toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI MAGISTRAL GAZ O‘TKAZISh QUVURLARIDA OLIB O‘TILAYOTGAN TABIIY GAZNI BOJXONA NAZORATI VA BOJXONA RASMIYLAShTIRUVIDAN O‘TKAZISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda 1609-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 6-martdagi 01-02/12-02-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1609-3, 10.04.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi haqida”gi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NASIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
01-02/12-12-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 327-modda; 2013-y., 10-son, 137-modda)