1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Korporativ va budjet buyurtmachilarida davlat xaridi tizimini yanada takomillashtirish hamda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, ularning joriy ishlab chiqarish faoliyati uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil 5-iyuldan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar:
davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali hamda ommaviy axborot vositalarida joylashtiradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi;
davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlarini xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashi majlisida ko‘rib chiqadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
b) mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
2. Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ va budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyatini nazorat qilish doirasida:
bir oy muddatda qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan shartnomalarni, shu jumladan import shartnomalarini xatlovdan o‘tkazib, maqbullashtirish choralarini ko‘rsin. Bunda xatlov natijalariga ko‘ra, 30 foizdan kam bo‘lgan hajmda bajarilgan va (yoki) 30 foizdan kam miqdorda to‘lov amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha xaridlar samaradorligini oshirish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
har oy yakuni bilan davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borsin;
davlat xaridlarining ochiq va shaffof o‘tkazilishini, davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
4. Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Bosh vazir o‘rinbosari D.A. Kuchkarov va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro konsalting va audit kompaniyalarini jalb qilgan holda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
xarid jarayonlarini auditdan o‘tkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (“forenzik”);
shartnomalar tuzish jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, narxlarni ekspertizadan o‘tkazish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini ta’minlash;
mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilarda xaridlar transformatsiyasi ofislarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Moliya vazirligi (O.R. Isakov) mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali o‘rtasida o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin;
yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlasin;
ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimini joriy etsin.
7. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Qudbiyev) davlat buyurtmachilari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
uch oy muddatda “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimining soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) identifikatsiyalash kodlari Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga muvofiq aks ettirilishini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
8. Moliya vazirligi (O.R. Isakov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda davlat buyurtmachilarining xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarning kasbiy mahoratini hamda davlat xaridlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv kurslarini tashkil etsin.
9. Davlat buyurtmachilari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3487-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
PQ-5171-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Geoltexta’minot” DK
II. Budjet buyurtmachilari
25.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
26.
Suv xo‘jaligi vazirligi
27.
Xalq ta’limi vazirligi
28.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
29.
Maktabgacha ta’lim vazirligi
30.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
31.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
Izoh:
1) mazkur ro‘yxatga, zarur hollarda, Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
2) Respublika komissiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda korporativ va budjet buyurtmachilari tarkibidagi tashkilotlarning davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini nazorat qilishi mumkin;
3) kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan korporativ buyurtmachilarda davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallari, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlari xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularning muassisi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi
Bosh vazir o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari
N.T. Yo‘ldoshev
—
Bosh prokuror
M.B. Nurmuratov
—
Markaziy bank raisi
O.M. Umarov
—
Bosh vazir maslahatchisi
B.T. Turabov
—
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari
T.A. Ishmetov
—
moliya vaziri
A.S. Sultanov
—
energetika vaziri
Sh.D. Kudbiyev
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisi
M.B. Azimov
—
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
A.J. Ortiqov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
A.E. Burxanov
—
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
D.F. Raximov
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
D.Sh. Sultanov
—
moliya vaziri o‘rinbosari
B.K. Abdinazarov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari
M.A. Allaberganov
—
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori
O.R. Isakov
—
moliya vaziri o‘rinbosari, Komissiya kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1. Mazkur Nizom Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Respublika komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Respublika komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat buyurtmachilari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari
4. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat xaridlarining ochiq va shaffof o‘tkazilishini, davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining maqsadga muvofiqligini, davlat buyurtmachilari tomonidan boshlang‘ich narxlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantirilishini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.05 Kafolat]
korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat kafolatisiz tashqi qarz mablag‘lari jalb qilinishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini ro‘yxatga va hisobga olish]
davlat buyurtmachilarining qiymati 1 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan shartnomalarini, shu jumladan import shartnomalarini xatlovdan o‘tkazish, ularni maqbullashtirish choralarini ko‘rish;
korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarz mablag‘larining jalb qilinishi, ushbu mablag‘lar hisobidan loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borish hamda tashqi qarz hajmlarini maqbullashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish.
3-bob. Respublika komissiyasining huquq va majburiyatlari
5. Respublika komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga yuklatilgan vazifalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat xaridlari sohasidagi ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan Respublika komissiyasi ishchi organi hamda boshqa vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berish;
davlat xaridlarini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 30 foizdan kam bo‘lgan hajmda bajarilgan va (yoki) 30 foizdan kam miqdorda to‘lov amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha xaridlar samaradorligini oshirish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
davlat buyurtmachilari rahbarlariga davlat xaridlari sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun intizomiy jazo choralarini belgilash.
6. Respublika komissiyasi kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga majburdir.
7. Respublika komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
4-bob. Respublika komissiyasi ishini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
8. Respublika komissiyasi qarorlari Respublika komissiyasining majlisida ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Respublika komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
9. Respublika komissiyasi majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda bayonnoma Respublika komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi va raisi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Respublika komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish Respublika komissiyasining ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Respublika komissiyasining ishchi organi vazifasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar Respublika komissiyasi ishchi organining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xalqaro konsalting va audit kompaniyalarni jalb qilgan holda quyidagilar bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
xarid jarayonlarini auditdan o‘tkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (“forenzik”);
shartnomalar tuzish jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, narxlarni ekspertizadan o‘tkazish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini ta’minlash;
korporativ buyurtmachilar uchun xaridlarni amalga oshirish tartiblarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
har bir korxonada xaridlar transformatsiyasi ofislarini tashkil qilish;
b) Respublika komissiyasi majlislarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan majlis materiallarini tayyorlash va tarqatish, zarur hujjatlarni saqlash;
v) Respublika komissiyasining qarorlari ijrosi nazorati va monitoringini tashkil etish;
g) vazirlik va idoralarning takliflari va ma’lumotlarini umumlashtirish hamda Respublika komissiyasiga kiritish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
d) davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yuzasidan vazirliklar va idoralarining xulosalarini olish hamda ekspertlar (ekspert tashkilotlari), konsalting kompaniyalari va boshqa mutaxassislarni jalb qilish;
e) korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish hamda natijalari bo‘yicha Respublika komissiyasiga ma’lumot kiritish:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarni, davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portalida va ommaviy axborot vositalarida joylashtirib borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlarni va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritish;
davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlarini xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashlari majlisida ko‘rib chiqish;
yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
qiymati 20 mln. AQSH dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan loyihalarga tashqi qarz mablag‘larini jalb etishning maqsadga muvofiqligi hamda asoslantirilganligini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimini joriy etish.
Respublika komissiyasi ishchi organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarini ham amalga oshirishi mumkin.
13. Respublika komissiyasi ishchi organi davlat buyurtmachilaridan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin:
davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriq va xarid hujjatlari;
xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflar va ular bilan yozishmalarning nusxalari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
loyihaning tasdiqlangan texnik iqtisodiy asoslari, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining xulosasi va shartnoma loyihasi;
moliyalashtirish manbai va uni asoslantiruvchi hujjatlar;
Kuzatuv kengashining xulosalari;
boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlar.
14. Respublika komissiyasi ishchi organi davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yuzasidan xulosalar olish uchun tegishli vazirliklar va idoralariga so‘rovnoma yuborishi mumkin.
15. Respublika komissiyasining ishchi organi so‘roviga ko‘ra davlat xaridlari bilan bog‘liq hujjatlar, ma’lumotlar va xulosalar vazirlik va idoralar tomonidan besh ish kuni muddatda taqdim etilishi shart.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2021-y., 07/21/5171/0633-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)