O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tashqi bozorlarda Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilishini ta’minlovchi yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 1997-yil 1-iyungacha bo‘lgan holatiga ko‘ra:
“O‘zDEUavto” AJning ishlab chiqarish hajmi soatiga 30 avtomobil ishlab chiqarish darajasiga yetdi, bu loyihadagi quvvatga chiqish dasturiga mos keladi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida “O‘zDEUavto” AJning 11 shu’ba va qo‘shma korxonasi tuzilgan va ular faoliyat ko‘rsatmoqda, avtomobillarni konsignatsiya shartlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish sxemasi sinab ko‘rildi;
“O‘zDEUavto” AJ tomonidan “O‘zavtosanoat” uyushmasi va “DEU” korporatsiyasi bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, narx bo‘yicha raqobatbardoshlikni ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2. Belgilansinki, qayta eksport tariqasida “O‘zDEUavto” AJ tomonidan o‘z shu’ba va qo‘shma korxonalari ustav jamg‘armasiga qo‘shish uchun, shuningdek xorijda avtomobillarga kafolatli va servis xizmati ko‘rsatish uchun olib chiqib ketilayotgan uskunalar, asboblar, ehtiyot qismlar, asosiy va yordamchi materiallar aksiz solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
4. 1997-yil 20-iyundan boshlab:
“O‘zDEUavto” AJning rasmiy dileri maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga dvigatel hajmining 1 kub santimetriga 3 EKYu miqdoridagi stavka bo‘yicha aksiz solig‘i;
avtotransport vositalarini qayta sotishda avtomobil komission bahosining 10 foizi miqdorida solig‘ning cheklangan stavkasi belgilansin.
5. “O‘zbeksavdo” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jismoniy shaxslar o‘rtasida oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.