1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-sonli “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning joriy ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ularning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
1. Mazkur qarorga muvofiq tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar summasidan qatʼi nazar, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boshqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish shartnomalarini, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishga boʻlgan texnik topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
mazkur band bilan nazarda tutilgan tartibda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish va toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan tuzilgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining qirq ming baravaridan oshgan import kontraktlar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkaziladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Shu bilan birga ushbu tartib:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq investitsiya faoliyati doirasida strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlariga, Respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari bundan mustasno;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlarga tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan qatʼiyan joriy ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelinayotgan uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
PQ-3487-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qaroriga ILOVA
Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning
ROʻYXATI
1.
“Navoiyuran” DK
2.
“Olmaliq KMK” AJ
3.
“Oʻzbekneftgaz” AJ
4.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
5.
“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ
6.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
7.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ
8.
“Oʻzkimyosanoat” AJ
9.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
10.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ
11.
“Uzbekistan Airways” AJ
12.
“Uzbekistan Airports” AJ
13.
“Oʻzbektelekom” AK
14.
“Oʻzavtosanoat” AJ
15.
“Oʻzpaxtasanoat” AJ
16.
“Oʻztransgaz” AJ
17.
“Oʻzbekgeofizika” AJ
18.
“Dori-Darmon” AK
19.
“Oʻzmetkombinat” AJ
20.
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ
21.
“Davlat belgisi” DIChB (Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qogʻoz fabrikasi va Toshkent zarbxonasi)
22.
23.
24.
Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi “Geoltextaʼminot” davlat korxonasi
“Navoiy KMK” AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)