Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalariga muvofiq, shuningdek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 42-son, 450-modda) rus tilidagi
matniga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bir oy muddatda kripto-aktiv muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi-IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalash girishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarorining rus tilidagi matniga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning
4-bandi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsa, osushestvlyayushiye deyatelnost v oblasti oborota kripto-aktivov”.
2. 2-ilovaning
ilovasi quyidagi mazmundagi pozitsiya bilan toʻldirilsin: