1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 12-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Ushbu Qonunning maqsadi tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.04 Er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.03ga qarang)]
Ushbu Qonunning amal qilishi belgilangan tartibda xususiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari, shuningdek meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Tomorqa xoʻjaligi
Tomorqa xoʻjaligi shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir.
Tomorqa xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Tomorqa xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi.
Tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xususiy mulkdir.
4-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoxud yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish maqsadida ajratilgan yer uchastkasidir.
Tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun:
erkin savdo va oila ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi yerlari hamda aholi punktlari yerlaridan berilgan yer uchastkalaridan;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalaridan foydalanilishi mumkin.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalari yoki ularning bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlab qolingan holda jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun topshirilishi mumkin.
Yer uchastkalarini tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslarning huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
tomorqa xoʻjaliklarini erkin va mustaqil ravishda boshqarish, shu jumladan yetishtirilgan hamda mustaqil tarzda qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish, mustaqil ravishda narx belgilash va olingan daromadlarni tasarruf etish;
oʻzi yetishtirgan yoki qayta ishlagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarda, savdo shaxobchalarida mustaqil ravishda yoki oʻz vakillari orqali moneliksiz va erkin realizatsiya qilish;
agroklasterlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻlish;
issiqxonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari hamda parrandalar, qishloq xoʻjaligi ashyo-anjomlari va uskunalari, sugʻorish qurilmalari (nasoslar, artezian quduqlar va boshqalarni) sotib olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan, shu jumladan imtiyozli kreditlardan, subsidiyalardan va boshqa preferensiyalardan foydalanish;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻlish;
yerga oid tashkilotlarning hamda xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya qilishga doir xizmatlaridan foydalanish;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida davlat organlarining, shu jumladan arxitektura-qurilish, ekologiya, sanitariya-gigiyena organlarining hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi organlarning ruxsatnomasini olish zaruratisiz yengil konstruksiyalardan issiqxonalar qurish;
suv resurslaridan foydalanish.
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslarning majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar:
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini taʼminlashi, shu jumladan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki obodonlashtirishni amalga oshirishi;
(6-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini koʻrishi;
suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanishi;
uy-joy qurish huquqisiz ajratilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlar qurmasligi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ekologiya hamda sanitariya talablari va normalariga rioya etishi shart.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur boʻlgan urugʻliklar, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash mexanizmini tasdiqlaydi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida yuqori hosilli, eksport uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etishga, moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishni tashkil etishga doir tadbirlar dasturlarini tasdiqlaydi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda realizatsiya qilish sohasida imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa preferensiyalar berilishiga doir takliflarni koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
tegishli hududda tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga doir asosiy koʻrsatkichlarni shakllantiradi;
tomorqa xoʻjaliklarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilashga, ularni suv resurslari, zarur urugʻliklar, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlashga doir tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek tomorqa xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni belgilaydi.
9-modda. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishda, shu jumladan agrotexnika tadbirlarini bajarishda hamda shartnomalar tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama yordam koʻrsatadi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, taʼminot va xizmatlar koʻrsatish tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarda himoya qiladi, shuningdek sudda ularning manfaatlarini ifoda etadi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha choralar koʻradi;
resurslarni tejovchi agrotexnologiyalarni, muqobil energiya manbalarini joriy etishga koʻmaklashadi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida dehqonchilik madaniyatini oshirishga koʻmaklashadi, shuningdek ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq samarali foydalanilishini taʼminlashga doir tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
(9-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi yer uchastkalaridan xususiy yer egalari tomonidan foydalanilishi masalasi boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida:
ichki va tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabni hisobga olgan holda ularni yetishtirish (qayta ishlash) masalalariga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi hamda bepul va pulli asosda tomorqa xoʻjaliklariga taqdim etadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi.
10-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasida ishtirok etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi.
tomorqa xoʻjaliklarini erkin va mustaqil ravishda boshqarishda, shu jumladan yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mustaqil tarzda tasarruf etishda, mustaqil ravishda narx belgilashda va daromadlarni tasarruf etishda shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalariga koʻmaklashadi;
tomorqa xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi aholi oʻrtasida shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalariga doir tushuntirish ishlarini olib boradi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi.
(10-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
11-modda. Tomorqa xoʻjaligidagi mehnat faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tomorqa xoʻjaligidagi faoliyat shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining va oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qoʻylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, gʻozlar, oʻrdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar) ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Bunda shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Ijtimoiy soliqning belgilangan miqdorini toʻlash mehnat stajini hisoblab chiqarish chogʻida bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi OʻRQ-847-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son — 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 58-bobi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tomorqa xoʻjaligini yuritishda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida joylashgan turar joy, ishlab chiqarish binolaridan, maishiy va boshqa binolardan, shuningdek transport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikasidan, ashyolar, asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi hayvonlari, asalarilar, parrandalar, ipak qurti (pilla) va boshqa mol-mulkdan foydalanilishi mumkin.
13-modda. Tomorqa xoʻjaliklarining hisobini yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Tomorqa xoʻjaliklarining hisobi shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan Tomorqa xoʻjaliklarini hisobga olish reyestrini shakllantirish orqali yuritiladi.
Tomorqa xoʻjaliklarini hisobga olish reyestrida quyidagi axborot aks ettiriladi:
shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining, shuningdek u bilan birga yashovchi yoki tomorqa xoʻjaligini yuritishni birgalikda amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkasining don ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan (qayta ishlanadigan) maydoni;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarining, asalarilarning, parrandalarning va ipak qurti qutilarining soni;
qishloq xoʻjaligi texnikasining, uskunalarining, transport vositalarining soni toʻgʻrisidagi axborot.
Tomorqa xoʻjaliklarini hisobga olish reyestrida aks ettirilgan maʼlumotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga doir asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va amalga oshirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida foydalaniladi.
14-modda. Nizolarni hal etish
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
15-modda. Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda) 11-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa, fermer va dehqon xoʻjaliklariga” degan soʻzlar “tomorqa, fermer va dehqon xoʻjaliklariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda) 111-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xoʻjaliklariga” degan soʻzlar “tomorqa, fermer va dehqon xoʻjaliklariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda) oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa xoʻjaliklaridagi” degan soʻzlar “tomorqa xoʻjaliklaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 96-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida” degan soʻzlar “tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
18-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
19-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-aprel,
OʻRQ-681-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)