1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.14.00 Pensiyalarga ustamalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.14.00 Pensiyalarga ustamalar]
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun:
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti;
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmalari. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga Madaniyat ishlari vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin.
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-oktabr,
415-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy qilinadigan respublika teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdak nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat musiqali teatri
“Ayqulash” Qoraqalpogʻiston davlat ashula va raqs ansambli
Qoraqalpogʻiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpogʻiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Toshkent shahri
A. Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet Katta teatri
Toshkent davlat operetta teatri
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi opera teatr-studiyasi
M. Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri
Hamza nomidagi oʻzbek davlat akademik drama teatri
Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat yoshlar drama teatri
A. Qahhor nomidagi davlat satira teatri
Y. Oxunboboyev nomidagi oʻzbek respublika yosh tomoshabinlar teatri
Davlat rus yosh tomoshabinlar teatri
M. Gorkiy nomidagi davlat rus akademik drama teatri
Muqimiy nomidagi oʻzbek respublika musiqali teatri
Respublika qoʻgʻirchoq teatri
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi
M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari
5. Vokal konsertmeysteri, balet konsertmeysteri, akkompaniator, akkompaniator-konsertmeyster, adabiy qism, musiqiy qism, badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa mudirlari, badiiy rahbar yordamchisi, bosh rejissor yordamchisi
6. Vokal repetitori, balet repetitori, ovoz rejissori, nutq texnikasi repetitori
7. Ishlab chiqarish ustaxonasi, sex mudirlari
8. Bezakchi rassom, rassom, dekorator-butafor, pardozchi, kostumchi, rekvizitor, tikuvchi, bichuvchi, rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, poyabzalchi, elektr yorituvchi, ovoz yozish operatori, montajchi va sahna mashinisti
9. Katta iqtisodchi, iqtisodchi, bosh buxgalter, buxgalter, kassir, barcha mutaxassisliklar boʻyicha katta texniklar, ovoz yozish operatori, katta inspektor, inspektor
III. Oʻquv yurtlari
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti professor-oʻqituvchilari konsertmeysterlari; Toshkent xoreografiya bilim yurti rahbarlari, oʻqituvchilari, konsertmeysterlari