Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2014-yil 25-avgustdagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2615, 2014-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“11. Oʻzbekiston milliy arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;”.
2.
15-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.