toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq quyidagi tartib joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan:
2005 — 2016-yillar davri uchun jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
2016 — 2018-yillar davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan;
2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan foydalaniladi;
b) ushbu bandda koʻrsatilgan davrlar uchun arxiv maʼlumotlaridan faqat tizimlarda zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarni Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi taʼminlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron maʼlumot almashishni taʼminlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun “Oʻzarxiv” agentligiga zarur mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-avgust,
495-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga
3-ILOVA
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatish uchun 1 ta annotatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,47 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu bandda belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan yigʻimlar summasi — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.
13. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda Oʻzbekiston Milliy arxiviga elektron shaklda yuboradi.
16. Davlat arxivlari soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida 200 betgacha, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlarini bajaradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va soʻralayotgan hujjatning aniq maʼlumotlari koʻrsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 1 ish kuni mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari bajarilib, mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan narxlarga 50 foiz qoʻshimcha haq undiriladi.
Agar davlat xizmatini tezkor bajarish boʻyicha ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng, masʼul davlat arxivi tomonidan 1 ish kunida davlat xizmati koʻrsatilmasa toʻlangan 50 foiz qoʻshimcha haq 1 ish kuni davomida tegishli davlat arxivining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
17. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

(sana)

(raqam)

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini olish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tugʻilgan yili va sanasi:

5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:

6. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

8. Telefon raqami:

9. Ish yoki oʻqish joyi:

10. Hujjatdan foydalanish maqsadi:

II. Hujjatga oid boʻlgan maʼlumotlar:

11. Arxiv nomi:

12. Fondning nomi:

13. Hujjatning sanasi:

14. Fond raqami:

15. Roʻyxat raqami:

16. Yigʻmajild nomi:

17. Hujjatning qisqacha tavsifi:

18. Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yoʻq)

______________________________________
(Ariza beruvchining imzosi)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga
4-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish) boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq yigʻim undiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu bandda belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan yigʻimlar summasi — davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.
13. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
16. Davlat arxivlari soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida 200 betgacha, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlarini bajaradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini tezkor bajarish istagi bildirilsa va soʻralayotgan hujjatning aniq maʼlumotlari koʻrsatilgan taqdirda, arxivning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 1 ish kuni mobaynida 200 betgacha boʻlgan arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari bajarilib, mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan narxlarga 50 foiz qoʻshimcha haq undiriladi.
Agar davlat xizmatini tezkor bajarish boʻyicha ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng, masʼul davlat arxivi tomonidan 1 ish kunida davlat xizmati koʻrsatilmasa toʻlangan 50 foiz qoʻshimcha haq 1 ish kuni davomida tegishli davlat arxivining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
17. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
SOʻROVNMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tugʻilgan yili va sanasi:

5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:

6. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

8. Telefon raqami:

9. Ish yoki oʻqish joyi:

10. Hujjatdan foydalanish maqsadi:

II. Hujjatga oid boʻlgan maʼlumotlar:

11. Arxiv nomi:

12. Fondning nomi:

13. Hujjatning sanasi:

14. Fond raqami:

15. Roʻyxat raqami:

16. Yigʻmajild nomi:

17. Hujjatning qisqacha tavsifi:

18. Davlat xizmatini tezkor bajarish istagini bildirasizmi (ha/yoʻq)

_______________________________________________
(Ariza beruvchining imzosi)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
YIGʻIM MIQDORI

T/r

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) formatlari

Hujjat yaratilgan davr

Oʻlchov birligi

Yigʻim miqdori

1.

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A0 — A2 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,64 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,32 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,16 baravari

2.

Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A3 — A5 formatlarda

1917-yilgacha

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 baravari

1918 — 1990-yillar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,04 baravari

1991-yildan hozirgi kunga qadar

1 bet

bazaviy hisoblash miqdorining 0,02 baravari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 09/20/495/1192-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)