1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar ajratish maqsadida:
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan Namangan viloyati hokimligiga 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,5 foizni tashkil qiladigan 30 million AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Namangan viloyati hokimligi mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilishga — 15 million AQSH dollari ekvivalenti;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Fargʻona kanallari va Namangansoy qirgʻoqlarini obodonlashtirish ishlariga — 10 million AQSH dollari ekvivalenti;
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirishga — 5 million AQSH dollari ekvivalenti.
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar taqsimotiga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tadbirlar boʻyicha 2021-yilning 20-noyabriga qadar obyektni qurish va rekonstruksiya qilishda zarur boʻladigan, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan qozonxonalar, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, metall konstruksiyalar, suvni tayyorlash uchun kimyoviy moddalar bojxona bojidan ozod etilsin.
4. Belgilansinki:
mazkur qaror bilan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun Namangan viloyati hokimligi masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan kreditni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti, Namangan viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish DUK mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Fargʻona kanallari va Namangansoy qirgʻoqlarini obodonlashtirish, kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlarni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qaroriga asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan Namangan viloyati uchun ajratilgan mablagʻlardan:
100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ “mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan drayver loyihalarni kreditlash uchun;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ “Turon bank” ATBning ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini oshirishga yoʻnaltirish yoʻli bilan limonchilikni rivojlantirish loyihalarini kreditlash uchun ajratiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
7. Namangan viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmoni 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan teng ulushlarda 1 trillion soʻm miqdorida ajratilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5048-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm infratuzilmasini rivojlantirish yigʻma parametrlariga asosan ajratilgan 1 trillion soʻmdan Namangan viloyati uchun 37,5 mlrd soʻm ajratilganligi, shuningdek, mazkur parametrlarga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Namangan viloyati hokimligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan tadbirlar boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Namangan viloyati hokimligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
har chorakda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Kuchkarov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-aprel,
PQ-5084-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Jami” ustunidagi “9 140” raqami “9 040” raqami bilan almashtirilsin;
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “5 638” raqami “5 538” raqami bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
“Jami” ustunidagi “885” raqami “785” raqami bilan;
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “602” raqami “502” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)