1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
1. Quyidagilar paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular oʻrtasida sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini yanada oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
barcha turdagi sport taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport boʻlimlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega boʻlgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yoʻnaltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini taʼminlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etish;
rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
paralimpiya sport turlari boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib oʻrin egallashlarini ragʻbatlantirish, jismoniy va ijtimoiy moslashuvi integratsiyasini dasturiy-uslubiy taʼminlash, kasbiy reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
sport taʼlim muassasalarida (shu jumladan, oliy taʼlim muassasalarida) faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish tizimini kuchaytirish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida maxsus taʼlim muassasalarida hamda mahallalarda sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;
barcha turdagi sport taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
2. Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Paralimpiya qoʻmitasi) tashkil etilsin.
Belgilansinki, Paralimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Quyidagilar Paralimpiya qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, sport obyektlari va inshootlarining konsepsiyalari, texnik topshiriqlari, texnik-iqtisodiy asoslari/parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar va chempionatlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar va yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, ular orqali tinchlik, doʻstlik va oʻzaro tushunish gʻoyalarini targʻib-tashviq qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar, uslubchi-yoʻriqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish;
respublikada yoki boshqa xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va boshqa tashkilotlarda oʻz aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, oʻz aʼzolarini axborot, ilmiy-uslubiy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boʻyicha klublar faoliyatini tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va xalqaro sport tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish.
4. Joylarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Paralimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
2021-yil 1-sentabrga qadar hududiy paralimpiya boʻlinmalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish uchun homiylar biriktirilishini, shuningdek, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratilishini;
Turizm va sport vazirligi, Paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va kiritilishini;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
2022-yildan boshlab tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan hududiy paralimpiya boʻlinmalariga mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
5. Paralimpiya qoʻmitasining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 26 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
Paralimpiya qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda:
Paralimpiya qoʻmitasi tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan holda Paralimpiya qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobidan uning tuzilmasiga qoʻshimcha lavozimlarni kiritish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish huquqi berilsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
6. Paralimpiya qoʻmitasi 2021-yil yakuniga qadar Paralimpiya qoʻmitasi huzurida paralimpiya sport turlari boʻyicha klublarni tashkil etsin, ular faoliyatini muvofiqlashtirsin hamda saqlash bilan bogʻliq moliyaviy va tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal etsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
7. Paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar va uslubchi-yoʻriqchilar, koʻzi ojizlar, kar va zaif eshituvchilar, amputantlar bilan ishlovchi mutaxassislar (surdo, tiflo-surdo va xalqaro-surdo tarjimonlari) hamda boshqa kadrlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti tashkil qilinsin.
8. Paralimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Belgilab qoʻyilsinki, Institut paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar, uslubchi-yoʻriqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
shartnoma (pullik) asosida koʻrsatiladigan xizmatlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Institut faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablagʻlari ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
9. Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Paralimpiya qoʻmitasining 2021-yil 1-sentabrdan boshlab “Sport hamma uchun” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Belgilansinki, “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni parasport turlari bilan keng qamrab olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatga integratsiya qilish maqsadida bir yilda bir marta Parasport xalqaro festivali oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
har yili 3-dekabr kuni — Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlab koʻzi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar oʻrtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5x5 futbol, golbol, parayengil atletika, parapauerlifting, parabadminton, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari oʻtkaziladi;
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) oʻquvchilari oʻrtasida paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etiladi, taniqli sportchilar tomonidan master-klasslar, shuningdek, seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkaziladi.
Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov) “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilanayotgan va boshqa chora-tadbirlarni samarali va toʻliq tashkil etsin, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq moliyaviy va tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal etsin.
a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallarida, shuningdek, boshqa tegishli oliy taʼlim muassasalarida “Paralimpiya” kafedrasi, shuningdek, “Adaptiv sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaxassisligi ochiladi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari boʻlimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar uchun 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratiladi;
davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining sport obyektlari, inshootlari va jihozlaridan foydalangan holda ular bazasida Paralimpiya qoʻmitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari tashkil etilsin.
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov ikki hafta muddatda Paralimpiya sport markazlari faoliyatini tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining aniq joylashgan joyi, nomi va roʻyxatini tasdiqlasin.
12. Quyidagilar Paralimpiya sport markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarda sport bilan shugʻullanish qobiliyatlarini aniqlash va ularni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlarga jalb qilish;
xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
zarur zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish hamda sport mashgʻulotlari oʻtkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, sport zaxirasi va sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash yuzasidan oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish;
sport tayyorgarligi bosqichlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitish usullari hamda shakllarining uzviyligini taʼminlash;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlikni rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport mahoratini, shuningdek, adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish.
Paralimpiya sport markazlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi, ularning faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Paralimpiya sport markazlarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib muassisning mablagʻlari, faoliyat ixtisosligi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar, asosiy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan vaqtda boʻsh boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari, xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisoblanadi.
14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
141. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning toʻliq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin;
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb qilsin.
Belgilansinki, Paralimpiya qoʻmitasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Respublika kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
15. Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov) vazirlik markaziy apparatida paralimpiya sport turlarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tashkil etsin hamda kamida ikki nafar qoʻshimcha shtat birligini ajratish orqali malakali mutaxassis bilan taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
16. “Chorvoq” erkin turistik zonasi Maʼmuriy kengashi (A.N. Aripov) 2021-yil yakuniga qadar mazkur zonada kamida 50 gektarga teng boʻlgan yer uchastkasini jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga istisno tariqasida bepul ajratish choralarini koʻrsin. Bunda, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishi uchun sport obyektlari va inshootlarini barpo etishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar tadbirkorlik subyektlarining soliq solinadigan bazasidan belgilangan tartibda chegirib tashlanadi hamda ushbu obyektlar va inshootlar Paralimpiya qoʻmitasiga begʻaraz beriladi.
17. Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov):
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyundan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida nazarda tutilgan barcha sport musobaqalarini tashkil qilishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida ham tegishli musobaqalarni oʻtkazish choralarini koʻrsin;
2022-yildan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida paralimpiya sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun kamida 30 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Paralimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar sport bilan shugʻullanishi uchun zarur boʻlgan sport asbob-uskunalari, inventarlari, jihozlari, buyumlari va boshqa vositalar bilan taʼminlasin. Bunda, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari, jihozlari, buyumlari va boshqa vositalar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikamizda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi va Osiyo paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda, ushbu tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlab berish bilan bogʻliq xarajatlar 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Qurilish vazirligi va Paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar barcha mavjud davlat sport obyektlari va inshootlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Paralimpiya qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari talabnomalariga koʻra jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport obyektlari va inshootlaridan foydalanish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
18. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorga asosan, joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablagʻlar 2021-yil Davlat budjetida Turizm va sport vazirligi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
19. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda hududlarda qurilishi rejalashtirilgan sport inshootlari va sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutsin.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan sport inshootlari va sport maydonchalari loyihalarini ishlab chiqishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar nazarda tutilmagan taqdirda ushbu loyihalar uchun moliyalashtirish amalga oshirilmaydi hamda davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.
20. Turizm va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda barpo qilinadigan olimpiya va paralimpiya shaharchasi loyihasida Paralimpiya sport markazini tashkil etishni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Turizm va sport vazirligi, Paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlarini oʻrgatish metodikasi boʻyicha telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etsin, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sportni keng targʻib etish boʻyicha alohida koʻrsatuvlar namoyish etish orqali sportga keng jalb qilish media-rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga (A.A. Abduhakimovga) kiritsin.
22. Turizm va sport vazirligi:
uch oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va ularni Sport turlarining reyestriga kiritish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga 3-ILOVA
Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha
I. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
1.
Sport maktablarida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlinmalar va maxsus guruhlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
1. Sport maktablarida paralimpiya sport turlari boʻyicha boʻlimlar va guruhlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlarining toʻldirilishini taʼminlash, haftalik oʻquv-mashq ishlari rejimi, yillik oʻquv reja-grafiklarini taqsimlash boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil iyun
Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
2.
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari faoliyatini tashkil etish.
1. Paralimpiya sport markazlari ustavini tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
2. Paralimpiya sport markazlarini zarur jihozlar, mebel, sport inventarlari hamda samarali ish olib borishi uchun boshqa kerakli moddiy-texnika vositalari, metodik materiallar bilan taʼminlash.
3. Paralimpiya sport markazlarini yuqori malakali, tajribali mutaxassis va trenerlar bilan toʻldirish.
2022-yil iyun
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi
3.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi hamda integratsiyasini dasturiy-uslubiy taʼminlash.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan sport tayyorgarligi bosqichlarida oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻtkazish yuzasidan sport turlari boʻyicha oʻquv-dasturlarini tayyorlash.
2021-yil dekabr
Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
4.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflari boʻyicha yagona sport tasnifini ishlab chiqish.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflaridan kelib chiqib yagona sport tasniflarini (baholash mezonlari) ishlab chiqish va hamkor tashkilotlar (shu jumladan sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari) bilan kelishgan holda ularni tasdiqlash.
2021-yil avgust
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)
II. Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassis va trener-oʻqituvchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
5.
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish.
1. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil iyul
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
Adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek, mutaxassislarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish.
1. Hududlarda paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.
2. Ehtiyojni qoplash yuzasidan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Turizm va sport vazirligiga kiritish.
2021-yil iyul
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi
3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan instruktorlar va tashkilotchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil oktabr
4. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda ular bilan oʻquv-mashq mashgʻulotlarini olib borayotgan mutaxassis va trener-oʻqituvchilarni, shu jumladan yosh mutaxassislarni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari sohasiga jalb etish va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish ishlarini tashkil etish boʻyicha maqsadli ishlarni amalga oshirish.
2021-yil avgust
7.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni doimiy ish bilan taʼminlash.
Sport taʼlim muassasalari hamda taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlarini ochish orqali adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislar va trener-oʻqituvchilarni manzilli ravishda ishga joylashtirish.
2021-yil davomida, kelgusida — doimiy
Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
8.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash.
1. Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va respublika oliy sport mahorati maktablarida paralimpiya sport turlari boʻyicha shugʻullanayotgan hamda sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga kiritilgan sportchilarni ishga qabul qilish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish.
2. Qoʻshma qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash.
2021-yil oktabr
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash uchun psixolog xizmatini tashkil etish.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha turdagi sport taʼlimi muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini yoʻlga qoʻyish va psixolog lavozimini joriy etish.
2021-yil noyabr
Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish.
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil dekabr
Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
III. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sporti bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
11.
Paralimpiya sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
1. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan sport maydonchalari, sport zallari, stritbol va “Workout” sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlash va qurish.
2. Sport taʼlim muassasalari uchun paralimpiya sport turlari boʻyicha maxsus sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish.
3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishi uchun maxsus uskunalarni sotib olish maqsadida mahalliy budjetlarni subsidiyalar bilan taʼminlash.
2021-yil sentabr
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
4. Hududlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan sport markazlaridagi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda moslashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.
2021-yil noyabr
12.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etish boʻyicha sport inshootlari va sport markazlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish.
2021-yil sentabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
13.
Rivojlantirilayotgan (mavjud paralimpiya sport turlari), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini yangi bosqichga koʻtarish va ularni har tomonlama rivojlantirish.
1. Rivojlantirilayotgan (mavjud) paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, paraoʻq otish, parasuzish, paraakademik eshkak eshish, parakanoe, parataekvondo, parapauerlifting) yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil davomida
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Yangi tashkil etilayotgan paralimpiya sport turlarini (parastol tennisi, parabadminton, 5x5 futbol, golbol, paravelosport, parakamondan oʻq otish, bochcha, paraqilichbozlik, paratriatlon, shaxmat) ommalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil 1-avgustdan boshlab
3. Kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini (paravoleybol, aravachada basketbol, aravachada tennis, aravachada regbi) ommalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil 1-oktabrdan boshlab
IV. Xal?aro sport musobaqalari va tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish
14.
2021-yil Tokioda (Yaponiya) oʻtkaziladigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.
Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda sportchilarning Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini qatʼiy nazoratga olish, litsenziyalarni qoʻlga kiritish jarayonini har oyda muhokama qilib borish.
Har chorakda
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
15.
2024-yil Parijda (Fransiya) oʻtkaziladigan XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish.
Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilarini 2024-yil Parijda (Fransiya) oʻtkaziladigan XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish.
2021-yil noyabr
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
V. Hududlarda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish
16.
Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilar pasportining (plastik shaklda) yuritilishini joriy etish va muntazam ravishda yuritib boriladigan elektron tizimni yaratish.
2021-yil noyabr
Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
17.
Sportchi yoshlarni saralash va iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirishning mutlaqo yangi tizimini yoʻlga qoʻyish.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi uchun barcha turdagi sport taʼlim muassasalarida sport turlari sonini koʻpaytirish hamda jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
18.
Hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish.
Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha sport va sogʻlomlashtiruvchi seksiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
19.
Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan monitoring olib borish.
Monitoring olib borish tartibini ishlab chiqish hamda monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish va tahlil qilish.
Har chorakda
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
20.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish.
Taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi uchun sport klublarini tashkil etish yuzasidan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil sentabr
Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
VI. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida paralimpiya sport turlarini hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish
21.
Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi orqali paralimpiya sport turlarini keng targʻib qilish choralarini koʻrish.
1. Hududlarda ommaviy axborot vositalari orqali paralimpiya sportini rivojlantirish boʻyicha telekoʻrsatuvlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash va namoyish etish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil may
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
2. Turizm va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasi asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha hududlarda respublika va xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport musobaqalari va tadbirlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishni va translyatsiyalarni tashkillashtirish.
2021-yil davomida
3. Sogʻlom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan Oʻzbekistonda paralimpiya sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targʻib qilishga, milliy qahramonlar — Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar toʻgʻrisida qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil davomida
22.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish.
1. Joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida Paralimpiya oʻyinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini manzilli tashkil etish.
2. Ijtimoiy tarmoqlarda Paralimpiya oʻyinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini yoritishga qaratilgan video roliklar yaratish.
2021-yil davomida
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
23.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
1. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasidan kelib chiqqan holda Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻrganish.
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil dekabr
Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)