Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son
Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 7-bandning
uchinchi xatboshisi “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Suhbat savollari quyidagi sohalar boʻyicha tuziladi:
davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;
Savollar komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. Savollar talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya masʼul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.”.