1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDEUAVTO” AJ MAHSULOTINI EKSPORT QILIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 180-sonli “Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi bozorlarda Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilishini taʼminlovchi yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 1997-yil 1-iyungacha boʻlgan holatiga koʻra:
“OʻzDEUavto” AJning ishlab chiqarish hajmi soatiga 30 avtomobil ishlab chiqarish darajasiga yetdi, bu loyihadagi quvvatga chiqish dasturiga mos keladi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida “OʻzDEUavto” AJning 11 shuʼba va qoʻshma korxonasi tuzilgan va ular faoliyat koʻrsatmoqda, avtomobillarni konsignatsiya shartlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish sxemasi sinab koʻrildi;
“OʻzDEUavto” AJ tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “DEU” korporatsiyasi bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, narx boʻyicha raqobatbardoshlikni taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilash yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
2. Belgilansinki, qayta eksport tariqasida “OʻzDEUavto” AJ tomonidan oʻz shuʼba va qoʻshma korxonalari ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun, shuningdek xorijda avtomobillarga kafolatli va servis xizmati koʻrsatish uchun olib chiqib ketilayotgan uskunalar, asboblar, ehtiyot qismlar, asosiy va yordamchi materiallar aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
3. “OʻzDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga soliq undirmasdan olib chiqib ketish huquqi bilan, korxonaning eksport ulgurji-sotish narxi boʻyicha erkin muomaladagi valyutaga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga istisno tarihasida sotishga ruxsat berilsin.
Avtomobillarni erkin muomaladagi valyutaga sotishdan tushgan tushum, valyuta tushumining 30 foizi majburiy ravishda vakil qilingan bankka sotilgan holda, “OʻzDEUavto” AJning eksportga mahsulot yetkazib berish hajmlariga qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat banki va “OʻzDEUavto” AJ bilan birgalikda ichki bozorda avtomobillarni erkin muomaladagi valyutaga sotish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.02 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
“OʻzDEUavto” AJning rasmiy dileri maqomiga ega boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga dvigatel hajmining 1 kub santimetriga 3 EKYu miqdoridagi stavka boʻyicha aksiz soligʻi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
avtotransport vositalarini qayta sotishda avtomobil komission bahosining 10 foizi miqdorida soligʻning cheklangan stavkasi belgilansin.
5. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “OʻzDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jismoniy shaxslar oʻrtasida oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.