toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tugatilib, radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan radiochastota organlari oʻz vakolatlari doirasida radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi boshqaruvni amalga oshiradilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
2. Quyidagilar radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 8-sentabrdagi PQ-2403-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 474-modda)
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
3. Quyidagilar:
radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasida radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash uchun 3 nafar shtat birligidan iborat radiochastota spektridan foydalanishni tartibda solish boʻlimi tashkil etilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
belgilangan tartibda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-oktabr,
PQ-2053-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga
1-ILOVA
Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Respublika kengashi raisining oʻrinbosari

S.A. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati masʼul xodimi

S.T. Zuparov

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

M.Sh. Istamov

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Z.R. Iminov

mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi

M.A. Madrahimov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

Z.K. Kurbanov

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

I.A. Abdugafarov

transport vaziri oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

D.I. Quryozov

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori

Gʻ.F. Nasirov

Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

D.T. Rustamov

raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi

L.F. Saidoripov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

I.A. Karimov

Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktorining oʻrinbosari

A.A. Djuraboyev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

T.A. Nazarov

Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

U.A. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari — 29543-harbiy qism komandiri

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa va axborotni himoyalash markazi boshligʻi

F.Sh. Rustamov

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi

R.P. Mansurov

Elektromagnit moslashuv markazi boshligʻi

D.X. Dusmatov

Raqamli texnologiyalar vazirligining Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish boʻlimi boshligʻi, Respublika kengashi kotibi

Izoh: Respublika kengashining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi/
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga
2-ILOVA
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — RCHRK) Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish, radiochastotalardan foydalanish va ularni tayinlash masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasida ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
2. RCHRK Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
RCHRK oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari va korxonalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
3. RCHRK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqa ittifoqining meʼyoriy hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
II. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING VAZIFALARI
4. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota resursidan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
III. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING FUNKSIYALARI
5. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida:
barcha maqsadlardagi radioelektron vositalar uchun berilgan chastotalarni hisobga olish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini ishlab chiqadi va eʼlon qiladi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolat doirasida normativ hujjatlarni qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati, shuningdek, ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi va ularning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota biriktirishlarini xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga radiochastota biriktirishlarini Xalqaro elektr aloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
radiochastota spektridan foydalanish sohasida qoʻshni davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan hamkorlik qiladi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi, Mintaqaviy aloqa hamdoʻstligi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda ularning organlarining radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha konferensiyalari va yigʻilishlariga tayyorgarlik koʻrishni va ularda ishtirok etishni tashkillashtiradi va ularning qarorlari bajarilishini taʼminlaydi;
milliy sputnik tizimi uchun radiochastota polosalari va joylashish nuqtalarini taqsimlash va ulardan foydalanishni rejalashtiradi, xorijiy davlatlarning Yer sunʼiy yoʻldoshi orqali ishlaydigan yerdagi sunʼiy aloqa stansiyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish maqsadida radiochastota polosalaridan foydalanish masalalarini hal qiladi;
radiochastotalardan foydalanish sohasidagi xalqaro hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlariga taalluqli masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishadi;
radioelektron vositalarning chastota-hududiy tarqalishi meʼyorlarini va sanoat radio shovqinining ruxsat etiladigan qiymati meʼyorlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuvchanligini, radiochastotalardan foydalanishni belgilovchi talablar, signallarni tanish, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibi qismi boʻyicha radioelektron vositalar standartlari va texnik reglamentlari loyihalarini kelishadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida takliflarni tayyorlaydi, ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik ishlari mavzulari, davlat standartlarini ishlab chiqish boʻyicha xulosalar beradi;
yuqori chastotali qurilmalar, elektr uskunalari, mashinalar, apparatlar, priborlarga elektromagnit moslashuvchanlikni belgilovchi texnik xususiyatlar qismi boʻyicha standartlar va texnik reglamentlarni, shuningdek, sanoat shovqiniga umumdavlat standartlari loyihasini koʻrib chiqadi va kelishadi.
IV. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING HUQUQLARI
6. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish va radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuvchanligini taʼminlash tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan foydalanish huquqini vaqt va (yoki) makon boʻyicha toʻxtatadi yoki cheklaydi;
radiochastota organlari qarorlari RCHRK tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilmagan holda qabul qilinganda, ushbu qarorlarni ularni bekor qiladi;
radiochastota spektrini samarali taqsimlash va ulardan foydalanish qismi boʻyicha radiochastota organlari faoliyatini tartibga soladi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun davlat standartlari, texnik reglamentlar, meʼyorlar, qoidalar va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
RCHRK vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan soʻrab oladi;
RCHRK qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
V. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. RCHRK tarkibi, jumladan, uning raisi va rais oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. RCHRK aʼzolari oʻz majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlash, materiallarni muvofiqlashtirish, ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha joriy tezkor ishlarni bajaradi.
Tahliliy maʼlumotlarni tezkor koʻrib chiqish va tegishli takliflarni tayyorlash uchun ishchi organ jamoatchilik asosida manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan iborat komissiya va guruhlarni tuzishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
11. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 va 53-moddalari.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 571-modda; 2015-y., 36-son, 474-modda; 2016-y., 46-son, 528-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son 2017-y., 2-son, 25-modda, 35-son, 917-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)