1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-yanvardagi 37-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1997-yil 15-maydagi PF-1780-son Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tuzilmasi 1, 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni (binoga xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 169 nafar etib tasdiqlansin.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida vazirning ikki nafar birinchi oʻrinbosari, toʻrt nafar oʻrinbosarlari – departamentlar boshliqlari hamda 11 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin, hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosarlari vazirga, vazir oʻrinbosarlari – departamentlar boshliqlariga tenglashtirilsin.
3. Viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2, 2a, 3-ilovalarga muvofiq, tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimlariniki — 4-ilovaga muvofiq, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiyot va statistika hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarish markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik subyektlari uchun majburiydir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda kiritsin;
Hisoblash markaziga ega boʻlgan Statistika davlat departamenti Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti nizomi va tuzilmasini ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
Bir oy muddatda markaziy apparat va tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
6. Belgilansinki:
Statistika davlat departamenti faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash davlat buyurtmalari boʻyicha statistika ishlarini oʻtkazishga ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek, xoʻjalik hisobidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Statistika va hisoblash ishlari tuman va shahar markazlari rahbarlari lavozimga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining statistika boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga binoan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat departamenti tomonidan tayinlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziriga vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Quyidagilar:
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va unga qarashli tashkilotlar egallab kelgan xizmat xonalari, shuningdek, belgilangan texnik xizmat koʻrsatish sharoitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xodimlarida ilgari ular uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin;
9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”1992-yil 7-avgustdagi 367-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika istiqbolni belgilash va statistika organlari tizimi ishining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 26-iyundagi 316-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-apreldagi 186-son qarori.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-may,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining
TUZILMASI
Vazir
Vazirning birinchi oʻrinbosari
Makroiqtisodiy tahlil qilish va prognozlashtirish departamenti
Tarmoqlararo balans boʻlimi
Makroiqtisodiy prognozlar boʻlimi
Pul muomalasi, narxlar va moliyaviy balanslar boʻlimi
Tashqi savdo balansi boʻlimi
Toʻlov balansi boʻlimi
Vazir oʻrinbosari — Ijtimoiy rivojlanish departamenti boshligʻi
Mehnat va aholi turmush darajasi boʻlimi
Isteʼmol bozorini balanslashtirish boʻlimi
Inson imkoniyatlarini va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻlimi
Vazir oʻrinbosari — Investitsiya siyosati departamenti boshligʻi
Investitsiya dasturlari boʻlimi
Kommunikatsiyalar va uy-joy-kommunal sohasi boʻlimi
Hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimi
Moddiy balanslar boʻlimi
Vazir oʻrinbosari — Industriyani rivojlantirish departamenti boshligʻi
Sanoatda tarkibiy oʻzgartirishlar boʻlimi
Mineral va xomashyo resursdaridan foydalanish boʻlimi
Yoqilgʻi-energetika balansi boʻlimi
Sanoatning bazaviy tarmoqlari boʻlimi
Vazir oʻrinbosari — Agrosanoat kompleksini rivojlantirish departamenti boshligʻi
Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi
Agrosanoat kompleksi boʻlimi
Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi
Ekologiya va tabiatdan oqilona foydalanish boʻlimi
Vazirning birinchi oʻrinbosari — Statistika davlat departamenti boshligʻi
Hisoblash markazi boʻlgan Statistika davlat departamenti
Safarbarlik tayyorgarligi boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
Markaziy buxgalteriya
Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi
III boʻlim
Tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar:
Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti
Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markazi
“Iqtisod va hisobot” (“Ekonomika i statistika”) jurnali tahririyati
Bozor munosabatlari oʻquv-konsalting markazi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 2-ILOVA
Viloyat Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Bosh boshqarma boshligʻi
Birinchi oʻrinbosar — Hududlarni kompleks rivojlantirish, tahlil qilish va prognozlash yigʻma boʻlimi boshligʻi
Investitsiya dasturlari va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish boʻlimi
Agrosanoat kompleksi boʻlimi
Sanoat va kommunikatsiyalar boʻlimi
Oʻrinbosar — ijtimoiy rivojlantirish yigʻma boʻlimi boshligʻi
Aholi turmush darajasi va isteʼmol bozori boʻlimi
Ijtimoiy infratuzilma boʻlimi
Oʻrinbosar — Statistika boshqarmasi boshligʻi
Hisoblash markazi boʻlgan Statistika boshqarmasi
Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi
Buxgalteriya
Kanselyariya
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 2a-ILOVA
Viloyat Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi
namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining
namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 4-ILOVA
Shahar, tuman Iqtisodiyot va statistika boʻlimining
namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son qaroriga 5-ILOVA
Iqtisodiyot va statistika hududiy organlari xodimlarining cheklangan
SONI
I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri
1. Toifadan tashqari hududlar Toshkent viloyati, Toshkent shahri
70 nafar
2. I. toifadagi hududlar Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari
55—65 nafar
3. II toifadagi hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari
45—55 nafar
4. III toifadagi hududlar Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
35—45 nafar
II. Respublika shaharlari va tumanlari
Iqtisodiyot va statistika boʻlimlari xodimlari soni:
shaharlarda — viloyat markazlarida
6—8 nafar
shaharlarda, shahar tumanlarida
4—6 nafar
qishloq tumanlarida
5 nafar
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 5-son, 18-modda)