Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
“Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 622-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-son “Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2527-1, 2014-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 323-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2 va 123-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2527-2, 2018-yil 28-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2019-yil 12-apreldagi 329-V-3 va 48-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2527-3, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son).