Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54 va 01-02/5-20-son qarori (roʻyxat raqami 2675, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1.
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Fuqaroga qoʻshimcha toʻlov uning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga qoʻshimcha toʻlov yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.”.
2. 4-bobning
nomi hamda
12 — 15,
18 va
19-bandlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.