1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq:
a) 2021-yil yanvar — may oylarida Qashqadaryo viloyatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimini (keyingi oʻrinlarda — “E-qaror” elektron tizimi) aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment oʻtkazilganligi;
b) Qashqadaryo viloyatida “E-qaror” elektron tizimini joriy etish boʻyicha oʻtkazilgan eksperiment natijasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish) muddatlari qisqarganligi, ularni ishlab chiqishda inson omili va aralashuvi kamayganligi, shuningdek, qarorlar va farmoyishlar bilan aholi doimiy ravishda tanishish hamda hududiy adliya organlari ularni monitoring etib borish imkoniyati yaratilganligi;
v) 2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi;
“E-qaror” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish taʼsirini baholash “E-qaror” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
a) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish va ularni manfaatdor hududiy davlat organlari va tashkilotlari, boshqa tashkilotlar bilan kelishish tartibi;
b) mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda kelishilgan qarorlari va farmoyishlari loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va ularni eʼlon qilish tartibi;
v) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish;
g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat sirlarini oʻz ichiga olgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishga yoʻl qoʻymaslik;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
d) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat sirlariga kirmaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritishni taqiqlash;
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
e) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borish;
monitoring natijalariga koʻra “E-qaror” elektron tizimi orqali kelishish uchun yuborilgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlariga manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatlarda munosabat bildirmagan rahbar va masʼul xodimlariga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “E-qaror” elektron tizimini doimiy takomillashtirib borish.
4. Belgilansinki:
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish 2-ilovaga muvofiq;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega boʻlmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish 3-ilovaga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
5. “E-qaror” elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021-yil 1-iyulga qadar:
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “E-qaror” elektron tizimiga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlarini “E-qaror” elektron tizimiga ulash choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “E-qaror” elektron tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borsin. Bunda “E-qaror” elektron tizimi orqali:
qabul qilingan (chiqarilgan) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini manfaatdor tashkilotlar va ijrochilarga yetkazishni tashkil etish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) belgilangan tartibda joylashtirish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga yuborish nazarda tutilsin.
“E-qaror” elektron tizimini takomillashtirish uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-iyun,
390-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga 1-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar loyihalari) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-qaror” elektron tizimi) orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish) roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartibini belgilaydi.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlarining loyihalari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar loyihalari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
“E-qaror” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat sirlarini oʻz ichiga olgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishga (chiqarish) yoʻl qoʻyilmaydi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat sirlariga kirmaydigan hujjatlar loyihalarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritish taqiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
5. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish ushbu qarorga 2 va 3-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish va kelishish
6. Hujjatlar loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi yoki manfaatdor hududiy davlat organi (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiquvchi) tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi.
7. Zarurat boʻlganda ishlab chiquvchi loyihani “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.
8. Manfaatdor tashkilotlar “E-qaror” elektron tizimi orqali koʻrib chiqish uchun kelib tushgan loyihani 3 kun muddatda:
ish yurituviga qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi;
elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda loyiha yuzasidan ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali oʻz taklif va eʼtirozlarini koʻrsatgan holda javob xatini kiritadi;
kelishilgan loyihani ularni ishlab chiquvchiga yuboradi.
9. Manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelishilgan hisoblanadi.
Hujjatlar loyihalarining mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda qabul qilinishi yuzasidan javobgarlik barcha manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari zimmasiga yuklanadi.
10. Ishlab chiquvchi 3 kun muddatda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan hujjat loyihasini elektron tizimdan oladi va uni manfaatdor tashkilotning tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi hamda uni elektron tizim orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga (hokim qarori va farmoyishi loyihalari boʻyicha) yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatiga (xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari boʻyicha) kiritadi.
11. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli tarkibiy boʻlinmasi, mahalliy vakillik organlari kotibiyati 3 kun muddatda “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar loyihalarini ish yurituviga qabul qiladi va uni koʻrib chiqadi hamda loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda uni ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali oʻz taklif va eʼtirozlarini koʻrsatgan holda qaytaradi. Kelishilgan hujjat loyihasini mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga kiritadi.
3-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
12. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati hujjat loyihasi elektron tizim orqali kiritilgandan keyin 2 kun muddatda:
hujjat loyihasini elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda loyihani koʻrib chiqadi;
hujjat loyihasini elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki taklif va eʼtirozlari mavjud boʻlsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi;
hujjat loyihasini imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi yoki vakillik hokimiyati organi rahbariga kiritadi.
13. Hujjat loyihasi normativ tusga ega boʻlgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati:
loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtiradi;
jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan soʻng loyiha boʻyicha belgilangan tartibda xulosa tuzadi;
loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.
14. Hududiy adliya organi mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati tomonidan normativ tusga ega boʻlgan hujjat loyihasi kiritilgandan soʻng belgilangan muddatlarda:
loyihani belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, loyiha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlsa xulosa beradi va bu haqida elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organini xabardor qiladi;
loyiha boʻyicha taklif va eʼtirozlar mavjud boʻlsa, loyihani mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga qaytaradi.
15. Loyihaga hududiy adliya organi tomonidan tegishli munosabat bildirilgandan keyin mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati 2 kun muddatda:
adliya organining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, loyihani imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organi rahbariga kiritadi;
loyiha hududiy adliya organi tomonidan taklif va eʼtirozlar bilan qaytarilgan boʻlsa, uni qayta ishlab chiqadi va hududiy adliya organiga belgilangan tartibda elektron tizim orqali qayta kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, mahalliy vakillik organi rahbari yoki hududiy adliya organi tomonidan loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelingan taqdirda, bu haqda loyihani ishlab chiquvchini xabardor qiladi.
4-bob. Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish
16. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organi rahbari:
hujjat loyihasini elektron raqamli imzo orqali imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan roʻyxatga olingan hujjatni “E-qaror” elektron tizimi bosh sahifasida avtomatik tarzda eʼlon qiladi (xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar bundan mustasno);
hujjat loyihasini qabul qilish (chiqarish)ni maqsadga muvofiq emas deb topgan taqdirda, uni belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish uchun yuridik xizmat xodimiga yoki ishlab chiquvchiga qaytaradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish) roʻyxatga olish va eʼlon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib boradi;
monitoring natijalariga koʻra “E-qaror” elektron tizimi orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va masʼul xodimlariga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllaydi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “E-qaror” elektron tizimini doimiy takomillashtirib boradi.
18. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjat loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish boʻyicha manfaatdor tashkilotlarning rahbarlari mazkur Nizomning talablariga rioya qilinishini taʼminlash uchun shaxsan masʼuldirlar.
Agar mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida qaror loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)
19. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga 2-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish
2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Manfaatdor tashkilotlar
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda loyihani koʻrib chiqadi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali eʼtiroz va takliflari koʻrsatilgan javob xatini kiritadi.
3. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.
3 kun muddatda
3-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
1. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.
2. Loyihani manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi.
3. Loyihani elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi masʼul oʻrinbosarga va tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalariga kiritadi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul oʻrinbosari, tegishli tarkibiy boʻlinmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali eʼtiroz va takliflari koʻrsatilgan javob xatini kiritadi.
3. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.
3 kun muddatda
5-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
1. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.
2. Loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi masʼul oʻrinbosari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalarining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi.
3. Loyihani elektron tizim orqali tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga kiritadi.
4. Loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati, hokim yoki Kengash raisi tomonidan eʼtiroz bilan qaytarilgan hollarda loyihani qayta koʻrib chiqadi, takomillashtiradi hamda elektron tizim orqali mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga qaytadan kiritadi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati
1. Loyihani elektron tizimi orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda loyihani koʻrib chiqadi.
2. Loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtiradi.
3. Jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan soʻng loyiha boʻyicha belgilangan tartibda xulosa tuzadi.
4. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki eʼtirozlari mavjud boʻlsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi.
5. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.
2 kun muddatda
7-bosqich
Hududiy adliya organi
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.
2. Loyihani belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, loyiha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlsa, xulosa beradi va bu haqda elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki vakillik organini xabardor qiladi.
3. Loyiha boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlsa, loyihani mahalliy ijro etuvchi yoki vakillik organiga qaytaradi.
Belgilangan muddatlarda
8-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati
1. Loyiha va hududiy adliya organining tegishli xulosasini elektron tizim orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.
2. Adliya organining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, loyihani imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbariga kiritadi.
3. Agarda loyiha hududiy adliya organi tomonidan eʼtiroz bilan qaytarilgan boʻlsa, loyihani qayta ishlab chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani hududiy adliya organiga belgilangan tartibda elektron tizim orqali kiritadi.
4. Agarda loyiha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari tomonidan eʼtiroz bilan qaytarilgan boʻlsa, loyihani qayta ishlab chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbariga elektron tizim orqali kiritadi.
5. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari yoki hududiy adliya organi tomonidan loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelgan taqdirda, bu haqda loyiha ishlab chiquvchini xabardor qiladi.
2 kun muddatda
9-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki mahalliy vakillik organi rahbari
1 Loyihani elektron tizim orqali qabul qiladi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo bilan imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan hisobga qoʻyilgan hujjatni elektron tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda eʼlon qiladi.
3. Loyihani qabul qilishni maqsadga muvofiq emas deb topsa, loyihani belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmat xodimiga yoki ishlab chiquvchiga qaytaradi.
4. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali masʼul ijrochilarga yetkazish uchun hokimlikning masʼul tarkibiy boʻlinmasi yoki Kengash kotibiyati mudiriga yuboradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda
10-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi yoki Kengash kotibiyati
1. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali qabul qilib oladi hamda shu tizim orqali ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazadi.
2. Imzolangan hujjatni majburiy tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy-veb saytlarida eʼlon qiladi.
1 kun muddatda
Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga 3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega boʻlmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish
2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Manfaatdor hududiy davlat organlari
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali eʼtiroz va takliflari koʻrsatilgan javob xatini kiritadi.
3. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.
3 kun muddatda
3-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
1. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.
2. Loyihani manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi.
3. Loyihani elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi masʼul oʻrinbosarga va tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalariga kiritadi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul oʻrinbosari, tegishli tarkibiy boʻlinmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda loyihani ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali eʼtiroz va takliflari koʻrsatilgan javob xatini kiritadi.
3. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.
3 kun muddatda
5-bosqich
Loyihani ishlab chiquvchi
1. Kelishilgan (viza qoʻyilgan) loyihani elektron tizimdan oladi.
2. Loyihani mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi masʼul oʻrinbosari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatlari va doimiy komissiyalarining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi.
3. Loyihani elektron tizim orqali tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga kiritadi.
4. Loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati, hokim yoki Kengash raisi tomonidan eʼtiroz bilan qaytarilgan hollarda, loyihani qayta koʻrib chiqadi, takomillashtiradi hamda elektron tizim orqali mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmatiga qaytadan kiritadi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati
1. Loyihani elektron tizim orqali ish yurituviga qabul qiladi va uni koʻrib chiqadi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki eʼtirozlari mavjud boʻlsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi.
3. Loyihani imzolash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga kiritadi.
4. Agarda loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan eʼtiroz bilan qaytarilgan boʻlsa, loyihani qayta koʻrib chiqadi hamda ushbu qayta ishlangan loyihani imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat yoki vakillik organi rahbariga kiritadi.
2 kun muddatda
7-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va mahalliy vakillik organi rahbari
1 Loyihani elektron tizim orqali qabul qilib oladi.
2. Loyihani elektron raqamli imzo bilan imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan hisobga qoʻyilgan hujjatni elektron tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda eʼlon qiladi (xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar bundan mustasno).
3. Loyihani qabul qilish yoki chiqarishni maqsadga muvofiq emas deb topsa, loyihani belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish uchun loyihani mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmat xodimiga yoki ishlab chiquvchiga qaytaradi.
4. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali masʼul ijrochilarga yetkazish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tegishli tarkibiy boʻlinmasi yoki mahalliy vakillik organi Kengashi kotibiyatiga yuboradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda
8-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tegishli tarkibiy boʻlinmasi, mahalliy vakillik organi kotibiyati
1. Imzolangan hujjatni elektron tizimi orqali qabul qilib oladi.
2. Imzolangan hujjatni elektron tizim orqali ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazadi.
1 kun muddatda
Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga 4-ILOVA
“E-qaror” elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Ijro uchun masʼullar
1.
“E-qaror” elektron tizimini ishga tushirish bilan bogʻliq quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:
mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va masʼul ijrochilari (masʼul shaxslar)ni id.egov.uz yagona identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtkazish;
masʼul shaxslarni “E-qaror” elektron tizimida avtorizatsiyadan oʻtkazish;
masʼul shaxslarga “E-qaror” elektron tizimida shaxsiy kabinet ochish boʻyicha “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ administratoriga murojaat qilish hamda ruxsat olgandan soʻng kabinetga kirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rasmiy blankalarining elektron shakldagi namunalarini “UZINFOCOM” MCHJga yuborish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Adliya vazirligi
2.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash boʻyicha oʻzlarining masʼul xodimlarini rasmiy hujjat (qaror, farmoyish, buyruq yoki boshqa hujjat) bilan biriktirilishini taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun
Davlat soliq qoʻmitasi
(Sh. Kudbiyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4.
“UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va masʼul ijrochilarini “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman va shahar) tomonidan “E-qaror” elektron tizimida qaror va farmoyishlar qabul qilish boshlangandan soʻng hokimliklardagi qaror va farmoyishlarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestr kitobini yuritishni toʻxtatish hamda dalolatnoma asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
tuman va shahar hokimliklari
6.
“E-qaror” elektron tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va farmoyishlarni mazkur tizim doirasida ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish imkoniyatini yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
“E-qaror” elektron tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga avtomatik tarzda joylashtirish maqsadida ushbu normativ tusdagi qarorlarni “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga mazkur elektron tizim orqali yuborish imkoniyatini yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.
Respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “E-qaror” elektron tizimida ishlash boʻyicha oʻqitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyun-iyul
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
“E-qaror” elektron tizimida ishlash yuzasidan videodarslar va qoʻllanmalar tayyorlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10.
Tizimda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, qabul qilingan qaror va farmoyishlarda yoʻl qoʻyilgan texnik xatoliklarni, ushbu xatolikka yoʻl qoʻygan hokimlikning xatiga asosan qaror mazmunini oʻzgartirmagan holda bartaraf etish chorasini koʻrib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar