1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining taʼsirchan tizimini yaratishda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi oʻrnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-son Farmoni bilan:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilinganligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashning 1 va 2-ilovalarga muvofiq quyidagi tartibi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
birinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasi Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha oʻzining apparatida topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi;
uchinchi bosqich — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga belgilangan shakldagi maʼlumotlarni kiritadi;
toʻrtinchi bosqich — Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oyda Rayosat majlislarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tanqidiy koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi;
oltinchi bosqich — Hisob palatasi “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
yettinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
3. Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yoʻnalishlar etib quyidagilar belgilansin:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini har tomonlama puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
boshqaruv tizimini, zamonaviy Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini maqsadli hamda ustuvor vazifalarga muvofiq takomillashtirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish, ularning bajarilish holatini maqsadli oʻrganish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat bandlarida aniq mexanizmlar, muddatlar va masʼullar belgilanishi boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni (harakat rejalarini) oʻz vaqtida ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish;
tashkiliy, ijro va nazorat faoliyati yagona tizimining natijadorligi uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini belgilash.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni 3-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni 4-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning joylarda toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi;
xoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni 5-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etadi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi hamda bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
5. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati bir yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har olti oyda masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritib boriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
“Ijro.gov.uz” tizimiga davlat organlari va tashkilotlarini ulash va ularning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishini taʼminlash Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi va, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilib, Hisob palatasi xulosasi olingan takliflar asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan uzaytiriladi;
maxfiylik belgisi ostidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari maʼlumotlar bazasini yuritish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari masʼul hisoblanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Moliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga davlat organlari va tashkilotlarini ulash va ularning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishini taʼminlash bilan bogʻliq maqsadlar uchun mablagʻlarni 2021-yilda Davlat budjeti parametrlari doirasida, 2022-yildan boshlab esa davlat organlari va tashkilotlarining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3962-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 10-yanvarga qadar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, “Ijro.gov.uz” tizimi samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan vaqtinchalik nizomni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ijro intizomini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalda bajarilishida koʻmaklashish uchun;
Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan ishlarning tashkil qilinishi uchun;
Hisob palatasi raisiga — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarida ijro intizomini tegishli darajada taʼminlash uchun;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
adliya vaziriga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishining nazorati olib borilishi, “Ijro.gov.uz” tizimi samarali yuritilishi hamda manzilli va tematik tahlillarning sifatli tashkil etilishi uchun;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga — “Ijro.gov.uz” tizimi uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy asosda choralar koʻrib borilishi uchun;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, ularning ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-may,
PQ-5132-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 2-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
“Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.
“Ijro.gov.uz” tizimiga topshiriqlarni kiritish, masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilash.
Viloyat hokimliklari:
Bajarish muddati:
1. Natijalarni koʻrib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.
3 kun, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan
a) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
1 kun, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 5 kun
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ijrochilar va ijro muddatlarini belgilab, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tuman (shahar) hokimliklariga yuborish.
Vazirlar Mahkamasi
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlash.
belgilangan muddatlarda
b) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatish.
Masʼul ijrochini belgilash hamda topshiriqlarni nazoratga olish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro muddatlarini uzaytirish haqida Adliya vazirligiga taklif kiritish.
zaruratga koʻra
Tuman (shahar) hokimliklari:
Bajarish muddati:
2. Ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻrganish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash.
belgilangan muddatlarda
Bajarish muddati:
Bajarish muddati:
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.
1 kun, shoshilinch topshiriqlar —zudlik bilan
hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab 1 kun
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi muddatlarini uzaytirish haqida viloyat hokimligiga taklif kiritish.
zaruratga koʻra
V BOSQICH
VI BOSQICH
VII BOSQICH
Vazirlar Mahkamasi
Hisob palatasi
Administratsiya
1. Natijalarni koʻrib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Natijalarni koʻrib chiqish:
Bajarish muddati:
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bajarish muddati:
a) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;
1 kun, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 5 kun
a) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish;
1 kun, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 5 kun
muntazam ravishda
b) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatish.
b) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatish.
2. Topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish.
belgilangan muddatlarda
2. Ijro muddatlarini uzaytirish haqida takliflarni koʻrib chiqish va “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.
5 kun
2. Ijro muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar asosligini oʻrganish va Administratsiyaga xulosa kiritish.
5 kun
3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 3-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijrosini tashkil etish
TARTIBI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Markaziy apparat Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Markaziy apparat rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Markaziy apparat masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Hududiy boʻlinma Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Markaziy apparat tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Hududiy boʻlinma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Hududiy boʻlinma masʼul ijrochisi
Topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda markaziy apparatga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Markaziy apparat masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Markaziy apparat va hududiy boʻlinma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati: rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama qilinadi; rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Davlat organlari va tashkilotlari hayʼati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Har oyda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatma kiritadi.
Zaruratga koʻra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi, natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi, natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
3 kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
(keyingi oʻrinlarda — viloyat hokimliklari)
Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Viloyat hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Viloyat hokimligi
masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Viloyat hokimligi tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi masʼul ijrochisi
Topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda viloyat hokimligiga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Viloyat hokimligi masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Viloyat va tuman (shahar) hokimligi rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama qilinadi;
hokim huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman (shahar) kengashlari
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Har yarim yilda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Viloyat hokimliklari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida viloyat hokimligiga koʻrsatma kiritadi.
Zaruratga koʻra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Viloyat hokimligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
Viloyat hokimligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi, natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Viloyat hokimligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi, natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
3 kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 5-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning xoʻjalik birlashmalari tomonidan ijrosini tashkil etish
TARTIBI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Markaziy apparat Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
2-bosqich
Markaziy apparat rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Markaziy apparat masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
2. Zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi va nazoratga oladi.
3 kun muddatda
4-bosqich
Hududiy boʻlinma Umumiy boʻlimi
(kanselyariyasi)
Markaziy apparat tomonidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda rahbariyatga axborot beradi.
Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida
5-bosqich
Hududiy boʻlinma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1 kun muddatda
6-bosqich
Hududiy boʻlinma masʼul ijrochisi
Topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
3 kun muddatda
Topshiriq ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda markaziy apparatga tizim orqali kiritadi.
Topshiriqda belgilangan muddatda
7-bosqich
Markaziy apparat masʼul ijrochisi
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatdan kechikmasdan
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
Zudlik bilan
8-bosqich
Markaziy apparat va hududiy boʻlinma rahbariyati
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati:
rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama qilinadi;
rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Har hafta juma kuni
Har hafta dushanba kuni
Xoʻjalik birlashmasi boshqaruvi organi
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati muhokama qilinadi, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
Har oyda
9-bosqich
Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma
1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
10-bosqich
Adliya vazirligi
Xoʻjalik birlashmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xoʻjalik birlashmasiga koʻrsatma kiritadi.
Zaruratga koʻra
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
1 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
Xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi, natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazoratga oladi.
Doimiy
12-bosqich
Hisob palatasi
Xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi, natijasi boʻyicha:
a) topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
b) topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlashga masʼul ijrochiga joʻnatadi.
3 kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 kun muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga 6-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishining nazoratini olib borish va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
operator — “Ijro.gov.uz” tizimini davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatiga joriy qilish uchun javobgar boʻlgan, shuningdek, uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlovchi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi taʼsischiligidagi “UNICON-SOFT” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
masʼul ijrochilar — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari;
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari — “Ijro.gov.uz” tizimini qoʻllagan holda oʻz lavozim majburiyatlari doirasida harakatlanayotgan masʼul ijrochilar rahbarlari va xodimlari.
4. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuboradi;
ikkinchi bosqich — Adliya vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasi Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha oʻzining apparatida topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilaydi hamda topshiriqlarni nazoratga oladi;
uchinchi bosqich — masʼul ijrochilar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi va bu haqda “Ijro.gov.uz” tizimiga belgilangan shakldagi maʼlumotlarni kiritadi;
toʻrtinchi bosqich — Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;
beshinchi bosqich — Vazirlar Mahkamasi “Ijro.gov.uz” tizimida Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;
oltinchi bosqich — Hisob palatasi “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki masʼul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi;
yettinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).
5. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi namunalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Adliya vazirligi markaziy apparati
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Adliya vazirligi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda Adliya vazirligi rahbariyatiga axborot beriladi.
7. Adliya vazirligi rahbariyati qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Nazorat qilish boshqarmasi) tegishli topshiriq beradi.
8. Nazorat qilish boshqarmasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan masʼul ijrochilar va ularni bajarish muddatlarini aniq koʻrsatgan holda bir kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshiriqlarini kiritadi.
9. Nazorat qilish boshqarmasi quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalari) “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuboradi:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri masʼul ijrochi etib belgilanganda;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi yoki davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparati tomonidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklariga, davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalariga ijro uchun yuborilganda.
10. Ijro muddati yaqinlashgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochilarga topshiriq muddati tugashidan oʻn kun oldin “Ijro.gov.uz” tizimida avtomatik ravishda eslatmalar yuboriladi.
11. Nazorat qilish boshqarmasi “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining muntazam monitoringini amalga oshiradi va masʼul ijrochilarga topshiriqlarni bajarishda huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
b) Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalari
12. Ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan hollarda Nazorat qilish boshqarmasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari bir vaqtning oʻzida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali avtomatik tarzda Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalariga nazorat uchun yuboriladi.
13. Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻiga axborot beriladi.
14. Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — Nazorat qilish boʻlimi) topshiriq beradi.
15. Nazorat qilish boʻlimi bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga oladi hamda ularning ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib boradi.
16. Nazorat qilish boʻlimi masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga topshiriq ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini, shu jumladan, amaliy natijalarni koʻzdan kechirish maqsadida joylarga chiqish orqali tekshiradi hamda Nazorat qilish boshqarmasiga bir kun muddatda axborot taqdim etadi.
17. Nazorat qilish boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
18. Nazorat qilish boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqning ijro muddati tugashidan oʻn kun oldin topshiriqning ijro holati toʻgʻrisida Nazorat qilish boshqarmasiga axborot beradi.
19. Nazorat qilish boʻlimi bajarilmagan va muddati kechiktirilib bajarilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar tahlili va hisobini yuritadi hamda natijasi boʻyicha umumlashtirilgan axborotni har oy yakunida Nazorat qilish boshqarmasiga taqdim qilib boradi.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati
20. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
21. Davlat organlari va tashkilotlari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
22. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalar yoki tizim tashkilotlariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, markaziy apparat masʼul ijrochisi hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
23. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
24. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
25. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har oyda — hayʼat majlislarida muhokama qilinadi.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari
26. Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
27. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
28. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
29. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga kiritadi.
30. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
31. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
3-§. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
32. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — viloyat hokimliklari) masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
33. Viloyat hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
34. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda tuman (shahar) hokimliklariga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilagan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, viloyat hokimligi masʼul ijrochisi tuman (shahar) hokimligi tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
35. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
36. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
37. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida;
har yarim yilda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
b) tuman (shahar) hokimliklari
38. Viloyat hokimligidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida tuman (shahar) hokimligi masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
39. Tuman (shahar) hokimligi rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
40. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
41. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyat hokimligiga kiritadi.
42. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyat hokimligiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
43. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har yarim yilda — xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari yigʻilishida muhokama qilinadi.
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
4-§. Xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
a) Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparati
44. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmasi markaziy apparati masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda rahbariyatga axborot beriladi.
45. Xoʻjalik birlashmalari rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
46. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
Masʼul ijrochi, zaruratga koʻra, rahbariyatga axborot bergan holda hududiy boʻlinmalarga amalga oshirish mexanizmi hamda bajarish muddatlarini aniq belgilangan holda topshiriqni yuboradi. Bunda, markaziy apparat masʼul ijrochisi hududiy boʻlinmalar tomonidan topshiriq bajarilishini qatʼiy nazoratga olishi va ijrosini taʼminlashda koʻmaklashishi zarur.
47. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan belgilangan shakldagi maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Agar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi bu haqda rahbariyatga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritadi.
48. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi;
agar topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilsa, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga qaytadan kiritilishini nazoratga oladi.
49. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida;
har oyda — xoʻjalik birlashmalari boshqaruv organi majlislarida muhokama qilinadi.
50. Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
b) Xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari
51. Xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda ular boʻyicha nazorat rejalari kelib tushgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida xoʻjalik birlashmalari hududiy boʻlinmalari masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va rahbariyatga axborot beriladi.
52. Hududiy boʻlinmalar rahbariyati bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
53. Masʼul ijrochi uch kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
54. Masʼul ijrochi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan, rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shaklda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga kiritadi.
55. Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklangan tarkibiy boʻlinma qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar, zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazoratga oladi.
56. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati:
har hafta juma kuni — rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — rahbar huzurida muhokama qilinadi.
57. Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
5-§. Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini tashkil etish
58. Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi Hukumat bevosita masʼul etib belgilangan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan kunning oʻzida Bosh vazir topshirigʻi loyihasini yoki nazorat rejalarini tayyorlaydi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi.
59. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan Bosh vazir topshirigʻi yoki nazorat rejalari Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalariga yuboriladi.
60. Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tasdiqlangan Bosh vazir topshirigʻi yoki nazorat rejalar asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan masʼul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni “Ijro.gov.uz” tizimida belgilaydi va nazoratga oladi.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochilar — Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari “Ijro.gov.uz” tizimida avtomatik tarzda Adliya vazirligi va Hisob palatasida aks etadi.
61. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborilgan topshiriqlar ijrosini tashkil qiladi va ijrosini nazorat qiladi.
62. Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ijro etilishining nazorati Adliya vazirligi tomonidan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish
1-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazorat qilinishi
63. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini doimiy tahlil qilib boradi va nazorat qiladi.
64. “Ijro.gov.uz” tizimiga masʼul ijrochi tomonidan kiritiladigan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan boʻlishi;
ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq toʻldirilgan boʻlishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar PDF formatida, amaliy natijalarni aks ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda — ularni ifoda etuvchi boshqa formatlardagi maʼlumotlar ilova qilingan boʻlishi.
65. Masʼul ijrochilar nazorat topshiriqlarini bajarish muddatlari yaqinlashgani yoki kechiktirilgani toʻgʻrisida “Ijro.gov.uz” tizimidagi ogohlantiruvchi xabarlar orqali avtomatik ravishda muntazam xabardor qilinadi.
66. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — besh kun muddatda) tahlil qilinadi. Tahlil qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
maʼlumotlar va ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlarning toʻliqligini oʻrganish;
maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish zarurati mavjud boʻlgan hollarda joyiga chiqqan holda oʻrganish;
tor ixtisosliklar boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarni (bajarilgan ishlarni) sohaga oid tashkilotlarga soʻrovlar yuborish orqali yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻrganish;
maʼlumotlarda noaniqliklar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul ijrochidan yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish.
67. Tahlil jarayonida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritilgan maʼlumotlarga quyidagi mezonlar asosida baho beriladi:
qonuniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda nazarda tutilgan maʼmuriy tartib-taomillar va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilganligi;
dolzarblik — olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga mosligi;
toʻliqlik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan koʻzlangan maqsadlarga — koʻrsatkichlarga erishilganligi (soni, miqdori, hajmi va boshqa koʻrsatkichlar);
haqqoniylik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning amalda qilingan ishlar bilan oʻzaro muvofiqligi;
masʼuliyatlilik — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash borasida masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vakolati doirasida barcha zaruriy choralar koʻrilganligi.
68. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hollarda hamda Nazorat qilish boshqarmasi topshirigʻiga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlarni tahlil qilish Nazorat qilish boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Nazorat qilish boʻlimlari tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha axborot (zarur asoslovchi hujjatlar bilan) “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Nazorat qilish boshqarmasiga kiritiladi.
69. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar tahlili natijasiga koʻra, Nazorat qilish boshqarmasi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — masʼul ijrochi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
70. “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritgan masʼul ijrochilarga Adliya vazirligi tomonidan mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar kiritiladi.
Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan masʼul ijrochilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
71. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha masʼul ijrochilarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini ushbu Nizomga 4-ilovadagi koʻrsatkichlarga muvofiq baholab boradi.
2-§. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazorat qilinishi
72. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qiladi.
73. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari quyidagi tartibda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etadi:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazirning tegishli topshirigʻi loyihasini tayyorlaydi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha nazorat rejalarini tayyorlaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishadi;
har hafta chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib boradi hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib boradi;
har hafta juma kunlari topshiriqlar ijrosi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar oʻtkazib boradi hamda natijasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga axborot kiritadi;
har oy yakuni bilan Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida ijro intizomi masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;
grafik asosida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganadi.
74. Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul tarkibiy boʻlinmalari bir kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh kun muddatda) Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganib chiqadi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
3-§. Hisob palatasi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazorat qilinishi
75. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida va natijador bajarilishini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qilib boradi.
76. Hisob palatasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼul ijrochilar tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini uch kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh kun muddatda) oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Hisob palatasi:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa yoki zarur tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa — ularni qayta ishlash uchun masʼul ijrochiga yuboradi.
77. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida asosiy masʼul ijrochidan nazoratdan yechilganidan soʻng, mazkur topshiriq boʻyicha hamijrochi hisoblangan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham nazorat “Ijro.gov.uz” tizimida avtomatik ravishda yechiladi.
78. Hisob palatasi grafik asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar va tarmoqlar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etadi.
79. Hisob palatasi har chorak yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
4-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnomani Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda koʻrib chiqish
1-§. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha maʼlumotni Adliya vazirligiga kiritish
80. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda taʼminlaydi hamda ijro natijalari boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlarni, ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kiritadi.
81. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi sanasiga qadar “Ijro.gov.uz” tizimidagi oʻzlari masʼul boʻlgan topshiriqlarni tahlil qiladi va ijro holati boʻyicha ushbu Nizomga 5-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotni Adliya vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali taqdim etadi.
2-§. Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnomani Vazirlar Mahkamasiga kiritish
82. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnomani shakllantirish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Hukumat rayosati majlislarida koʻrib chiqish ushbu Nizomga 6-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
83. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi holatini muntazam ravishda, shu jumladan tegishli masʼul ijrochilar bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida tahlil qilib boradi.
Adliya vazirligi masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda tizimli ravishda umumlashtirib boradi.
84. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro etilishi holati boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma Adliya vazirligi tomonidan quyidagilarni amalga oshirish natijasida shakllantiriladi:
masʼul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish;
oʻtkazilgan manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
85. Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qiladi hamda ijro natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan muddatlarda “Ijro.gov.uz” tizimiga maʼlumotlarni toʻliq va sifatli tarzda kiritib boradi.
86. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning uchinchi sanasiga qadar masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni umumlashtirilgan holda tahlil qiladi.
87. Adliya vazirligi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnoma va tahliliy jadvalni (keyingi oʻrinlarda — tahliliy materiallar) ushbu Nizomga 7-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
3-§. Tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlash va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish
88. Adliya vazirligi tomonidan tahliliy materiallar kiritilgandan soʻng ular darhol Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan holda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim etiladi.
89. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tahliliy materiallarni har oyning 7-sanasiga qadar tahlil qiladi hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq xati asosida puxta tahlil qilish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalarga yuboradi.
90. Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari:
a) har oyning 8-sanasiga qadar:
biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini hamda ijrosi taʼminlanmagan bandlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni puxta tahlil qiladi;
biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ijrosi taʼminlanmagan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni yakuniga yetkazish boʻyicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni tashkil qiladi;
biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati boʻyicha tahliliy materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga taqdim qiladi;
b) har oyning 9-sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida muhokamalar tashkil etadi.
91. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari har oyning 10-sanasiga qadar tegishli tarkibiy boʻlinma tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni tanqidiy koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra, ularning muhokamasi boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini taklif etgan holda yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlar va xodimlarga nisbatan chora qoʻllash masalasini koʻrib chiqadi hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga zarur koʻrsatmalar beradi.
92. Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari har oyning 11-sanasiga qadar Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining takliflari va koʻrsatmalari asosida qayta ishlangan tahliliy materiallarni umumlashtirish uchun Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim qiladi.
93. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda:
a) har oyning 12-sanasiga qadar tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami va quyidagilarni oʻz ichiga olgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qiladi:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibi va olib borish tartibi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida hisobot beruvchilar va taklif etilganlar roʻyxati;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayon loyihasi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan tahliliy maʼlumot loyihasi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi samaradorligi hamda rahbarlarning bu boradagi masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini taʼminlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan chora koʻrish boʻyicha takliflar;
boshqa axborot-tahliliy va statistik materiallar;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatining Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etadi.
94. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi hamda masʼul tarkibiy boʻlinmalarning qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatini puxta tahlil qilish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi uchun tahliliy materiallarni tayyorlash hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
95. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nazorat va ijro intizomi boʻlimi bilan birga har oyning 13-sanasiga qadar umumlashtirilgan tahliliy materiallarni hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini puxta tahlil qiladi hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi huzurida himoya qiladi.
96. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi har oyning 15-sanasiga qadar qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy materiallarni hamda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tahlil qiladi va Bosh vaziriga axborot beradi hamda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish muddatini kelishadi.
97. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi.
Ijro intizomini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan, shuningdek, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarni qoʻllash masalalari koʻrib chiqiladi.
98. Vazirlar Mahkamasining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisining yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, bir kun muddatda puxta qayta ishlaydi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni puxta qayta ishlanganidan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda ushbu Nizomga 8-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan maʼlumotnomani tayyorlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
hisobot davrida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatining qisqacha umumiy yigʻma tahlili;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, erishilgan asosiy koʻrsatkichlar;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning tahlili;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflar;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda aniqlangan tizimli kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.
99. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonida belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi hamda masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
5-bob. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish
100. “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish ushbu Nizomga 9-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
101. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda masʼul ijrochilar tomonidan Adliya vazirligiga nazorat topshiriqlarining ijro muddatini uzaytirish boʻyicha ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq takliflar kiritiladi.
102. Adliya vazirligi ijro muddatini uzaytirish haqidagi belgilangan shakldagi takliflar kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda ularni tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda takliflarni “Ijro.gov.uz” tizimi orqali tasdiqlaydi.
Masʼul ijrochining ijro muddatini uzaytirish haqidagi taklifi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng tegishlicha Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasi (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali koʻrib chiqiladi.
103. Vazirlar Mahkamasi (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topilgan taqdirda tegishli taklifni Hisob palatasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritadi.
104. Hisob palatasi ijro muddatini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan maʼqullangan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda “Ijro.gov.uz” tizimidagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritadi.
105. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha takliflarni va Hisob palatasining xulosasini tahlil qiladi hamda asosli deb topgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritadi.
106. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib, tegishli choralarni belgilaydi.
6-bob. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish
107. “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi ushbu Nizomga 10-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
108. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat va hisobdorlikni tashkil etishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
“Ijro.gov.uz” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalariga “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
“Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
109. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashda operator:
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarini roʻyxatga oladi, ulaydi, elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlaydi va oʻqitadi;
Adliya vazirligining takliflariga asosan “Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalaydi va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushiradi;
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilariga Call-markaz orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish boʻyicha, shu jumladan “Ijro.gov.uz” tizimida “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari xato yoki notoʻgʻri ishlashlarining oldini olish boʻyicha maslahatlar beradi;
“Ijro.gov.uz” tizimi funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida uning ishlashini tahlil qiladi.
110. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shaklda toʻldirilgan arizalar yuboriladi. Arizaning namunaviy shakli “Ijro.gov.uz” tizimiga biriktiriladi.
111. Operator arizani olgan kundan boshlab uch kun muddatda “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzadi.
112. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisobvaragʻiga toʻlov kelib tushgandan soʻng operator uch kun muddatda:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchisining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kaliti sertifikatini generatsiyalashni;
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki uning ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kaliti sertifikati boʻlgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini taʼminlaydi.
113. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish operator tomonidan amalga oshiriladi.
114. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish (maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish) masʼul ijrochi kadrlar boʻlinmasi tomonidan ushbu tashkilotning ijro intizomi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmasini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
115. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
116. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
117. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi kadrlar boʻlinmasiga topshiriladi.
118. Operatorning “Ijro.gov.uz” tizimining axborot xavfsizligini va uzluksiz ishlashini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
119. Masʼul ijrochilarning rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga hamda oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
120. “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanilganda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishi uchun javobgar hisoblanadi.
121. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
122. Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib boradi, joylardagi holat monitoringini yuritadi va, zarur hollarda, “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilaridan tushuntirishlar oladi.
123. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Davlat soliq qoʻmitasi namunasida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi
30 daqiqa mobaynida
1 kun muddatda
1 kun muddatda
Ijro muddati kelishidan
10 kun oldin — 2021-yil 20-iyul
Doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniniroʻyxatdan oʻtkazadivarahbariyatga axborot beradi.
Farmondagi topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga topshiriq beradi.
Farmon bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi masʼul ijrochisi — Davlat soliq qoʻmitasi va uni bajarish muddatini — 2021-yil 30-iyul qilib koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshirigʻini kiritadi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandiijro muddati yaqinlashganligi va uning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali eslatma yuboradi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali monitoring qiladi.
Topshiriq ijrosi uchun masʼul etib belgilangan ijrochi
Tashkiliy ishlar va nazorat boshqarmasi
Qoʻmita rahbariyati
30 daqiqa mobaynida
1 kun muddatda
3 kun muddatda
Farmonda belgilangan muddatda
(2021-yil 30-iyulga qadar)
Doimiy
Belgilangan muddatlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniniroʻyxatdan oʻtkazadivarahbariyatga axborot beradi.
Farmon ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Farmon ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, Qoʻmita rahbariyatiga tasdiqlatadi va ijroga qaratadi.
1. “Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda Hukumatga kiritadi va bu haqda Qoʻmita raisi (uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan belgilangan shakldagi maʼlumotni Adliya vazirligi tasdiqlashi uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqida Qoʻmita raisi (uning birinchi oʻrinbosari)ga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritadi.
1. “Yoʻl xaritasi”ning 31-bandidagi topshiriq oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar“Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq va haqqoniy kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan ishlashga qaytarilganda, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritilishini nazoratga oladi.
Farmon, jumladan “Yoʻl xaritasi” 31-bandi ijrosini:
har hafta juma kuni — Qoʻmita raisi birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — Qoʻmita raisi huzurida;
har oyda — Qoʻmita hayʼat majlislarida muhokama qiladi.
III bosqich
Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi
1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
Zaruratga koʻra
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — uni “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa — bu haqda Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, Davlat soliq qoʻmitasiga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritadi.
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati — masʼul ijrochi
Nazorat va ijro intizomi boʻlimi
3 kun muddatda
1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
Hujjat loyihasi kiritilgan kundan boshlab 10 kun muddatda
Doimiy
Farmon, shu jumladan “Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda tasdiqlatadi, ijroga qaratadi va bajarilishini nazoratga oladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — uni “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa — bu haqida Adliya vazirligini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali xabardor qiladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha kiritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga koʻra qabul qilinishi taʼminlaydi va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandidagi topshiriq Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishi Makroiqtisodiy tahlil kotibiyati masʼul ijrochi tomonidan taʼminlanishini nazoratga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shuʼbasi
3 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
“Yoʻl xaritasi”ning 31-bandi ijrosi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqni nazoratdan yechadi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa — bu haqda Vazirlar Mahkamasini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali xabardor qiladi.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi namunasida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Nazorat boʻlimi
30 daqiqa mobaynida
1 kun muddatda
1 kun muddatda
Ijro muddati kelishidan
10 kun oldin — 2020-yil 20-may
Doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriniroʻyxatdan oʻtkazadivarahbariyatga axborot beradi.
Qarordagi topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga topshiriq beradi.
Qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi masʼul ijrochisi — Toshkent shahar hokimligi va uni bajarish muddatini — 2020-yil 30-may qilib koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshirigʻini kiritadi va nazoratga olish uchunToshkent shahar adliya boshqarmasi Nazorat boʻlimiga avtomatik tarzda joʻnatadi.
Ijro muddati yaqinlashganligi va uning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha Toshkent shahar hokimligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali eslatma yuboradi.
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali monitoring qiladi.
II bosqich
Toshkent shahar hokimligi
Umumiy boʻlim (kanselyariya)
Toshkent shahar hokimligi rahbariyati
Toshkent shahar hokimligi masʼul ijrochisi
Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi rahbariyati
Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi masʼul ijrochisi
Toshkent shahar hokimligi masʼul ijrochisi
Tashkiliy-nazorat va tahliliy boshqarmasi (boʻlimi)
Toshkent shahar hokimligi, Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi
30 daqiqa mobaynida
1 kun muddatda
3 kun muddatda
30 daqiqa mobaynida
2020-yil 30-mayga qadar
1 kun muddatda
Doimiy
Doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriniroʻyxatdan oʻtkazadi va rahbariyatga axborot beradi.
Qaror ijrosi boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
Qaror ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, rahbariyatga tasdiqlatadi va “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandiijrosini taʼminlash uchun Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga yuboradi, topshiriqni bajarishda koʻmaklashadi.
“Yoʻl xaritasi” 12-bandi ijrosi boʻyicha — masʼul ijrochini belgilaydi va ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq beradi.
1. “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani 6-yongʻin-qutqaruv qismini koʻchirish uchun bino ajratilishini taʼminlaydi va bu haqda belgilangan shakldagimaʼlumotni Toshkent shahar hokimligi tasdiqlashi uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqda tuman hokimi (uning birinchi oʻrinbosari)ga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Toshkent shahar hokimligiga qayta kiritadi.
1. Tuman hokimligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi va topshiriq ijrosini bajarilgan boʻlsa — tizimda tasdiqlaydi, bajarilmagan boʻlsa — bu haqda tuman hokimligini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali xabardor qiladi va topshiriqni bajarishda koʻmaklashadi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, bu haqida shahar hokimi (uning birinchi oʻrinbosari)ga axborot beradi, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligiga qayta kiritadi.
1. “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandidagi topshiriq oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar“Ijro.gov.uz” tizimiga toʻliq kiritilishini nazoratga oladi.
2. Topshiriq ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan maʼlumotlar Adliya vazirligi (Toshkent shahar hokimligi) tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlashga yuborilganda, masʼul ijrochi tomonidan kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tegishli maʼlumotlar tasdiqlash uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligiga
(Toshkent shahar hokimligiga) qayta kiritilishini nazoratga oladi.
Qaror, jumladan “Yoʻl xaritasi” 12-bandi ijrosini:
har hafta juma kuni — hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida;
har hafta dushanba kuni — hokim huzurida;
har yarim yilda — xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qiladi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Nazorat boʻlimi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasi
Topshiriq bajarilishiga koʻra, 2020-yil 30-mayga qadar
1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
Zaruratga koʻra
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha tizimga kiritilgan maʼlumotning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va oʻrganish natijasi boʻyicha axborotni Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini nazorat qilish boshqarmasiga kiritadi.
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani 6-yongʻin-qutqaruv qismini koʻchirish uchun tegishli bino ajratilgan boʻlsa — topshiriq ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlaydi, bino ajratilmagan boʻlsa — topshiriq bajarilmagan deb topadi va bu haqida Toshkent shahar hokimligini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali xabardor qiladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlar oʻz vaqtida kiritilmasa yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, Toshkent shahar hokimligiga mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritadi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati — masʼul ijrochi
Nazorat va ijro intizomi boʻlimi
3 kun muddatda
1 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
Doimiy
Qaror, shu jumladan “Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha nazorat rejasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda tasdiqlatadi, ijroga qaratadi va bajarilishini nazoratga oladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan kiritilgan va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini, zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda, oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, topshiriq bajarilgan boʻlsa — topshiriq ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlaydi; topshiriq bajarilmagan boʻlsa — bu haqda Adliya vazirligini tizim orqali xabardor qiladi.
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandidagi topshiriq Toshkent shahar hokimligi tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi va natijasi boʻyicha belgilangan shakldagi maʼlumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishi
Hududlarni kompleks rivojlantirish kotibiyati masʼul ijrochi tomonidan taʼminlanishini nazoratga oladi.
V bosqich
Hisob palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shuʼbasi
3 kun muddatda (qoʻshimcha oʻrganish talab qilinganda 5 kun muddatda)
“Yoʻl xaritasi”ning 12-bandi ijrosi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi tomonidan kiritilgan, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalariga koʻra:
topshiriq bajarilgan boʻlsa — topshiriq ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlaydi;
topshiriq bajarilmagan boʻlsa — bu haqda Vazirlar Mahkamasini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali xabardor qiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisidagi “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi
Hujjat sanasi
Hujjat raqami
Band raqami
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Ijro uchun masʼullar
Topshiriq ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot
Birlamchi hujjat mavjudligi
Vazirlik va idoralar nomi
Masʼul xodim (FIO va tel raqami)
1.
2.
3.
...
Izoh. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha kiritilgan maʼlumotlarga ularning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi zarur.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini baholash
KOʻRSATKICHLARI
T/r
Vazirlik va idoralar
Muddati kelgan jami topshiriqlar soni
Shundan
Umumiy ball
Bahosi
Oʻz vaqtida bajarilgan topshiriqlar
Kechiktirib bajarilgan topshiriqlar
Bajarilmagan topshiriqlar
soni
ball
soni
ball
soni
ball
A
B
V
G
D
E
J
Z
I
1.
2.
3.
Ball quyidagi tartibda aniqlanadi:
Quyidagi tartibda baholanadi:
V=B:A*100
BAHO
BALL
D=G:A*70
aʼlo
—
100
J=E:A*100
yaxshi
—
86 — 99
Z=V+D-J
oʻrtacha
—
71 — 85
qoniqarli
—
56 — 70
qoniqarsiz
—
0 — 55
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 4a-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini baholash
KOʻRSATKICHLARI
T/r
Vazirlik va idoralar
Muddati kelgan jami topshiriqlar soni
Shundan
Umumiy ball
Bahosi
Oʻz vaqtida bajarilgan topshiriqlar
Kechiktirib bajarilgan topshiriqlar
Bajarilmagan topshiriqlar
soni
ball
soni
ball
soni
ball
A
B
V
G
D
E
J
Z
I
1.
Tashqi ishlar vazirligi
14
14
100 ball
0
0
0
0
100 ball
AʼLO
2.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
90
66
73,3 ball
22
17,1 ball
2
2,2 ball
88,2 ball
YAXSHI
3.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
19
13
68,4 ball
4
14,7 ball
2
10,5 ball
72,6 ball
OʻRTACHA
4.
Buxoro viloyati hokimligi
34
18
60 ball
11
22,6 ball
5
14,7 ball
67,9 ball
QONIQARLI
5.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
64
26
40,6 ball
26
28,4 ball
12
18,8 ball
50,3 ball
QONIQARSIZ
Ball quyidagi tartibda aniqlanadi:
Quyidagi tartibda baholanadi:
V=B:A*100
BAHO
BALL
D=G:A*70
aʼlo
—
100
J=E:A*100
yaxshi
—
86 — 99
Z=V+D-J
oʻrtacha
—
71 — 85
qoniqarli
—
56 — 70
qoniqarsiz
—
0 — 55
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali bajarilmagan topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisida Adliya vazirligiga kiritiladigan tahliliy
jadvalning namunaviy shakli
T/r
Hujjat turi
Hujjat raqami va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Ijro holati, takliflar
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
...
...
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 6-ILOVA
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnomani shakllantirish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Hukumat Rayosati majlislarida koʻrib chiqish sxemasi
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 7-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan umumlashtirilgan
MAʼLUMOTNOMANING NAMUNAVIY SHAKLI
I. KIRISH QISMI
a) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatga olish, masʼul ijrochilarga yetkazishi va ularning bajarilishini tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlashda masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
II. BAYON QISMI
v) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi holati monitoringi va tahlili natijalari;
g) bajarilmagan topshiriqlar tahlili va ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumot (jadval ilova qilinadi);
d) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi koʻrsatmalari bajarilish holati tahlili;
e) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar tahlili (aniq misollarda ochib berilishi kerak);
j) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ishlarining real holatini tanqidiy oʻrganish tahlili (markaziy apparatda, davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻgʻinlarida, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida).
III. TAKLIF ETILADIGAN CHORALAR
z) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, rahbarlarning ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar;
i) jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ijro intizomini susaytirib yuborgan rahbarlarga (ularning oʻrinbosarlariga) nisbatan chora koʻrish boʻyicha asoslantirilgan takliflar.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan bajarilmagan topshiriqlar holati toʻgʻrisida tahliliy
JADVALNING NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi
Hujjat raqami va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Ijro holati, takliflar
Vazirlik va idoralar
1.
2.
...
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
1.
2.
...
Xoʻjalik birlashmalari
1.
2.
...
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 8-ILOVA
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladigan bajarilmagan topshiriqlar holati toʻgʻrisida tahliliy jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi
Hujjat raqami va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Ijro holati, takliflar
Vazirlik va idoralar
1.
2.
...
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
1.
2.
...
Xoʻjalik birlashmalari
1.
2.
...
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 9-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish imkoniyati mavjud emasligini asoslovchi hujjatlar bilan Adliya vazirligiga ijro muddatini uzaytirish haqida ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shaklda takliflar kiritish.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Adliya vazirligi
Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi takliflarni tahlil qilish, asosli deb topilgan taqdirda tegishlicha Vazirlar Mahkamasiga (Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha) yoki Hisob palatasiga (Hukumat tizimiga kirmaydigan tashkilotlar boʻyicha) taklif kiritish.
5 kun muddatda
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha)
Ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi ijro muddatini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan takliflarni Hisob palatasiga kiritish.
5 kun muddatda
4-bosqich
Hisob palatasi
Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.
5 kun muddatda
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi
Ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi Hisob palatasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish.
Zaruratga koʻra
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish haqidagi ushbu Nizomga 9a-ilovadagi namunaviy shakldagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib, tegishli choralarni belgilash.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 9a-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish boʻyicha Adliya vazirligiga kiritiladigan tahliliy jadvalning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hujjat turi
Hujjat raqami va sanasi
Topshiriq mazmuni
Bajarish muddati
Ijro holati
Ijro muddatini uzaytirish boʻyicha taklif
Asoslantirish
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
...
...
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 10-ILOVA
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda operator tomonidan maʼlumotlarni boshqarishni tashkil etish tartibi
SXEMASI
Tizimdan foydalanuvchilar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda operator tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Umumiy boʻlim tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish, tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish modulini joriy qilish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
3. Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hisob palatasidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
4. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
5. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Hisob palatasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish va Hisob palatasi tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish va uning takliflari asosida modulni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.
3. Hisob palatasining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga ijro uchun yoʻnaltiruvchi, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
4. Hisob palatasi uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Vazirlar Mahkamasi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modullarini joriy etish va ularning takliflari asosida tegishli modullarni takomillashtirish, oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish.
3. Ijro intizomi va nazorat boʻlimining nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarini masʼul ijrochi etib belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
4. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
5. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari uchun nazoratchi profilini yaratish va topshiriqlarning tegishliligi boʻyicha Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish.
6. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining soʻrovi asosida Hukumat tizimidagi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan tizim doirasida elektron hujjat aylanishini tashkil etish.
7. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
8. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Adliya vazirligi
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tizimlashtirish, Adliya vazirligidan elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga yetkazish, ular tomonidan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish modulini joriy etish;
3. Adliya vazirligining takliflari asosida tizimni takomillashtirish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish.
4. Adliya vazirligiga nazoratchi profili uchun qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarini belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda hujjatning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
5. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
6. Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari tomonidan kelgan javoblarni nazoratdan yechish yoki qayta ishlashga yuborish funksionalini joriy etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
7. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, ijrochilar hamda muddatlar kesimida topshiriqlarni nazorat qilib borish funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
8. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
9. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan markaziy apparatdagi xodimlar, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar, ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.
Tuman va shahar hokimliklari
1. Tizimdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilash, ijrochilarning iyerarxiyasi hamda topshiriqning ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni kuzatish funksionallarini yaratish.
3. Nazoratda turgan topshiriqlar ijro muddati kelayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha masʼul mutaxassislarni ogohlantirib turish tizimini joriy etish.
4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosiga oid maʼlumotlarni kiritish va asoslovchi hujjatlarni yuklash funksionalini yaratish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
5. Tizimdan foydalanuvchilarning yuzaga keladigan muammolari “Call” markazi xizmati orqali bartaraf etilishini taʼminlash.
6. Tizimning doimiy ravishda ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash, 24 soat davomidatexnik qoʻllab-quvvatlash.