toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRIShNI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Teatr va musiqa sanʼati yutuqlarini mustahkamlash va yanada yuksaltirish, madaniyatning ushbu sohasi ijodiy xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida, shuningdek respublika teatr va musiqa jamoatchiligining istaklarini eʼtiborga olib:
1. 1995-yil 1-noyabrdan boshlab teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlari uchun:
uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik taqdirlash puli miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
pensiyaga chiqishda — amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan asosiy pensiyaga respublikada belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan har oylik ustama miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda:
respublikada teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishning istiqbol dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet katta teatri huzurida 15 kishidan iborat stajorlar guruhi tashkil etsin;
xorijiy investorlarni jalb etgan holda teatr va musiqa sanʼati uchun maxsus buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Musiqa sanʼati sohasida kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida konservatoriyaning yangi kompleksini qurish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu masala boʻyicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda teatr-konsert tashkilotlari va koʻrsatib oʻtilgan oʻquv muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1996-1997-yillarda budjetdan mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonning joriy etilishiga aloqador xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 20 kun muddatda amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarga qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni bajarish yuzasidan ikki hafta muddatda qaror qabul qilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-sonli ““Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 20-oktabr,
PF-1280-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi
PF-1280-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa sanʼati boʻyicha ijodiy xodimlar tayyorlovchi oʻquv muassasalari professor-oʻqituvchilariga va konsertmeysterlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik taqdirlash puli
MIQDORLARI

Xizmat muddatlari‎

Lavozim maoshiga nisbatan foizlardagi har oylik taqdirlash puli miqdorlari ‎

‎‎
‎I. Yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan teatr-konsert tashkilotlari artistlari
1 yildan 3 yilgacha ‎

10‎

3 yildan 5 yilgacha ‎

20‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

40‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

45‎

15 yildan ortiq‎

50‎


‎‎‎II. Teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlari
3 yildan 5 yilgacha ‎

10‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

20‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

35‎

15 yildan 20 yilgacha ‎

40‎

20 yildan 25 yilgacha ‎

45‎

25 yildan ortiq‎

50‎

‎‎
‎III. Oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlari
3 yildan 5 yilgacha ‎

10‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

15‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

20‎

15 yildan 20 yilgacha ‎

30‎

20 yildan 25 yilgacha ‎

40‎

25 yildan ortiq ‎

50‎

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi
PF-1280-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalari professor-oʻqituvchilarining va konsertmeysterlarining asosiy pensiyalariga har oylik ustamalar
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.

Guruhlar‎

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan foizlardagi har oylik ustama miqdori‎

1. Yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlar‎

75‎

2. Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlari‎

50‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 231-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)