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Saylovchi toʻldirilgan saylov byulletenini koʻchma saylov qutisiga tashlaydi.
40. Tegishli hududda saylovchilarning turgan joyida ovoz berish tugaganidan keyin xorijdagi uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʻchma saylov qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plomba bilan plombalaydi va bu haqda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Dalolatnomada saylovchilarning turgan joyida ovoz berish oʻtkazilgan kun va joy, saylov byulletenini olgan saylovchilar soni, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi aʼzolari va ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyalari koʻrsatiladi.
Mazkur dalolatnomaga saylovchilar roʻyxati yoki saylovchilar roʻyxati koʻchirmasi ilova qilinadi.
41. Saylov byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga xorijdagi saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
Saylov byulletenlari solingan qop(lar) va dalolatnoma(lar)ni saqlash xorijdagi uchastka saylov komissiyasi kotibi tomonidan taʼminlanadi”.
t) 45-band “diplomatik” degan soʻzdan keyin “identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
u) 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar tegishincha MSKning 2019-yil 23-iyuldagi 924-son hamda 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan tartibda hal etiladi”.
f) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasining saylov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari, jumladan saylov byulletenlari diplomatik vakolatxonalarga topshiriladi.
Diplomatik vakolatxonalar saylovga oid hujjatlarni tegishli okrug saylov komissiyasiga yetkazilishini taʼminlaydi”.
x) Nizomga 1-ilovaning nomidagi “diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ts) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

SAYLOV BYuLLETENLARINI TOPShIRISh VA QABUL QILISh
‎DALOLATNOMASI

20__ yil “___” oktyabr

_____________________________

(manzil)

______________________________________________ okrug saylov komissiyasi tomonidan

(okrug saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimiga
‎_________________________________________________________________________________

(xorijdagi uchastka saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

uchastka saylov komissiyasi uchun ___________________________________________________dona

(soni raqam va yozma shaklda aks ettirilishi lozim)

saylov byulletenlari topshirildi.
Saylov byulletenlarini topshirdim:
__________________________________okrug saylov komissiyasi raisi,

(okrug saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

rais oʻrinbosari, kotibi _____________________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Saylov byulletenlarini qabul qildim:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi ___________________
‎_______________________________________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)”.

ch) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
__________________________________________________________________________________ huzuridagi

(diplomatik vaxolatxona nomi)

____ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASI

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish haqidagi
‎DALOLATNOMA

Biz, quyidagi imzo chekuvchilar _____________________________________________________________ning

‎‎ (saylov okrugining tartib raqami va nomi)

_________________________________________________________ uchastka saylov komissiyasining aʼzolari:

‎‎(uchastka saylov komissiyasining tartib raqami va nomi)

___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O.)
‎___________________________________________________________________________________________,
‎(F.I.O.)

20__ yil “__” _______ kuni ________________________________________________________________da

(muddatidan oldin ovoz berish oʻtkazilgan joy nomi)

saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etilganligi va koʻchma saylov qutisidagi saylov byulletenlari maxsus qopga joylanganligi va plombalanganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.

Plomba raqami ____________________________

‎‎ Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish uchun:
__________________________________________ saylov byulleteni olindi;
(soni raqam va yozma shakilda aks ettirilishi lozim)
__________________________________________ saylov byulletenlari saylovchilarga berildi.
(soni raqam va yozma shakilda aks ettirilishi lozim)
Qaytarilgan saylov byulletenlari:
Foydalanilmagan:____________________________________________________________________________;

(soni raqam va yozma shakilda aks ettirilishi lozim)

Buzilgan:___________________________________________________________________________________.

(soni raqam va yozma shakilda aks ettirilishi lozim)

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazgan uchastka saylov komissiya aʼzolari:
______________________‎‎ _________________________________‎‎

‎MOʻ

(Imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

______________________‎‎ _________________________________‎‎

(Imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishda qatnashganlar (agarda bor boʻlsa):
______________________ _________________________________

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

______________________‎‎‎‎ _________________________________‎‎

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎”.

3. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori U. TAShXODJAYEV