1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZJAMGʻARMABANK”NI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BANKIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Aholiga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining keng koʻlamli tizimini yaratish, erkin pul mablagʻlarining omonatlarda toʻplanishidan aholi manfaatdorligini oshirish, aholiga kredit berishga hamda xalq xoʻjaligining ustun tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan kredit-investitsiya resurslarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
1. “Oʻzjamgʻarmabank”, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat bankini boshlangʻich ustav fondi 100 mln soʻm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda xalq bankining ustav fondini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki mol-mulk, moliyaviy hamda aholi omonatlarining saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi boshqa majburiyatlar va talabnomalar boʻyicha “Oʻzjamgʻarmabank”ning huquqiy vorisi deb hisoblansin.
4. Quyidagilar Xalq bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
har bir qishloqda, aholi yashaydigan joyda, har bir xoʻjalik hududida bank infrastrukturasini yaratgan, respublikada yashovchi har bir kishi bank xizmatlari tizimidan foydalanishini taʼminlagan, xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazgan holda aholiga keng koʻlamli bank xizmatlari koʻrsatish;
bankning barcha muassasalari tomonidan aholiga taklif etilayotgan bank xizmatini sifat jihatidan yaxshilash va uning turlarini kengaytirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
omonatlarning yangi turlarini joriy qilish va omonatchilarning manfaatdorligini taʼminlaydigan foiz stavkalarini belgilash asosida aholining erkin pul mablagʻlari omonatlarga jalb qilinishini ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
yutuqli omonatlar tizimini joriy qilish, obligatsiyalar chiqarish va ularni jismoniy shaxslar oʻrtasida tarqatish, aholini jalb qiladigan shartlarda yutugʻi darhol toʻlanadigan, maqsadli, koʻp tirajli lotereyalarni va boshqa yutuqli tadbirlarni oʻtkazish;
aholining xorijiy valyutadagi mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
aholining tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilishining zamonaviy tizimini yaratish, shu jumladan pul mablagʻlarini tezlik bilan oʻtkazishni, plastik kartochkalarni joriy qilish va boshqalar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.03 Akkreditivlar bilan hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.03 Veksel]
toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, sertifikatlar)ni chiqarish va sotish;
jismoniy va yuridik shaxslarga kredit-hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish;
aholiga bank xizmatlari koʻrsatish sohasidagi jahon tajribasini oʻrganish va joriy qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
5. Xalq bankining tashkiliy tuzilmasiga va 1995 — 1997-yillarda uning infrastrukturasini kengaytirishga oid chora-tadbirlarga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.05 Er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi (shuningdek, 11.03.08.04ga qarang)]
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, xoʻjaliklarning rahbarlari Xalq banki tarkibiy boʻlinmalariga uning tarmogʻi mavjud boʻlmagan aholi yashash joylarida shaxsiy javobgarlik ostida, zarur mukammal tuzatishlarni amalga oshirgan holda, binolar ajratsinlar hamda 2-ilovaga muvofiq mavjud binolarni doimiy foydalanish uchun biriktirib qoʻysinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Xalq banki ajratilayotgan binolarni zarur asbob-uskunalar, jihozlar va aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur bandning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 1995-yil yakunlari boʻyicha, keyinchalik esa har yarim yillik yakunlari boʻyicha axborot berib borsinlar, yigʻma hisobotni 1998-yil 1-yanvargacha taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Xalq banki taqdim etilayotgan materiallarni umumlashtirsinlar va respublika Hukumatiga zarur takliflar kiritsinlar.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan jalb qilinadigan pul mablagʻlari kredit resurslari sifatida bozor stavkalari boʻyicha joylashtiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki:
bir oy muddatda Xalq banki Ustavini ishlab chiqsin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va Markaziy bankida roʻyxatdan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1997-yilda Xalq banki markaziy apparati bilan uning har qaysi boshlangʻich boʻlinmasi oʻrtasida kompyuterli aloqa oʻrnatgan holda 1996-yilda mintaqa boʻlinmalarida, boshqarmalarida va respublika bankida maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tartibda uzatish boʻyicha ichki tizimli kompyuter tarmogʻini bosqichma-bosqich tashkil etsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun Nukus shahrida, har bir viloyat markazida va Toshkent shahrida oʻquv bazasi tashkil etsin, bunda ikki yil mobaynida barcha toifadagi xodimlarni hozirgi zamon bank texnologiyasiga oʻqitishni taʼminlasin;
shu yilning 1-noyabridan boshlab Xalq bankining boshlangʻich boʻgʻinidan respublika boʻgʻinigacha boʻlgan boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash darajasi omonatlar miqdorining koʻpayishiga va koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmiga bogʻliq boʻlishini, shuningdek uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustama toʻlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mehnatga haq toʻlashning yangi tizimiga doir uslubiy qoidalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Xalq banki boshqarmalari va boʻlinmalarining aholiga keng koʻlamda bank xizmatlari koʻrsatish boʻyicha mustaqilligini va javobgarligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining afzalliklari toʻgʻrisida aholi oʻrtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borsin, bu afzalliklarni ommaviy axborot vositalarida keng reklama qilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov ikki oy muddatda Xalq bankining tuman, shahar, viloyat boʻlinmalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etsin, buning uchun maxsus attestatsiya komissiyasini tuzsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
10. Xalq banki 2002-yil 1-yanvargacha soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin va boʻshaydigan mablagʻlar bank infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov Xalq banki markaziy apparati binosi qurilishining borishini va uning 1996-yil yanvar oyida foydalanishga topshirilishini nazoratga olsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Xalq bankining har bir muassasasini aloqa kanallari bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-avgustdagi 430-son va 1994-yil 12-avgustdagi 411-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.