1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 3-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining koʻtarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.
3. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Yer qaʼridan foydalanish markazi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari (keyingi oʻrinlarda — gidrogeologiya stansiyalari) xulosasini inobatga olgan holda “Litsenziya” axborot tizimi” yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
4. Ikki va undan ortiq suv olish inshootlari (burgʻi qudugʻi, quduq, galereya, buloq va boshqalar) bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv taʼminoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv taʼminoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi).
5. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish qatʼiyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi (zax qochirish uchun ishlatiladigan burgʻi quduqlari suvidan maʼlum maqsadlarda foydalanish bundan mustasno).
Ruxsatnoma qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda mavjud quduqlardan yerlarni sugʻorish uchun suv tejovchi texnologiyalar joriy etilganda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
6. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari, shu jumladan, galereya, buloq va termomineral suv quduqlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Guruhli suv olish inshootlari, shu jumladan, galereya, buloq va termomineral suv quduqlari boʻyicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
7. Ruxsatnoma mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
8. Jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) ruxsatnomalar olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
9. “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda toʻldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Arizaga mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.
10. Arizaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilib, kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki Mobil-ID tizimi orqali tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
qolgan mablagʻlar toʻliq ruxsatnoma beruvchi Vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
13. Ariza beruvchilar Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan yigʻimning 90 foizi miqdori toʻlanadi.
14. Ariza va ilovalarda notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi, ruxsatnoma berish talablari va shartlarining buzilishi hamda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Ariza beruvchi tomonidan ariza tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar ilova qilingan holda, avtomatik tarzda Yer qaʼridan foydalanish markaziga elektron shaklda yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
17. Yer qaʼridan foydalanish markazi bir ish kuni mobaynida ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni gidrogeologiya stansiyalariga ularda keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqish uchun, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda:
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish sharti bilan suv olish limitlarini belgilab berish maqsadida Suv xoʻjaligi vazirligiga;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelishish uchun yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
18. Gidrogeologiya stansiyalari, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari toʻrt ish kuni mobaynida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish maqsadidan kelib chiqqan holda oʻrganib chiqadi, kelishib beradi va tegishli maʼlumot tayyorlab, Yer qaʼridan foydalanish markaziga elektron shaklda yuboradi.
Zarur hollarda (arizada keltirilgan maʼlumotlarni solishtirish, ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarni aniqlashtirish, yillik suv olish hajmi yoki suv olish maqsadini belgilab olish) gidrogeologiya stansiyalari va kelishuvchi organlar arizaga ijobiy javob berish maqsadida ariza beruvchilar bilan telefon orqali qayta aloqa oʻrnatishlari mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
19. Yer qaʼridan foydalanish markazi gidrogeologiya stansiyalari va Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli maʼlumotlari asosida bir ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, ruxsatnomani mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyib rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
20. Ruxsatnoma berish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan tegishli bildirishnoma ilova qilinadi.
Ariza beruvchilar oʻn ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ariza beruvchilar ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan takroran koʻrib chiqiladi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ruxsatnoma berish boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
21. Ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda elektron shaklda ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
22. Ruxsatnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va ushbu Reglamentning 3-bobiga muvofiq talab va shartlarga amal qilinishi haqida ariza beruvchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
3-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari
23. Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;
belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarni suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida taʼmirlash va tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga va soliq organlariga hisobotni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.
(23-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish
24. Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
suv olish obyekti boshqa yer osti suvlaridan foydalanuvchiga yoki isteʼmol qiluvchiga berilganda;
yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda yoki qayta tashkil qilinganda, joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganda;
suv olish obyektlarining soni yoki holati, shuningdek, suv olish hajmlari va maqsadlari oʻzgarganda;
suv olish obyekti joylashgan manzilning nomi oʻzgarganda.
Yuqorida keltirilgan hollarda yer osti suvlaridan foydalanuvchi yoki ularni isteʼmol qiluvchi yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXPga ariza topshirishi shart.
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suv olish obyektining yangi egasiga ruxsatnoma ushbu Reglamentning 2-bobida keltirilgan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.
Qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim ushbu Reglamentning 11-bandiga muvofiq undiriladi.
25. Ruxsatnomani ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
26. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi davlat nazoratini yuritadi va yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni va ularning muhofaza etilishini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralarini koʻradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
28. Adliya vazirligi va davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
29. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
30. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
31. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
1. “Litsenziya” axborot tizimi.
2. YIDXP.
Soʻrovnomani elektron shaklda toʻldirib, hujjatlarni ilova qilgan holda Yer qaʼridan foydalanish markaziga yuboradi.
1. 10 daqiqada.
2. Aniq vaqt rejimida.
3-bosqich
Yer qaʼridan foydalanish markazi
Ariza, ruxsatnoma loyihalari va hujjatlarni oʻrganib chiqish uchun Gidrogeologiya stansiyalari hamda Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston �espublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelishish uchun yuboradi.
1 kun
Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlar boʻyicha:
Suv xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan suv olish limitlarini belgilab berish maqsadida kelishib beradi.
4 kun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlariga asosan kelishib beradi.
4-bosqich
Yer qaʼridan foydalanish markazi
Tayyorlangan maʼlumot asosida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish boʻyicha xulosa tayyorlab, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda “Litsenziya” axborot tizimiga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
1 kun
5-bosqich
“Litsenziya” axborot tizimi
Ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. 10 daqiqada
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun
ARIZA
Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:
(yuridik shaxslar uchun)
F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun)
2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:
3. Rekvizitlari (STIR raqami, MFO, OKED, hisob raqami): (yuridik shaxslar uchun)
F.I.O., STIR raqami: (jismoniy shaxslar uchun)
4. Suv olish obyektining joylashgan joyi (viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy):
5. Suv olishdan maqsad: (kerakli qatorga belgi qoʻyiladi)
xoʻjalik-ichimlik
ishlab chiqarish-texnik (sanoat)
qishloq xoʻjaligi (sugʻorish)
koʻkalamzorlashtirish (sugʻo�ish)
davolash-balneologik
energetika (gidroenergetika va issiqlik energetikasi)
baliqchilik
qadoqlash, shaxtadan suv chiqarish va shu kabilar
6. Jami yillik suv olish hajmi (ming.m3/yil):
7. Suv obyekt(lar)ining hisobga olingan tartib raqami
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
a) xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish texnik (sanoat) maqsadlari uchun (xoʻjalik faoliyati turi, ishlab chiqarish quvvati, ishchi-xodimlar soni, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni, maishiy sharoiti, obodonlashtiriladigan yer maydonlari kabilar): _______________________________________________________________________________________________________________
b) qishloq xoʻjaligi (sugʻorish) maqsadlari uchun (qishloq xoʻjaligi ixtisosligi, qishloq xoʻjaligining umumiy yer maydoni (ga), shundan yer osti suvlari hisobidan sugʻoriladigan maydon (ga), ekiladigan ekin turlari, sugʻorish usuli va suv berish tartibi (rejimi)): _____________________________________________________________________________________________________
v) yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadlari uchun (umumiy maydon, ga), shundan me�iorativ holati yaxshilanadigan maydon (ga), vertikal drenaj quduqlarining ishlash tartibi (rejimi):__________________________________________________
g) davolash-balneologik maqsadlar uchun (ishchi-xodimlar va davolanuvchilar soni, mineral suvning shifobaxshlik xususiyatlari, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni): ____________________________________________________________________
7. Suv olish obyektlarining (burgʻi qudugʻi, quduq, galereya, buloq va boshqalar) roʻyxati:
Izoh:
a) quduq boʻyicha — uning raqami, joylashuv koordinatasi, chuqurligi, nasos turi va quvvati hamda suv olish hajmi;
b) buloq boʻyicha — uning jihozlanganligi, raqami (nomi), joylashuv koordinatasi, chiqayotgan suvning umumiy hajmi.
T/r
Suv olish obyektlarining roʻyxatga olingan raqami va geografik koordinatasi
Burgʻi qudugʻining chuqurligi, m
Ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq, m
Nasos markasi va quvvati, m3/soat
Olinadigan yoki chiqarib tashlanadigan suvning hajmi
m3/kun
ming.m3/yil
1.
2.
3.
8. Foydalaniladigan yer osti suvlarining sifati:
T/r
Suv olish obyektlarining roʻyxatga olingan raqami
Suv tahlili oʻtkazilgan sana
Suvning kimyoviy tahlil natijalari
rN
Suvning mineralizatsiyasi,
mg/l
Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l
Ichimlik va balneologiya uchun suvning bakteriologik tahlili
Kation, mg/l
Anion, mg/l
Sa
Mg
Na
K
SO4
CL
NO3
HCO3
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
9. Boshqa suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchiga berilgan suvning hajmi (m3/sut, ming.m3/yiliga), __________________
__________________________________________________________________________________________________________________
10. Suv olish obyektlarida suv oʻlchovchi asboblarning oʻrnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati toʻgʻrisida maʼlumotlar ___________________________________________________________________________________________________________________
13. Suvni isteʼmol qilishning hajmlari va turlari:
Koʻrsatkichlar nomi
Suv isteʼmoli:
hisob-kitob boʻyicha
amalda
m3/kun
ming.m3/yil
m3/kun
ming.m3/yil
Jami:
Oʻz ehtiyoji uchun suvdan foydalanish
Xoʻjalik ichimlik ehtiyojlari uchun
Sugʻorish uchun
Zax qochirish uchun
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga suv berish
Aylanma suv tizimlaridagi suv sarfi
Hisobga olinmagan suv sarfi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanush yoki maxsus isteʻmol qilish uchun RUXSATNOMA
seriya
raqam
1. Ushbu ruxsatnoma__________________________________________________________________________ ga
(jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi)
________________________________________________________________________________ (loyiha qudugʻining joylashishi, viloyat, tuman/shahar, qishloq/ovul/koʻcha) ________________________________________________________________________________ da joylashgan suv olish obʻyektidan __________________________________________________maqsadlarda yer osti suvlaridan
(suvdan foydalanish maqsadlari)
maxsus foydalanish yoki maxsus isteʻmol qilish uchun berildi 2. Pochta manzili, telefon raqami, faks, electron pochtasi, STIR raqami _______________________________________ ____________________________________________________________________________________________ 3. Suv olish maqsadlariga qarab tavsiflar _____________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ 4. Yillik suv olish hajmi ____________________________________mimg.m3/yil. 5. Suv olish obʻyektlari turi (burgʻi qudugʻi, buloq va boshqalar) va ularning soni: _____________________ ____________________________________________________________________________________________ 6. Boshqa suvdan foydalanuvchiga yoki isteʻmolchisiga berilgan suvning hajmi (m3/kun, ming.m3/yil) ____________________________________________________________________________________________ 7. Suv olish obʻyektlarida suv oʻlchovchi asboblarning oʻrnatilganligi (turi va markasi) va texnik holati toʻgʻrisida maʻlumotlar ___________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ 8. Suv olish obʻyektlari va ularning atrofida sanitariya-muhofaza zonalari mavjudligi va holati ______________________ ____________________________________________________________________________________________ 9. Aylanma (ikkilamchi) suv isteʻmoli va suvdan foydalanish boʻyicha maʻlumotlar ______________________________ ____________________________________________________________________________________________ 10. Ruxsatnomaning amal qilish muddati 20____ yil “____” ____________ gacha.
20____ yil “____” ____________
QR kod
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
_____________________________________________________________________ tomonidan 20____ yil uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish toʻgʻrisida
(suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchining nomi)
H I S O B O T
1. Suvdan foydalanuvchi yoki suvni isteʼmol qiluvchining manzili ______________________________________________________________________, telefon raqami _______________________, STIR _______________________.
2. Suv olish obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r
Suv olish inshooti nomi (quduq, buloq va boshqalar), ularning raqami va joylashuvi
Ishga tushirilgan yili
Suv olish usuli (oʻzi chiquvchi, nasos rusumi, quvvati va boshqalar)
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish maqsadi (XI, IChT, QX, DB, B, Q, ShSCh*)
Izoh
(suv olish obyektlarining umumiy soni, ulardan ishlaydiganlari va boshqa maʼlumotlar)
3. Yer osti suvlarini olish toʻgʻrisida maʼlumot
Suv olish inshooti nomi
20__yilda olingan suv hajmi, ming m3
Shu jumladan, oylar boʻyicha, ming m3
Izoh
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
4. Suv obyektidan olingan suvning sifati toʻgʻrisida maʼlumot
Suv olish obyektining raqami va nomi
Tahlil oʻtkazilgan sana
Laboratoriya nomi
Suvning kimyoviy tahlili natijasi
rN
Suvning mineralizatsiyasi, mg/l
Suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/l
Izoh
Kationlar, mg/l
Anionlar, mg/l
Sa
Mg
Na
K
SO4
CL
NO3
HCO3
Hisobotni tayyorladi va topshirdi:__________________________________________________________
Hisobotni koʻrib chiqdi va qabul qildi: ____________________________________________________________
M.Oʻ.
(imzo,F.I.O.)
M.Oʻ.
(imzo, F.I.O.)
Sana:_________
Sana:_________
* XI — xoʻjalik-ichimlik; IChT — ishlab chiqarish texnik (sanoat); QX — qishloq xoʻjaligi (sugʻorish); DB — davolash-balneologik, B — baliqchilik, Q — qadoqlash, ShSCh — shaxtadan suv chiqarish.
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish.
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish.
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxs.
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari.
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar.
6.
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:
Yigʻim undirilmaydi.
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdori.
8.
Arizani koʻrib chiqish muddati:
6 ish kuni.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;
belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarning suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish choralarini koʻrishi;
suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohilboʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida taʼmirlash va tiklash ishlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga va soliq organlariga hisobotni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar Maʼmuriy reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etishi.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari.
Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda:
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun Suv xoʻjaligi vazirligi;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Ruxsatnomaning amal qilish muddati yer osti suvlarini olish texnologiyasi va limiti, sanitariya-gigiyena va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, yakka quduqlar yoki zaxiralari tasdiqlangan guruhli suv olish inshootlari uchun 5 yil (bunda yer osti suvlari zaxiralari baholanmagan hollarda 2 yil) muddatga beriladi.
Guruhli suv olish inshootlari boʻyicha yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun 2 yil muddatda yer osti suvlari zaxiralarini baholash majburiydir.
12.
Izoh:
Ruxsatnoma berishning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining koʻtarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni isteʼmol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.
Ikki va undan ortiq suv olish obyektlari bitta tizimga ulanganda va bir obyektning suv taʼminoti uchun yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ishlatilganda, yagona ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning suv olish inshootlari bir tizimga ulanmagan hollarda yoki ikki va undan ortiq obyektlarning suv taʼminoti uchun ishlatilganda, alohida ruxsatnomalar olinadi.
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha boʻlgan quduqlardan sutkasiga 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlaridan umumiy foydalanilganda tatbiq etilmaydi (bunda quduqda oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi).
Ruxsatnoma olmasdan yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish qatʼiyan taqiqlanadi, bunda zax qochirish (drenaj) maqsadlari uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
b) 4-bandning “a” kichik bandidagi “geologiya va mineral resurslar boʻyicha organlar (yer osti suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida),” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 15-banddagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 3i-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatining “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III-toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlari” boʻlimi 6-bandidagi “, shuningdek, suv chiqarish quduqlarini burgʻilash” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-avgustdagi 672-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 27-martdagi 184-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/9/0007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)