1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZDEUAVTO” AJ MAHSULOTINI EKSPORT QILIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 17-IYUNDAGI 302-SON QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojlari stavkalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi 35-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-avgust,
180-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 317-modda)