toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.10.2024
Hujjat 01.01.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 29-avgustdagi 525-II-sonli “Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga asosan mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilgan.
1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 202-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust,
524-II-son
Oʻzbekiston respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi — Hukumati Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organlari tizimiga va oʻzi tashkil etadigan xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining huquqiy asoslari
Vazirlar Mahkamasining faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi.
II. VAZIRLAR MAHKAMASINING TARKIBI VA UNI SHAKLLANTIRISH, UNING ASOSIY VAKOLATLARI
4-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumatining boshligʻi oʻz lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati koʻrib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan Bosh vazir nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Bosh vazir taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi”;
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi ZRU-90-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 15-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
Bosh vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
a) Bosh vazirning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan;
b) Bosh vazir oʻz vakolatlarini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
v) Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qoʻyilganda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼfoga chiqishiga sabab boʻladi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi ZRU-90-sonli Qonuni bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 15-son, 153-modda)
5-modda. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish sohasidagi asosiy vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xoʻjalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga oʻxshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yoʻnaltiradi va muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol koʻrsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi, ijtimoiy taʼminot tizimini takomillashtiradi;
sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qoʻriqlanishini taʼminlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
davlat boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda oʻtkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga rahbarlik qilishning umumiy masalalari
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yoʻnaltirib boradi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan taʼminlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular taʼminotiga ajratiladigan mablagʻlar miqdorini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlarning oʻrinbosarlari, davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining aʼzolarini, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hayʼatlarining aʼzolarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi zarurat boʻlganda oʻz vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan boʻlmasa, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va oʻz boʻysunuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
7-modda. Vazirlar Mahkamasining vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini nazorat qilishi
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.
III. VAZIRLAR MAHKAMASINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, BOSHQA ORGANLAR VA TASHKILOTLAR BILAN MUNOSABATLARI
8-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan munosabatlari
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun oʻz vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy koʻrsatkichlarini va unga kiritiladigan oʻzgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan aʼzosining oʻzi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur boʻlganda uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qoʻmitalari majlislarida hozir boʻlish va axborot berishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan aʼzolari faoliyatiga taalluqli masalalar qoʻyilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi. Tavsiyalar va takliflarni koʻrib chiqish natijalari haqida hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalariga kelishilgan muddatda maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Parlament soʻroviga javob
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, Qonunchilik palatasi deputatidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat aʼzosidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga boʻysunuvchi davlat yoxud xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament soʻrovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati aʼzosi qonun bilan belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida ogʻzaki yoki yozma javob berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan munosabatlari
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi haqidagi maʼlumotlarini eshitadi;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini koʻrib chiqadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy oʻta muhim kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini oʻz vakolati doirasida toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Qoraqalpogʻiston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi boʻladi.
11-modda. Vazirlar Mahkamasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan munosabatlari
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini koʻrib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori.
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish hamda ularni bekor qilishga haqli.
12-modda. Vazirlar Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq ularga zarur koʻmak koʻrsatadi.
IV. VAZIRLAR MAHKAMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING TARTIBI
13-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislari
Davlat boshqaruvining, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”.
14-modda. Faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladigan masalalar
Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, Oʻzbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;
davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish hajmi hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi koʻlamini oshirish toʻgʻrisidagi takliflar;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini belgilash hamda oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari hamda xususiylashtirishdan olingan mablagʻlardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi takliflar;
belgilab qoʻyilgan davlat narxlari qoʻllaniladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar roʻyxati;
qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;
davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash toʻgʻrisidagi takliflar.
15-modda. Bosh vazir
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi.
Bosh vazir:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh vazir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yoʻqligida uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
16-modda. Bosh vazirning oʻrinbosarlari
Bosh vazirning oʻrinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq oʻzlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadilar.
17-modda. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:
oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini tayyorlash tashabbusi bilan chiqishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
18-modda. Vazirlar Mahkamasining Rayosati
Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin.
19-modda. Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalari, vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
20-modda. Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi oʻzi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplamida eʼlon qilinadi, keng ommaga darhol yetkazish zarur boʻlgan taqdirda esa ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Vazirlar Mahkamasining devoni
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik koʻrish, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasining devoni faoliyat koʻrsatadi.
Vazirlar Mahkamasining devoni va uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari.
Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 153-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2009-y., 50-51-son, 532-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda, 20-son, 222-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son)