1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi xalqaro moliya institutlari, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan 2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini optimallashtirish, tizimlashtirish va birxillashtirish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlarga jamlashni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish;
ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati, shuningdek davlat unitar korxonalarining (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) yetarli darajada asoslantirmasdan tashkil etilishiga, shuningdek, tegishli tarmoq va sohalardagi boshqa korxonalarga nisbatan eksklyuziv imtiyoz va afzalliklarga ega boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini cheklash, “sot yoki tushuntir” tamoyilini amaliyotga keng joriy etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarning bozor sharoitlariga toʻliq oʻtishini taʼminlash, ularning faoliyatiga korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini toʻlaqonli tatbiq etish;
ijro etuvchi organ faoliyatini samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari asosida, kuzatuv kengashi faoliyatini esa korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi darajasiga qarab baholashga oʻtish;
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni oshkor etish, korxonalarni boshqarishda shaffoflik va maʼlumotlarning oshkor etilishini taʼminlash;
ilgʻor xorijiy tajriba va xorijiy taʼlim muassasalari bilan korporativ boshqaruv hamda kapital bozori sohasida hamkorlik asosida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.
2. Quyidagilar:
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Strategiyani 2023 — 2025-yillarda amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlari agentligi) tomonidan alohida “yoʻl xaritasi” Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
3. Davlat aktivlari agentligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar maqsadli koʻrsatkichlar doirasida:
davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish;
davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etish;
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar sonini 2025-yilga qadar 30 foizgacha yetkazishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi Farmonga 1-ilovaga kiritilgan metallurgiya, neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik va elektrotexnika hamda transport sohasi korxonalarining kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar sonini 2021-yilda 30 foizgacha yetkazishni taʼminlasin.
4. Belgilansinki, Strategiya normalari, birinchi navbatda Farmonga 1 va 2-ilovalar bilan tasdiqlangan korxonalarga tatbiq etiladi.
Moliya vazirligi Farmonga 1-ilovadagi, Davlat aktivlari agentligi Farmonga 2-ilovadagi davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, uch oy muddatda ushbu korxonalar faoliyatiga Strategiya normalarini tatbiq etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari roʻyxatiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan tijorat banklari kuzatuv kengashi aʼzolari boʻlgan davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek, xodimlariga:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan haq toʻlash va (yoki) oʻz funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashning eng koʻp miqdori tatbiq etilmaydi;
haq toʻlash miqdori korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalaridan kelib chiqib, aksiyadorlik jamiyatlari va davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan tijorat banklarining ichki hujjatlari bilan belgilanadi;
b) 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qoʻmitasi tashkil etiladi;
davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organining hisoboti har chorakda kamida bir marta kuzatuv kengashining majlislarida, shu jumladan, videokonferensaloqa tizimi orqali va elektron ovoz (e-VOTE) berish yoʻli bilan oʻtkaziladigan majlislarda eshitiladi;
aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplayens) xizmati tashkil etiladi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat organlari xodimlari sonini kamaytirish hisobiga mustaqil aʼzolar soni 30 foizga yetgunga qadar har yili kamida bir nafar tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan, xorijiy mustaqil aʼzo kiritiladi, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi belgilagan hollar bundan mustasno;
(5-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlarining yigʻilishlarida davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun kreditlaridan qarzi mavjud boʻlgan taqdirda yoki ularni moliyalashtirish korxona mablagʻlari hisobiga belgilangan boʻlsa, yil yakuni boʻyicha olingan sof foydani taqsimlashda ularning biznes-rejasiga muvofiq olingan sof foydaning bir qismini kreditlarini qoplashga yoki investitsiya loyihasini moliyalashtirishga yoʻnaltirish tashabbusi bilan chiqiladi.
(5-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
v) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aksiyador, ishtirokchi yoki muassis funksiyasini amalga oshirayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi aʼzolari korporativ boshqaruv tamoyillari (aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va muassis qarorlari) asosida ular tomonidan mustaqil ravishda saylanadi (tayinlanadi);
g) davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobot shakllantiriladi va 2022-yildan boshlab, har yili keyingi moliya yilining 1-avgustiga qadar Davlat aktivlari agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
6. Davlat aktivlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2022-yil 1-yanvardan:
mamlakat iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan, strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqini (oltin aksiyani) bekor qilish;
ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi aʼzolari vakolatlarini bir yildan uch yilgacha uzaytirish;
davlat ulushi boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish;
b) Davlat aktivlari agentligi faoliyatini zamonaviy yondashuv va uslublar asosida tashkil etishga koʻmaklashish uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi Ekspert kengashini tashkil etish:
ilgʻor xorijiy tajriba asosida Davlat aktivlari agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Strategiya ijrosini taʼminlashda Davlat aktivlari agentligiga yaqindan koʻmaklashish;
har chorakda faoliyat natijalarini koʻrib chiqish va jamoatchilikka yetkazish.
Davlat aktivlari agentligi uch oy muddatda xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb etgan holda, Ekspert kengashining tarkibini tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlari agentligi, Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, xoʻjalik boshqaruvi organlari institutini bekor qilish va ular tomonidan muvofiqlashtirilgan iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha taklif kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosarlari:
mutasaddi vazirlik va idoralarning ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin;
tegishli davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga Strategiyani joriy etish boʻyicha birinchi navbatdagi vazifalarni belgilasin;
davlatning mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalari joriy etilayotganligi munosabati bilan tegishli sohalarda davlat korxonalari va nodavlat korxonalarga teng sharoitlar yaratgan holda, davlatning tartibga soluvchi funksiyalarini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
har chorakda masʼul shaxslarning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borsin.
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Davlat aktivlari agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun va mohiyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda seminar va telekoʻrsatuvlar orqali aholi hamda tadbirkorlar orasida keng targʻib qilish va yoritish tavsiya etilsin.
10. Davlat aktivlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2021-yil 1-sentabrga qadar davlat ulushi boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlarni tanlov asosida jalb etish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish
STRATEGIYASI
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Strategiya ilgʻor xorijiy tajribani, shu jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik muhim boʻlgan davlatning iqtisodiy xavfsizligini, suverenitetini va milliy iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash tizimini oʻz ichiga olgan davlat aktivlarini boshqarishga bozor tamoyillarini joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan mulkiy huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi xalqining manfaatlari yoʻlida amalga oshiriladi.
Strategiya:
davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish va ularni isloh qilish asoslarini;
davlat ishtirokidagi korxonalarga korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini;
davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilishning tavsiya etiladigan amaliyotini korxonalarning aksiyadorlari (ishtirokchilari, muassisi), kuzatuv kengashlari va ijro etuvchi organlariga, shuningdek, jamoatchilikka yetkazishni belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlari agentligi) davlat ishtirokidagi korxonalarni samarali boshqarish boʻyicha davlat siyosatini yuritadi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Strategiyaning amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Bunda Davlat aktivlari agentligi va istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh etish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi ishlab chiqadigan respublikaning iqtisodiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va maqsadlari doirasida amalga oshiriladi.
Strategiyani amalga oshirish uchun:
davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan uni boshqarish siyosati ishlab chiqiladi;
davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi korxonani boshqarish siyosatini tasdiqlaydi;
davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi Strategiyada keltirilgan korporativ boshqaruv tamoyillarini, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari ijro etuvchi organ tomonidan joriy etilishini nazorat qiladi.
2-bob. Joriy holat tavsifi va mavjud muammolar
Mustaqillik yillarida 33,0 mingdan ziyod davlat korxonalari va obyektlari xususiylashtirildi.
Bugungi kunda respublikamizda 2 692 ta davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlari, shundan 1 133 ta davlat unitar korxonasi, 1 124 ta masʼuliyati cheklangan jamiyati va 241 ta aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat koʻrsatadi.
Respublikadagi mavjud 599 ta aksiyadorlik jamiyatlaridan 42 foizida davlat ulushi boʻlib, jami aksiyalarning 84 foizi davlatga tegishli, aholining atigi 2 foizidan ortigʻi aksiyalarga egalik qiladi.
2017-yildan boshlab iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, xususiy mulkning ustuvor rolini oshirish va uni ishonchli himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Xususan, fuqaro aviatsiyasi, energetika tarmogʻida, kon-metallurgiya va elektrotexnika sanoatida, yoʻl qurilish sohasida, qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tamoyillari asosida ishlab chiqilgan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari davlat ishtirokidagi 114 ta korxonaga joriy etildi va 27 ta korxona rahbarlarini tanlov asosida saylash (tayinlash) amaliyoti boshlandi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarda aksiyador, ishtirokchi yoki muassis funksiyalari Davlat aktivlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va turli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, kvazi-davlat koʻrinishidagi davlat unitar korxonalarining tarmoq vazirliklari tomonidan boshqarilishi, ayrim davlat boshqaruvi organlari tomonidan bir vaqtning oʻzida mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarning amalga oshirilishi, alohida davlat ishtirokidagi korxonalarga davlat funksiyalari berilganligi hamda ulardagi eksklyuziv huquqlar xususiy sektor va sogʻlom raqobatning rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Oʻtkazilgan tahlillar davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish sohasida qator tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatdi, shu jumladan:
davlat mulkining respublika va munitsipal mulkka tasniflanmaganligi, davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirishni shaffof mexanizmlar orqali amalga oshirishni nazarda tutuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunchilik hujjatlarining mavjud emasligi asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Davlat mulkini xususiy sektorga sotish Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa koʻplab qonunosti hujjatlar bilan tartibga solingan;
davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish mezonlarining mavjud emasligi sababli xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat yuritishi hamda xususiylashtirishda tizimli yondashuv amalga oshirilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqoriligicha qolmoqda. Davlat ishtirokidagi korxonalar tushumi va aktivlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati tegishincha 32 foiz va 120 foizni tashkil etdi. Shunga qaramasdan, oxirgi uch yilda 477 ta davlat unitar korxonalari tashkil etilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi va ular tomonidan davlatning tijorat va notijorat maqsadlarini bajarish mexanizmining ochiq-oshkora emasligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalar xususiy korxonalarga nisbatan ustun mavqega ega boʻlib qolmoqda. Shunga qaramasdan, davlat ishtirokidagi korxonalarning 45 foizi tomonidan Davlat budjetiga dividend toʻlangani, ushbu dividendlarning 90 foizi 5 ta yirik korxonaga toʻgʻri kelishi ularning aksariyati faoliyatining samaradorligi past darajada ekanligidan dalolat beradi;
korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy etilmaganligi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga davlat boshqaruvi organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, kuzatuv kengashi tarkibida davlat xizmatchilarining koʻpligi, motivatsiya va javobgarlikning yetarli emasligi, inson kapitali samaradorligini oshirish zaruratiga boʻlgan munosabatning qoniqarsizligi oqibatida ijro etuvchi organning aksiyadorlar oldidagi masʼuliyati pastligicha qolmoqda. Davlat ishtirokidagi korxonalarning 210 tasida kuzatuv kengashi joriy etilgan boʻlib, ularning atigi 69 tasiga 70 ta mustaqil aʼzo kiritilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning ochiqlik va shaffofligiga talablar oʻrnatilmagan, ularda rasmiy veb-sayt tashkil etilmagan, davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati yakunlari boʻyicha yigʻma hisobotlar oshkor etilmagan.
3-bob. Strategiyaning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat.
Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiy oʻsish uchun barqaror shart-sharoitlarni taʼminlash manfaatlarini koʻzlagan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish;
korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida boʻlishi yoki saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash;
davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash boʻyicha talablarni oʻrnatish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish;
iqtisodiyotda davlat sektorini kengaytirishni cheklash, shu jumladan, tegishli taqiqlar va cheklovlar tizimini oʻrnatish va ularga rioya qilish, iqtisodiyotda toʻgʻridan-toʻgʻri davlat ishtirokini tarmoqqa oid va boshqa tartibga solish choralari bilan almashtirish, shuningdek, belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tizimli, barqaror va uzoq muddatli kafolatlarga rioya qilish;
davlat ishtirokidagi va nodavlat korxonalarning faoliyat koʻrsatishi uchun teng sharoitlar yaratish;
mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalari va tartibga soluvchi funksiyalarni ajratish, davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini takomillashtirish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish;
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash.
Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini taʼminlash, nazoratning uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi.
Aniqlik tamoyili har bir davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi.
Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligi, mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi maʼlumotlarni aniqlash va hisobini yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish orqali taʼminlaydi.
Manfaatlar muvozanatini taʼminlash tamoyili qisqa va uzoq muddatli maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda, davlatning korxonalarga nisbatan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratishni, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy javobgarlik nuqtai nazaridan asoslangan qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi.
Nazoratning uzluksizligi tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari tomonidan maqsad va vazifalar, ularga erishish koʻrsatkichlari, shuningdek, boshqaruv tamoyillari va mexanizmlariga rioya qilish boʻyicha doimiy nazorat oʻrnatadi.
Loyihaviy yondashuv tamoyili — rejalashtirilgan natija, vositalar toʻplami, resurslarni taqqoslash, motivatsiya va javobgarlik asosida boshqaruvning maqsad va vazifalariga erishish uchun rejalarni aniqlashdir.
4-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
davlat mulkini boshqarish va isloh qilish sohasida ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotdan kelib chiqib, xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi va “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari loyihasini ishlab chiqish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish asoslarini belgilash, xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini cheklash, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishda tizimlilik va “sot yoki tushuntir” tamoyillarini joriy etish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan tijorat va notijorat maqsadlarni belgilash, ularning investitsiya loyihalariga davlat kafilligini berishdan bosqichma-bosqich voz kechish, davlat ishtirokidagi korxonalar va nodavlat yuridik shaxslar uchun teng sharoit yaratish, davlatning mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish orqali davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini toʻliq bozor mexanizmlariga oʻtkazish;
davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini faqat korporativ boshqaruv usullarini qoʻllagan holda bajarish, boshqaruv organlari aʼzolarini tanlov asosida saylash (tayinlash), ularning faoliyatini baholash orqali masʼuliyat va javobgarligini oshirish, ularga haq toʻlashning bozor mexanizmlariga oʻtish, kuzatuv kengashi tarkibiga professional mustaqil aʼzolarni jalb etish, uning qoshida qoʻmitalar tashkil etish, kuzatuv kengashi aʼzolariga fidutsiar majburiyatlarni tatbiq etish, nazorat organlari faoliyatini takomillashtirish va inson resurslarini strategik boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish;
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi va Strategiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida eshitish amaliyotini joriy etish, korxonalar toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni oshkor etish, davlat ishtirokidagi korxonalarga rasmiy veb-sayt boʻlishi talabini kiritish, davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xalqaro standartlar asosida oshkor etish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishda shaffoflik va maʼlumotlarning oshkor etilishini taʼminlash.
5-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
1. Davlat mulkini boshqarish, isloh qilish va xususiylashtirish sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
a) “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun:
davlat mulkini boshqarishning maqsadi va asosiy prinsiplari;
davlat mulkini davlat ixtiyorida saqlab qolish mezonlari;
davlat mulkini boshqarish subyektlari, ularning vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari;
davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqaradigan davlat boshqaruvi organini belgilash;
davlat mulkidan foydalanish yoʻllari, shu jumladan, uni ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish;
b) “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun:
xususiylashtirishning asosiy prinsiplari, shakllari va shartlari;
davlat mulkini xususiylashtirish subyektlari, ularning vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari;
xususiylashtirish obyektlarining jozibadorligini oshirish yoʻllari, shu jumladan, yirik korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash.
2. Davlat ishtirokini cheklash, davlat ishtirokidagi korxonalar va nodavlat yuridik shaxslar uchun teng sharoit yaratish, davlatning mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish va davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishda shaffoflik va maʼlumotlarni oshkor etishni taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
6-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish
3. Davlatning korxonalardagi ishtirokiga, istisno tariqasida, korxonalar quyidagi mezonlarning biriga yoki bir nechtasiga mos kelganda yoʻl qoʻyiladi:
a) asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sohasiga toʻliq mos boʻlgan;
b) xususiy korxonalar tomonidan bajarilishi norentabel hisoblanuvchi, aholiga zarur boʻlgan tayanch xizmatlarni koʻrsatuvchi;
v) strategik manfaat sohasida faoliyat yuritadigan yoki milliy iqtisodiyot uchun muhim tizim funksiyasini bajaradigan, yaʼni:
Oʻzbekiston xavfsizligi va mudofaasini taʼminlash uchun qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika, oʻq-dorilar ishlab chiqarish, tayyorlash, sotish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish va yoʻq qilish hamda boshqa faoliyatlar;
radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish va qayta ishlash, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uranni va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni sotish;
qimmatbaho va asl metallar qazib olish;
atom energetikasi obyektlarini (shu jumladan, bu kabi obyektlarga uskunalar, tizimlar va apparatlarni oʻrnatish) qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash;
milliy manfaatlar yoʻlida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish.
Davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat ulushini saqlab qolish “sot yoki tushuntir” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Davlat aktivlari agentligi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tahlil qilib (xatlovdan oʻtkazib), quyidagi korxonalarni aniqlaydi:
faoliyati Strategiyaning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos keladigan va davlat ixtiyorida qoldiriladigan korxonalarni (ulushlarni). Bunda davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati har yili tegishli asoslantirish koʻrsatilgan holda, Davlat aktivlari agentligining veb-saytida eʼlon qilinadi;
faoliyatining bir qismi Strategiyaning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlardan biriga toʻgʻri kelgan korxonalarni (ulushlarni). Bunda ushbu korxonalar (ulushlar) imkon qadar shunday tarzda qayta tashkil etiladiki, unga koʻra davlat ixtiyorida ularning faqat koʻrsatilgan mezonlarga mos keladigan faoliyat qismi qoldiriladi;
faoliyati Strategiyaning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmagan korxonalarni (ulushlarni). Bunda ushbu korxonalar (ulushlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda 2025-yilga qadar sotiladi, qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi, shuningdek, sotilgunga qadar ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti qoʻllaniladi.
5. Davlat ixtiyorida qoldiriladigan korxonalardagi ulushlar qisman sotilishi yoki aksiyalarni ommaviy taklif etish orqali qisqartirilishi mumkin.
7-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini toʻliq bozor mexanizmlariga oʻtkazish
1-§. Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash
6. Davlat ishtirokidagi korxonalar Davlat aktivlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻziga nisbatan aniq tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni ishlab chiqadi.
7. Tijorat maqsadlari foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat uchun belgilanadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning tijorat faoliyati ochiq va raqobatbardosh bozorda adolatli raqobat sharoitida daromadni koʻpaytirishga yoki tartibga solinadigan bozor sharoitida samarali ishlashga qaratiladi. Tijorat maqsadlarini amalga oshiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ularning aktivlari korxonaning uzoq muddatli rivojlanishini, dividendlar toʻlanishi va faoliyatidan barqaror foydani taʼminlovchi biznes-reja asosida boshqariladi.
8. Notijorat maqsadlar tarmoq, ijtimoiy yoki boshqa jamoat maqsadlariga erishish, shu jumladan, tasdiqlangan budjet doirasida, daromadni koʻpaytirish asosiy maqsadi boʻlmagan, ijtimoiy muhim ahamiyat kasb etgan xizmatlarni koʻrsatish majburiyati boʻlgan faoliyat yoʻnalishi uchun belgilanadi.
9. Notijorat maqsadlarga ega boʻlgan korxonalar ham biznes-reja asosida boshqarilishi lozim.
Notijorat maqsadlar asoslantirilgan holda aniq belgilanib, oshkor etilishi lozim. Korxonalarning notijorat maqsadlari, ularni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, korxonaning moliyaviy natijalariga taʼsirining miqdoriy bahosi bilan oshkor etilishi kerak.
10. Davlat ishtirokidagi korxonalarda notijorat maqsadlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash raqobat muhitiga taʼsir qilmasligi va bozordagi halol raqobatni buzmasligi lozim, shu bilan birga, tijorat maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat ham adolatli raqobat tamoyillariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
11. Tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyat korxonaning kuzatuv kengashiga taqdim etiladigan choraklik hisobotlarda alohida koʻrsatilishi va korxonaning veb-saytida oshkor etilishi lozim.
12. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan notijorat maqsadlarni (ijtimoiy majburiyatlarni bajarish va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlarni koʻrsatish) amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar (shu jumladan, kassa uzilishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun) toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishining aniq va shaffof mexanizmlari joriy etiladi.
2-§. Davlat ishtirokidagi korxonalar va nodavlat yuridik shaxslar faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish
13. Davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz xoʻjalik faoliyatini nodavlat yuridik shaxslar bilan teng sharoitlarda amalga oshirishi va tashkiliy-huquqiy shakllari boʻyicha nodavlat yuridik shaxslar kabi boʻlishi kerak.
Tijorat maqsadlari asosida faoliyat yuritayotgan davlat unitar korxonalari tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha 2025-yilga kelib aksiyadorlik jamiyatlari yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirilishi lozim.
14. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tartibga solish boʻyicha funksiyalarini davlat va xususiy korxonalar xoʻjalik faoliyatini yuritishning teng sharoitlarini belgilash zarurligini inobatga olgan holda bajarishlari zarur.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
15. Davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi, bunda ushbu kafolat mexanizmi faqat strategik muhim boʻlgan infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar uchun saqlab qolinadi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar moliyalashtirish uchun zarur pul resurslarini jalb etish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarishga masʼul hisoblanadi.
3-§. Davlatning mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish
16. Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning oʻzida ham mulkdor, ham tartibga soluvchi funksiyalarni bajarish davlatning bitta organi tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday funksiyalar ajratilgunga qadar mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini bajaruvchi davlat organi bunday korxonalarda aʼzolarining uchdan ikki qismi mustaqil aʼzolardan iborat kuzatuv kengashi tashkil etilishini taʼminlaydi.
17. Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasi Davlat aktivlari agentligi va istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Strategiya doirasida “mulkdor funksiyalarini bajarish” tushunchasi ostida davlat ishtirokidagi korxonalarning davlat aksiyalari paketi (ulushi) boʻyicha aksiyador, ishtirokchi yoki muassis huquqlarini amalga oshirish nazarda tutiladi, aksiyalarni tasarruf etish bundan mustasno.
8-bob. Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish
1-§. Kuzatuv kengashi va uning qoshidagi qoʻmitalar
18. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari ularning ishini tashkil etishda koʻmaklashish uchun korporativ maslahatchi xizmatini tashkil etadi.
Korporativ maslahatchi Strategiyaning joriy etilishi uchun toʻliq javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ ishini muvofiqlashtiradi.
19. Davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi tarkibida uning aʼzolaridan audit boʻyicha qoʻmita, tayinlash va ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻmita, zarurat boʻlganda esa, boshqa qoʻmitalar ham tashkil etiladi.
20. Kuzatuv kengashi aʼzolariga quyidagi fidutsiar majburiyatlar tatbiq etiladi:
jonkuyarlikni namoyon qilish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzosidan vijdonan va jonkuyarlik asosida harakat qilishni;
sodiqlikni namoyon qilish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzolaridan, birinchi navbatda, korxona manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishni;
lozim darajada koʻzdan kechirishlikni namoyon qilish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzolaridan korxonaga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashishni;
mustaqil mulohazadan foydalanish majburiyati — kuzatuv kengashi aʼzosidan qarorlarni mustaqil, shaxsiy va boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilishni talab etadi.
21. Kuzatuv kengashi har chorakda kamida bir marta:
davlat ishtirokidagi korxona ijro etuvchi organi va ichki nazorat organlarining, shu jumladan, korxona tomonidan amalga oshirilgan xaridlar toʻgʻrisidagi hisobotini;
davlat ishtirokidagi korxona asosiy (ustavdagi) faoliyati bilan bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan shuʼba xoʻjalik jamiyatlari hamda filiallari (vakolatxonalari) faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqadi.
22. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzolari ularda aksiyador, ishtirokchi yoki muassis funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan korporativ boshqaruv tamoyillari (aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va muassis qarorlari) asosida mustaqil ravishda saylanadi (tayinlanadi).
23. Davlat ulushi boʻyicha davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlar tanlov asosida belgilangan mezonlarga asosan tanlab olinadi.
Bunda kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish mezonlariga tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar kiritiladi.
24. Davlat ulushi boʻyicha davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibi, shu jumladan, bilim, koʻnikma va tajriba mezonlari boʻyicha toifalangan boʻlishi lozim.
25. Har bir nomzod:
belgilangan mezonlar doirasida tegishli malaka talablariga muvofiq boʻlishi;
benuqson ishlash obroʻsiga ega boʻlishi;
faoliyatida raqobatchilar, asosiy yetkazib beruvchilar bilan tizimli manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlmasligi;
kuzatuv kengashi aʼzosi funksiyasini bajarishi uchun zarur vaqt ajratishi lozim.
Har bir nomzodga beshtadan koʻp boʻlmagan kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlib ishtirok etish cheklovi oʻrnatiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
26. Davlat organlari xodimlari talab etiladigan malaka darajasiga mos boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi alomatlariga ega boʻlmasligi sharti bilan kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylanishlari mumkin.
Bunda tartibga soluvchi yoki nazoratni (shaxsan yoki oʻzining boʻysunuvidagi shaxs orqali tekshirish yoxud unga nisbatan qonunchilikda belgilangan har qanday imtiyozlarni (preferensiyalarni) qoʻllash yoki uni har qanday javobgarlikka tortish (javobgarlikka tortish boʻyicha tashabbus koʻrsatish) yoxud unga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berish (xabarnomani qabul qilish) huquqi) amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini saylash amaliyoti toʻliq bekor qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
27. Kuzatuv kengashining, shu jumladan, mustaqil aʼzoligiga nomzodlarni tanlash uchun xalqaro miqyosda yetakchi boʻlgan konsalting va “xedxanter” tashkilotlari jalb qilinishi mumkin.
28. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibida mustaqil aʼzolar ulushi bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.
Bunda kuzatuv kengashlarining mustaqil aʼzolari davlat organlari xodimlaridan tarkib topgan aʼzolarni qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
29. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori xususiy mulk ishtirokidagi (shu jumladan, xorijiy) korxonalarning kuzatuv kengashlari aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlash amaliyoti joriy etiladi.
30. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari aʼzolariga haq toʻlash miqdori aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi yoki muassis qarori bilan tasdiqlanadi.
31. Kuzatuv kengashi aʼzosiga toʻlanadigan haq miqdori kuzatuv kengashi hamda uning qoʻmitalaridagi aʼzoligi va/yoki raisligi uchun korxona korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari asosida belgilanadi.
32. Davlat ishtirokidagi korxonalarning korporativ boshqaruv tizimi Davlat aktivlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan savolnomaga asosan mustaqil tashkilotlar (qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, shtatida korporativ boshqaruvchi yoki qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi attestatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari, fond birjasi, akkreditatsiyalangan reyting agentliklari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi) tomonidan baholanadi.
Bunda davlat ulushi ustun mavqeyiga ega boʻlgan tijorat banklarining korporativ boshqaruv tizimini baholash savolnomasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
33. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari har yili, shu jumladan, konsalting tashkilotlarni jalb qilgan holda, oʻz faoliyatining samaradorligi, shuningdek, kuzatuv kengashi aʼzolarining bilimi, koʻnikmalari va tajribasi korxona ehtiyojlariga mos kelishini baholaydi.
34. Davlat ishtirokidagi korxonalarda taftish komissiyalari faoliyati bekor qilinadi.
Bunda davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashlari aʼzolari tarkibidan iborat audit qoʻmitasi tashkil qilinadi.
35. Audit qoʻmitasiga moliyaviy tahlil va buxgalteriya hisobi sohasida bilimlarga ega boʻlgan kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi rahbarlik qiladi.
36. Audit qoʻmitasi moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini nazorat qilish va tavakkalchilikning samaradorligini taʼminlash uchun:
ichki auditning yillik ish rejasini tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritadi;
auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
kuzatuv kengashi oldida audit masalalari boʻyicha hisobot beradi.
37. Audit qoʻmitasining majburiyatlari qonunchilik hujjatlari, korxona ustavi hamda audit qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
hisob siyosatini tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
ichki audit toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash uchun kuzatuv kengashi tasdigʻiga nomzodlarni kiritish hamda ularni lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida taklif kiritish;
jamiyat tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda amalga oshirilgan xaridlarni nazorat qilish;
ichki audit xizmati ishini, shu jumladan, uning hisobotlarini tahlil qilish va samaradorlikni baholash orqali nazorat qilish;
moliyaviy hisobot, shu jumladan, konsolidatsiyalashgan hisobotning buxgalteriya standartlari va hisob siyosatiga muvofiqligini tahlil va nazorat qilish;
tashqi audit oʻtkazilishini taʼminlash;
kuzatuv kengashi topshirigʻi boʻyicha boshqa funksiyalarni bajarish.
38. Audit qoʻmitasi oʻz yigʻilishlarini kuzatuv kengashi majlislaridan oldin oʻtkazadi.
39. Davlat ishtirokidagi barcha korxonalarning kuzatuv kengashlari aʼzolari tarkibidan Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasi tashkil qilinadi.
40. Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasiga xodimlarni tanlash hamda baholash koʻnikmalariga ega boʻlgan kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi rahbarlik qiladi.
41. Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasining vazifalari qonunchilik hujjatlari va korxona ustaviga muvofiq belgilanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tayinlovlar va haq toʻlash siyosatini ishlab chiqish va kuzatuv kengashining tasdigʻiga kiritish hamda ijrosini nazorat qilish;
kuzatuv kengashiga korxona rahbari (bosh direktori, boshqaruv raisi) va ijro etuvchi organ (boshqaruv) aʼzolarini lavozimga saylash (tayinlash) uchun nomzodlarni va ularni lavozimdan ozod etish uchun takliflar kiritish;
korxona rahbari (bosh direktori, boshqaruv raisi) va ijro etuvchi organ (boshqaruv) aʼzolarining samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari boʻyicha takliflarini kuzatuv kengashi tasdigʻiga kiritish va ularni baholash;
korxona rahbari (bosh direktori, boshqaruv raisi) va ijro etuvchi organ (boshqaruv) aʼzolari lavozimlariga tanlov oʻtkazish;
kuzatuv kengashi topshirigʻi boʻyicha boshqa funksiyalarni bajarish.
2-§. Ijro etuvchi organ
42. Ijro etuvchi organ, shu jumladan, kollegial ijro etuvchi organning aʼzolari tanlov asosida kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga saylanadi (tayinlanadi) va lavozimdan ozod etiladi.
43. Quyidagi amaliyotlar bekor qilinadi:
davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
davlat xizmatchilarining bir vaqtning oʻzida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (aʼzosi) lavozimlarini egallashi.
44. Ijro etuvchi organ faoliyatining ijobiy natijalariga koʻra vakolatlarini keyinchalik uzaytirish, shuningdek, qoniqarsiz natijalarga koʻra muddatidan ilgari boʻshatish sharti bilan uch yil muddatga saylanadi (tayinlanadi). Bunda ijro etuvchi organ aʼzolariga nomzodlarni tanlash uchun xalqaro miqyosda yetakchi boʻlgan konsalting va “xedxanter” tashkilotlari jalb qilinishi mumkin.
45. Ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolari javobgarligi boʻyicha sugʻurta qilish mexanizmi joriy etiladi.
46. Ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolari nomzodlariga qoʻyiladigan malaka talablari (maʼlumoti, tijorat, moliya va sohaviy tajriba va boshqalar) davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
47. Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organining rahbarlari va aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori:
xususiy mulk ishtirokidagi (shu jumladan, xorijiy) korxonalarning ijro etuvchi organi rahbarlari va aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash tartibi oʻrnatiladi;
kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shaffof haq toʻlash siyosatiga asoslangan boʻladi.
48. Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi aʼzolariga toʻlanadigan haq tarkibi quyidagilardan iborat boʻladi:
korxona jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qatʼiy belgilangan haq (ish haqi, kompensatsiya, boshqa toʻlovlar);
haq toʻlashning mukofot qismi — samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarining chorak yakuni boʻyicha koʻrsatkichlari ijrosi taʼminlangan taqdirda, toʻlanadigan qoʻshimcha haq, shuningdek, yillik yoki uch yillik faoliyat natijasiga koʻra samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari ijrosining bonus koʻrinishidagi toʻlovlar.
49. Davlat ishtirokidagi korxonaning ijro etuvchi organi korxona strategiyasi va ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni koʻrsatish majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, aniq belgilangan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlariga ega boʻlishi kerak.
3-§. Tavakkalchilikni boshqarish tizimi
50. Davlat ishtirokidagi korxonalarda “uch himoya chizigʻi”, yaʼni tavakkalchilikni operativ boshqaruv jarayonida aniqlash va boshqarish, tavakkalchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish boʻyicha nazorat tartib-taomillarini hamda yagona metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish, tavakkalchiliklarni bartaraf qilish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga baho berish hamda nazorat qilish yondashuviga asoslangan tavakkalchilikni boshqarish tizimi Davlat aktivlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tartibga muvofiq joriy etiladi.
51. Kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat ishtirokidagi korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish tizimi ijro etuvchi organ (boshqaruv) bilan hamkorlikda aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishi, muassis tomonidan nazorat qilinadi.
52. Davlat ishtirokidagi har bir korxona tavakkalchilik qoʻmitasi va kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan barcha tavakkalchiliklarni (operatsion, huquqiy va boshqalar) qamrab olgan “tavakkalchilik xaritasini” ishlab chiqadi va monitoringini olib boradi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar har yili tavakkalchiliklarni boshqarish uchun javobgar boʻlgan maxsus tarkibiy boʻlinmani tashkil etishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqadi.
4-§. Ichki audit xizmati
53. Davlat ishtirokidagi korxonalarda ichki audit xizmati tashkil etiladi.
54. Ichki audit xizmati davlat ishtirokidagi korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi boʻlishi lozim. Ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritiladi.
55. Ichki audit xizmati oʻz funksiyalari jihatidan Audit qoʻmitasi raisiga boʻysunadi.
56. Ichki audit xizmati va tashqi auditor bir-birlariga nisbatan mustaqil boʻlishlari, biroq oʻzaro axborot almashishi va oʻzlarining harakatlarini muvofiqlashtirishi lozim.
57. Ichki audit xizmati davlat ishtirokidagi korxonaning shuʼba xoʻjalik jamiyatlari ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtiradi va zaruratga qarab ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qiladi.
58. Ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlash, har chorakda ularning hisobotlarini kuzatuv kengashi tomonidan eshitib borish va tashqi auditor tomonidan jiddiy kamchiliklar aniqlangan taqdirda, kuzatuv kengashi qarori bilan uning xodimlari vakolatlarini muddatidan ilgari bekor qilish amaliyoti joriy etiladi.
5-§. Tashqi audit
59. Davlat ishtirokidagi korxonalarning yillik moliyaviy hisoboti qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilishi shart.
60. Davlat ishtirokidagi korxona aksiyalarining (ulushlarining) kamida 5 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlarga (ishtirokchilarga) asoslar boʻlgan taqdirda, korxona moliya-xoʻjalik faoliyatini korxona hisobidan navbatdan tashqari tashqi auditdan oʻtkazishni talab qilish huquqi beriladi.
61. Majburiy auditorlik tekshiruvi aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishi, muassis qarori bilan tayinlanadi. Tashqi auditorlik tashkilotini jalb qilish uchun oʻtkaziladigan tanlov (tender) shartlari va qoʻyiladigan talablar kuzatuv kengashining Audit qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
6-§. Inson resurslarini boshqarish
62. Davlat ishtirokidagi korxonalar inson resurslari zaxirasi toʻgʻrisidagi qoidalarni joriy etishi lozim. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari va ijro etuvchi organi tarkibidagi inson resurslari zaxirasini shakllantirish uchun Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasi masʼuldir.
63. Davlat ishtirokidagi korxonalar malakali xodimlarni jalb qilish hamda mavjud xodimlarni munosib ragʻbatlantirishga qaratilgan haq toʻlash mexanizmlarini joriy etadi.
64. Ish haqi miqdorlari asosli va korxonaning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi lozim.
65. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari korxonaning ijro etuvchi organi rahbariyati oʻrtasidagi vakolatlarni (operatsion, moliyaviy va boshqalar) tahlil qilishi va yetishmayotgan vakolatlarni toʻldirish toʻgʻrisida tavsiya berishi lozim.
66. Davlat ishtirokidagi har bir korxona axloq standartlarini qamrab olgan Axloq kodeksini ishlab chiqadi, joriy etadi va bu boradagi maʼlumotni oshkor etadi.
9-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishda shaffoflikni va maʼlumotlarning oshkor etilishini taʼminlash
1-§. Ichki axborot almashinuvi
67. Davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari, korxona biznes-rejasi va strategiyasining boshqa koʻrsatkichlari ijrosi boʻyicha kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organ oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlashi shart.
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari korxona faoliyati bilan bogʻliq har qanday masalalar boʻyicha hisobot, hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga haqli.
68. Davlat ishtirokidagi korxonalar hisobotlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tayyorlash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi.
2-§. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan axborotni oshkor qilish
69. Davlat ishtirokidagi korxonalar:
oʻzining korporativ veb-saytlariga ega boʻlishi va qonunchilikda korporativ veb-saytlarga qoʻyilgan talablarni bajarishi;
davlat va jamiyat uchun muhim boʻlgan axborot va masalalarni oʻz veb-saytida oshkor qilishi;
ular tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar shaffofligi jarayonining barcha tartib-qoidalariga rioya qilishi lozim.
70. Davlat ishtirokidagi har bir korxona oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya, uni amalga oshirish chora-tadbirlari va ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borishi lozim, maxfiy yoki tijorat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno.
71. Oshkor etilishi lozim boʻlgan axborotlar sirasiga quyidagilar kiradi:
davlat ishtirokidagi korxona ustavi;
kuzatuv kengashi aʼzolari haqida, shuningdek, ularga toʻlanadigan haq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korxona rahbari va ijro etuvchi organ aʼzolari haqida, shuningdek, ularga toʻlanadigan haq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korxonaning tashkiliy tuzilmasi;
yillik biznes-reja ijrosi holati toʻgʻrisida choraklik hisobotlar (shu jumladan, loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash va maqsadlariga erishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan moliyaviy hisobot, shu jumladan, yillik moliyaviy hisobotga tashqi auditorlik tashkiloti xulosasi;
asosiy tavakkalchiliklar, shu jumladan, moliyaviy, operatsion, huquqiy va boshqa tavakkalchiliklar, maxfiy yoki tijorat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno;
yirik va affillangan shaxslar bilan muhim bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
korxonaning korporativ boshqaruv sohasidagi amaliyotini Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Davlat aktivlari agentligi tomonidan belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
72. Davlat ishtirokidagi korxonalar barcha aksiyadorlar, ishtirokchilar va muassis uchun “axborotlarni oshkor etish tengligi” tamoyilini joriy etadi.
73. Davlat ishtirokidagi korxonalar korporativ boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, moliyaviy natijalar, biznes-reja koʻrsatkichlari ijrosi, strategiyani joriy etish va boshqa muhim maʼlumotlarni Davlat aktivlari agentligiga kiritib boradi.
3-§. Davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi axborotlarni oshkor qilish
74. Davlat aktivlari agentligi 2022-yildan boshlab, har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi va Strategiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
75. Davlat aktivlari agentligi 2022-yildan boshlab, har yili kamida bir marta oʻzining veb-saytida davlat ishtirokidagi barcha korxonalarning faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobotni eʼlon qiladi:
davlat ishtirokidagi korxonalarga qoʻyilgan maqsadlarning ijrosi, har bir korxona faoliyatining xususiyatini hisobga olgan holda, asosiy moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarga erishish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, homiylik, xayriya va boshqa ijtimoiy maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar hamda qaror qabul qilishdan kutilayotgan natijalarni koʻrsatgan holda batafsil asoslar.
10-bob. Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlari va uni roʻyobga chiqarish monitoringi
76. Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish boʻyicha belgilangan maqsadlarga oʻz vaqtida erishilishini va amalga oshirilgan saʼy-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida Strategiya quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish;
20 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etish;
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibidagi mustaqil aʼzolar sonini 2025-yilga qadar 30 foizgacha oshirish.
Bunda davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz faoliyatini Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha tamoyillari asosida bozor mexanizmlariga asoslangan holda amalga oshiradi.
77. Strategiyaning amalga oshirilishi boʻyicha tizimli monitoring olib borish va muvofiqlashtirish Davlat aktivlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Strategiya normalari davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga ular faoliyatining xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etiladi.
79. Strategiya ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari yoxud ustav kapitalidagi davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek davlat unitar korxonalariga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
80. Davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashlari mavjud boʻlmagan taqdirda, Strategiya normalari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi va muassis qaroriga asosan tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha
I. Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
1.
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, boshqa xalqaro moliya institutlari va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi va “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
2021-yil 1-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2. Qonun loyihalarini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish.
2021-yil 1-avgust
3. Qonun loyihalarini vazirlik va idoralar bilan kelishish.
2021-yil 1-oktabr
4. Qonun loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil 1-noyabr
2.
Qonunchilik hujjatlarini Strategiya talablariga muvofiqlashtirish.
1. Xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb etgan holda, Strategiya normalarini amaliyotga joriy etish grafigini ishlab chiqish.
Grafik
2021-yil 1-avgust
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2. Grafikni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil 15-avgust
II. Davla? ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish
3.
“Sot yoki tushuntir” tamoyilini amalga oshirish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish.
Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida qaror
2022-yildan boshlab, har yili 1-martga qadar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
vazirliklar va idoralar
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni ularga egalik qilish mezonlaridan kelib chiqib, quyidagi guruhlarga ajratish:
faoliyati mezonlarga toʻliq mos keladigan korxonalar;
faoliyatining bir qismi mezonlarning biriga toʻgʻri keladigan korxonalar;
faoliyati mezonlarga mos kelmaydigan korxonalar.
Ishchi guruh bayoni
2022-yildan boshlab, har yili 1-iyulga qadar
Ishchi guruh,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
3. Ishchi guruh takliflarini koʻrib chiqish.
Davlat komissiyasi bayoni
2022-yildan boshlab, har yili 1-avgustga qadar
Davlat komissiyasi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarni tugatish, qayta tashkil etish yoki sotish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yildan boshlab, har yili 1-noyabrga qadar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
5. Davlat ixtiyorida qoldiriladigan korxonalar roʻyxatini, ularni qoldirish asoslarini koʻrsatgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida eʼlon qilish.
Roʻyxatni eʼlon qilish
Hukumat qarori qabul qilingandan soʻng, ikki hafta muddatda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (F. Karabayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
vazirliklar va idoralar
III. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini toʻliq bozor mexanizmlariga oʻtkazish
4.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni ishlab chiqish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning funksiya va vazifalarini xatlovdan oʻtkazish hamda ularga nisbatan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni aniqlash.
Tahliliy maʼlumot
2021-yil 1-dekabr, keyinchalik grafikka asosan
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
vazirliklar va idoralar
2. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan Agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni ishlab chiqish.
Tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlar roʻyxati
2022-yil 1-mart
3. Davlat ishtirokidagi korxonalarning tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarni korxonalar veb-saytida eʼlon qilish.
Eʼlon qilingan roʻyxat
2022-yil 1-may
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
4. Notijorat maqsadlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-may
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
5.
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarning bajarilishi monitoringini yuritish.
1. Xalqaro moliya institutlari va chet el ekspertlarini jalb etgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot shaklini ishlab chiqish.
Hisobot shakli
2022-yil 1-fevral
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
vazirliklar va idoralar
2. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tijorat maqsadlari va notijorat maqsadlarning bajarilishi yuzasidan korxona rahbarlari hisobotini kuzatuv kengashi majlislarida (ishtirokchilar yigʻilishlarida) har chorakda bir marotaba eshitish tizimini joriy etish.
Ustavlarga oʻzgartirishlar kiritish
2022-yil 1-iyul
6.
Davlat korxonalari va nodavlat korxonalarga teng sharoitlar yaratish.
Davlat korxonalari va nodavlat korxonalarga teng sharoitlar yaratish, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat unitar korxonalarini tashkil etishni taqiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-avgust
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (F. Karabayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
7.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyotini bekor qilish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyotini bekor qilish (strategik muhim boʻlgan infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar bundan mustasno) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-iyul
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (F. Karabayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
vazirliklar va idoralar
2. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil 1-sentabr
8.
Davlatning mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) va tartibga soluvchi funksiyalarini ajratish.
1. Vazirlik va idoralarning mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish.
Tahliliy maʼlumot
2022-yil 1-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (F. Karabayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
2. Mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarni ajratish natijasida tartibga solish funksiyalarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Taklif
2022-yil 1-sentabr
9.
Mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) v? tartibga soluvchi funksiyalarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi darajasini kamaytirish.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan mulkdor va tartibga soluvchi funksiyalarni bir vaqtning oʻzida bajarish amali?ti bekor qilingunga qadar bunday korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibiga uchdan ikki qismidan iborat mustaqil aʼzolarni saylash boʻyicha korxonalar ustavlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
2021-yil 1-sentabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
vazirliklar va idoralar
10.
Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.
1. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.
Tahliliy maʼlumot
2022-yil 1-fevral
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
vazirliklar va idoralar
2. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2022-yil 15-fevral
11.
Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) bozor mexanizmi asosida ishonchli boshqaruvga berish.
Ishonchli boshqaruvchiga haq toʻlash, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilinadigan investitsiyalarni qaytarishni bozor mexanizmlariga oʻtgan holda takomillashtirishni nazarda tutuvchi Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
IV. Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish
12.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari aʼzolarini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar loyihasini ishlab chiqish, bunda:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirli?i (O. Nasritdinxodjayev),
vazirliklar va idoralar
a) Ijro etuvchi organga:
korxona jamoa shartnomasida naza?da tutilgan qatʼiy belgilangan haqni;
haq toʻlashning mukofot qismi chorak yakuni boʻyicha samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — SMK) bajarilgan taqdirda toʻlanadigan haqni, shuningdek, yillik yoki uch yillik faoliyat natijasiga koʻra SMK bajarilganda bonus koʻrinishidagi toʻlovlarni;
Nizom loyihasi
2021-yil 1-avgust
b) Kuzatuv kengashi aʼzolariga korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalaridan kelib chiqib haq toʻlash.
Nizom loyihasi
2022-yil 15-yanvar
13.
Korxonalardagi korporativ boshqaruv tizimini nazorat qilish va kuzatuv kengashi faoliyatini takomillashtirish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni bosqichma-bosqich tanlov asosida tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish, bunda:
aʼzolarga qoʻyiladigan malakaviy talablarni;
aʼzolarning huquq va majburiyatlarini;
aʼzolarni tanlab olish tartibi va mezonlarini belgilash.
Nizom loyihasi
2021-yil 1-sentabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
2. Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda kuzatuv kengashlari tarkibida gender tenglik amaliyotini joriy etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari
3. Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ maslahatchini tashkil etish boʻyicha korxonalar ustavlariga oʻzgartirish kiritish.
Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
2021-yil 1-oktabr
4. Korporativ maslahatchi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.
Kuzatuv kengashi qarori
2021-yil 1-oktabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
5. Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizo?ga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:
kuzatuv kengashi tarkibida audit boʻyicha qoʻmita, tayinlash va ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻmita hamda zarurat boʻlganda esa, boshqa qoʻmitalarni tashkil etish;
kuzatuv kengashi tomonidan har chorakda davlat ishtirokidagi korxona ijro etuvchi organi va ichki nazorat organlarining, shu jumladan korxona tomonidan amalga oshirilgan xaridlar toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish.
Aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi qarori
2021-yil 1-oktabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
6. Kuzatuv kengashi faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 20-iyun
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
14.
Kuzatuv kengashi aʼzolariga fidutsiar majburiyatlarni tatbiq etish.
1. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, fidutsiar majburiyatlarni tatbiq etish tartibi boʻyicha taklif kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2022-yil 1-mart
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
vazirliklar va idoralar
2. Qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
Qonun loyihasi
2022-yil 1-iyun
15.
Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolarini shakllantirish hamda mustaqil aʼzolar institutini tashkil etish.
1. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib borish va ularning natijalariga koʻra kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolari uyushmasini tashkil etish choralarini koʻrish.
Tahliliy maʼlumot
2021-yil oktabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(A. Nazirov)
2. Davlat ulushi ustun boʻlgan korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga TOP-100 ta muvaffaqiyatli menejerlardan iborat kadrlar zaxirasidan kamida bir nafar tegishli m?laka va ish tajribasiga ega boʻlgan chet ellik mustaqil aʼzoni kiritish.
Kompleks chora-tadbirlar, korxonalarning boshqaruv organlari qarorlari
2022-yil yanvar — mart
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(A. Nazirov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
16.
Korporativ boshqaruv qoidalarini tatbiq etish darajasini baholash tizimini joriy etish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarini davlat ulushi ustun boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va ularning ulushi ustun boʻlgan tizimdagi korxonalarda joriy etish.
Boshqaruv organlari qarorlari
2021-2022-yillar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari
2. Korporativ boshqaruv qoidalari joriy qilinganligi darajasini baholash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish uchun reyting agentliklarini va/yoki ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etish.
Baholash mezonlarini ishlab chiqish boʻyicha tahliliy maʼlumot
2021-yil 1-dekabr
17.
Ijro etuvchi organ faoliyatini takomillashtirish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi aʼzosi nomzodlariga qoʻyiladigan minimal malaka va boshqa talablarni belgilash.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori
2021-yil 1-oktabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari
2. Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi aʼzoligiga tanlovlar oʻtkazish boʻyicha namunaviy reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Namunaviy reglament
2021-yil 1-oktabr
3. Ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolari javobgarligi boʻyicha sugʻurta qilish mexanizmini joriy etish.
Kelishuv bitimi
2022-yil 1-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbar xodimlarini zamonaviy menejment sohasida qayta tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.
Oʻquv dasturi
2021-yil 1-dekabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (I. Umrzakov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
18.
Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish.
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbir
2021-yil 1-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
2. Ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlash, har chorakda ularning hisobotlarini eshitish va agarda auditorlik yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvida ularning faoliyati bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning vakolatini muddatidan oldin tugatishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni Ichki audit toʻgʻrisidagi nizomga kiritish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-oktabr
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Buxgalterlar va auditorlar palatasi (F. Rashidov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
vazirliklarva idoralar
19.
Tavakkalchilikni boshqarish tizimini takomillashtirish.
1. “Uch himoya chizigʻi” yondashuviga asoslangan tavakkalchilikni boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi namunaviy tartibni ishlab chiqish.
Namunaviy tartib
2022-yil 1-aprel
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
2. Tavakkalchiliklarni (operatsion, huquqiy va boshqalar) qamrab olgan “tavakkalchilik xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Boshqaruv organlari qarorlari
2022-yil 1-iyul
20.
Boshqaruv organlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi) bilan birgalikda, shu jumladan, “Neadhunter” tizimi va ochiq tanlovlar orqali davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlarida (ijro etuvchi organi, mustaqil aʼzo) TOP-100 ta muvaffaqiyatli menejerlardan iborat kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi veb-saytida eʼlon qilish
2021-yil dekabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi (A. Xasanov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattorov),
xalqaro moliya tashkilotlari
21.
Korporativ boshqaruv va kapital bozori sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
1. Davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi vakillari va korporativ maslahatchilar uchun ilgʻor mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, korporativ boshqaruv sohasidagi koʻnikmalar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.
Har yili oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash
2021-yil may, keyinchalik har yili
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Isakov)
2. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga iqtisodiy va yuridik yoʻnalishlarda “Korporativ boshqaruv” va “Kapital bozori” boʻlimlarini kiritish hamda har yili professor-oʻqituvchilar tarkibini majburiy tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligida qisqa muddatli stajirovkadan oʻtkazish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov),
Moliya vazirligi (O. Isakov),
Markaziy depozitariy (Sh. Abdujabbarov),
“Toshkent” RFB (B. Usmanov)
22.
Korporativ boshqaruv boʻyicha metodologik bazani mustahkamlash.
Korporativ boshqaruv tamoyillari va ilgʻor usullarini, bu sohadagi xalqaro tajriba aks ettirilgan TOP-100 ta nashrlar va materiallar roʻyxatini shakllantirish va keyinchalik davlat tiliga tarjima qilish.
Alohida jadval asosida qoʻllanma va materiallar roʻyxatini shakllantirish
2021-yil 1-sentabr, keyinchalik jadval asosida
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Isakov)
23.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishda ilgʻor amaliyot almashinuvini joriy etish.
Respublikada har yili xalqaro moliya tashkilotlari, ilgʻor mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida Davlat aktivlarini boshqarish ?gentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutgan holda xalqaro konferensiyalar (davra suhbatlari va seminarlar) oʻtkazish.
Kompleks chora-tadbirlar
Har yili
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Isakov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)
24.
Davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv tizimi samaradorligi natijalarini baholash.
Har yili “Korporativ boshqaruv tizimi reytingida eng yaxshi”, “Eng yaxshi TOP-menejer” tanlovini oʻtkazishni amaliyotga joriy etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2022-yildan boshlab har yili 1-iyulga qadar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Isakov)
V. Shaffoflik va maʼlumotni oshkor qilish
25.
Korporativ boshqaruv tizimi natijalarini oshkor etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida korporativ boshqaruv tizimi darajasi boʻyicha reyting oʻtkazish va uning natijalarini Agentlik veb-saytida eʼlon qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil iyuldan boshlab har yili
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (O. Isakov)
26.
Davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni oshkor etish amaliyotini joriy etish.
1. Xalqaro moliya institutlari va chet ellik ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobot shaklini ishlab chiqish.
Hisobot shakli
2021-yil 1-dekabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)
2. Agentlik tomonidan har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi va Strategiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Hisobot materiallari
Har yili 1-avgustga qadar
27.
Korporativ boshqaruv reytingi natijasini oshkor etish.
1. Kapital bozoriga chiqish imkoniyatini beruvchi korporativ reyting oladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini aniqlash hamda 2021-2022-yillarda reyting olish ishlarini yakunlash.
2. Reyting natijalarini korxonalarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.
Grafik asosida
2021-yil dekabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(A. Nazirov),
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev)
28.
Davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan “onlayn” tarzda maʼlumotlar almashinuvini hamda davlat korxonalari va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bilan elektron tarzda muloqot qilish imkonini beruvchi Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha elektron bazani takomillashtirish.
Maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish
2021-yil noyabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov),
Davlat soliq qoʻmitasi (M. Mirzayev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev), vazirlik va idoralar
29.
Korxonalarda xaridlar shaffofligini taʼminlash.
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan korporativ xaridlar tizimi orqali auditorlik tashkilotini tanlashda narx va sifat koʻrsatkichlarini birlashtirish usulini amaliyotga joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil dekabr
Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
(2-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-son qaroriga 3-ILOVA
2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Maqsadli koʻrsatkichlar:
2021-yilga
2023-yilga
2025-yilga
1.
Davlat ishtirokidagi korxonalar sonini qisqartirish.
foiz
30
65
75
2.
Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etish.
dona
2
10
20
3.
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar sonini koʻpaytirish.
foiz
5
15
30
3.1.
Shundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga (keyingi oʻrinda — Farmon) 1-ilovaga kiritilgan metallurgiya, neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik va elektrotexnika hamda transport sohasi korxonalari.
foiz
30
-
-
4.
Davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlari tarkibiga chet ellik menejerlarni jalb qilish.
dona
20
50
100
4.1.
Shundan Farmonga 1-ilovaga kiritilgan metallurgiya, neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik va elektrotexnika hamda transport sohasi korxonalari.
dona
14
-
-
5.
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan korporativ obligatsiyalar chiqarish.
dona
2
15
25
6.
Istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat ishtirokidagi korxonalarni tugatish.
dona
245
477
0
7.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tamoyillari asosida ishlab chiqilgan Korporativ boshqaruv qoidalarini joriy etish.
foiz
10
25
50
7.1.
Shundan Farmonga 1-ilovaga kiritilgan metallurgiya, neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik va elektrotexnika hamda transport sohasi korxonalari.
foiz
100
-
-
8.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga komplayens xizmatini joriy etish.
foiz
3
10
20
8.1.
Shundan Farmonga 1-ilovaga kiritilgan metallurgiya, neft-gaz, energetika, kimyo sanoati, mashinasozlik va elektrotexnika hamda transport sohasi korxonalari.
foiz
100
-
-
9.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash.
foiz
20
100
-
10.
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi qoshida qoʻmitalar tashkil etish.
foiz
50
75
100
Izoh:
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish natijasida davlat ulushi shakllanadigan korxonalar hisobga olinmagan;
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(izoh qismning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 09/21/166/0257-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)