Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tashqi bozorlarda Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilishini taʼminlovchi yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 1997-yil 1-iyungacha boʻlgan holatiga koʻra:
“OʻzDEUavto” AJning ishlab chiqarish hajmi soatiga 30 avtomobil ishlab chiqarish darajasiga yetdi, bu loyihadagi quvvatga chiqish dasturiga mos keladi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida “OʻzDEUavto” AJning 11 shuʼba va qoʻshma korxonasi tuzilgan va ular faoliyat koʻrsatmoqda, avtomobillarni konsignatsiya shartlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish sxemasi sinab koʻrildi;
“OʻzDEUavto” AJ tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “DEU” korporatsiyasi bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, narx boʻyicha raqobatbardoshlikni taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilash yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2. Belgilansinki, qayta eksport tariqasida “OʻzDEUavto” AJ tomonidan oʻz shuʼba va qoʻshma korxonalari ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun, shuningdek xorijda avtomobillarga kafolatli va servis xizmati koʻrsatish uchun olib chiqib ketilayotgan uskunalar, asboblar, ehtiyot qismlar, asosiy va yordamchi materiallar aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
4. 1997-yil 20-iyundan boshlab:
“OʻzDEUavto” AJning rasmiy dileri maqomiga ega boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga dvigatel hajmining 1 kub santimetriga 3 EKYu miqdoridagi stavka boʻyicha aksiz soligʻi;
avtotransport vositalarini qayta sotishda avtomobil komission bahosining 10 foizi miqdorida soligʻning cheklangan stavkasi belgilansin.
5. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “OʻzDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jismoniy shaxslar oʻrtasida oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.