toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:
1. 2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qoʻyilsin.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarni tuzsin va ularning faoliyatini tashkil etsin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Davlat dasturining amalga oshirilishi yuzasidan axborotning ommaviy axborot vositalarida har tomonlama va tizimli ravishda yoritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-fevral,
PQ-2752-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga
1-ILOVA
2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
DAVLAT DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish

1.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2017-yil

1-aprel

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

MXX (R. Gulyamov),

IIV (D. Nazarmuxamedov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

2.

Davlat xizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat xizmatiga ishga kirishga boʻlgan talablarni, uni oʻtashni va yakunlashni tartibga soluvchi “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov,
N. Yoʻldoshev)
,

AQHMI (F. Muxamedov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Mehnat vazirligi (B. Nizomov)

3.

Davlat va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvchi “Davlat va xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

Moliya vazirligi (M. Mirzayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov),

Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Shayxov)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

— davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;

— davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

— elektron xaridlarni yanada rivojlantirish va boshqalar.

2017-yil

1-iyul

Moliya vazirligi (D. Sattorov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Fayzullayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov)

5.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning taʼsirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shuningdek konsepsiyalarni va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga �arhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish;

— aholiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng xabardor qilish boʻyicha choralar;

— Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini yetkazish boʻyicha aniq vakolatlarini belgilash.

2017-yil

1-iyul

Oliy Majlis palatalari
(N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Oliy sud (S. Aripov)

6.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish boʻyicha munosabatlarini tartibga soluvchi “Jamoat nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil

1-iyul

Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov,
N. Yoʻldoshev),
AQHMI (F. Muxamedov),
FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov),
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

“Kamolot” YIH (S. Ashurov),

“Mahalla” fondi (S. Ruziyev)

7.

Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida maʼlumot beruvchi shaxslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

1-yanvar

Oliy sud (K. Togayev),

Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Ichki ishlar vazirligi (B. Jalolov),

Bosh prokuratura (M. Azimov)

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

— davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish;

— asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yoʻli bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishning samarasini taʼminlash;

— jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.

2017-yil

1-iyul

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

DSQ (E. Gadoyev), DBQ (B. Raimov)

9.

Mamlakatda huquqiy taʼlim va maʼrifatni tubdan yaxshilashga, huquqiy bilimlarni jamiyatda targʻib etishga qaratilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining loyihasini tayyorlash.

2017-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari
(N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Inson huquqlari boʻyicha milliy
markaz (A. Saidov), DBA (M.Aliyev),
TDYU (E. Kanyazov),
MTRK (N. Xikmatullayev),
“Mahalla” fondi (S. Ruziyev),
Yoshlar ittifoqi (K Kuranbayev)

10.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash:

— davlat organlari xodimlarining ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻzlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarlarini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilish shart boʻlgan tartib;

— korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari haqida xabar berish tartibini, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

2018-yil

1-oktabr

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov),

Oliy sud (K. Togayev),

Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov)

II. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish

11.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

1-aprel

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov),

FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov),

“Mahalla” fondi (S. Ruziyev), “Kamolot”
YIH (S. Ashurov),
MTRK (N. Xikmatullayev),
MAA (M. Hazratqulov)

12.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligi samaradorligini quyidagi chora-tadbirlar yordamida oshirish:

— korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan keng foydalanish, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish;

— davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-2018-yy.

davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) (I. Abdullayev),

OʻzNNTMA (A.Karimov)

13.

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot maʼlumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etish (plakatlar, risol�lar, bukletlar).

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
OʻzMAA (K. Mansurov),

MTRK (N. Xikmatullayev),
EOAVMA (X. Shamsiyev)

14.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bagʻishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish yoʻli bilan yoritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

MAA (M. Hazratqulov),

MTRK (N. Xikmatullayev),
EOAVMA (X. Shamsiyev)

15.

Davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik subyektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida oʻquv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,
2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

IIV (A. Azizov), SSP (A. Shayxov)

16.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

DBA (M. Aliyev)

17.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim boʻyicha maxsus oʻquv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular�i yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat taʼlim standartlariga kiritish.

2017-yil

1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi (R. Kasimov),

Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

18.

Davlat organlari mutaxassislari va taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus oʻquv dasturlari va mashgʻulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil

1-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish.

2017-2018-yy.

davomida

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Mirzayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi (M. Karimov),

Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov),

DBQ (B. Raimov),
DSQ (E. Gadoyev),

MXX (R. Gulyamov)

III. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar

20.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablarining ijrosi holatini oʻrganish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2017-yil

1-iyul

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)

21.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini har chorakda monitoring qilish va baholash.

2017-2018-yy.

davomida

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)

22.

Mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan oʻz mansab va xizmat vazifalarini bajarish sifatini baholash tizimini va standartlarini, samaradorlik mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-aprel

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar

23.

Davlat organlari tomonidan oʻz faoliyatining tizimli tahlili, korrupsiya xavfiga duchor boʻlgan soha va yoʻnalishlarni aniqlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning taʼsirchan choralarini koʻrish asosida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarni amalga oshirish.

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar

24.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

— xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha, shu jumladan ilgʻor ilmiy-texnik vositalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan oldini olish boʻyicha idoraviy nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;

— odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar.

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Vazirlik va idoralar

25.

Davlat organlari xodimlari oʻrtasida odob-axloq qoidalari normalari va talablarini, shu jumladan treninglar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish yoʻli bilan tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-iyul,

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

vazirlik va idoralar

26.

Davlat organlari xodimlari odob-axloq qoidalariga amal qilinishi monitoringini oʻtkazish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish borasida takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-aprel

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov)

27.

Davlat organlari xodimlarining manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-aprel

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov)

28.

“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun doirasida, parlament nazoratining shakllarini keng qoʻllagan holda korrupsiyaga qarshi qonunchilikni roʻyobga chiqarish boʻyicha nazorat-tahlil choralarini koʻrish.

2017-2018-yy.

davomida

Oliy Majlis palatalari
(N. Ismoilov, N. Yoʻldoshev)

29.

Budjet mablagʻlarini shakllantirish va sarflash jarayonlarining shaffofligini, shuningdek ularning taqsimoti boʻyicha maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash borasida korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-iyul,

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Hisob palatasi (Q. Akmalov),

Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov)

30.

Moliyaviy nazorat institutlarini, tashqi va ichki auditni yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi tadbirlardagi ishtirokini jadallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Hisob palatasi (Q. Akmalov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

MXX (R. Gulyamov),
IIV (S. Nishanbayev)

31.

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-aprel

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

AQHMI (F. Muxamedov)

32

Davlat xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, interaktiv davlat xizmatlarining koʻlamini yanada kengaytirishga va bu boradagi huquqni qoʻllash amaliyot�ni elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻrganishni oʻtkazish va takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-aprel

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

33.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

— maʼmuriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, roʻyxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

— davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻymaslik;

— davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

— tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik.

2017-2018-yy.

davomida

Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov),

Moliya vazirligi (M. Mirzayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov),
DSQ (E. Gadoyev),
DBQ (B. Raimov),
SSP (A. Shayxov)

34.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, kommunal xizmat koʻrsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,

2017-2018-yy.

davomida

Vazirlar Mahkamasi (D. Nabiyev,
B. Yusupaliyev, N. Maksumov, F. Boqiyev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi (R. Kasimov),

Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),

Mehnat vazirligi (B. Nizomov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi (D. Turdiyev)

35.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov),

OʻzNNTMA (A. Karimov)

36.

Biznes-uyushmalar va nodavlat tashkilotlarning boshqa birlashmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi qonunchilikka rioya etishni taʼminlaydigan ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini tashkil etish, ish odobi qoidalari kodekslarini qabul qilish va boshqa choralarni oʻz ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish yoʻli orqali nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish.

2017-2018-yy.

davomida

SSP (A. Shayxov),
Banklar uyushmasi (S. Abdullayev),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi (B. Maxmadaliyev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov)

IV. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini,
ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish

37.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek bu borada jazoning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev),

IIV (D. Nazarmuxamedov),

MXX (R. Gulyamov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

38.

Korrupsiyaning holati va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga hamda samarali idoralararo hamkorlik va maʼlumotlar almashinuviga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev),

MXX (R. Gulyamov),
IIV (D. Nazarmuxamedov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Bosh prokuratura huzuridagi
departament (Z. Dusanov)

39.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning taʼsirchan choralarini nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

2017-yil

1-iyul

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Azizov),
MXX (R. Gulyamov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)

40.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik taʼminoti darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish.

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev),

IIV (S. Nishanbayev),
MXX (R. Gulyamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov)

41.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlar tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil

1-aprel,

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Mirzayev),
MXX (R. Gulyamov),

DBQ (B. Raimov),
DSQ (E. Gadoyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Oliy sud (F. Abduazimov)

42.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini oʻz vaqtida qabul qilishda “ishonch telefonlari” va rasmiy veb-saytlardan foydalanishi ustidan monitoring oʻtkazish, shuningdek:

— “ishonch telefonlari” va rasmiy veb-saytlarning ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik choralarning tahlilini oʻtkazish;

— “ishonch telefonlari” orqali va rasmiy veb-saytlarga kelib tushgan murojaatlarning tahlilini amalga oshirish;

— mazkur sohada davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini baholash, shuningdek uning natijalarini chop etish.

2017-2018-yy.

davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

IIV (A. Azizov),
Adliya vazirligi (N.Joʻraev)

43.

Sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyati samaradorligi va ochiqligini taʼminlash, shu jumladan qabul qilinayotgan sud qarorlarining ommabopligini taʼminlash, sud qarorlari bazasi va banklarini tashkil etish va ularni sud organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlash.

2018-yil

1-yanvar

Oliy sud (F. Abduazimov),

Oliy xoʻjalik sudi (K. Kamilov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov)

44.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor qilish va oʻzgartirish hamda ushbu huquqbuzarliklar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-yanvar

Fan va texnika davlat qoʻmitasi
(O. Parpiyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirli�i (M. Karimov),
Oliy sud (Sh. Gaziyev), Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi (S. Aripov),

Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov),

AQHMI (F. Muxamedov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov)

45.

Yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarligining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil

1-oktabr

Fan va texnika davlat qoʻmitasi
(O. Parpiyev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi (M. Karimov),
AQHMI (F. Muxamedov),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov)

V. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro hamkorlik

46.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar nizomlarini va ularning tarkiblarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

1-aprel

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev)

47.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash uslubiyotlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

2017-yil

1-iyul

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev)

48.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaning holatini, uning jihatlarini, koʻlamini, oʻsish surʼatlarini hamda tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligini milliy, hududiy va sohalar kesimida oʻrganishni nazarda tutuvchi ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil

1-oktabr,

2017-2018-yy.

davomida

Idoralararo komissiya (I. Abdullaev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik
markazi (R. Ubaydullayeva),
SSP (A. Shayxov),
FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov)

49.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2017-yil

1-iyul

Idoralararo komissiya (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

Bosh prokuratura (U. Sunnatov),

AQHMI (F. Muxamedov),

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov)

50.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni (BMTNJQKB, BMTTD, IHTT, EXHT, ShHT, JDLTMQKEG va boshqalar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash, shuningdek respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida jadallashtirish.

2017-2018-yy.

davomida

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov),

Bosh prokuratura (M. Azimov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
IIV (A. Azizov), MXX (R. Gulyamov)

51.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro hamkorlikni oshirib borish.

2017-2018-yy.

davomida

Bosh prokuratura (M. Azimov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
IIV (A.Azizov), MXX (R. Gulyamov),

Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga
2-ILOVA
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi
TARKIBI

1.

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi

2.

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

4.

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

5.

Gaziyev Sh.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

6.

Kamilov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi

7.

Abdukadirov D.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi

8.

Matmuratov B.D.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasining raisi

10.

Abdukarimov Gʻ.O.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

11.

Muxammadiyev U.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)

12.

Saidov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori

13.

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” fondi raisi

14.

Kuranbayev K.K.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

15.

Karimov A.M.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

16.

Abduholiqov F.F.

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

17.

Ubaydullayeva R.A.

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

18.

Maʼrufova G.M.

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

Rafikov K.M.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

20.

Jalilov Sh.I.

“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

21.

Axmedov R.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi

22.

Xakimov S.

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

23.

Shayxov A.E.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

24.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

25.

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

26.

Kamilov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

27.

Abduxakimov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri

28.

Kasimov R.S.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

29.

Inoyatov U.I.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

30.

Mirzaxidov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

31.

Akmalov Q.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

32.

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

33.

Toxiriy M.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

34.

Lavozim boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

35.

Xidoyatov D.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

351

Sharipov N.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

36.

Xadjibayev A.M.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

37.

Raximov D.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b.

38.

Xadjayev A.D.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

39.

Hazratqulov M.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

40.

Mansurov K.T.

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari

41.

Yuldashev B.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

42.

Aliyev M.G.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

43.

Kanyazov E.S.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori.

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga
3-ILOVA
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan Komissiya vakolatiga taalluqli boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tegishli davlat organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini va maʼruzalarini eshitish;
Komissiya faoliyatining muhim masalalari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tuzish, shuningdek ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga mutaxassislarni jalb etish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Komissiya quyidagilarga majbur:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish boʻyicha qarorlarini ijro etish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni va monitoringni amalga oshirish.
Komissiyaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
IV. Komissiya ishini tashkil etish
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
8. Komissiya faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan, Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolashda Komissiya aʼzolari alohida fikr bildirish huquqiga ega.
9. Komissiya majlislariga davlat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
10. Komissiyaning ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bajaradi.
Ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:
Komissiya faoliyatini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash;
Komissiya ish rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek Komissiyaning kundalik faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkil etish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari ijrosini nazorat va monitoring qilish, Komissiya raisiga tegishli axborot va takliflarni kiritish;
kelib tushayotgan xat va hujjatlarni koʻrib chiqish va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga korrupsiyaga qarshi kurashishga imkon beradigan chora-tadbirlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishini va kiritilishini tashkil etish.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 62-modda, 27-son, 608-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)