1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq;
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish toʻgʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan mobil aloqa operatorlarining radioelektron vositalarini, uskunalarini va boshqa qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun ruxsat olish belgilangan tartibda tegishli ariza topshirilgandan keyin yetti ish kunida rasmiylashtiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 9-bandi uchinchi xatboshi va 7-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-dekabr,
801-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 1-ILOVA
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalarni (keyingi oʻrinlarda — YuChQ) ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari radioelektron tizimlar va vositalarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlgan dengiz, havo kemalari va kosmik apparatlar REV ishlab chiqadigan (yaratish), ishlab chiqaradigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun xorijdan olib kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga va boshqa davlatlarning sunʼiy Yer yoʻldoshlari orqali ishlaydigan qurilmalar va vositalarning mansubligidan va ularga boʻlgan egalik shakllaridan qatʼiy nazar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REVni qoʻllaydigan erdagi stansiyalarga tegishlidir.
3. Radiochastota polosalarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini (keyingi oʻrinlarda — Jadval) ishlab chiqishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentini va Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda, radiochastota spektridan foydalanish tahlili oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Jadval Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota polosalarini taqsimlash va ulardan foydalanish shartlarini reglamentlaydigan, shuningdek, ulardan foydalanishning quyidagi toifalarini belgilaydigan asosiy hujjat hisoblanadi:
a) “FR” — fuqarolik radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari;
b) “HR” — hukumat radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari;
v) “BF” — fuqarolik va hukumat radioxizmatlari tomonidan birgalikda foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari.
Jadval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va Kengashning ishchi organi hisoblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Foydalanilishi cheklangan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan maʼlumotlar bundan mustasno.
4. Radiochastota polosalaridan:
a) birlamchi asosda (birlamchi radioxizmatlar) — maʼlum bir radiochastota polosasidan radioxizmatlarning REVlari teng huquqlar asosida foydalanishi, radiochastotalar polosasi ikkilamchi asosda taqsimlangan radioxizmatlarning REVlari bundan mustasno;
b) ikkilamchi asosda (ikkilamchi radioxizmatlar) — REV ikkilamchi radioxizmatga tegishli boʻlganda:
radiochastotalar berilgan yoki keyinchalik berilishi mumkin boʻlgan birlamchi radioxizmatning REV lariga xalaqit bermasligi;
radiochastotalar berilgan yoki keyinchalik berilishi mumkin boʻlgan birlamchi radioxizmatning REV tomonidan boʻladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila olmaydi;
radiochastotalar keyinchalik berilishi mumkin boʻlgan xuddi oʻsha radioxizmatning yoki boshqa bir ikkilamchi radioxizmatning REV tomonidan boʻladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila oladilar.
5. Kengash tomonidan radiochastota talabnomalari asosida:
ishlab chiqiladigan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqariladigan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQ foydalanish mumkinligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi.
Kengash tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish va qarorni berish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Radiochastota spektrining xususiyati cheklanganligi, unga boʻlgan talab yuqoriligi sababli, radiochastotalardan foydalanishning muayyan sharoitlari va toifalariga bogʻliq ravishda, Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki ushbu qarorda koʻrsatilgan alohida shartlar belgilanishi mumkin.
6. Kengashning qarori ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha blankda rasmiylashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REV va YuChQ, shu jumladan eksperimental REV (tarqatuvchi apparatura maketlari)ni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlgan dengiz, havo kemalarining REV hamda kosmik apparatlar REVni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish va foydalanishga Kengashning tegishli ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratishdagi asosiy prinsiplar va talablar
8. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti talablariga va boshqa normativ hujjatlariga, hukumatlararo bitimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, Jadvalga, Kengashning avval qabul qilingan, radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlarini belgilaydigan qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratish, Kengash tomonidan, quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanishni davlat tomonidan va xalqaro-huquqiy tartibga solish;
radiochastotalarning alohida polosalari (nominallari)dan foydalanishga nisbatan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning teng foydalanish huquqlari asosida;
turli maqsadlardagi REVning elektromagnit moslashuvini taʼminlash;
respublikaning barcha hududlari, jumladan qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda mobil aloqaning mavjud va keyingi avlod texnologiyalarini keng joriy etilishida mobil aloqa operatorlariga texnologik erkinlik (betaraflik) tamoyili asosida faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratish.
10. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda:
Xalqaro elektraloqa ittifoqi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aʼzosi hisoblanadigan boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni;
xorij davlatlarining aloqa maʼmuriyatlari bilan ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitimlarni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Chastotalar xalqaro maʼlumot registriga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlari va faoliyat koʻrsatadigan REV tomonidan ulardan haqiqiy foydalanishni;
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti yoki xorij davlatlarining aloqa maʼmuriyatlari bilan tuzilgan bitimlar bilan belgilangan hollarda manfaatdor davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan kosmik (shu jumladan, yoʻldoshli) va yer usti xizmatlarning REVga radiochastotalar berish zarurligi va muvofiqlashtirish natijalarini;
radiochastota spektridan foydalanuvchilar, shu jumladan mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlarini;
turli qoʻllanishdagi REVning elektromagnit moslashuvini taʼminlash shartlari va ushbu REV uchun chastota-hududiy tarqatish normalarini;
faoliyat koʻrsatayotgan REV va YuChQ tomonidan radiochastota polosalaridan foydalanish intensivligini, Oʻzbekiston Respublikasining muayyan hududidagi mavjud elektromagnit vaziyatni va boʻsh radiochastota resursi mavjudligini hisobga oladi.
11. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida REV va YuChQdan foydalanish (xorijdan olib kirish) imkoniyatini aniqlash uchun Kengash qarorlar qabul qiladi, bu qarorlarga koʻra:
barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun, shuningdek, “BF” va “HR” toifasidagi chastotalar polosalarida hukumat radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari ajratish;
REV va YuChQni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun talablar va shartlarni kelishish;
polosalarga tegishli toifalarni bergan holda, radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlashni amalga oshiradi.
12. YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish imkoniyat mavjud boʻlganda ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
13. Sanoat, ilmiy, maishiy va tibbiyot maqsadlarida qoʻllash uchun moʻljallangan YuChQga belgilangan radiochastotalar polosalari (nominallari) Jadvalning izohida keltiriladi.
Jadval izohida keltirilgan radiochastota polosalari (nominallari) YuChQ parametrlari davlat standartlari va sanoat, ilmiy, tibbiyot, maishiy YuChQ uchun belgilangan industrial xalaqitlar normalari talablariga mos kelishi sharti bilan Kengashning bu radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorini rasmiylashtirmasdan YuChQdan foydalanish uchun moʻljallangan.
Ochiq nurlanishsiz yuklama qurilmasida 5 Vtdan kam boʻlgan oʻrtacha yoki impuls-choʻqqi (impuls rejimida ishlaydigan qurilmalar uchun) quvvatli YuChQda, shuningdek, Jadvalda koʻrsatilmagan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish mumkin.
14. Jadvalda koʻrsatilmagan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQdan foydalanish zarurati boʻlganda, radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishiga, Kengashning qarorini rasmiylashtirish talab etiladi.
3-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
15. REV va YuChQ radiochastota spektridan foydalanilganda, ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilinishi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
berilgan radiochastotalar talabnomasining belgilangan talablarga mos kelishi;
belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini taʼminlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;
Kengash qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish.
4-bob. Ishlab chiqiladigan (yaratiladigan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqariladigan va xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish talabnomalarini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqish tartibi
16. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan foydalanish imkoniyatini aniqlash ariza beruvchilardan kelib tushadigan talabnomalarni koʻrib chiqish natijalari Kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Talabnomalarga REV va YuChQni ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalarini ajratish hamda xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyatini aniqlash boʻyicha talabnomalar tegishlidir.
17. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyati uchun radiochastota talabnomalari Vazirlikka (Kengashning ishchi organi)ga taqdim etiladi:
ariza beruvchilar tomonidan — barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik maqsadlaridagi REV va YuChQ uchun;
radiochastota organlari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan — “BF” va “FR” toifalaridagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qoʻllaniladigan REV uchun.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining radiochastota taʼminotida boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar “BF” va “FR” toifasidagi radiochastota polosalarida hukumat tomonidan qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish uchun radiochastota talabnomalarini ularning radiochastota taʼminoti mansubligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati orqali Kengashga taqdim etadilar.
19. Oʻzbekiston Respublikasida REV va YuChQ ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishga ariza beruvchilar boʻlib ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan, bu vositalarning muayyan turlarini ishlab chiqish (yaratish) va (yoki) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yoki buyurtma qiladigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijdan REV va YuChQ olib kirishni rejalashtiradigan subyektlar hisoblanadi.
20. Yuridik shaxs tashabbusi bilan ishlab chiqilgan (yaratilgan) REVni ishlab chiqarish, bu yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqarish uchun boshqa yuridik shaxsga berilgan holda, talabnoma beruvchi sifatida bu REVni ishlab chiqarishni oʻz zimmasiga olgan yuridik shaxs boʻlishi mumkin.
21. Yerdagi yoki kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan REVlar uchun radiochastota talabnomalari kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan barcha turdagi apparatura uchun bitta talabnoma taqdim etiladi.
Amalda foydalanilayotgan yoʻldoshli tarmoqda (tizimda) foydalanish uchun faqat yangidan ishlab chiqiladigan erdagi yoki kosmik stansiyalarning REVga talabnomalarni alohida taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish imkoniyati oldindan belgilangan tartibda ishlayotgan yoʻldoshli tarmoq egasi bilan kelishilishi kerak.
22. REVni modernizatsiya qilish uchun radiochastota talabnomalari REVni modernizatsiya qilish natijasida modernizatsiya qilinayotgan REVning elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan radionurlanish va qabul qilish xarakteristikalari oʻzgargan hollarda, shuningdek bu vositalarni qoʻllash sohalari va foydalanish shartlari oʻzgarganda taqdim etiladi.
23. Oʻzbekiston hududida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish boʻyicha radiochastota talabnomalari Oʻzbekiston tomonidan bu ishlarning bajarilishiga javobgar boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tayyorlanadi va Kengashga taqdim etiladi.
24. REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida ulardan foydalanish imkoniyatiga radiochastota talabnomalarini tayyorlashda talabnoma beruvchilar Jadvalga, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentiga, ushbu Nizom talablariga, REV elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan radionurlanish va qabul qilish xarakteristikalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilishlari kerak.
25. Radiochastota ajratish boʻyicha talabnoma quyidagilardan iborat:
a) radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va (yoki) respublika hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi ariza:
ariza beruvchi — yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
ariza beruvchi — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaro shaxsini tasdiqlaydigan hujjat maʼlumotlari, ariza beruvchi bajarishi yoki amalga oshirish niyati boʻlgan ishlar va (yoki) muayyan faoliyat turi;
radiochastota polosalari soʻralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qoʻllanish sohasi, xizmat koʻrsatish zonalari)hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari)toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
REV va YuChQ uchun — ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taktik-texnik maʼlumotlar;
b) tushuntirish xati.
Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha, unda hujjatlarning nomi, ularning raqami, imzolangan sanasi, varaqlar soni koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.
26. Radiochastota talabnomasi ariza beruvchi tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilgan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga pochta aloqasi vositalari orqali va/yoki elektron shaklda yuboriladi.
27. Taktik-texnik maʼlumotlar davlat tilida har bir ishlab chiqiladigan, tayyorlanadigan, xorijdan olib kiriladigan, shuningdek radioelektron kompleks (tizim) tarkibiga kiradigan REV va YuChQ uchun taqdim etiladi.
28. Tushuntirish xatida radiochastota polosalari (nominallari) soʻraladigan REV va YuChQdan foydalanish maqsadi, REV va YuChQ respublikaning qaysi hududida va kim tomonidan qoʻllanilishi batafsil bayon qilinadi, ishlab chiqiladigan (yaratiladigan) REV va YuChQning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari doirasida ularning radionurlanishi va qabul qilishining tanlangan xarakteristikalari asoslanadi, tizimli masalalar, yaratilishi rejalashtirilayotgan radiotexnika aloqa tizimini amalga oshirish bosqichlari yoritiladi, REV va YuChQ qoʻllash shartlari, qoʻllaniladigan signal tuzilishi va xarakteristikasi koʻrsatiladi, talabnomani asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar keltiriladi.
REV va YuChQni modernizatsiya qilishda, modernizatsiya qilishni zarurligi toʻgʻrisidagi axborot keltiriladi. Koʻp funksiyali REV komplekslari uchun tushuntirish xatida REV kompleksning oʻzaro ishlash blok-sxemasi keltiriladi.
29. Muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda radiochastota talabnomalari ariza beruvchi tomonidan ularga REV va YuChQ taktik-texnik maʼlumotlari va tushuntirish xatini ilova qilmasdan taqdim etilishi mumkin, agar:
shu turdagi REVni ishlab chiqish uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish toʻgʻrisidagi Kengashning qarori avval qabul qilingan boʻlsa;
ishlab chiqilgan REV va YuChQ tajriba namunalarining REV elektromagnit moslashuviga taʼsir qiladigan texnik xarakteristikalari koʻrsatilgan muayyan turdagi REVni ishlab chiqish uchun Kengash qarorida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelsa;
REVni qoʻllash sohasi va foydalanish shartlari oʻzgarmagan boʻlsa.
30. Radiochastota talabnomalari quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
REVni ishlab chiqish (yaratish) uchun — ishlab chiqariladigan REV uchun eskiz yoki eskiz-texnik loyihalashni tugallash va ushbu bosqichda zarur boʻlgan radiochastota polosalari (nominallari)ni belgilash bosqichidan kechiktirmasdan;
REVni ishlab chiqarish uchun — ishlab chiqish (yaratish) tugallanishi bilan, REV tajriba namunalarining sinovlari oʻtkazilgandan soʻng, ularning natijalari boʻyicha zarur boʻlgan radiochastota polosalari (nominallari)ni aniqlagan holda;
xorijdan REVni olib kirish uchun — agar mavjud boʻlsa Kengashga kerakli radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish uchun yetkazib beruvchi bilan REVni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgunga qadar muzokaralar olib borish davrida;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan REV va YuChQ uchun — koʻrsatilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarish va talab qilingan radiochastotalardan foydalanish uchun ishga texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin ikki oydan kechiktirmasdan;
xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan, xorijda ishlab chiqarilgan REV uchun — bunday ishlarni olib borish uchun talab qilingan radiochastotalarning mavjudligini aniqlash maqsadida koʻrsatilgan ishlarni olib borish toʻgʻrisida bitim tuzilgunga qadar.
31. REV va YuChQ toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun radiochastota talabnomasini taqdim etadigan ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
32. Kengashning Ishchi organi tomonidan kelib tushadigan talabnomalarning dastlabki ekspertizasi oʻtkaziladi.
33. Dastlabki ekspertizani oʻtkazishda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)ning Jadvalga, Kengashning muayyan klassdagi REVning radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanishiga taalluqli boʻlgan qarorlariga muvofiqligi aniqlanadi, REV radionurlanishlar va qabul qilish xarakteristikalarining REV elektromagnit moslashuvi sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga toʻgʻri kelishi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi tekshiriladi, shuningdek radiochastota talabnomalarining belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlanadi.
34. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy boʻlganda radiochastota talabnomalari materiallari xulosalar olish uchun Kengashning aʼzolari boʻlgan radiochastota organlariga yuboriladi.
35. Kengashning boshqa aʼzolariga radiochastota talabnomalari materiallari faqat radiochastota polosalaridan foydalanishda ularning manfaatlariga daxl qilinadigan hollarda xulosa olish uchun yuboriladi.
36. Radiochastota talabnomalari xulosa olish uchun Kengash aʼzolariga quyidagi hollarda yuborilmaydi:
agar soʻraladigan radiochastota polosalari (nominallari) Jadval yoki Kengashning alohida qarorlari bilan fuqarolik maqsadlaridagi tegishli REV tomonidan mutlaq yoki ustuvor foydalanish uchun taqsimlangan radiochastota polosasida boʻlsa;
agar muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun soʻraladigan radiochastota polosasi radiochastotalardan foydalanish va ishlab chiqilgan REV va YuChQni qoʻllash sohasi boʻyicha talablarga rioya qilish, REV elektromagnit moslashuviga taʼsir qiladigan texnik xarakteristikalari, Kengashning bu REV va YuChQni ishlab chiqish qarorida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi sharti bilan bu REV va YuChQni ishlab chiqish uchun Kengashning qarori bilan ajratilgan radiochastota polosasiga mos kelsa;
agar muayyan turdagi REVni ishlab chiqish uchun soʻraladigan radiochastota polosalari boshqa ariza beruvchining talabnomasi boʻyicha oʻxshash REVni ishlab chiqish uchun ajratilgan boʻlsa;
agar xorijdan olib kiriladigan muayyan turdagi REV uchun soʻraladigan radiochastota polosalari boshqa ariza beruvchining talabnomasi boʻyicha hududiy cheklovlarsiz ajratib boʻlingan boʻlsa;
agar xorijdan olib kiriladigan REV uchun radiochastota polosalari Kengashning avval qabul qilingan qarorlarida koʻrsatilgan radiochastota polosalariga mos kelsa.
37. Radiochastota talabnomalari xulosa olish uchun, shuningdek, ushbu talabnomalar boʻyicha Kengashning qarorlari loyihalari, Kengashning manfaatdor vakolatli vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda ham yuborilmaydi.
Ishchi guruhlar radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining qarori boʻyicha tuziladi.
38. Radiochastotalar organlaridan yoki Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari bildirilgan xulosalar kelib tushgan holda, zarur boʻlganda, maqbul qarorni ishlab chiqish va kelishish maqsadida, ariza beruvchi va Kengashning manfaatdor aʼzolarini ishtirokida radiochastota talabnomasi qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqiladi.
39. Xulosa olish uchun, radiochastota talabnomalarining materiallari yuborilgan radiochastota organlari va Kengashning boshqa aʼzolari, materiallar olingan kundan boshlab, yigirma ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bu materiallar ekspertizasini, shuningdek, talab qilinadigan REVning boshqa REVlar bilan ularga taalluqli qismida, elektromagnit moslashuvini baholashni oʻtkazishlari va tegishli xulosa taqdim etishlari kerak.
40. Ariza beruvchi quyidagi huquqlariga ega:
talabnomani koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning holati toʻgʻrisida axborot olish;
Kengash tomonidan talab qilinadigan REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisida qaror ishlab chiqish va kelishish masalalari boʻyicha, shuningdek, ulardan foydalanish shartlarini belgilash boʻyicha oʻtkaziladigan texnik kengashlarda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan radiochastota talabnomasini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan shikoyat qilish.
(40-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
radiochastota talabnomasini tayyorlashda radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizom talablariga amal qilish;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kengashning ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish boʻyicha qarorlari talablarini bajarish.
5-bob. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish
42. Kengash va radiochastota organlarining muayyan davr uchun ish yakunlari, radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha loyiha va rejalar, shuningdek Kengash aʼzolarining ishtiroki talab etiladigan masalalar boʻyicha radiochastotalar talabnomalari va boshqa materiallarni koʻrib chiqishning ijobiy natijalari asosida Kengash majlislarida koʻrib chiqish uchun qarorlar loyihalari tayyorlanadi.
Kelib tushgan talabnomalarni tezkor tarzda koʻrib chiqish maqsadida olib kiriladigan REV va YuChQdan foydalanish uchun radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishini Kengashning aʼzolari tomonidan koʻrib chiqish talab qilinmaydigan hollarda, qarorlar radiochastota organlari bilan kelishilgan holda Kengashning majlislari oraligʻida qabul qilinadi.
43. Majlis qarorlari unda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilova qilingan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Oʻtkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
44. Kengashning REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror bilan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish shartlarini va keyinchalik uzaytirish huquqi bilan qarorni amalga oshirish davomiyligi ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatni belgilaydi.
Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bogʻliq holda Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda koʻrsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin.
Ariza beruvchiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasi va (yoki) zarur boʻlganda, Kengash majlisining bayonnomasidan tasdiqlangan koʻchirma yuboriladi.
Kengashning qarori yoʻqotilgan yoki buzilgan holda ariza beruvchining arizasiga koʻra, bepul asosda, ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qarorning dublikati beriladi.
45. Talab qilinadigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish qarori chegaradosh davlatlar bilan kelishishni talab qilmaydigan REV uchun — radiochastota talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz ish kunigacha muddatda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda, chegaradosh davlatlar bilan kelishish talab qilinsa — bir yuz yigirma kun muddatda qabul qilinadi.
Zarur boʻlganda, qarorlarda ajratiladigan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlari koʻrsatib oʻtiladi. Qabul qilingan qaror ariza beruvchiga bepul asosda, u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan beriladi.
46. Kengashning REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish qarori olingandan keyin ariza beruvchilar, shuningdek, boshqa zarur ruxsatnomalarni olish uchun belgilangan tartibda radiochastota organiga quyidagi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun murojaat qilishlari kerak:
REV uchun — xarid qilish (berish), qurish (oʻrnatish), olib kirish, ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar;
YuChQ uchun — xarid qilish (berish), olib kirish, ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar.
6-bob. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarori berilishini rad etish
47. Kengash qarori berilishini rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
ruxsat berish mazmunidagi hujjatni berish uchun zarur hujjatlarning ushbu Nizomning 25 — 30-bandlariga rioya etmagan holda taqdim etilishi, shuningdek, hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Kengashning ekspertizaga radiochastota talabnomasi ishlayotgan yoki foydalanish uchun rejalashtirilayotgan REVlar bilan elektromagnit moslashuv toʻgʻrisidagi materiallar yuborilgan bitta yoki bir nechta aʼzosidan olingan texnik ekspertizaning salbiy xulosasi.
48. Rad etilgan holda ariza beruvchiga yozma ravishda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining muayyan normalari, ularni bartaraf qilish zarurati va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddati koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Rad etish sabablarini bartaraf qilish muddati rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ikki ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
49. Hujjatlar qayta koʻrib chiqilganda radiochastota organi tomonidan ariza beruvchiga yozma ravishda avval bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
7-bob. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarorining muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, tiklash, toʻxtatish, oʻzgartirishlar kiritish va bekor qilish
50. Kengashning Oʻzbekiston Respublikasida REVni ishlab chiqish (yaratish), ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlarining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi radiochastota talabnomalari qarorning belgilangan amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin Kengashga taqdim etiladi.
51. Qarorlarning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi talabnomalar zarur asoslar va tushuntirishlar bilan xat koʻrinishida taqdim etiladi. Qarorning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi qarorni olish uchun koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
52. Kengashning qarori quyidagi hollarda vaqt va (yoki) hudud boʻyicha toʻxtatib qoʻyilishi yoki cheklanishi mumkin:
radiochastota spektrining belgilangan polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati boʻlganda;
ruxsat berish talablari va shartlarining buzilishlari aniqlanganda;
Kengashning ariza beruvchidan aniqlangan buzilishlar bartaraf qilinishini talab qiladigan qarori bajarilmaganda;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq toʻlanmaganda.
Kengashning qarorlari:
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda — oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun radiochastotalarga ehtiyojga muvofiq muddatga;
ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda — tadbirkorlik faoliyati uchun oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga va faoliyatning boshqa sohalari uchun radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq muddatga toʻxtatib turiladi.
(52-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
53. Kengash qarorining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
ariza beruvchi ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)ni rad etganda;
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda Kengashning bir xil radiochastota polosalari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
jismoniy shaxsning arizasiga koʻra uning faoliyati toʻxtatilgan va jismoniy shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan hollarda;
ariza beruvchi tomonidan qarorning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar bartaraf etilmaganda;
radiochastotalardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga berilgan litsenziya amal qilishining toʻxtatilishi va qonunchilik hujjatlari bilan koʻzda tutilgan boshqa hollarda.
(53-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Kengash qarorining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash, toʻxtatish, unga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Ariza beruvchi — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi oʻzgarganda, ariza beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda Kengashning avval qabul qilingan qaroriga oʻzgartirishlar kiritiladi yoki ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida yangi qaror qabul qilinadi.
56. Kengashning qarorini bekor qilish:
yuridik va jismoniy shaxsning qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
qaror soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanishi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxs tomonidan sudning Kengash qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan boshlab oʻn kun ichida Kengashga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim, shuningdek bu haqida axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
57. Kengash qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar reyestrini yuritadi va uni ishchi organning rasmiy veb-saytida joylashtiradi, foydalanilishi cheklangan yoki davlat sirlarini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil qiladigan maʼlumotlar bundan mustasno.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
58. Ushbu Nizom talablari buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarorini berish
Radiochastota talabnomasini tayyorlaydi va Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (Kengash)ga pochta orqali yoki elektron koʻrinishda taqdim etadi.
Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan muddatlardan kechikmagan holda
2-bosqich
Kengashning Ishchi organi (Axborot texnologiyalari vazirligi)
1. Kelib tushgan talabnomalarni dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi.
2. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy boʻlganda radiochastota talabnomalari materiallari xulosalar olish uchun radiochastota organlariga yuboriladi.
5 ish kuni davomida
3-bosqich
Radiochastota organlari
1. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvini baholaydilar va radiochastota talabnomalari materiallarini texnik ekspertizadan oʻtkazadilar.
2. Kengashga tegishli xulosani taqdim qiladilar.
20 ish kuni davomida
4-bosqich
Kengash
1. Ijobiy xulosa olinganda Kengashning qarorini loyihasini tayyorlaydi.
2. Salbiy xulosa olinganda qaror qabul qilishni rad etish haqida ariza beruvchiga xat yuboradi.
5 ish kuni davomida
5-bosqich
Kengash
Ariza beruvchiga Kengash qarori yoki zarur boʻlganda Kengash majlisining bayonnomasidan tasdiqlangan koʻchirma yuboriladi.
3 ish kuni davomida
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
RADIOChASTOTALAR BOʻYIChA RESPUBLIKA KENGAShI QARORI
___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (arizachining nomi, radiochastotalardan foydalanish maqsadi, radioxizmat turi, qaror qabul qilish uchun asoslar) Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qaror qildi: ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (arizachining nomi, radiochastota polosasi (nominal), REV va YuChQ turi, radiochastotadan foydalanish hududi) ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (REV va YuChQdan foydalanish shartlari)
Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Radioelektron vosita / yuqori chastotali qurilmalarning taktik-texnik
Ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari
8.
Foydalanish hududi (joyi)
9.
Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning ogʻishi
10.
Nurlanish tasnifi1 (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan maʼlumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qoʻshimcha tasniflari v.b.)
11.
Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt)
Min:
Max:
Shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti:
12.
Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB)
Izoh:
1 Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan;
2 Uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVlaridan foydalanish koʻzda tutilgan hollarda toʻldiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 2-ILOVA
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni (keyingi oʻrinlarda — REV) sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REVdan foydalanishni tartibga solish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi va uning ishchi organi;
b) radiochastota organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati.
3. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida REVdan foydalanuvchi yoki foydalanishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari uchun, shuningdek, ajratilgan radiochastota polosalari doirasida radiochastotalar biriktirishni amalga oshirayotgan radiochastota organlari uchun majburiydir.
4. REVga egalik qiluvchilar (foydalanuvchilari)ga radiochastotalarni mulk qilib berish, xususiylashtirish va doimiy muddatsiz biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksidan iborat.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fuqarolik radioxizmatlari uchun ajratilgan radiochastota spektri monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — EMMM) tomonidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish, shuningdek, Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalangan holda uchishlarni va koʻchma havo xizmatini radionavigatsiya jihatidan taʼminlashning davlat tekshiruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REVni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va ekspluatatsiya qilish tartibiga rioya etishini nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat), Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan.
2-bob. Radiochastotalarni biriktirish tartibi
8. Foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishlari, ariza beruvchilarga nisbatan teng huquqlar asosida ruxsat etish tartibi boʻyicha taʼminlanadi.
Foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi radiochastota organi tomonidan biriktirilgan radiochastota nominallari asosida amalga oshiriladi.
9. Radiochastotalarni biriktirishda radiochastota organi tomonidan aniq radiochastota nominali koʻrsatilgan holda tegishli ruxsatnoma beriladi.
Radiochastotalarni biriktirish ustuvorlik toifalarini hisobga olib, yaʼni birlamchi yoki ikkilamchi asosda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanadigan REV radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchining REVga zararli xalaqitlarni yetkazmasligi kerak va ular radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchi REVdan boʻladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qila olmaydilar.
Radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanuvchi REV radiochastotalar kechroq ikkilamchi asosda berilgan boshqa radiochastotalardan foydalanuvchi REVlari tomonidan boʻladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qilishlari mumkin.
Radiohavaskorlik xizmati REVni roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish, Kengash qarorida belgilangan texnik shartlar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Kabel televideniyesi tarmoqlari faoliyati televideniye kanallari uchun ajratilgan chastotalar polosalarida hamda 110,0 MGts — 174,0 MGts; 230,0 MGts — 470,0 MGts chastotalar diapazonlarida ikkilamchi asosda amalga oshiriladi. Kabel televideniyesi tarmoqlari egasi texnik vositalarining ishlashini litsenziya shartnomasi talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi xududida amaldagi sanoat radioxalaqtlar uchun davlat standartlari va normalariga muvofiqligini taʼminlashi shart.
10. Radiochastota organlari quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda turli maqsaddagi REV uchun foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktirishlari kerak:
radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarining tengligi;
real elektromagnit holat sharoitlarida REV ishlashining talab qilinadigan sifatiga rioya qilgan holda ajratilgan radiochastota resursidan oqilona va samarali foydalanish.
11. Radiochastota organlari Oʻzbekiston Respublikasi Radiochastotalarni taqsimlash jadvali (keyingi oʻrinlarda — Jadval) asosida faqat Kengash tomonidan ularga ajratilgan polosalarda tegishli radiochastota spektridan foydalanuvchilariga radiochastotalarni biriktiradilar.
12. Radiochastota organlari tasarrufidagi radiochastota polosalari foydalanuvchilarga ushbu radiochastota organlari bilan kelishtirilgan holda foydalanish uchun ajratilishi mumkin.
13. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun radiochastotalarni biriktirish markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi.
Radiochastotalarni markazlashtirilgan holda biriktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
REV taʼsir (boshqa REVga xalaqit qiluvchi taʼsir) zonasi bir nechta viloyat hududlarini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining keng hududini qamrab olishida;
xalqaro muvofiqlashtirish talab qilinganda;
REV ishlashi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan yoki yagona radiochastota rejasiga muvofiq amalga oshirilishida.
Radiochastotalarni markazlashtirilmagan holda biriktirish REV taʼsir zonasi bitta maʼmuriy-hududiy birlik hududi bilan cheklangan hollarda, shuningdek, REVning xalaqitlarsiz ishlashini taʼminlash uchun qoʻshimcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni oʻtkazish talab qilinmagan hollarda amalga oshiriladi.
Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan radiochastota polosalari ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan REV uchun ruxsatnomalar markazlashtirilmagan tartibda rasmiylashtiriladi.
3-bob. Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
14. Radiochastota spektridan va REVdan foydalanishda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kengash qarorlarida, EMMM ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida koʻrsatilgan doiradagi xatti-harakatlarni bajarish;
koʻrsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;
mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun ariza beruvchi oʻzgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan holda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiya, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganda qayta roʻyxatga olingandan keyin yetti ish kuni davomida EMMMni xabardor qilish;
radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovni amalga oshirish.
15. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun berilgan radiochastotalar harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir boʻlgan hollarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalanuvchini xabardor qilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan REVni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastotalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-avgustdagi 476-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son)
4-bob. Radiochastota organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar, radiochastota organlarining vakolatlari, majburiyatlari, huquqlari
17. Radiochastota organlari tomonidan ariza beruvchilarning murojaatlari asosida REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga uchun ruxsatnomalar beriladi.
Ruxsatnomalarning borligi foydalanuvchilarni REVni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan kerakli guvohnomalar, sertifikatlar, kelishuvlar va boshqa hujjatlarni olish, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Televizion va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan REVni, shuningdek, savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika mahsulotlarini olib kirish, sotib olish (berish) va ekspluatatsiya qilish uchun tegishli ruxsatnomani olish talab qilinmaydi.
19. Radiochastota organlari:
ariza beruvchilarning radiochastotalarni ajratish toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida REVdan foydalanish uchun tegishliligi boʻyicha ruxsatnomalarni rasmiylashtiradilar;
biriktirilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadilar va uni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar, foydalanish cheklangan yoki davlat sirlaridan yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat maʼlumotlar bundan mustasno;
ariza beruvchilarning ogʻzaki yoki yozma soʻrovi boʻyicha bepul asosda ruxsat berish masalalari boʻyicha toʻliq axborot va malakali maslahatlar (izohlar) beradilar.
20. Radiochastota organlari radiochastotalarni biriktirishda quyidagilarga majbur:
a) ushbu Nizom, shuningdek, radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini hisobga olib, ariza beruvchilarning REV uchun radiochastotalarni biriktirish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
b) radiochastotalar berilishini amalga oshirish yoki soʻralayotgan radiochastotalardan foydalanish mumkin emasligini asoslantirish;
v) berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot hisobini yuritish, tizimlashtirish va saqlash;
g) boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda foydalanish polosalarida berilgan xamda barcha radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni — Kengashga taqdim etish;
d) radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish hisobiga radiochastotalarga boʻlgan talabni maksimal qondirish;
e) foydalanuvchilar tomonidan berilgan radiochastotalardan foydalanishning belgilangan shartlari bajarilishini nazorat qilish;
j) radiochastota spektrining monitoringini amalga oshirish;
z) radioxalaqitlar manbalarini aniqlash ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish hamda oʻz vakolatlari doirasida ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
i) boshqa organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
21. Radiochastota organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
REVni ekspluatatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek, alohida radiochastotalardan foydalanish imkoniyati bilan bogʻliq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni tugatish, toʻxtatib turish yoki cheklash;
ruxsat berish shartlari buzilganda, oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun maʼlum radiochastota diapazonlaridan foydalanish zarurati boʻlganda REVni ekspluatatsiya qilishni toʻxtatib turish, cheklash, tugatish;
REVning texnik koʻrsatkichlari belgilangan standartlar va texnik normalarga mos kelmaganda, fuqarolar xavfsizligini, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini, atrof-muhitning holatini taʼminlamaganda, shuningdek, maxsus holatlarda REV ishlashini belgilangan tartibda taqiqlash.
5-bob. Ruxsatnomalar berilishini rad etish
22. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ruxsatnomalar berilishi (radiochastotalar yoki radiochastota polosalarini biriktirish) quyidagi asoslar boʻyicha rad etiladi:
ruxsatnomalarni berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar talablarga va shartlarga toʻgʻri kelmasligi;
ishlaydigan va foydalanilishi rejalashtirilayotgan REV bilan elektromagnit moslashuv toʻgʻrisida ekspertizaning qoniqarsiz xulosasi;
berilgan radiochastotadan foydalanishni xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazishning qoniqarsiz natijalari, agar bunday kelishish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentida va boshqa xalqaro shartnomalarda koʻzda tutilgan boʻlsa.
23. Ruxsatnomani berish rad etilgan holda ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda axborot tizimi orqali yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Hujjatlar qayta koʻrib chiqilayotganda radiochastota organi tomonidan avvalroq ariza beruvchiga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
6-bob. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomalarini olish, ularning amal qilishini uzaytirish, toʻxtatib turish (tiklash), tugatish
25. Radiochastota organlari va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va radiochastotani biriktirish talabnomasini olganda tomonlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi majburiyatlari va javobgarligini koʻzda tutuvchi tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Berilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi radiochastota spektrining potensial foydalanuvchisida u radiochastotalarning aniq nominallarini koʻrsatgan holda REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnomani olgan vaqtdan boshlab paydo boʻladi.
Berilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan foydalanuvchilar tomonidan REVni olish va radiochastotalarning berilgan nominallariga sozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini oʻtkazish uchun radiochastotalarni ushbu foydalanuvchilarga vaqtincha biriktirish.
REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasini berish ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Sotib olish va oʻrnatish uchun ruxsatnomalar REVning ayrim turlariga yoki tarmoqni maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qilmaydigan radioaloqa tizimlariga beriladi.
28. Qurish uchun ruxsatnomani berishda REVni sotib olish va oʻrnatish uchun alohida ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
29. Kengash tomonidan Vazirlik uchun ajratilgan polosalarda REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnomalar markazlashtirilgan tartibda — EMMM tomonidan, markazlashtirilmagan tartibda — EMMM hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.
30. Kengash tomonidan boshqa radiochastota organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati uchun ajratilgan radiochastota polosalarida REVni sotib olish va oʻrnatish, qurish uchun ruxsatnomalarni berish EMMM tomonidan faqat markazlashtirilgan asosda amalga oshiriladi.
31. Zarur ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchilar zarurligini asoslagan va yaratilayotgan radiotarmoqning vazifasi, undan foydalanish sohasi, REVni qoʻllash xususiyatlari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni ilova qilgan holda ushbu Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq talabnoma bilan quyidagilarga murojaat qiladilar:
radiochastotalar markazlashtirilmagan holda beriladigan REVni oʻrnatish koʻzda tutilgan joydagi EMMM hududiy boʻlinmalariga;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻrnatiladigan REV uchun va radiochastotalar markazlashtirilgan holda beriladigan REV uchun EMMMga.
Hujjatlar EMMMga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma talabnoma berilgan usul bilan, yaʼni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
32. Talabnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
ariza beruvchi-yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; ariza beruvchi-jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
REV turi, ishlab chiqaruvchi, vazifasi, oʻrnatiladigan joyi;
Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu turdagi REVdan muayyan radiochastota polosasida foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi qarori maʼlumotlari (raqami, qabul qilingan sanasi);
ariza beruvchi bajarishni yoki amalga oshirishni niyat qilgan xatti-harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi, litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan REV uchun litsenziya maʼlumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi).
Talabnomaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
a) uskunaning toʻliq texnik tavsifi;
b) agar ariza beruvchi yuridik shaxs boʻlsa, REVni roʻyxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun masʼul shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;
v) quyidagilar koʻrsatilgan topografik xaritadan olingan nusxada REV joylashtirilgan reja-sxema:
REV tegishliligi (vazirlik, idora, tashkilot va h.);
masshtabi va koordinata setkasini tushirilgan holda;
REV joylashtiriladigan joylar (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari, erning absolyut belgisi, idora ichidagi aloqa sxemasi);
chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastotalar diapazoni yoki nominallari);
nurlanish klassi;
antennalar turi, ularning miqdori va yer satxiga nisbatan osilish balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa xarakteristikalar;
radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;
g) REVni joylashtirish koʻzda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar ariza beruvchining oʻzi bu obyektlar va inshootlarning egasi boʻlmasa;
d) yoʻldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha zarur boʻlgan texnik parametrlar.
Bunda ruxsatnomalari markazlashtirilgan holda rasmiylashtiriladigan REV uchun radiochastotalarni biriktirish uchun talabnoma-xat ikki nusxada beriladi, joy xaritasidan nusxa koʻchirilgan chastotalar rejasi ilova qilingan REVni joylashtirish loyihasi — toʻrt nusxada beriladi.
33. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVni sotib olish va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomalari foydalanuvchi tomonidan litsenziya va litsenziya kelishuvi rasmiylashtirilganidan keyin EMMM tomonidan beriladi.
34. Talabnomalarning ariza beruvchilar nomidan yoki topshirigʻi boʻyicha vositachi vazifasini bajaradigan boshqa tashkilotlar tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchilar kerakli ariza materiallarini tayyorlash uchun ilmiy yoki maslahatlar beruvchi tashkilotlarni jalb qilishlari mumkin.
35. Ariza beruvchilar taqdim etilayotgan axborot va REV texnik maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladilar.
Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun belgilangan tartibda EMMM ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash bilan bogʻliq xavflar uchun yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari masʼuldirlar.
36. EMMM hududiy boʻlinmalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish tartibi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq markazlashtirilmagan tartibda rasmiylashtiriladigan REV boʻyicha tegishli ruxsatnoma yoki yozma rad javobi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida rasmiylashtiriladi;
markazlashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladigan REV boʻyicha tegishli materiallar xulosasi bilan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida EMMMga taqdim etiladi.
37. Agar EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etilgan hujjatlar notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki toʻliq hajmda berilmagan boʻlsa, hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan bir soat ichida ushbu Nizomning 5-bobidagi shartlarga muvofiq kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytariladi.
38. Bevosita EMMMga yoki uning hududiy boʻlinmalari orqali taqdim etilgan hujjatlar toʻliq hajmda EMMM tomonidan quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:
yigirma ish kuni davomida (manfaatdor idoralar bilan kelishuv oʻtkazilganligini hisobga olib);
bir yuz yigirma kun davomida — xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda.
Hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin ikki ish kuni davomida tegishli ruxsatnoma rasmiylashtiriladi yoki ariza beruvchiga radiochastotalarni biriktirish asoslangan ravishda rad etiladi.
39. Oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma faqat maydonchalar (REVni oʻrnatish joylari)ni radiochastota organlari bilan kelishish sharti bilan beriladi.
40. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi REVni qurish va oʻrnatish uchun moʻljallangan maydonchalar radiochastota organlari bilan kelishilishi kerak, ushbu REVdan foydalanish ruxsatnomalari radiochastotalarni belgilashning markazlashtirilgan tartibida rasmiylashtiriladi.
41. REV (shu jumladan quruqlikdagi mobil aloqa tayanch stansiyalari)ni bitta tayanch (obyekt)ga joylashtirish ularning ushbu tayanch (obyekt)da ishlaydigan va foydalanish uchun avval kelishilgan REV bilan elektromagnit moslashuvini taʼminlashni hisobga olib bajariladi.
42. Maydonchalarni kelishish ariza beruvchining ishtirokisiz radiochastota organlari tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
43. REVni joylashtirish uchun maydonchalar (joylashtirish joylari)ni kelishish hujjatlarini koʻrib chiqish va radiochastota organlari tomonidan xulosani taqdim etish muddati yuborilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn sakkiz ish kunini, mobil aloqa operatorlari uchun sakkiz ish kunini tashkil qiladi.
44. Kelishuvchi radiochastota organlari ular tomonidan berilgan kelishuvning amal qilish muddatini belgilamaydi, agar bunday zarurat Kengashning tegishli qarori bilan bogʻliq boʻlmasa.
45. Radiochastota organlari tomonidan maydoncha yoki maydonchaning geografik koordinatalari, radiochastotalar nominallari, uzatkichlar quvvatlari, antennalarning nurlanish azimutlari, antennalarni osish balandliklari (antenna tayanchlari)ni va elektromagnit moslashuvga taʼsir koʻrsatadigan boshqa xarakteristikalarni kelishish yoki oʻzgartirish rad etilgan holda, maydonchani kelishish ushbu Nizomning 31, 32-bandlariga koʻra radiochastotalarni biriktirish uchun yangi talabnomaning texnik parametrlariga muvofiq takror oʻtkazilishi kerak.
46. Radiochastotalarni berilishini xalqaro muvofiqlashtirishni talab qiladigan REVlar uchun maydonchalarni kelishish xalqaro muvofiqlashtirish oʻtkazilgunga qadar amalga oshiriladi.
Agar muvofiqlashtirish jarayonida radiochastota berilishini yoki undan foydalanish shartlarini oʻzgartirish zarurati yuzaga kelsa, u holda bu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota organlari bilan kelishilgandan keyin qabul qilinishi kerak.
47. Radiochastotalar berilishini xalqaro muvofiqlashtirish, shuningdek, eʼlon qilish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
REVga radiochastotalar biriktirishni xalqaro muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatga olish davrida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 79-bandiga koʻra vaqtincha ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi berilishi mumkin.
48. Ariza beruvchi REVni xorijdan sotib olish va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsat berish xarakteridagi hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin ariza beruvchiga ushbu Nizomning 7-bobida koʻzda tutilgan tartibda bu vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma beriladi.
49. Fuqarolik vazifasidagi REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnomalar ariza beruvchi tomonidan ekspertiza, elektromagnit moslashuvini tahlil qilish va radiochastotalar biriktirish xizmatlari uchun belgilangan tariflarga muvofiq haq toʻlangandan keyin beriladi.
50. Fuqarolik vazifasidagi REV uchun radiochastotalarni biriktirish jarayonida ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish, chastota-hududiy tarqoqlik normalari va turli vazifadagi REV radiochastotalaridan birgalikda foydalanish shartlarini ishlab chiqish yoki REV elektromagnit moslashuvining tabiiy sharoitdagi sinovlarini oʻtkazish talab qilinsa, bu ishlarni bajarish uchun haq toʻlash manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar va bu ishlarni bajaradigan tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar boʻyicha bajariladi.
51. REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan paytdan boshlab bir yilni tashkil qiladi.
52. Sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilish davrida foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan oʻtkazish, uchun radiochastotalardan foydalanish huquqiga ega.
Foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan oʻtkazish davrida radiochastotalardan foydalanishni boshlash sanasidan ikki kun avval foydalanish muddati va texnik shartlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan bildirishnomani pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda radiochastota organiga taqdim etadi.
Shu bilan birga uskunani sozlash, sinovdan oʻtkazish uchun radiochastotalardan foydalanish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan ishlarni oʻtkazish uchun murojaatlar miqdori ularning zarurligi bilan belgilanadi.
REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi.
53. Sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun berilgan ruxsatnomani amal qilish muddati davomida foydalanuvchi uskunani olishi va oʻrnatishi, qurilish ishlarini bajarishi, uskunani, sozlashi, sinovdan oʻtkazishi, shuningdek, uni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishi kerak.
54. Agar ariza beruvchi tomonidan sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida kerakli ishlar bajarilmagan boʻlsa, ariza beruvchining murojaati boʻyicha belgilangan tariflarga muvofiq qayta toʻlovni amalga oshirgan holda ruxsatnoma uzaytirilishi mumkin.
Arizada ruxsatnomada belgilangan muddatda kerakli ishlarni bajara olmaslik sabablari koʻrsatiladi.
Sotib olish va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomalari boʻyicha ishlarni bajarish muddatining uzaytirilishi toʻgʻrisidagi ariza ularning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
55. Sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilganda, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi radiochastota organi, Oʻzkomnazoratning koʻrsatmasi boʻyicha.
56. Sotib olish va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilishini tugatish uchun asoslar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) radiochastota spektridan foydalanuvchining arizasi boʻyicha;
b) yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan yoki qayta tashkil qilish natijasida uning faoliyati tugatilganda — qayta tashkil qilish paytidan, uning qayta tashkil etilishi bundan mustasno, shuningdek, yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatiga olingan sanada Kengashning radiochastotalarning bir xil diapazonlari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori boʻlsa;
v) jismoniy shaxs — tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
g) jismoniy shaxs vafot etganda, ishlash qobiliyati belgilangan tartibda cheklanganda, ishlash qobiliyatini yoʻqotgan deb tan olinganda;
d) ariza beruvchi tomonidan bir yil davomida ruxsat berish talablari muntazam ravishda (ikki va undan ortiq) yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, agar ushbu buzilishlar ariza beruvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazishga olib kelgan boʻlsa;
e) ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
j) bajarish uchun ruxsatnoma berilgan bir martali ishni bajarish.
57. Sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomalarining amal qilishini tugatish uchun asos hisoblanadigan bir martalik qoʻpol buzilishlarga quyidagilar kiradi:
a) EMMM tegishli ruxsatisiz radiochastotalardan foydalanish;
b) taqsimlangan radiochastotalardan foydalanishda belgilangan qonun va normativ-huqukiy hujjatlarga rioya qilmaslik.
58. REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasining amal qilish muddatini toʻxtatib turish (tiklash), tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida” gi qonunining 22 va 23-moddalarida koʻzda tutilgan tartibda bajariladi.
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik foydalanuvidagi REVni olib kirish ruxsatnomasini olish
59. REVni bojxona chegarasi orqali oʻtkazish EMMM (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan avval berilgan sotib olish va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnomasi boʻlgan hollarda olib kirish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.
60. Agar ariza beruvchi REVni sotish maqsadida olib kirayotgan boʻlsa EMMMning olib kirish ruxsatnomasini olishdan avval Oʻzbekiston Respublikasi hududida REVni yetkazish va/yoki sotish huquqini beradigan Kengashning tegishli qarorini olishi kerak.
Bunday holda sotib olish va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
61. REVni olib kirish ruxsatnomasini berish ushbu Nizomning 5-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
62. Radiochastotalarni biriktirish tartibidan (markazlashtirilmagan yoki markazlashtirilgan tartibda) qatʼi nazar, olib kirish ruxsatnomalari EMMMda yetti ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
63. REVni olib kirish ruxsatnomasini olish uchun ariza beruvchi EMMMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) REV turlarini va miqdorini koʻrsatgan holda olib kirish uchun ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza;
b) tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar va sh.k.)ning nushalari.
64. REVning radioelektron vositaga taalluqligi toʻgʻrisida xulosasini olish zarur boʻlgan hollarda EMMMga olib kirilayotgan uskunaning toʻliq texnik tavsifi va tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar va sh.k.)ning nushalari taqdim etiladi.
65. Xorijdan olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda avval berilgan sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlgan holda ariza beruvchiga uch ish kuni ichida olib kirish uchun ruxsatnoma berilishining asoslangan rad javobi (ushbu Nizomning 5-bobi) beriladi.
Olib kirish uchun ruxsatnoma shu ruxsatnoma uchun toʻlov amalga oshirilgan kunda beriladi.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
66. Sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasiga ega boʻlmasdan turib olib kirish ruxsatnomasini berishga Kengashning tegishli qarori boʻlgan quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
a) favqulodda vaziyatlarda;
b) shoshilinch Hukumat darajasidagi tadbirlar oʻtkazilganda;
v) ariza beruvchining REVni keyin olib chiqish toʻgʻrisidagi majburiyati ostida radiochastotalardan vaqtinchalik foydalangan holda chora-tadbirlarni oʻtkazish;
g) REVdan oʻquv maqsadlarida foydalanish (efirga chiqish huquqisiz);
d) mobil aloqa operatorlari tomonidan olib kirilayotgan REVni.
Bunday hollarda olib kirish uchun ruxsatnomalarni berish uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.
67. Qolgan barcha hollarda olib kirish uchun ruxsatnoma sotib olish va oʻrnatish yoki qurish uchun tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmaguncha berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlik uskunasini olib kirish faqat EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalarining havaskorlik radiostansiyasini ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomasi boʻlganda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlik yangi turdagi va yangi raqamli modulatsiya uskunalari olib kirish va ekspluatatsiya qilish Kengashning alohida qarorlari asosida amalga oshiriladi.
68. Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotalardan foydalanish va REVni ekspluatatsiya qilish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi, havaskorlik radiostansiyalari bundan mustasno.
8-bob. REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomalarini olish, ularning amal qilishini uzaytirish, toʻxtatib turish (tiklash), tugatish
69. Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tartib REVni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalarni berishda ham saqlanadi.
REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini berish ushbu Nizomning 6-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish komissiyalarining dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Bino ichida aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota polosalarida mobil aloqa tayanch stansiyaning effektiv izotrop nurlanish quvvati 500 mVt dan oshmagan holda ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilmaydi, bunda radiochastota spektri foydalanuvchisi tomonidan mobil aloqa tayanch stansiyasining qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin, oʻrnatilish joyi va asosiy texnik parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻn ish kunida EMMMga xabarnoma shaklida taqdim etiladi.
70. Ariza beruvchi REVni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi xatiga REV uchun toʻldirilgan soʻrovnoma va qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini ilova qilgan holda:
a) markazlashtirilmagan holda beriladigan REV uchun EMMMning tegishli hududiy boʻlinmasiga;
b) markazlashtirilgan holda beriladigan REV, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻrnatilgan REV uchun EMMMga taqdim etadi.
71. Tarkibiga majburiy ravishda EMMM va Oʻzkomnazorat, ariza beruvchi va pudratchi vakillari kiradigan fuqarolik vazifasidagi REVni qabul qilish komissiyasi ishni tugatgandan keyin uch ish kuni ichida qurilish normalariga muvofiq REVni ekspluatatsiyaga kiritish mumkinligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma shaklidagi xulosani rasmiylashtiradi.
Bunda qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan quyidagi REVni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalarni berishga yoʻl qoʻyiladi:
a) harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari, radiorele stansiyalari va antenna machta inshootlari uchun; shaxsiy (yakka tartibda) foydalaniladigan REV va maʼlumotlar uzatish abonent stansiyalari hamda radioulanish tizimlari uchun; Wi-Fi texnologiyasini qoʻllagan holda keng polosali radioulanish tizimlari uchun; shuningdek, quvvati 50 Vtdan kam boʻlgan harakatdagi va turgʻun radiotelefon aloqa REV uchun;
b) diplomatik va konsullik vakolatxonalar hududida joylashgan stansionar REV uchun.
Harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari, radiorele stansiyalari va antenna machta inshootlarini qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma EMMMdan olingandan soʻng, ushbu Nizomning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq xabarnoma (ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan birga) oʻttiz ish kun muddat ichida Oʻzkomnazoratga yuborilishi shart.
72. Ariza beruvchi EMMM (yoki uning hududiy boʻlinmasi)ga qabul qilish komissiyasi dalolatnomasining nushasini taqdim etadi.
Qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi olingan vaqtdan boshlab REVni ekspluatatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma rasmiylashtiriladi:
a) markazlashtirilmagan tartibda rasmiylashtiriladigan REV uchun EMMM hududiy boʻlinmalari tomonidan uch ish kuni davomida (ruxsatnoma nushasi EMMMga yuboriladi);
b) markazlashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladigan REV uchun oʻn ish kuni davomida.
REVni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar toʻlov amalga oshirilgan kunda tariflarga muvofiq radiochastotalardan foydalanishning birinchi oyi uchun roʻyxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun toʻlov amalga oshirilgandan keyin beriladi.
73. Hisob berilgan vaqtdan boshlab oʻttiz bank kuni davomida toʻlov amalga oshirilmaganda ekspluatatsiya qilish huquqi berilmaydi (ushbu Nizomning 5-bobiga muvofiq ruxsatnomani berish rad etiladi) va ariza beruvchi radiochastotalarga egalik qilish huquqini yoʻqotadi.
Bunday hollarda tomonlar oʻrtasida tuzilgan foydalanish shartnomasi EMMM tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
Sotib olish va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasini berishda ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
74. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat berilgan radiotelefonlar (radiouzaytirgichlar)ni ekspluatatsiya qilish (roʻyxatga olish) ruxsatnomasini olish uchun radiochastota organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) radiotelefon egasining familiyasi koʻrsatilgan holda har bir radiotelefon uchun alohida toʻldirilgan soʻrovnoma;
b) radiotelefon egasi tomonidan tasdiqlangan radiotelefonni joylashtirish sxemasi;
v) radiotelefon egasining pasporti nusxasi;
g) EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan REV texnik xarakteristikalarini oʻlchash protokoli;
d) radiotelefon egasiga antennani oʻrnatish uchun inshoot tomidan foydalanishga ruxsat beruvchi obyektlar va inshootlar egalarining rozilik xati;
e) radiotelefonlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan tariflarga muvofiq haq toʻlash uchun toʻlov hujjatining nushasi;
j) mobil (transport vositasiga oʻrnatiladigan) va koʻtarib yuriladigan (terminallar) REV uchun roʻyxatga olish qaydnomasi.
75. Yakka tartibdagi va/yoki jamoa boʻlib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyasini ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini olish uchun EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) soʻrovnoma — yakka tartibdagi va/yoki jamoa boʻlib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun — radioboshqariladigan modeldagi radiostansiyalarning egalari uchun va “Tulki ovi” musobaqalari uchun;
b) ikki nusxada 4x6 fotosurati — yakka tartibdagi va/yoki jamoa boʻlib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun va bitta nusxada — radioboshqariladigan modeldagi radiostansiyalarning egalari uchun va “Tulki ovi” musobaqalari uchun;
v) bitta nusxada tarjimayi hol— yakka tartibda foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun;
g) joyning topografik xaritasidan nusxa koʻchirish — yakka tartibdagi va/yoki jamoaviy foydalanishdagi havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun, radiostansiyaning joylashgan joyi tushirilgan va quyidagilar koʻrsatilgan holda:
antennalar turi, ularning miqdori va erga nisbatan osilish balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanishlar azimutlari va elektromagnit nurlanishga taʼsir koʻrsatadigan boshqa xarakteristikalar;
radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;
d) REV egasining pasporti nusxasi;
e) havaskorlik radiostansiyalariga taalluqli sport turlari bilan shugʻillanish uchun ushbu sport turlarini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ orqali yuqoridagi hujjatlar EMMMga taqdim etiladi.
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda radiostansiyani oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish uchun ota-onasining yozma roziligi-majburiyati taqdim etiladi.
Jamoa boʻlib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyasini ochish uchun qoʻshimcha ravishda bu radiostansiyalar uchun xonani ajratuvchi tashkilot yoki shaxsning roziligi taqdim etiladi.
76. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlgan va oʻz mamlakatining ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega xorijiy davlatlarning fuqarolari rejalashtirilayotgan ishni boshlashdan bir oy oldin EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etib, havaskorlik radiostansiyasini ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishlari mumkin:
a) xorijiy davlatlarning ruxsatnomasi (litsenziyasi) nusxasi;
b) pasport nusxasi;
v) havaskorlik radiostansiyalariga taalluqli sport turlarini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organining iltimosnomasi.
77. Ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi (shu jumladan, havaskorlik radiostansiyalari) ruxsatnomada yoki foydalanish shartnomasida koʻzda tutilgan maʼlum muddatga (uch yildan koʻp boʻlmagan) beriladi.
Agar REVdan litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalanilsa, u holda REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining umumiy amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
78. Ekspluatatsiya qilish ruxsatnomalari REV uchun har yillik toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻn kun oldin keyingi davrga uzaytiriladi.
Havaskorlik radiostansiyalari uchun ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi uning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir oy ichida va ularning egalari belgilangan tariflar boʻyicha toʻlovlarni toʻlangandan keyin uzaytiriladi.
79. Zarur boʻlganda ariza beruvchiga REVni vaqtincha ekspluatatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma rasmiylashtiriladi:
a) xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish davrida — olti oy muddatgacha;
b) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini uzaytirish — uch oy muddatgacha.
80. Vaqtincha ekspluatatsiya qilish ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi REV uchun soʻrovnoma taqdim etishi kerak.
Vaqtincha ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda radiochastotalardan foydalanish uchun toʻlovlar belgilangan tariflarga muvofiq undiriladi.
81. REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turiladi:
a) ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligini aniqlanganda;
b) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
v) radiochastota organi, Oʻzkomnazoratning ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarining aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi koʻrsatmasi boʻyicha;
g) ruxsatnomani berish uchun davriy toʻlovni amalga oshirilmaganda;
d) radiochastota spektrining maʼlum polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zaruratining yuzaga kelishi.
82. REVni ekspluatatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
b) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
v) REVdan foydalanganda fuqarolarning hayoti yoki sogʻligʻiga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof-muhit holatiga real xavf yuzaga kelgan hollarda;
g) berilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
d) belgilangan muddat davomida berilgan radiochastotalardan foydalanilmaganda;
e) REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun asos boʻlib xizmat qilgan buzilish bartaraf etilmaganda.
83. Havaskorlik radiostansiyasini ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
a) radio orqali maxfiy, uzatilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar uzatilganda;
b) radiohavaskorlarning qadr-qimmatini obroʻsizlantiruvchi xatti-harakatlar va soʻzlashuvlar uchun;
v) radiohavaskorlik kodlarida koʻzda tutilmagan shifrlar, kodlar va ixtiyoriy qisqartmalar qoʻllanganligi uchun;
g) berilmagan radiochaqiruv nomi bilan yoki ularsiz ishlaganlik uchun;
d) radiouzatkichning ruxsatnomada koʻrsatilgan quvvatiga nisbatan ortib ketgan holda ishlashi;
e) nomaqbul nurlanishlar bilan televideniye va radio qabul qilishga xalaqitlarni hosil qiluvchi radiouzatkichlarda ishlash;
84. Ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining amal qilishini tugatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan bir martalik qoʻpol buzilishlarga quyidagilar kiradi:
a) taqsimlangan radiochastotalardan foydalanishda belgilangan qonun va normativ-hukukiy hujjatlarga rioya qilmaslik;
b) ruxsat berilmagan radiochastotalarda ishlash;
v) axborot xavfsizligi va radioaloqaning konfidensialligi talablarini buzish.
85. REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash), tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 22 va 23-moddalarida koʻzda tutilgan tartibda bajariladi.
86. Radiochastota organlari REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomalarini radiochastota spektridan foydalanuvchilarga berishda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq REVni ekspluatatsiya qilish uchun vaqtincha cheklovlarni kiritish mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiradilar.
(86-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
REVdan oʻquv maqsadlarida foydalanish (efirga chiqmasdan) ruxsatnomalari toʻlovlar undirmasdan EMMM (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan rasmiylashtiriladi.
87. Ishlayotgan REVni ijaraga beruvchining talabi boʻyicha, binolarni rekonstruksiya va/yoki qurishda, uskunani oʻrnatish joylarini oʻzgartirishning boshqa sabablariga koʻra demontaj qilish zarurati yuzaga kelgan hollarda, davlat, jamoat tadbirlari, shuningdek, ayrim holatlarda Vazirlik bilan kelishuv asosida yangi oʻrnatilish manzili boʻyicha REVga sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish uchun ruxsatnoma boʻlgan taqdirda REVdan xizmatlar koʻrsatish uchun vaqtincha foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
9-bob. Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalanishi kerak boʻlgan faoliyat turlariga va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish
88. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani rasmiylashtirishda radiochastotalardan foydalanish texnik imkoniyatini koʻrib chiqish uchun talabnomalar elektromagnit moslashuv nuqtai nazaridan markazlashtirilgan tartibda EMMMda koʻrib chiqiladi. Bunday talabnomalar boʻyicha Vazirlikka litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun radiochastotalardan foydalanish imkoniyati borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida EMMM xulosasi yuboriladi.
89. Radiochastotalarni taqsimlash va televizion hamda radiouzatishlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
90. Tegishli ruxsatnomalar ushbu Nizomning 6, 7 va 8-boblarida belgilangan tartibda litsenziya olingandan keyin litsenziatlarga rasmiylashtiriladi.
Litsenziyaning mavjudligi litsenziatga REV uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan radiochastotalardan foydalanish va radiouzatish uskunasini ekspluatatsiya qilish huquqini bermaydi.
91. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega telekommunikatsiya operatorlari tomonidan uchinchi shaxslarga tegishli uskunadan foydalanilgan holda (lizing, ijara shartlari asosida va sh.k.), telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida ruxsatnoma telekommunikatsiya operatori nomiga rasmiylashtiriladi.
Telekommunikatsiya operatorlari davlat dasturlarini translatsiya qilishdan boʻsh vaqtda televideniye va radioeshittirish dasturlarini tarqatish uchun ikkilamchi asosda chastota nominallardan foydalanib Vazirlik korxonalarining uskunalarini ijaraga olgan holda, ruxsatnoma ijaraning Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni radiochastota organiga taqdim etuvchi ijaraga beruvchi nomiga rasmiylashtiriladi.
92. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari) tegishli boʻlgan REV uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining talabnomalari boʻyicha bajariladi, Tashqi ishlar vazirligi norezidentlar tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning ushbu toifasi nomidan tegishli iltimosnomalarni EMMMga taqdim etadi. Hujjatlar ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladi.
Radiochastotalarni biriktirish prinsiplariga muvofiq talab qilingan radiochastotalarni biriktirish imkoni boʻlmaganda EMMM Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga radiochastotalarning boshqa nominallaridan va REVning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi takliflar bilan asoslangan javobni yuboradi.
Qarorlar ijobiy boʻlganda EMMM belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi.
Koʻrsatilgan shaxslar — REV egalari EMMM tomonidan berilgan ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan ekspluatatsiya qilish shartlariga qatʼiy rioya qilishlari kerak va ularni buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
10-bob. REVni berish, joylashtirilgan joyini, texnik parametrlarini oʻzgartirish yoki almashtirish tartibi
93. REVning bir egasi tomonidan boshqaga berish, shuningdek uni sotishga faqat EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, REVni mulk qilib olish (huquqiy ega boʻlish) bundan mustasno.
REVning yangi egasi ushbu Nizomning 6 va 8-boblarida belgilangan tartibda kerakli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga majbur.
94. REV joylashtirilgan joyini yoki trassa yoʻnalishlarini oʻzgartirish EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
95. Ekspluatatsiyaga ruxsat berilgan REVni boshqasiga almashtirish va obyektni REV elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlarini oʻzgartirmasdan rekonstruksiya qilish radiochastota spektridan foydalanuvchining soʻrovnomasiga asosan ekspluatatsiya qilish uchun avval berilgan ruxsatnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan EMMM vakillari ishtirokida radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan obyektni ekspluatatsiyaga topshirish ichki dalolatnomasini rasmiylashtiriladi.
Mobil aloqa operatorlarining telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarini qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan oʻtkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlarini oʻzgartirmasdan, mavjud qurilmalardagi, telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish hamda sanitariya meʼyorlarini taʼminlagan holda tayanch stansiyalar antennalarining azimutlari, egilish burchaklari, balandligini oʻzgartirish oʻn ish kuni muddatda EMMMni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Bunda radiochastota spektri foydalanuvchisi tomonidan taqdim qilingan soʻrovnomaga asosan ekspluatatsiya qilish uchun avval berilgan ruxsatnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
REVning elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlari oʻzgartirilganda, tegishli ruxsatnomalar radiochastota organlari bilan kelishilgandan keyin beriladi.
96. REVni demontaj qilish va hisobdan chiqarish ularning egasi tomonidan amalga oshiriladi va ulardan keyinchalik qanday foydalanilishini koʻrsatib dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi EMMM yoki uning hududiy boʻlinmasiga yuboriladi.
97. Balansdan chiqarilgan REVni qismlarga ajratilishi va ulardan zaxira detallar sifatida foydalanish yoki “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish tashkiloti Markaziy kengashining boʻlinmalariga topshirilishi mumkin. Topshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etiladi.
98. Ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasiga ega REVni yangi texnik parametrlari bilan foydalanish uchun ushbu Nizomning 6, 8 va 10-boblarida belgilangan tartibda ruxsatnomalarni rasmiylashtirish talab etiladi.
99. Ushbu bobda koʻzda tutilgan masalalarni koʻrib chiqish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish foydalanilayotgan diapazonlar va REV turlariga bogʻliq holda markazlashtirilmagan yoki markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
11-bob. REVni ekspluatatsiya qilish shartlari, roʻyxatga olish hamda ularning egalari va masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning majburiyatlari
100. REV egasi ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar, radionurlanishlar uchun amaldagi normalar va muayyan REVni ekspluatatsiya qilish shartnomasi va ruxsatnomalarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq ularni ekspluatatsiya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻn kun oldin REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini qayta roʻyxatdan oʻtkazadi.
Yangi maʼlumotlarni amalga kiritish, avval berilgan ruxsatnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritgan holda EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalarining ruxsati boʻyicha amalga oshiriladi.
101. Radioalmashuvni olib borish belgilangan tartibda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
102. REV egasi radiovositalarni qoʻriqlash, yongʻin xavfsizligining tegishli shartlarini taʼminlashi va begona shaxslarning REVdan foydalana olishlarini cheklashi kerak.
103. REV egasi amaldagi tariflarga muvofiq ruxsatnoma uchun va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishi kerak.
Saqlanayotgan REV uchun (radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechmasdan) toʻlovlar amaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
104. Ekspluatatsion yigʻimdan va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan bosh tortilgan holda ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma (berilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi) toʻxtatib turilishi yoki cheklanishi mumkin va oqibatda ushbu Nizomning 81 va 82-bandlariga muvofiq ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasi amal qilishining tugatilishiga (foydalanish shartnomasining bekor qilinishiga) olib kelishi mumkin.
105. Mobil (avtotransport vositalarida oʻrnatilgan) REV uchun ruxsatnomalar avtotransport vositasi uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
106. Radioaloqa tizimi yopilganda foydalanuvchi oʻn kun muddatda radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechganligi toʻgʻrisida radiochastota organlarini yozma ravishda xabardor qilishga va bir vaqtning oʻzida REV demontaj qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasini taqdim qilgan hamda REVdan keyinchalik foydalanish toʻgʻrisida xabar qilgan holda ushbu REVni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini qaytarishga majbur.
Bunda REV boshqa shaxsga sotilguncha (berilguncha) muhrlanishi va saqlash uchun topshirilishi yoki hisobdan chiqarilishi kerak .
107. REVni EMMM roʻyxatidan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
roʻyxatdan chiqarish dalolatnomasi;
REVni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki REVni boshqa shaxs balansiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
REV egasining radiochastotalardan foydalanish huquqidan voz kechishi.
108. REV ishlashi vaqtincha toʻxtatilishi (bir oydan olti oy muddatgacha) toʻgʻrisida uning egasi EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalarini REV ishlashini toʻxtatgan paytdan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qiladi.
109. REVni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarga va REVdan foydalanish huquqiga ega shaxslarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
a) ruxsat berilmagan radiochastotalarda ishlash;
b) ruxsat berilmagan nurlanish turi bilan ishlash;
v) radiouzatkichning ruxsatnomada koʻrsatilgan quvvatga nisbatan quvvatini oshirish;
g) REVning tegishli ruxsatnomasisiz ishlash;
d) ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasining amal qilishi muddati oʻtib ketgan REVni ishlatish.
110. Aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirish choralari yetarli boʻlmagan holda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar yoki fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12-bob. Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, dublikatini berish
111. Radiochastota spektridan foydalanuvchi qayta tuzilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan holda foydalanuvchi yoki huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni ichida radiochastota organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani berishi lozim.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun ariza bergan radiochastota spektridan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi unda koʻrsatilgan ishlarni va (yoki) ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi radiochastota organining belgisi qoʻyilgan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida faoliyatni amalga oshiradi.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirishda radiochastota organi berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ruxsatnomalarni berish radiochastota organi tomonidan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
112. Ruxsatnomalar quyidagilarga asoslanib bekor qilinadi:
yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalanib olinganligi aniqlansa.
Ruxsatnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan holda radiochastota organi tomonidan va ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan holatda sud tomonidan bekor qilinadi.
Yuridik, jismoniy shaxs tomonidan ruxsatnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida sud qarori olingan kundan boshlab oʻn kun davomida ruxsatnoma radiochastota organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
113. Ruxsatnomalar yoʻqolgan yoki buzilgan holda jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi boʻyicha EMMM yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan uning dublikati beriladi.
Ruxsatnoma asl nusxasi (yaroqsiz holga kelganda) va ruxsatnoma dublikati (ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov amalga oshirilganda) ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
114. EMMM qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi, ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar bundan mustasno.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14-bob. Yakunlovchi qoida
115. Ushbu Nizom talablari buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ruxsatnomalar markazlashtirilmagan tartibda beriladigan radioelektron vositalar
roʻyxati
1. 1606,5 — 2000 kGts polosasidagi aniq radiochastotalarda ishlaydigan, nurlanish quvvati 3 Vattdan koʻp boʻlmagan turgʻun va harakatdagi xizmatlar radiostansiyalari.
2. 60 — 70 MGts radiochastota polosalarida ishlaydigan, bitta hudud doirasida foydalaniladigan turgʻun xizmatning radiorele stansiyalari.
3. 33 — 48,5 MGts va 57,025 — 57,500 MGts polosalardagi aniq chastotalarda ishlaydigan quruqlikdagi harakatdagi xizmat radiostansiyalari.
4. Umumiy foydalanishdagi quruqlikdagi harakatdagi radioaloqa abonent terminallari (mobil telefonlar va shaxsiy radiochaqiruvni qabul qilish qurilmalaridan tashqari).
5. Yakka tartibda foydalaniladigan radiotelefonlar (radiouzaytirgichlar), radiostansiyalar, qoʻriqlash radiosignalizatsiyasi qurilmalari.
6. Simsiz keng polosali statsionar abonent terminallari.
Izoh. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining muayyan turdagi REVdan foydalanish mumkinligi uchun tegishli qarorlari boʻlganda rasmiylashtiriladi.
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi oʻzi va radioelektron vositasi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma tayyorlaydi.
2. Talabnomani “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM)ga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
EMMM
1. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
2. Hujjatlar tahlilini, elektromagnit moslashuvi ekspertizasini va radiochastotalar monitoringini oʻtkazadi.
3. Hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va monitoringining natijasi salbiy boʻlganda rad javobini yuboradi.
4. Hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuvi ekspertizasi va monitoringining natijasi ijobiy boʻlganda, radiochastotalarni va REVning joylashuvini kelishtirish uchun radiochastota organlari — Mudofaa vazirligiga va Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboradi.
1. Kelib tushgandan soʻng 1 soat ichida.
2 — 4. Ariza olingandan bir ish kuni ichida.
3-bosqich
Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqad�, xulosani EMMMga yuboradi.
Oʻn sakkiz ish kuni ichida
(mobil aloqa operatorlari uchun sakkiz ish kuni)
4-bosqich
EMMM
1. Boshqa radiochastota organlari bilan kelishtirish natijasi ijobiy boʻlgan holda qurish yoki sotib olish va oʻrnatish ruxsatnomasini beradi.
2. Boshqa radiochastota organlari bilan kelishtirish natijasi salbiy boʻlgan holda rad javobini yuboradi.
Bir ish kuni ichida
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazgan holda radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi oʻzi va radioelektron vosita (REV) toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma tayyorlaydi.
2. Talabnomani “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM)ga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
EMMM
1. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
2. Hujjatlar tahlilini, elektromagnit moslashuvi ekspertizasini va radiochastotalar monitoringini oʻtkazadi.
3. Hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va monitoringining natijasi salbiy boʻlganda rad javobini yuboradi.
4. Hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuvi ekspertizasi va monitoringining natijasi ijobiy boʻlganda, radiochastotalarni va REVning joylashuvini xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish uchun Axborot texnologiyalari vazirligiga yuboradi.
1. Kelib tushgandan soʻng 1 soat ichida.
2 — 4. Ariza olingandan bir ish kuni ichida.
3-bosqich
Axborot texnologiyalari vazirligi
1. Tegishli hujjatlarni chegaradosh davlatlarga yuboradi va REV texnik parametrlarini muvofiqlashtirish ishlarini oʻtkazadi.
2. Muvofiqlashtirish natijalarini EMMMga yuboradi.
120 kun ichida
4-bosqich
EMMM
1. Xalqaro muvofiqlashtirish natijalari ijobiy boʻlganda hujjatlarni kelishish uchun radiochastota organlari — Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboradi.
2. Xalqaro muvofiqlashtirish natijalari qoniqarsiz boʻlganda ariza beruvchiga rad javobini yuboradi.
Bir ish kuni ichida
5-bosqich
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, xulosani EMMMga yuboradi.
Sakkiz ish kuni ichida
6-bosqich
EMMM
1. Radiochastota organlari bilan kelishtirish natijasi ijobiy boʻlgan holda ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
2. Radiochastota organlari bilan kelishtirish natijasi salbiy boʻlgan holda rad javobini yuboradi.
Bir ish kuni ichida
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
(talabnoma beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta va eletkron manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari — jismoniy shaxs uchun)
___________________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqarilgan ___________________________________________________________________ maqsadida foydalaniladigan
(xatti-harakat va (yoki) maʼlum faoliyat turi)
___________________________________________________________ turidagi radioelektron vositasi uchun ____________________________________________________________________________ joyda oʻrnatilgan va ____________________MGts diapazonda radiochastotalarni berish imkoniyatini koʻrib chiqishni va tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirishni soʻraydi. Foydalanish koʻzda tutilgan radioelektron vositasi quvvati ____________ Vt.
Toʻlov kafolatlangan.
Ilova: radioelektron vositasining toʻliq texnik tavsifi, tashkil qilinayotgan radiotarmoqning vazifasi, undan foydalanish sohasi, radioelektron vositasini qoʻllash xususiyatlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot; agar talabnoma beruvchi yuridik shaxs boʻlsa, radioelektron vositasini roʻyxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun masʼul boʻlgan shaxsning tayinlanishi toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi; joyning topografik xaritasidan olingan nusxada radioelektron vositasini joylashtirish reja-sxemasi; radioelektron vositasini joylashtirish koʻzda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar u (buyurtmachi) ushbu obyektlar va inshootlarning egasi boʻlmasa.
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomalarini berish uchun talabnomalarni qabul qilish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi oʻzi va radioelektron vositasi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma tayyorlaydi.
2. Hujjatlarni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM)ga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
EMMM
1.Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
2. Olib kirishga ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov amalga oshirilganda ariza beruvchiga REVni olib kirish uchun ruxsatnomani beradi.
1. Kelib tushgandan soʻng 1 soat ichida.
2. Ariza olingandan yetti ish kuni ichida.
3-bosqich
EMMM
Xorijdan olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda avval berilgan sotib olish (berish) va oʻrnatish yoki qurish ruxsatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlgan holda ariza beruvchiga asoslangan rad javobini beradi.
Ariza olingandan uch ish kuni ichida.
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
Radioelektron vositalarni ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi oʻzi va radioelektron vosita (REV) toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma tayyorlaydi.
2. Talabnomani “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM)ga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
EMMM
1. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi.
2. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi ijobiy boʻlgan holda REVni ekspluatatsiya qilish yoki vaqtincha ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasini beradi.
1. Kelib tushgandan soʻng 1 soat ichida.
2. Markazlashtirilmagan holda uch ish kuni;
markazlashtirilgan holda oʻn ish kuni.
3-bosqich
EMMM
3. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi salbiy boʻlganda ariza beruvchiga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda ruxsatnomani berish rad etiladi.
Ekspertiza salbiy boʻlganda ikki ish kuni ichida.
Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) oʻrnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ILOVA
(Namuna)
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻiga / ___________________________________ viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy inspeksiyasi boshligʻiga
XABARNOMA (Harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari, radiorele stansiyalari va antenna machta inshootlaridan foydalanishni boshlash haqida)
(xabarnoma beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta va eletkron manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari — jismoniy shaxs uchun)
_____________________________________________________________________ vazifasini bajarish uchun __________________________________________________________ maqsadida foydalanish boshlanilayotgan ____________________________________________________________________________ joyda oʻrnatilgan ________________________________________________________________ turlaridagi harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari / radiorele stansiyalari / antenna machta inshootlaridan foydalanishni boshlash haqidagi xabarnoma yubormoqda.
Ilova: 1. Qurilish uchun tasdiqlangan proyekt-smeta hujjatlari. 2. Radioelektron vositalarni ekspluatatsiya qilish uchun “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK ruxsatnomasi. 3. Radioelektron vositalarni va antenna machta inshootlarni oʻrnatish uchun ajratilgan joy/maydon uchun ijara shartnomasi yoki hokimiyat tomonidan berilgan erni ajratish toʻgʻrisidagi qarori, zarurat boʻlganda — binoning tomiga antenna machta inshootlarini oʻrnatish uchun yaroqliligi yoki binoning oʻzi yaroqliligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining xulosasi; 4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi xulosasi. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan berilgan Radioelektron vositalarning sanitar pasporti. 6. Tarmoqlarda operativ-qidiruv tadbirlar tizimi talablarini bajarilishini tasdiqlovchi hujjat (zarurat boʻlganda).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 3-ILOVA
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma shaklidagi maʼlumotlarni taqdim qilish va texnik parametrlari oʻlchashlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga (keyingi oʻrinlarda — egalik qiluvchilar) tatbiq etiladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ular tomonidan sotib olinadigan va foydalaniladigan yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish haqida xabarnoma taqdim qilish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini tartibga soladi.
Yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — YuChQ) — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno.
3. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Radiochastota organlarining, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmatining radiochastota taʼminotida boʻlgan vazirliklar va muassasalarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) radiochastota organi funksiyasini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda — EMMM) ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan YuChQga taalluqli emas.
4. Xabarnomalar 18,0 kGts — 245,0 GGts gacha radiochastota polosasida ishlaydigan YuChQ uchun egalik qiluvchilar tomonidan EMMMga taqdim qilinadi.
5. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomalarni qabul qilish EMMMda markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi, qolgan viloyatlarda joylashgan YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomalarni qabul qilish EMMMning hududiy boʻlinmalarida markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi.
6. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — norezidentlari) tegishli boʻlgan YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomani qabul qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi, Tashqi ishlar vazirligi norezidentlarning xabarnomalarini EMMMga taqdim etadi. Hujjatlar ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladi.
2-bob. YuChQdan foydalanish talablari va shartlari
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida YuChQdan foydalanish quyidagi talablar va shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida YuChQdan foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) qarorlari va EMMM ruxsatnomalarida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish.
8. Turli xil qoʻllanishlardagi YuChQdan foydalanish faqat Kengash qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida turi va ishchi chastotalarga ega YuChQ uchun amalga oshiriladi.
9. EMMMning ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida YuChQni sotib olish (berish), olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma taqdim qilmasdan ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan YuChQ bundan mustasno.
10. Sanoat radioxalaqitlarning manbai boʻlishi mumkin boʻlgan YuChQ ular hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini taʼminlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart.
11. YuChQni olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda ariza beruvchi avval sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan boʻlishi lozim.
EMMM tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga asosan YuChQni sotib olish (berish), olib kirish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
12. YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma elektron shaklda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi.
3-bob. YuChQni sotib olish (berish), olib kirish ruxsatnomalarini olish
13. YuChQni sotib olish (berish), olib kirish uchun ruxsatnoma olish uchun YuChQga egalik qiluvchilar EMMM yoki uning hududiy boʻlinmasiga uning funksional vazifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga talabnomani topshiradilar.
Talabnomada:
ariza beruvchi — yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
ariza beruvchi — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
ariza beruvchi YuChQdan foydalanib bajarishi yoki amalga oshirishi kerak boʻlgan harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi.
Talabnomaga YuChQning texnik tavsifi ilova qilinadi.
YuChQni sotib olish (berish), olib kirish uchun talabnomaning shakli ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
14. EMMM hujjatlar ilova qilingan talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qiladi va ijobiy xulosa olinganda besh ish kuni davomida bir yil amal qilish muddatiga ega sotib olish (berish) uchun ruxsatnomasini rasmiylashtiradi.
YuChQni olib kirish ruxsatnomasi besh ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va amal qilish muddati boʻyicha cheklanmaydi.
15. YuChQni sotib olish (berish), olib kirish ruxsatnomasi berilishi uchun toʻlov belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. YuChQ texnik parametrlarini tekshirish boʻyicha oʻlchashlarni oʻtkazish
16. Sotib olish (berish) ruxsatnomasi asosida egalik qiluvchi tomonidan YuChQni oʻrnatish (montaj qilish) ishlari, shuningdek YuChQ nurlanishining industrial radioxalaqitlar yoʻl qoʻyiladigan darajalariga muvofiqligining majburiy nazorat oʻlchashlari oʻtkaziladi.
17. YuChQga egalik qiluvchining murojaati boʻyicha uning texnik parametrlarini oʻlchashlar belgilangan tartibda EMMM yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan amalga oshiriladi. YuChQ normalangan metrologik xarakteristikalarga ega boʻlgan hollarda, egalik qiluvchi belgilangan tartibda uning metrologik nazoratdan oʻtishini taʼminlaydi.
18. YuChQ texnik parametrlarini nazorat oʻlchashlarida YuChQning tegishli turlari uchun oʻlchash usullari va industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilinadi.
19. Tekshirishni oʻtkazish va oʻlchashlar bayonini tuzish har bir YuChQ uchun alohida amalga oshiriladi.
YuChQni oʻlchash bilan bogʻliq barcha ishlar faqat YuChQga egalik qiluvchining ruxsati bilan va uning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi — jismoniy shaxs boʻlsa) yoki maxsus vakolatlangan shaxsning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi — yuridik shaxs boʻlsa) oʻtkazilishi kerak.
20. YuChQ texnik parametrlarini tekshirishda uning ishchi chastotasini oʻlchash va uning barqarorligi, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini oʻlchash amalga oshiriladi.
21. Oʻtkazilgan oʻlchashlarning natijalari boʻyicha ikki nusxada bayon tuziladi, unda har bir tekshirilgan qurilmaning belgilangan talablarga muvofiqligi va aniqlangan kamchiliklar aks ettiriladi.
YuChQ sanoat radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari uchun belgilangan normalarga muvofiq kelsa, bayonda ularni ekspluatatsiyaga kiritish yoki ularni keyingi ekspluatatsiya qilish imkoniyati toʻgʻrisida qayd etiladi.
22. Bayon EMMM va korxona vakillari yoki YuChQga egalik qiluvchi tomonidan imzolanadi, bayonning bir nusxasi YuChQga egalik qiluvchiga topshiriladi.
5-bob. YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma
23. YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma egalik qiluvchi tomonidan EMMM yoki uning hududiy boʻlinmasiga elektron shaklda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
Xabarnomada:
xabarnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
xabarnoma beruvchi — jismoniy shaxs uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
xabarnoma beruvchi YuChQdan foydalanib bajarishi yoki amalga oshirishi kerak boʻlgan xatti-harakat va (yoki) faoliyatning maʼlum turi koʻrsatiladi.
24. Nazorat oʻlchashlarining natijalari boʻyicha salbiy xulosa olinganda texnik parametrlar belgilangan normalarga keltirilishi belgilangan koʻrsatma EMMM tomonidan egalik qiluvchiga yuboriladi.
25. Texnologik jarayon, ish rejimi, foydalanish shartlari va joylari, xalaqitni bostirish tizimlari oʻzgarganda, shuningdek YuChQ, uning ishchi elementi (press, quritish kamerasi, induktor, tigel va sh.k.) yoki xalaqitni bostirish vositalarini oʻrtacha yoki kapital taʼmirlash bajarilgandan soʻng sanoat radioxalaqitlarning normalarga muvofiqligi va radiochastotalarning ruxsat etilgan polosasida ishlashi boʻyicha nazorat oʻlchashlarini ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq qaytadan oʻtkazish zarur.
26. YuChQga egalik qiluvchi EMMMni YuChQni oʻrnatish joyi oʻzgargan barcha hollarda xabardor qilishi kerak.
YuChQni oʻrnatish joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida YuChQga egalik qiluvchidan xabarnoma olinganda ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq YuChQning texnik parametrlarini tekshirish boʻyicha oʻlchashlar oʻtkaziladi.
Oʻlchashlarning ijobiy natijalarida YuChQning yangi joylashgan joyini koʻrsatib YuChQdan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi yangi xabarnoma elektron shaklda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali EMMMga taqdim etiladi.
27. Ekspluatatsiyada boʻlgan YuChQning sanoat radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalaridagi normalar talablariga nomuvofiqligi yoki radiochastotalarning ruxsat etilmagan polosasida ishlashi aniqlanganda, YuChQga egalik qiluvchiga EMMM tomonidan belgilangan muddatda (zarur ishlarni bajarishning murakkabligiga qarab oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan) aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish uchun yozma koʻrsatma beriladi.
Agar aniqlangan buzilishlar oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, EMMM vakillari tomonidan texnik ekspertiza dalolatnomasini tuzaladi.
Agar YuChQning texnik parametrlarining aniqlangan buzilishlari radioaloqa ishiga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga xalaqit bersa, YuChQni ekspluatatsiya qilish (ishlashi) shu xalaqitlar bartaraf qilinguncha toʻxtatib turiladi.
28. Ushbu Nizomning 27-bandida bayon qilingan barcha aniqlangan faktlar toʻgʻrisida EMMM dalolatnoma tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirilmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilish maqsadida YuChQning ishlashini vaqtinchalik toʻxtatib turish boʻyicha zarur choralarni qabul qilishi uchun axborotni taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin YuChQ ishlashini tiklash toʻgʻrisida EMMMning qarorini qabul qilish besh ish kuni davomida oʻtkazilgan takroriy nazorat oʻlchashlarining natijalari asosida amalga oshiriladi. Bunda YuChQ ishlashini tiklash imkoniyati nazorat oʻlchashlarining bayonida aks etadi va rasmiylashtirilgandan soʻng uning nusxasi EMMM tomonidan shu kunning oʻzida Inspeksiyaga taqdim etiladi.
6-bob. Ruxsatnomalar berishni rad etish, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish
30. YuChQni sotib olish (berish) va olib kirish ruxsatnomasi berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi zarur hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etganda;
ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
YuChQ amaldagi sanoat radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari uchun normativ hujjatlar talablariga yoki ruxsatnoma talablariga (Kengash qarorlari, EMMM ruxsatnomalari) mos kelmaganda;
tegishli ruxsatnomalar berilganligi uchun toʻlov amalga oshirilmaganda.
31. Rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma EMMM rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi sabablarni bartaraf qilib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan tegishli qarorni qabul qilgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan yozma shaklda ariza beruvchiga joʻnatiladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kamchiliklarni bartaraf etish muddati ularning xarakteridan kelib chiqib belgilanadi, ammo bu muddat rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
32. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish talabnoma va rad etish sabablarini bartaraf qilishni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
33. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda EMMM tomonidan ariza beruvchiga avval yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablarning bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
7-bob. YuChQ uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, dublikatini berish
34. Sotib olish (berish) ruxsatnomasini amal qilish muddatini uzaytirish uning amal qilish muddati tugashining soʻnggi oʻn kuni ichida ariza topshirish va ruxsatnomaning muddati uzaytirilganligi uchun toʻlovni toʻlashi orqali amalga oshiriladi.
35. Sotib olish (berish) ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ularni berish uchun koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. YuChQga egalik qiluvchi — yuridik shaxs oʻzgarganda, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yoki YuChQga egalik qiluvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni davomida EMMMga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi talabnomani topshirishga majbur.
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguncha ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi talabnomani topshirgan YuChQga egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi talabnoma qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi EMMMning belgisi bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi berilgan talabnoma asosida unda koʻrsatilgan harakatlarni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
37. EMMM berilgan ruxsatnomalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan roʻyxatini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi, ommaviy axborot vositalarida tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydigan maʼlumotlar bundan mustasno.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9-bob. YuChQga egalik qiluvchilarning huquq va majburiyatlari
38. YuChQdan foydalanish jarayonida YuChQga egalik qiluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf qilishda ishtirok etish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq EMMM mansabdor shaxslarining harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
39. YuChQga egalik qiluvchilar:
YuChQ uchun zarur ruxsatnomalarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va sotib olingan yoki ekspluatatsiyada boʻlgan YuChQning texnik parametrlarini oʻlchash ishlarining oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun;
ruxsatnomaga va radiochastota spektridan foydalanish shartnomasiga muvofiq YuChQni ekspluatatsiya qilish uchun javobgar boʻladilar.
10-bob. Yakunlovchi qoida
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
YuChQlarni sotib olish (berish), olib kirish ruxsatnomalarini berish talabnomalarini qabul qilish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi oʻzi va radioelektron vositasi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma tayyorlaydi.
2. Talabnomani “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM)ga taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
EMMM
1. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
1. Bir soat ichida.
2. Hujjatlar tahlili natijasi ijobiy boʻlganda YuChQni sotib olish (berish) yoki olib kirish ruxsatnomasini beradi.
3. Hujjatlar tahlili natijasi salbiy boʻlgan holda rad javobini beradi.
2-3. Besh ish kuni ichida.
3-bosqich
EMMM
1. Talabnomani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.
1. Bir soat ichida.
2. Nazorat oʻlchash ishlari oʻtkaziladi va natijalari boʻyicha ijobiy xulosa olinganda YuChQni egalik qiluvchi xabarnomasi asosida YuChQ reyestriga kiritiladi.
2. Besh ish kuni ichida.
3. Nazorat oʻlchashlarning natijalari boʻyicha salbiy xulosa olinganda texnik parametrlar keltirilishi belgilangan koʻrsatma EMMM tomonidan egalik qiluvchiga yuboriladi.
3. Besh ish kuni ichida.
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
(Namuna)
“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshligʻiga / __________________________________ viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻiga
TALABNOMA (yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va olib kirish uchun) Sizdan ______________________________________________________________________________________ (talabnoma beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta va elektron manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari — jismoniy shaxs uchun) ______________________________________________________________________ vazifasini bajarish uchun ____________________________________________________________________ maqsadida foydalaniladigan _____________________________________________________________________________ joyda oʻrnatilgan ___________________________________________________________ turidagi yuqori chastotali qurilma uchun
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
(Namuna)
“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshligʻiga / __________________________________ viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻiga
XABARNOMA (yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash yoki tugatish haqida) Sizga________________________________________________________________________________________ (xabarnoma beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta va elektron manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari — jismoniy shaxs uchun) ______________________________________________________________________ vazifasini bajarish uchun _______________________________________________________ maqsadida foydalaniladigan / foydalanilgan _____________________________________________________________________________ joyda oʻrnatilgan ____________________________________________________________ turidagi yuqori chastotali qurilmadan
foydalanishni boshlash / tugatish haqidagi xabarnoma yuborilmoqda.
Ilova: 1. Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun soʻrovnoma1. 2. Masʼul mansabdor shaxsning tayinlanishi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi1. 3. Yuqori chastotali qurilmalardan nurlanishining nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish bayoni1.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida istalgan maqsadlarda ishlatishga moʻljallangan, mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalarga (keyingi oʻrinlarda — YuChQ) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — EMMM) tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda “erkin muomalaga chiqarish (import)” hamda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtiriladi. Ushbu ruxsatnoma bojxona organiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, olib kirish uchun ruxsatnoma berish EMMM tomonidan rad etiladi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi bojxona chegarasidan oʻtkaziladigan barcha REV va YuChQlarga taalluqli boʻlib, quyidagilar bundan mustasno:
a) savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika buyumlari, shuningdek, mazkur Nizomning ilovasiga kiritilmagan boshqa REV va YuChQ;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalanish uchun olib kiriladigan REV va YuChQ;
v) Xalqaro elektraloqa ittifoqi tavsiyalariga va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlariga mos keluvchi fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan parvozlarni va havodagi koʻchma xizmatni radionavigatsiya bilan taʼminlash maqsadlarida ishlatish uchun moʻljallangan bortdagi va erdagi REV;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazilayotgan, bojxona nazorati ostida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan butun vaqt davomida ishlatilmaydigan REV va YuChQ.
Quyidagi bojxona rejimlariga rasmiylashtirilayotgan REV va YuChQni bojxona rasmiylashtiruvi uchun EMMMning ruxsati talab qilinmaydi:
“bojxona ombori”; “erkin ombor”; “reeksport”; “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish”.
Koʻrsatilgan rejimlar ostida joylashtirilgan REV bojxona organlari va EMMM ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek, koʻrgazma va yarmarkalarda foydalanish uchun chet elga vaqtinchalik olib chiqilgan REV va YuChQlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kirish, ushbu vositalar va qurilmalarni olib chiqish vaqtida ularni qaytarib olib kirish toʻgʻrisida bojxona organiga berilgan majburiyatlar asosida amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizom talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida “vaqtincha saqlash”, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport”, “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan REV va YuChQ boʻyicha EMMM va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida elektron maʼlumot almashiladi. REV va YuChQni davlat foydasiga musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat)ni xabardor qiladi.
5. Oʻzkomnazorat REV va YuChQni chet eldan olib kelish tartibiga rioya etilishi boʻyicha olib borgan tekshiruvlari davomida aniqlangan qoida buzilishlari boʻyicha zarur choralar koʻrish uchun bojxona faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini buzgan holda olib kirilgan REV va YuChQ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan REV va YuChQ belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan olib qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga faqat “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ruxsati bilan olib kirishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar yuqori chastotali qurilmalar
ROʻYXATI
TIF TN kodi
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning nomi
8514 20 100 0
induksiya hodisasi asosida ishlaydigan pechlar va kameralar
8514 40 000 0
induksiya yoki dielektrik yoʻqotish hodisasi yordamida materiallarni qizdirish yoʻli bilan ishlov berish uchun moʻljallangan boshqa uskunalar
8517 11 000 0
simli aloqa uchun simsiz goʻshakli telefon apparatlari
8517 12 000 0
mobil aloqa tizimlari yoki boshqa simsiz aloqa tizimlari uchun telefon apparatlari
8517 18 000 0
boshqalar
ovozli, tasvir yoki boshqa maʼlumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun boshqa apparaturalar, shu jumladan simli yoki simsiz aloqa tarmogʻi orqali kommunikatsiya qilish uchun apparaturalar (masalan, lokal yoki global aloqa tarmogʻida)
8517 61 000
tayanch stansiyalar:
8517 61 000 9
boshqalar
8517 62 000 1
hisoblash mashina vositalari; simli telefon yoki telegraf aloqa kommutatorlari; tashuvchi chastotadagi simli aloqa tizimlari yoki raqamli simli aloqa tizimlari uchun qurilmalar
8517 62 000 9
boshqalar
8517 70
qismlar:
barcha turdagi antennalar va antenna qaytargichlari/reflektorlari; ushbu buyumlar bilan birgalikda ishlatiladigan qismlar:
8517 70 110 0
radiotelegraf yoki radiotelefon apparatlari uchun antennalar
8517 70 150 0
portativ apparatlar yoki motorli transport vositalariga oʻrnatilgan apparatlar uchun teleskopik va shtirli antennalar
8517 70 190 0
boshqalar
8517 70 900
boshqalar
8517 70 900 9
boshqalar
8525 50 000 0
uzatuvchi apparatura
8525 60 000 0
tarkibiga qabul qiluvchi apparatura kiruvchi uzatuvchi apparatura
Izoh: quyida sanab oʻtilgan tovarlar bundan mustasno:
global va hududiy yoʻldosh tizimlarining mobil telefonlaridan tashqari mobil aloqa tizimlarining mobil qurilmalari (TIF TN kodi 851712 000 0);
quvvati 5 Vt dan yuqori boʻlmagan, 26965 — 27860 kGts diapazonida ishlaydigan portativ qabul qiluvchi/uzatuvchi radiostansiyalar (TIF TN kodi 8525 60 000 0);
quvvati 2 Vt dan yuqori boʻlmagan, 26945 — 26965 kNz diapazonida ishlaydigan qoʻriqlash radiosignalizatsiyasi qurilmalari (TIF TN kodi 8525 60 000 0).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 5-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Ushbu Nizom quyidagilarga taalluqli emas:
a) televideniye, radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika mahsulotlari, agar bunday qurilmalar va mahsulotlarni savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan boʻlsa hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — YuChQ);
b) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga moʻljallangan REV va YuChQ;
v) parvozlar va havo harakatdagi xizmatining radionavigatsiyasini taʼminlash maqsadida fuqarolik aviatsiyasi korxonalari tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga moʻljallangan, Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiyalariga va Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlariga mos keladigan bortdagi va erusti REV;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtadigan, bojxona nazorati ostida boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish vaqti davomida foydalanilmaydigan REV va YuChQ.
3. Radiochastota spektri, REV va YuChQdan foydalanishni monitoring qilish ishlarini oʻtkazish, shuningdek, radioxalaqitlarni, shu jumladan, industrial radioxalaqitlarning oldini olish “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — EMMM) tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. REV va YuChQni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotish (berish) belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Inspeksiya bilan birgalikda Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi nazorati ostidagi avtomobillarda va boshqa transport vositalarida REVni oʻrnatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar borligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REV va YuChQni, shuningdek radioboshqaruv moslamasi bilan taʼminlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
8. REV va YuChQning bojxona chegarasi orqali harakatlanishining nazorati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Vazirlik va uning joylardagi hududiy boshqarmalari radiochastota spektridan foydalanish tartibining buzilishlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha monitoringni amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmagan maʼlumotlar bilan yoki oʻrnatilgan qoidalarni buzgan holda uzatuvchi REVlardan foydalanish, shuningdek, belgilangan talablarni buzgan holda davlat sirini tashkil qiluvchi axborot bilan ishlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash
11. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:
EMMM va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan — radiochastota spektrining monitoringini oʻtkazishda;
Inspeksiya tomonidan — aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini belgilangan tartibda monitoring qilish, oʻrganish va tekshirishda;
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan — avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazganda;
Ichki ishlar organlari tomonidan — belgilangan tartibda tekshiruvlarni, shuningdek, tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini oʻtkazishda.
Nazorat samaradorligini taʼminlash uchun Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari yuqorida koʻrsatilgan organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek, oʻrnatilgan tartibda kelishilgan reja boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni oʻtkazadi.
12. EMMM radiochastota spektrining monitoringini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Radiochastota spektrining monitoringi boʻyicha maʼlumotlar ushbu Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi, tahlil qilingandan va umumlashtirilgandan keyin Vazirlikka taqdim etiladi.
13. Ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan organlar har yili birgalikda oʻtkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi, bu chora-tadbirlarning bajarilishi Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
14. Radiochastota spektrining monitoringi maʼlumotlari, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar boʻyicha maʼlumotlar asosida ushbu Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, huquqbuzarlarga nisbatan choralar koʻradi. Bunda REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibining buzilishi boʻyicha aniqlangan huquqbuzarlik faktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 281-moddasiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. REV va YuChQni tayyorlash, olish yoki doimiy yoxud vaqtincha foydalanishga berishda belgilangan tartibning buzilishlari aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi organlari va Inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 281 va 290-moddalariga muvofiq, uskunani olib qoʻygan holda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
16. Zaruriy holda olib qoʻyilgan REV va YuChQ ekspert xulosasini tayyorlash uchun EMMMga yuborilishi mumkin. Bunda EMMM yoki uning tegishli hududiy boʻlinmalari mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga koʻra dalolatnomani rasmiylashtirgan holda REV va YuChQ taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay REV va YuChQni texnik ekspertizadan oʻtkazadi. Bunda texnik ekspertiza xulosasini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar mol-mulkni olib qoʻygan organlar mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
17. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ish boʻyicha boshqa hujjatlar va ashyoviy dalillar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 282-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan bir sutkadan kechiktirmay maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli organga yuboriladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni olish (berish), qurish (oʻrnatish), foydalanish hamda diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari — radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan ularni chet eldan olib kirish tartibining buzilishlari aniqlangan holda Tashqi ishlar vazirligi nazorat qiluvchi organlarining taqdimoti boʻyicha bu tashkilotlarni aniqlangan buzilishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Yuqorida koʻrsatilgan tartibning buzilishiga yoʻl qoʻygan xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Hisobga olish va hisobot berish
19. Yilning har choragida, chorakdan keyingi oyning beshinchi sanasigacha Ichki ishlar organlari, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, shuningdek, Inspeksiya hududiy boʻlinmalari va Vazirlikning hududiy boʻlinmalari aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha oʻzaro solishtirishlarni amalga oshiradi.
20. Oʻzaro solishtirib chiqish yakunlari boʻyicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha umumlashtirilgan axborot tayyorlanadi.
21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilish ishlarining yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan axborot chorakdan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay Vazirlikka taqdim etiladi.
22. Hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan axborot boʻyicha Vazirlik chorakdan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishining nazorati boʻyicha ishlar holati toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etadi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi yarim yilda kamida bir marta Vazirlik, shuningdek, zarur boʻlganda, REV va YuChQdan belgilangan foydalanish tartibiga rioya qilish nazoratini amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQ ni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishini taʼminlash ishlarini oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni tinglaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va ekspluatatsiya qilish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Namuna
Oʻrta toʻlqinlar, qisqa toʻlqinlar va ultra qisqa toʻlqinlar diapazonlarida radiomonitoring qilish natijasida va jamoaviy radiohavaskorlik stansiyalari tomonidan qayd qilingan noqonuniy radiouzatish qurilmalarining ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. Efirga chiqishlar, roʻyxatga olingan radionazorat punktlari (RNP) soni, jami__________________________ ________________________ shu jumladan: Oʻrta toʻlqinli va qisqa toʻlqinli diapazonlarda _____________________________________________________ Ultra qisqa toʻlqinli diapazonda ________________________________________________________________ chegaradosh davlat (respublika)lar hududidan, jami __________________________________________________ 2. Chaqiruv signallari, roʻyxatga olingan RNP soni, jami _________________________ shu jumladan: Oʻrta toʻlqinli va qisqa toʻlqinli diapazonlarda _____________________________________________________ Ultra qisqa toʻlqinli diapazonda ________________________________________________________________ chegaradosh davlat (respublika)lar hududidan, jami __________________________________________________ 3. Aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar soni, jami _____________ shu jumladan: Oʻrta toʻlqinli va qisqa toʻlqinli diapazonlarda ishlatilayotgan (radiohavaskorlik, yasama tayyorlangan) _____________________________________________________________ Ultra qisqa toʻlqinli diapazonda ishlatilayotgan, jami ______________________________________________ shu jumladan: chegaradosh davlat hududidan (respublika), jami _____________________________________________________ radiotelefonlar, radiouzaytirgichlar ____________________________________________________________ radiostansiyalar (radiotarmoq) __________________________________________________________________ boshqa uzatish qurilmalari (TV uzatkichlar, KTVT uzatkichlari va h.) __________________ ____________________________________________________________________________________________
Boshliq _______________________ (F.I.Sh.) sana
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va ekspluatatsiya qilish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni texnik ekspertizadan oʻtkazish __________-son DALOLATNOMASI
sana
Ushbu dalolatnoma “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ______________________________________________________________ mutaxassislari tomonidan tuzildi
(dalolatnomani tuzgan shaxslarning F.I.Sh, lavozimi)
__________________________________________________________________________________ga muvofiq (hujjat nomi (xat, ariza, REVdan foydalanish buzilganligi aniqlanganligi dalolatnomasi); hujjat raqami, sana) ____________________________________________________________________________________ turidagi
(nomi va markasi; zavod raqami) ___________________________________________ga tegishli REV va/yoki YuChQ texnik ekspertizadan oʻtkazildi. ___________________________________________________________________________________ga tegishli (REV va/yoki YuChQ egasining F.I.Sh.) ____________________________________________________________________________________ turidagi (nomi va markasi; zavod nomeri) va natijada shu aniqlandiki: ___________________________________________________________________ 1. Qabul qilish/uzatishning ishchi chastotalari (kanallari)____________________________________________ 2. REV yoki YuChQ quvvati _______________________________________________________________________
Koʻrsatilgan qurilmadan radiouzatishlarni olib borish uchun foydalanilgan, foydalanilishi mumkin (keraklisini tagiga chizilsin).
Texnik ekspertiza xulosasi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqorida koʻrsatilgan REV va/yoki YuChQdan foydalanishga (ruxsat beriladi* yoki taqiqlanadi**) ___________________________________________________________________________
(soʻzlar bilan yoziladi)
*Belgilangan tartibda REV va/yoki YuChQni oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirish zarur. **Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjalariga muvofiq tegishli choralar koʻriladi. ___________________________________________________________________________________________
(Boʻlinma rahbarining familiyasi va ism-sharifi, imzosi)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va ekspluatatsiya qilish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Namuna
____________________ hisobot davri uchun Noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlarni aniqlash boʻyicha bajarilgan ish toʻgʻrisida maʼlumotlar
T/r
Bajarilgan ishlar
Koʻrsatkich (birlikda)
1.
Oʻtkazilgan reydlar soni
2.
Aniqlangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda REV yoki YuChQ deb ataladi) soni
shulardan:
olib kirishda
sotishda
sotib olish (berish), oʻrnatish (qurish), ekspluatatsiya qilishda
2.1
Shu jumladan OʻT va QT diapazonda ishlatilayotgan
2.2
UQT diapazonda ishlatilayotgan
2.2.1
radio telefonlar, r/uzaytirgichlar
2.2.2
r/stansiyalar va boshqa aloqa vositalari
3.
Aniqlangan REV yoki YuChQga nisbatan quyidagi choralar koʻrildi
3.1
REV yoki YuChQ olib qoʻyilgan soni
3.2
REV yoki YuChQ egalari maʼmuriy javobgarlikka (jarima) tortildi
3.3
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tegishli ruxsatnomalari berilgan soni
3.4
REV yoki YuChQdan keyinchalik foydalanish taqiqlangan soni
3.5
Materiallar Vazirlik tomonidan rasmiylashtirish bosqichida
3.6
Sudga berilgan materiallar
Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi ____________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalarining radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish maqsadlari va tartibini, radiochastotalarni xalqaro-huquqiy himoya qilish boʻyicha ishlarning bajarilishi jarayonida radiochastota spektridan foydalanuvchilar — yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzaro munosabatlari tartibi va asosiy majburiyatlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatilgan turli radioxizmatlardagi radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) uchun radiochastota biriktirishlarga ariza berish, muvofiqlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish kabi xalqaro-huquqiy himoya qilish masalalarini hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan turli maqsadlar uchun radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma beradigan, olib kiradigan, ishlab chiqadigan, ishlab chiqaradigan (sotib oladigan) va foydalanadigan radiochastota spektrining barcha foydalanuvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
2-bob. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilishning asosiy maqsad va tamoyillari
3. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining turli radioaloqa xizmatlari tomonidan cheklangan resurs hisoblangan radiochastota spektridan foydalanishining huquqiy taʼminoti;
b) Oʻzbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi radioaloqa vositalari yoki muayyan qurilmalarning radiochastota polosalari yoki alohida radiochastota biriktirishlaridan foydalanish huquqining xalqaro miqyosda tan olinishi;
v) Oʻzbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi vositalari va tizimlariga boshqa davlatlarning sunʼiy yoʻldosh va erusti radioaloqa xizmatlari REVi tomonidan maqsadli qilinmagan xalaqitlarini bartaraf etish;
g) istiqbolli aloqa tizimlari uchun radiochastota polosalaridan va yer sunʼiy yoʻldoshlarining orbital pozitsiyalaridan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi radioaloqa xizmatlari manfaatlarini himoya qilish.
4. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilishning mahalliy va xorijiy erusti va sunʼiy yoʻldosh tizimlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, radioxizmatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun radiochastota spektridan foydalanishning xalqaro tartibga solish mexanizmi tahlil qilish asosida maqsadli ravishda amalga oshiriladi.
5. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish, Xalqaro elektraloqa ittifoqining (keyingi oʻrinlarda — XEI) Nizomi va Konvensiyasi, XEI Radioaloqa reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Radioaloqa reglamenti), radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha mintaqaviy kelishuvlar, shuningdek chegaradosh davlatlar bilan radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
6. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish oʻzaro bogʻliq boʻlgan tashkiliy-texnikaviy va xalqaro-huquqiy xarakterdagi kompleks chora-tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi davlat siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish boʻyicha asosiy tadbirlar
7. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish boʻyicha asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) radiochastota biriktirishlarining xalqaro muvofiqlashtirilishi zaruriyatini aniqlash va oʻtkazish;
b) XEIning chastotalarni hisobga olish Xalqaro maʼlumot registrida radiochastota biriktirishlariga talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish;
v) talabnoma berayotgan xorijiy REVning amaldagi va rejadagi mahalliy REVga nisbatan zararli xalaqitlarni keltirish ehtimolligi va elektromagnit moslashuvni (keyingi oʻrinlarda — EMM) baholash texnik ekspertizasini oʻtkazish;
g) radiochastota biriktirishlaridan amalda foydalanish toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni olish maqsadida REV nurlanishini nazorat qilish;
d) XEIda eʼlon qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha radiochastota biriktirishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish;
e) turli xil radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma berayotgan, ishlab chiqarayotgan va foydalanayotgan yuridik shaxslarni axborot bilan taʼminlash;
j) Oʻzbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyati tomonidan XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalarida va XEI Radioaloqa sektorining ilmiy-tadqiqot komissiyalari uchun takliflar (ulushlar) tayyorlash, ushbu konferensiyalarda ishtirok etish va boshqa davlatlarning konferensiyalarga takliflari va hissalarini ekspertizadan oʻtkazish;
z) XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalari tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarini bajarish.
4-bob. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi, radiochastota organlari va radiochastota spektridan foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlari
8. Biriktirilgan radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazishga manfaatdor shaxslar hamda REVga buyurtma beruvchi, ishlab chiquvchi (modernizatsiyalovchi) va foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga quyidagilar yuklatiladi:
a) ishlab chiqiladigan (modernizatsiyalanadigan) yoki olib kiriladigan REV uchun radiochastota biriktirishga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ariza tayyorlash va berish;
b) REVga radiochastotalar biriktirishni muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha XEI va xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlariga materiallarni tayyorlash uchun texnik asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
a) ishlab chiqiladigan, olib kiriladigan REV uchun radiochastotalar biriktirishga arizalarni koʻrib chiqish, ushbu radiochastota biriktirishni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazish zaruriyatini aniqlash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi REVga radiochastotalar biriktirish xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish uchun hujjatlarni tayyorlash;
v) xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirishga yuboriladigan REV radiochastotalar biriktirishni hisobga olish;
g) XEIda roʻyxatdan oʻtkaziladigan REV tavsifnomalari haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish;
d) muvofiqlashtirishni oʻtkazish uchun xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlaridan qabul qilingan (kelib tushgan) REV radiochastotalar biriktirish, shuningdek XEI axborot sirkulyarlarida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi va rejalashtirilayotgan REV bilan EMMni baholash;
e) radiochastotalar biriktirishni muvofiqlashtirish boʻyicha boshqa davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan muzokaralarda qatnashish.
10. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda RChRK deb yuritiladi) quyidagilar yuklatiladi:
a) radiochastota biriktirishlarning xalqaro-huquqiy himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
b) Radioaloqa reglamenti, mintaqaviy kelishuvlar va chegaradosh davlatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarda koʻzda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi REV radiochastota biriktirishlarini xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
v) Radioaloqa reglamentida va XEIning boshqa hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda va muddatlarda REV chastota biriktirishlar boʻyicha materiallarni XEIga taqdim etishni nazorat qilish;
g) radiochastota spektridan foydalanish va rejalashtirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar va XEI bilan oʻzaro aloqa va yozishmalar;
d) xalqaro-huquqiy tavsifga ega XEI Nizomi va Konvensiyasi hamda boshqa xalqaro hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlariga daxldor masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish;
e) manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirish, tashkil etish va radiochastotalardan foydalanish va muvofiqlashtirish boʻyicha shartnomalar tayyorlash, shuningdek, amaldagi shartnomalarda koʻrsatilgan qoidalarning bajarilishini nazoratga olish;
j) XEI hujjatlarini, ish jumladan ularga tegishli axborot tserkulyarlarini RChOga RChRK aʼzolariga yetkazish.
5-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish
11. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish, ularni huquqiy himoya qilishning asosiy chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.
12. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar Radioaloqa reglamenti hamda XEI boshqa hujjatlari asosida radioxizmatlar tomonidan radiochastotalarni taqsimlash va foydalanish, ularni xalqaro-huquqiy himoyalash masalalari boʻyicha mazkur Nizom va RChRKning tegishli qarorlariga, shuningdek, radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha chegaradosh davlatlar bilan amaldagi mintaqaviy va ikki tomonlama kelishuvlariga asosan olib borilishi lozim.
13. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
b) elektromagnit moslashuv shartlarini belgilovchi, Radioaloqa reglamenti talablarini va amaldagi va rejalashtirilayotgan mahalliy va xalqaro yoʻldoshli tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda, ishlab chiqish uchun REVni radiochastota polosalari va orbital holatlarini ajratish bosqichidagi tanlov;
elektromagnit moslashuv shartlarini belgilovchi Radioaloqa reglamenti talablarini, amaldagi va rejalashtirilayotgan mahalliy va xalqaro yoʻldoshli tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish uchun REVni radiochastota polosalari va orbital holatlarini ajratish bosqichida tanlov oʻtkazish;
v) Oʻzbekiston Respublikasi REV ini radiochastota biriktirishlari boʻyicha XEIga talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish.
14. Quyidagi rejalashtirilayotgan chastota biriktirishlarining xalqaro muvofiqlashtirilishi majburiydir:
a) Radioaloqa reglamentining Chastotalar taqsimlash jadvali izohiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi va unga chegaradosh davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida imzolangan radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirishning texnik asoslari boʻyicha amaldagi hukumatlararo kelishuvga kiritilgan muvofiqlashtirilishi lozim boʻlgan stansiyalar;
b) muvofiqlashtirish zonasi xorijiy davlatlar hududini oʻz ichiga olgan va/yoki xorijiy davlatlarning yoʻldosh va boshqa xizmat koʻrsatuvchi stansiyalariga qarama-qarshi yoʻnalishda uzatish tashkil etilgan yoʻldoshli aloqa xizmatlari stansiyalari;
v) muvofiqlashtirish zonalari respublika hududi chegaralaridan tashqariga chiquvchi xalqaro radioaloqani, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinishdagi radiorele liniyalari va troposfera aloqasini taʼminlovchi turgʻun xizmat stansiyalari;
g) uzun, oʻrta va qisqa toʻlqinlar diapazonida radioeshittirish xizmatining Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalaridagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
d) muvofiqlashtirish masofalaridan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh hududda joylashgan ultraqisqa toʻlqinlar diapazonidagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
e) dengizdagi koʻchma xizmat stansiyalari;
j) radioaniqlash, radionavigatsion va radiolokatsion xizmatlar stansiyalari;
z) koʻchma havo xizmati stansiyalari;
i) yordamchi meteorologiya radioxizmat va meteorologiya yoʻldosh xizmat stansiyalari.
15. REVlarning quyidagi radiochastota biriktirishlari XEIga talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim:
a) agar ushbu biriktirishdan foydalanish boshqa maʼmuriyat xizmatiga zararli xalaqitlarni keltirib chiqarsa;
b) agar ushbu biriktirishlar xalqaro radioaloqa xizmatlarida foydalanilishi kerak boʻlsa;
v) agar ushbu biriktirishlar xususiy talabnoma berish tartibi oldindan nazarda tutilmagan, qaysidir butunjahon yoki mintaqaviy chastotalarni ajratish yoki biriktirishlar rejasiga tegishli boʻlsa;
g) agar ushbu biriktirishlar uchun mazkur Nizomning 14-bandiga asosan muvofiqlashtirish talab qilinsa yoki agar bunday muvofiqlashtirishga kiritilgan boʻlsa;
d) agar bunday biriktirishlar uchun xalqaro tan olinish maqsadga muvofiq boʻlsa;
e) agar ushbu biriktirishlardan foydalanish radiochastotalarning taqsimlashni xalqaro jadvaliga mos kelmasa va aloqa maʼmuriyati faqat maʼlumot uchun XEIda roʻyxatdan oʻtkazishni istasa.
16. Mazkur Nizomning 14-bandidan farqli boʻlgan radioxizmatlardagi REVning chastota biriktirishlarining XEIda roʻyxatdan oʻtkazilishi zarurligini mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda ushbu REVga buyurtma beruvchi va ulardan foydalanuvchi radiochastota spektri foydalanuvchilari belgilaydi.
17. Hukumat tomonidan foydalaniladigan REVning radiochastota biriktirishlarini XEIda muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish zaruriyati tegishli radiochastota organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
18. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish boʻyicha ishlar RChRK tomonidan Radiochastota organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
6-bob. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha materiallar tayyorlash tartibi
19. XEIda Oʻzbekiston Respublikasining REV radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur materiallar ushbu Nizomga muvofiq tayyorlanadi.
20. Materiallarda matbuotda ochiq-oydin nashr qilish taqiqlangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Yerusti stansiyalarining koordinatalari belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilishi zarur. Ushbu talablarni bajarishda javobgarlik XEIda radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borishda materiallarni taqdim etuvchi radiochastota foydalanuvchilari zimmasiga yuklatiladi.
21. Materiallar REVga talabnoma beruvchi radiochastota spektrining foydalanuvchilari tomonidan tayyorlanadi.
Zarur hollarda ushbu materiallarni tayyorlashda roʻyxatdan oʻtuvchi REVni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar yoki loyihalash tashkilotlarini talabnoma beruvchi oʻz hisobidan jalb qilishi mumkin.
22. Radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan tayyorlangan materiallar tegishli radiochastota organiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
23. RChO olingan materiallarning radiochastota biriktirishlarini belgilashda amal qiladigan asosiy rahbariy hujjatlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi, EMM tahlilini oʻtkazadi va boshqa radiochastota organlari bilan kelishadi. Ijobiy qaror qabul qilingan holda Radioaloqa reglamentida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari va XEIga yuborish uchun RChRKga tegishli hujjatlar va materiallar tayyorlaydi.
24. Kosmik stansiyalar tizimlarining radiochastota biriktirishlarini xalqaro muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni olib borish uchun zarur materiallar kosmik tizimlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan buyurtma beruvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
25. Agar kosmik tizimlar bir nechta vazirlik va idoralar manfaatlari boʻyicha rejalashtirilgan boʻlsa, koʻrsatilgan materiallar ushbu tizimni bosh ishlab chiqaruvchisi tomonidan buyurtmachi bilan hamkorlikda ushbu tizimda ishlash uchun moʻljallangan yer stansiyalarini ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tayyorlanadi.
26. Xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlaridan eʼtirozlar kelib tushgan holda RChO ularni tegishli vazirlik, idoraga ishlab chiquvchi va foydalanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu eʼtirozlarni koʻrib chiqish uchun yuboradi va ushbu eʼtirozlarni hisobga olgan holda radiochastota biriktirishlarning texnik tavsiflarini taklif qilinayotgan oʻzgarishlari boʻyicha boshqa radochastota organlari bilan kelishilgandan keyin qayta muvofiqlashtirish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi.
27. Xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlariga javob uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan takliflar boshqa vazirlik va idoralarga, agar ularning manfaatlariga taʼsir qilmasa, kelishish uchun yuborilmaydi.
28. Xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan belgilangan tartibda olib borilayotgan yozishmalar REVning radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirishga olib kelmasa, manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflariga binoan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)