Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2001-yil 29-iyundagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053, 2001-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2002-yil 22-maydagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053-1, 2002-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 11-12-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining 2008-yil 28-apreldagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1053-2, 2008-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 207-modda).