1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 04-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2793-6]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-mart,
295/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-son qaroriga ILOVA
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.”.
“3. Professor ilmiy unvoni oliy taʼlim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) hamda ilmiy tashkilotlar yoki unga tenglashtirilgan muassasalar va taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot tuzilmalarida (bundan buyon matnda ilmiy tashkilot deb yuritiladi), dotsent ilmiy unvoni taʼlim muassasasida, katta ilmiy xodim ilmiy unvoni ilmiy tashkilotda samarali ilmiy-pedagogik va ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda oʻz sohasida muayyan yutuqlarga erishgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.”.
“5. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumot yoki oliy harbiy taʼlim diplomiga yoki oliy maʼlumotli mutaxassis diplomiga ega boʻlgan yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslarga mazkur Nizom talablariga muvofiq taʼlim muassasalari kengashlari yoki ilmiy tashkilotlar ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi.”.
“g) kamida bir oʻquv yili davomida taʼlim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy taʼlim muassasalarida kafedra boshligʻi oʻrinbosari yoki kafedra boshligʻi lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshligʻi), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi, taʼlim muassasasining oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham eʼtiborga olinadi);
Har bir bilim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarini taqdim etish huquqiga ega;”;
“j” kichik banddagi “OTM” qisqartmasi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“g) kamida bir yil (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ilmiy tashkilotning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 stavka ilmiy faoliyat olib borib, ilmiy tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham eʼtiborga olinadi);”.
“e) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan hamda salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan (monografiya va ilmiy risolalar nashr ettirgan yoxud ixtirolarga ega boʻlgan);”;
“z” kichik banddagi “OTM” qisqartmasi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“v) kamida bir oʻquv yili davomida taʼlim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), dotsent (vazifasini bajaruvchi) yoki oliy harbiy taʼlim muassasalarida katta oʻqituvchi, kafedra boshligʻi oʻrinbosari yoki kafedra boshligʻi yoxud ushbu lavozimlarning birida bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshligʻi), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi, taʼlim muassasasining oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham eʼtiborga olinadi);
Har bir bilim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;”;
“d” kichik banddagi “OTM” qisqartmasi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“g) ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari boʻlgan, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);”.
19. 5-paragrafning nomidagi “ITM” qisqartmasi “Ilmiy tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“v) kamida bir yil “(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ilmiy tashkilotning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 stavka ilmiy faoliyat olib borib, ilmiy tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham eʼtiborga olinadi);”.
“23. Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2 — 5-paragraflarida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka oʻrindoshlik yoki 240 soatdan kam boʻlmagan mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bobning 1 — 5-paragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilotda boʻlgan mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
22. Nizom ilovasining 3-bandi “(pasport nusxasi” degan soʻzlardan keyin “yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)