

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;22.02.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-924855" id="-924855">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI VA OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-924856" id="-924856">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-924857" id="-924857">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IJTIMOIY SUGʻURTA JAMGʻARMASINING TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-924858" id="-924858"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5347893" id="-5347893">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi <a href="/mact/-5300195?ONDATE=22.02.2021 00#-5300770">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5347894" id="-5347894">Mazkur qarorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy Sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etishga taalluqli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-544292?ONDATE=27.12.1996 00#-544413">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924871" id="-924871">Ijtimoiy taʼminot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining toʻgʻri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-990826" id="-990826"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924877" id="-924877">1. Sobiq SSSR Pensiya fondining Oʻzbekiston Respublika boʻlimi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilsin. Unga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924879" id="-924879">Qayd etilgan maqsadlardagi ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini qabul qilish-topshirish 1994-yilning 1-yanvardagi holatiga koʻra amalga oshirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924881" id="-924881">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924883" id="-924883">Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston respublika boʻlimining hududiy filiallari negizida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi vakilligining Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarini, respublika shaharlari va tumanlarida esa jamgʻarma vakilligining boʻlimlarini tashkil etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924893" id="-924893">Jamgʻarma vakilligi Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga<a href="/mact/-893016#-951669">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-951669" id="-951669">*1-ilova <a href="/mact/893018#-952378">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1158308" id="-1158308">Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma hududiy boʻlinmalari vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyanomasiga binoan, Jamgʻarmaning shaharlar va tumanlar boʻyicha vakillari esa hududiy boʻlinma vakilining tavsiyanomasiga binoan Jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924898" id="-924898">3. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mustaqil davlat moliya-kredit muassasasi hisoblanadi. Jamgʻarmaning pul mablagʻlari davlat budjeti, boshqa jamgʻarmalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924899" id="-924899">4 Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924900" id="-924900">fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy sugʻurta huquqlarini toʻla hajmda roʻyobga chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924901" id="-924901">ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalarning kafolatli va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924904" id="-924904">xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924908" id="-924908">Bu vazifalarning bajarilishiga quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924910" id="-924910">davlat ijtimoiy sugʻurtasiga moʻljallangan mablagʻlarni yigʻish va jamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924912" id="-924912">pensiyalarni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlash va davlat ijtimoiy sugʻurtasining boshqa maqsadlardagi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924916" id="-924916">oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924918" id="-924918">5. Belgilab qoʻyilsinki, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924921" id="-924921">korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va shirkatlarning, idoraviy qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, belgilangan meʼyorlar boʻyicha ish haqi fondiga nisbatan foizlarda toʻlanadigan, zaruriyat tugʻilganda davlat budjeti mablagʻlaridan toʻldiriladigan sugʻurta badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924923" id="-924923">yakka tartibda mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslarning sugʻurta badallari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924925" id="-924925">fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924927" id="-924927">Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, korxonalar va jamoat tashkilotlari, ularning tijorat faoliyatidan olingan daromadlarini ham qoʻshganda badallari, shuningdek, boshqa tushumlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924938" id="-924938">6. Belgilansinki, 1994-yil muassasalar, tashkilotlar va shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, shartnoma asosida yollaydigan tartibda faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslar mazkur qarorning <a href="/mact/-893016#-924877">1-bandida </a>koʻrsatilgan nafaqalarni toʻlash uchun Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badallari yoʻnaltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila aʼzolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan boshqa mablagʻlar bundan mustasno,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924940" id="-924940">Xodimlari yoshi boʻyicha imtiyozli pensiya huquqiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar sugʻurta badallari bilan bir qatorda mehnatga haq toʻlashga moʻljallangan mablagʻlardan amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan miqdorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924942" id="-924942">7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga rahbarlik boshqaruv va uning doimiy ishlovchi organi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Jamgʻarma boshqaruvi tartibiga doimiy asosda Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining rahbarlari va Jamgʻarma ijro etuvchi direktori kiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924943" id="-924943">Jamgʻarma boshqaruvining raisi va ijro etuvchi direktor Jamgʻarma boshqaruvining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924947" id="-924947">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvining raisi moddiy-maishiy taʼminot, tibbiyot xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislariga, lavozim boʻyicha Jamgʻarma boshqaruvi raisining oʻrinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi direktor esa Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924951" id="-924951">Shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma boshqaruvining soni 9 kishidan iborat qilib belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924955" id="-924955">8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga<a href="/mact/-893016#-1156815">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1156815" id="-1156815">* 2-ilova <a href="/mact/893018#-952407">rus tilidagi </a>matnda berilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951670" id="-951670">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi barcha organlarining cheklangan soni 3-ilovaga<a href="/mact/-893016#-1156817">*</a> muvofiq 1237 nafardan, shu jumladan, Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi 45 nafardan iborat qilib tasdiqlansin</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1156817" id="-1156817">*3-ilova <a href="/mact/893018#-952407">rus tilidagi </a>matnda berilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924957" id="-924957">Jamgʻarmani, uning ijro etuvchi direksiyasini va Jamgʻarmaning hududiy ijro etuvchi organlarini saqlash xarajatlarini ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924959" id="-924959">9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/mact/-893016#-949819">4-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924962" id="-924962">10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi 3 oy muddatda Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sugʻurta badallarini oʻtkazish normativlarini va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar toʻlash tartibini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924973" id="-924973">11. Vazirlar Mahkamasining “SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 14-yanvardagi 9-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924976" id="-924976">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-924980" id="-924980">Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil sentyabr oyida koʻrib chiqilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-924981" id="-924981">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-949815" id="-949815">Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining raisi B. ALLAMURODOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-949816" id="-949816">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-949817" id="-949817">1993-yil 4-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-949818" id="-949818">391-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-949819" id="-949819"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-949820" id="-949820">Vazirlar Mahkamasining<br />1993-yil 4-avgustdagi 391-son <a href="/mact/-893016#-924855">qaroriga</a><br />4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-951578" id="-951578">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-951579" id="-951579">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-951580" id="-951580"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951581" id="-951581">1. Umumiy qoidalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951582" id="-951582">1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi davlat ijtimoiy sugʻurtasi pul mablagʻlarini boshqarish davlat organi hisoblanadi, mehnatkashlar, ularning oila aʼzolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan mablagʻlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951583" id="-951583">Tashkiliy-huquqiy tomondan Jamgʻarma mustaqil moliya kredit tizimi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951584" id="-951584">2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mablagʻlari davlat budjeti tarkibiga kirmaydi hamda musodara qilinmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951585" id="-951585">2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta<br /> Jamgʻarmasining vazifalari va xizmatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951586" id="-951586">Quyidagilar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951587" id="-951587">Fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan Ijtimoiy taʼminot hamda davlat ijtimoiy sugʻurta huquqlarini toʻla hajmda roʻyobga chiqarish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951588" id="-951588">ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalarning kafolatlari hamda oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951589" id="-951589">asosiy yoʻnalishlarni shakllantirish va ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951590" id="-951590">xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951591" id="-951591">Qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951592" id="-951592">pensiya taʼminotiga, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan sugʻurta badallarini yigʻish va jamlashni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951593" id="-951593">Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablagʻ bilan taʼminlashni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951595" id="-951595">oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951597" id="-951597">Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga, pensiya taʼminotiga ajratiladigan sugʻurta badallari miqdorlari, shuningdek, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqishni amalga oshiradi va koʻrib chiqish uchun ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951598" id="-951598">Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni, shuningdek, soliq organlari bilan birgalikda sugʻurta badallarining jamgʻarmaga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazoratni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951601" id="-951601">Jamgʻarma ishida oshkoralikni, shu jumladan, Jamgʻarma budjetining ijrosini har yili eʼlon qilish yoʻli bilan moliyaviy oshkoralikni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951602" id="-951602">Jamgʻarmaga sugʻurta badallari yigʻish va uni hisobga olish, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi alohida yoʻriqnoma bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951607" id="-951607">3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy<br /> sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951609" id="-951609">1. Jamgʻarma budjeti: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951610" id="-951610">korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, yakka (jamoa) ijara shartlarida shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan fuqarolar va ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslarning sugʻurta badallari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951611" id="-951611">fuqarolarning majburiy badallari va Jamgʻarmaning tijorat, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlari, shuningdek, boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951613" id="-951613">2. Korxonalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan ijara yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanadigan fuqarolar, shuningdek, ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badallari yoʻnaltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila aʼzolarini sanatoriya kurortlarda davolash, bolalarni sogʻlomlashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga oʻtkaziladigan mablagʻlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951615" id="-951615">3. Ijtimoiy sugʻurtaga sugʻurta badallarini toʻlash, boshqa toʻlovlarni oʻtkazish, jamgʻarma mablagʻlarini tegishli schyotlarga oʻtkazib qoʻyish, ularni hisoblash va ulardan foydalanish jamgʻarma boshqaruvi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951617" id="-951617">4. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951618" id="-951618">fuqarolarga davlat pensiyalari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, farzand tugʻilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni toʻlashga, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, davlatlararo va xalqaro shartnomalarga binoan davlat ijtimoiy sugʻurtasining boshqa maqsadlariga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951619" id="-951619">jamgʻarma joriy faoliyatini, moddiy-texnika taʼminotini mablagʻ bilan taʼminlashga va boshqaruv organlarini saqlashga, Jamgʻarma mulkini yaratishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951624" id="-951624">Jamgʻarma vazifalariga javob beruvchi respublika, mintaqaviy va maqsadli dasturlarni amalga oshirishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951626" id="-951626">Jamgʻarmaning maxsus mukofotlarini taʼsis etishga. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951629" id="-951629">4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta<br /> jamgʻarmasi budjetini ishlab chiqish, tasdiqlash va <br />mablagʻlarni sarflash tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951631" id="-951631">1. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi budjetining loyihasi Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951632" id="-951632">2. Ijtimoiy sugʻurta Jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari va vakillik boʻlimlari budjetlari loyihalari shakllanish manbalari va xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951633" id="-951633">3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarining xarajatlari jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951634" id="-951634">4. Budjetlarning tasdiqlangan koʻrsatkichlarini bajarish Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma vakilligining tegishli boʻlinmalari, shaharlar va tumanlarda jamgʻarma vakilligining boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951635" id="-951635">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma vakilligi boʻlinmalari mablagʻlarining taqchilligi belgilangan tartibda Jamgʻarma boshqaruvining qaroriga binoan qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951636" id="-951636">Jamgʻarmaning hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951641" id="-951641">5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy <br />sugʻurta jamgʻarmasining boshqaruv organlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951643" id="-951643">1. Jamgʻarma boshqaruvi va uning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma boshqaruv organlari hisoblanadi. Ular Jamgʻarma vakilligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari, shaharlar va tumanlardagi vakillik boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951644" id="-951644">2. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi oʻz faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklar boʻlinmalari esa Jamgʻarma boshqaruviga hisob beradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951646" id="-951646">3. Jamgʻarma boshqaruvi tarkibiga hal qiluvchi ovoz huquqi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashidan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashidan, Ijtimoiy taʼminot vazirligidan, Moliya vazirligidan, Markaziy bankdan rais (vazir) yoki uning oʻrinbosari darajasidagi bittadan vakolatli vakil kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951647" id="-951647">Boshqaruvga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi raisi boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951648" id="-951648">4. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951649" id="-951649">jamgʻarma budjetida nazarda tutilgan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun toʻliq javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951651" id="-951651">jamgʻarmaning istiqboldagi va joriy vazifalarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951652" id="-951652">tegishli respublika organlari bilan birgalikda ijtimoiy sugʻurtaga ajratiladigan badallar miqdorlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951653" id="-951653">jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlarini saqlash meʼyorlarini va tartibini belgilaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951654" id="-951654">jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951656" id="-951656">Jamgʻarma budjeti loyihasini va xarajatlar smetasini, budjetning ijro etilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951657" id="-951657">tuzilmani, xodimlar sonini va xarajatlar smetasini, shu jumladan, ijro etuvchi direksiya va Jamgʻarma boʻlinmalarining mehnat haqi fondini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951658" id="-951658">Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining oʻrinbosarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyanomasiga binoan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boʻlinmalarining vakillarini tayinlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951659" id="-951659">oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma faoliyati masalalari boʻyicha zarur nizomlar va yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951660" id="-951660">davlat va jamoat tashkilotlari bilan, shuningdek, chet el va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda jamgʻarma nomidan vakillik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951661" id="-951661">nazorat-iqtisodiy ishlarni (jarima, penya) amalga oshirishdan olingan mablagʻlar hisobiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlarining ijtimoiy-madaniy-maishiy fondini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951662" id="-951662">5. Jamgʻarma boshqaruvining ijro etish – boshqarish va nazorat vazifalarini hamda tezkor rahbarlikni taʼminlash uchun Jamgʻarma boshqaruvi qarori bilan jamgʻarmaning doimiy ishlovchi direksiyasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951663" id="-951663">6. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boshqaruvi yigʻilishi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. U boshqaruv aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda qaror qabul qilishga haqlidir. Qarorlar qatnashayotgan boshqaruv aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951664" id="-951664">7. Korxonalar, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida shugʻullanayotgan shaxslar jamgʻarma vakillariga jamgʻarmaning faoliyatiga taalluqli hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etishga majburdirlar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-951665" id="-951665">6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy <br />sugʻurta jamgʻarmasining huquqiy mavqeyi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951666" id="-951666">1. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951667" id="-951667">2. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, vakillikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari yuridik shaxs hisoblanadilar, oʻz muhriga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-951668" id="-951668">3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Toshkent shahrida joylashgan. </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1156809" id="-1156809">(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 8-son, 30-modda; 1996-y., 12-son, 37-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
