toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“DAVLAT STATISTIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi OʻRQ-707-sonli “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2002-yil 26-dekabrdagi 280(3108)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 327-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 328-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) I boʻlimining 6-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) VIII boʻlimi;
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I boʻlimining 7-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
442-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)