1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT VAZIRLIGI HUZURIDA PENSIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to‘liq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha pensiya va nafaqalarni to‘lashga xarajatlarni o‘z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli hududiy bo‘linmalari va bo‘limlari bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar va ajratmalarni yig‘ish va jamlash;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha pensiya va nafaqalarni belgilangan miqdorlarda to‘lash xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash;
mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat etish;
pensionerlar, nogironlar va aholining boshqa toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlashda shartnoma asosida ishtirok etish;
pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish Pensiya jamg‘armasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
3. Belgilab qo‘yilsinki, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sug‘urta badallari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning, dehqon xo‘jaliklari a’zolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sug‘urta badallari;
fuqarolarning ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi majburiy sug‘urta badallari;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda)
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
sug‘urta badallari va ajratmalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun solingan jarimalar va penyalar summasi;
muddatidan oldin pensiya tayinlash bilan bog‘liq qoplanadigan mablag‘lar, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari.
Pensiya jamg‘armasining pul mablag‘lari 1997-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga kiritiladi, bunda bu jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolinadi.
4. Pensiya jamg‘armasiga qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar bo‘yicha vaqtida to‘lanmagan summadan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya solish huquqi berilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilish Pensiya jamg‘armasining 9 kishidan iborat boshqaruvi hamda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organi — Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanadi;
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining o‘rinbosari hisoblanadi;
Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy ta’minot vaziri, uning o‘rinbosari — Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ijtimoiy ta’minot boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga binoan Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tavsiyasiga binoan Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
6. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
4-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining barcha organlari xodimlarining cheklangan soni 991 kishidan (binolarni qo‘riqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari), shu jumladan Pensiya jamg‘armasi markaziy apparatiniki — 36 kishidan iborat etib;
“O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom” 5-ilovaga muvofiq.
7. Pensiya jamg‘armasi (boshqaruv apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari xarajatlari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda tegishli mahalliy ijtimoiy ta’minot organlari huzurida:
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining vakolatli hududiy bo‘linmalari negizida Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalarini;
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining tuman vakolatli bo‘limlari negizida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarini tuzsinlar.
9. Pensiya jamg‘armasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari va ajratmalarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlasin.
10. Pensiya jamg‘armasi yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etsin.
11. Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi Toshkent shahar, Beruniy ko‘chasi, 12 uyga joylashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarorning qabul qilinishi bilan bog‘liq tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
13. Vazirlar Mahkamasi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 4-avgustdagi 391-son qarorining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy Sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
459-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi markaziy apparati (ijro etuvchi direksiya)
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi organlari xodimlarining cheklangan soni
I.
Ijro etuvchi direksiya
— 36 nafar
II.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri
— 120 nafar
1.
Hududlar—toifadan tashqari:
Toshkent viloyati, Toshkent shahri
— 11 nafardan
2.
I toifadagi viloyatlar:
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona
— 9 nafardan
3.
II toifadagi hududlar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Xorazm
— 8 nafardan
4.
III toifadagi viloyatlar:
Jizzax, Sirdaryo
— 7 nafardan
III.
Respublika shaharlari va tumanlari
shaharlarda-viloyatlar markazlarida
— 5 nafardan
shaharlarda va shahar tumanlarida
— 4 nafardan
qishloq tumanlarida
— 3 nafardan
Tuman va shahar bo‘limlari bo‘yicha xodimlarning umumiy cheklangan soni
— 835 nafar
Xodimlarning jami cheklangan soni
— 991 nafar
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Pensiya jamg‘armasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tizimiga kiradi.
2. Pensiya jamg‘armasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga va Moliya vazirligiga hisob beradi.
3. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari mablag‘larning ularni shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlanib qolgan holda Davlat budjetiga kiritiladi.
II. PENSIYA JAMG‘ARMASINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
4. Quyidagilar Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini to‘liq amalga oshirish;
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar va ajratmalarni yig‘ish va jamlash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda badallarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni ta’minlash;
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq pensiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishiga, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish;
Pensiya jamg‘armasi budjeti daromad qismini ko‘paytirish tadbirlarini amalga oshirish.
5. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi quyidagilarni amalga oshiradi:
pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan majburiy badallarni yig‘ish va jamlash;
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablag‘ bilan ta’minlash;
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga yo‘naltiriladigan mablag‘larni hududiy bo‘linmalar o‘rtasida qayta taqsimlash;
yuridik va jismoniy shaxslardan ijtimoiy sug‘urtaga badallar o‘z vaqtida va to‘liq tushishini, shuningdek jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish;
Pensiya jamg‘armasi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha pensiyalar va nafaqalar tayinlanishi va to‘lanishining qonuniyligini tekshirish;
davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish maqsadida aktual hisob-kitoblar o‘tkazish;
ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish;
ijtimoiy sug‘urtaga tushuvchi badallarni shaxslar bo‘yicha hisobga olishni tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘z vakolatlari doirasida pensiya jamg‘armasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari va tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek ular faoliyatini nazorat qilish;
jamoatchilikni o‘z faoliyatidan xabardor qilish;
pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan xalqaro hamkorlik.
III. PENSIYA JAMG‘ARMASINING BURChLARI VA HUQUQLARI
6. Pensiya jamg‘armasi quyidagilarga majburdir:
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lashga majbur bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish;
Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini har oyda Davlat soliq qo‘mitasiga va uning joylardagi organlariga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Ijtimoiy ta’minot vazirligiga belgilangan tartibda hisobotlar, shuningdek bir yilda bir marta Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalarining mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini taqdim etish;
Pensiya jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risida har yillik hisobotni e’lon qilish.
7. Pensiya jamg‘armasi quyidagi huquqlarga egadir:
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini, shuningdek fuqarolarni shartnomalar bo‘yicha yollovchi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, shu jumladan yakka tartibda (jamoa) ijarasi shartlarida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida, jismoniy shaxslarning Pensiya jamg‘armasiga badallari va ajratmalarini hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarini tekshirish;
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan statistika hisobotini belgilangan tartibda olish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-sonli qarori tahririda)
daromadlarni yashirish yoki buxgalteriya hisobini buzish natijasida badallar noto‘g‘ri to‘langanligi aniqlangan taqdirda badal to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilish uchun Davlat soliq qo‘mitasi organlariga murojaat qilish;
yuridik shaxs bo‘lmagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlarni yashirishi hollari aniqlangan taqdirda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish;
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov summasidan Pensiya jamg‘armasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya hisoblash;
jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalardan tushuvchi mablag‘lar hisobiga 15 foiz miqdorida Pensiya jamg‘armasini rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish.
IV. PENSIYA JAMG‘ARMASI BUDJETI
8. Pensiya jamg‘armasi budjeti quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish haqi fondining 37,3 foizi miqdoridagi sug‘urta badallari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, dehqon xo‘jaliklari a’zolarining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi sug‘urta badallari;
ish haqining 2,5 foizi miqdoridagi fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari;
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qarori tahririda)
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmining, ulgurji va chakana dorixona muassasalarining esa yalpi daromadining 0,5 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
badallar va ajratmalar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi;
muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanganligi munosabati bilan qoplanadigan mablag‘lar;
regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undirib olinadigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari.
ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, nafaqaxo‘rlarga;
bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, shu jumladan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
dafn marosimi nafaqalari;
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa to‘lovlar.
Pensiya jamg‘armasi boshqaruv apparatini, uning tarkibiy bo‘linmalarini saqlash, moddiy-texnikaviy bazani tashkil etish va rivojlantirish Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
10. Pensiya jamg‘armasi, budjeti loyihasi, tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, uning hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari budjet loyihalari asosida Ijro etuvchi direksiya tomonidan ishlab chiqiladi va Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Pensiya jamg‘armasi budjeti loyihasi Hukumatning ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti bilan birgalikda kiritiladi va Davlat budjeti tarkibida tasdiqlanadi.
11. Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari budjetlari Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Budjetning tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish Ijro etuvchi direksiya, Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
13. Hududiy bo‘linmalar mablag‘lari kamomadi belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining qaroriga ko‘ra qoplanadi.
14. Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
V. PENSIYA JAMG‘ARMASINING BOShQARUV ORGANLARI
15. Pensiya jamg‘armasining 9 kishidan iborat boshqaruvi va Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamg‘armasining boshqaruv organlari hisoblanadi.
16. Boshqaruv tarkibiga Ijtimoiy ta’minot vaziri, uning o‘rinbosari — Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direktori, Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari kiradi.
Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vaziri lavozimiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanadi.
17. Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi:
Pensiya jamg‘armasi budjeti ijrosi uchun to‘liq javob beradi;
Pensiya jamg‘armasining joriy va istiqboldagi vazifalarini belgilaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni Hukumatga kiritadi;
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish normativlarini va tartibini, shu jumladan Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi organlariga sarflanadigan mablag‘larni tasdiqlaydi;
Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi va bo‘linmalari shtat jadvallarini va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ijro etuvchi direktorning taqdimnomasiga binoan Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direktori o‘rinbosarini tayinlaydi;
Pensiya jamg‘armasining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zaxira jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar tashkil etishning maqsadga muvofiqligi hamda ushbu jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Zaxira jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar faqat Pensiya jamg‘armasining o‘z bo‘sh mablag‘lari hisobidan shakllantirilishi mumkin.
18. Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi yilning har bir choragida kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘ladi. Qaror boshqaruvning hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
19. Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi Pensiya jamg‘armasining doimiy ishlovchi ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga ko‘ra Ijtimoiy ta’minot vazirining o‘rinbosari hisoblanadi. Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining takdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
20. Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi:
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallarning o‘z vaqtida va to‘la yig‘ilishi uchun to‘liq javob beradi;
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Pensiya jamg‘armasi barcha tuzilmalarining moddiy-texnikaviy jihozlanishini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslardan tushuvchi badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini tashkil etish ishlarini olib boradi;
Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmalari bilan birgalikda ijtimoiy sug‘urtaga badallarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi tekshirilishini tashkil etadi;
yo‘riqnoma, uslubiy va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda ularni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
ijtimoiy himoyaning davlat tizimini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha joriy va istiqbolli aktuar hisob-kitoblarni o‘tkazadi hamda ularni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishiga taqdim etadi;
ijtimoiy sug‘urtaga badallar tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni Pensiya jamg‘armasi boshqaruvining ko‘rib chiqishiga kiritadi.
21. Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari boshliqlari lavozimlariga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining, ijtimoiy ta’minot viloyat, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar;
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari lavozimlariga ko‘ra ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
22. Pensiya jamg‘armasi, hududiy bo‘linmalar, tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxslar hisoblanadilar, muhrga hamda bankda hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 12-son, 37-modda)