Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona
kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 6-iyuldagi 01-02/12-12-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1609, 2006-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 327-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevraldagi 01-02/12-15-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1609-1, 2013-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 137-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 27-maydagi 01-02/12-34-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1609-2, 2016-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 295-modda).