1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish, ishlab chiqaruvchilarga doir maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini nazarda tutuvchi Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga, ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yoʻq qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlash boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror rasmiy kuchga kirgandan boshlab Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament amalga kiritilgunga qadar organik va organik-mineral oʻgʻitlarni standartlash boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/9/0024-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning maqsadi, mazmun-mohiyati va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/9/0024-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-noyabr,
729-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qaroriga 1-ILOVA
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
organik mahsulot — ishlab chiqarish, qayta ishlash va savdo qilishning barcha bosqichlarida milliy organik standart talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash orqali olingan mahsulot;
organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi subyektlar (subyektlar) — organik sertifikatlangan mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar;
subyektlarga doir maʼlumotlar — muayyan organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan maʼlumot;
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida subyektlarga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tumanlardagi boʻlimlari;
subyektlarga doir reyestr katalogi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-sayti (www.agro.uz);
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi — subyektlarga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
reyestr — operatorlar taqdim etgan maʼlumotlarni subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi tomonidan jamlash yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan subyektlarga doir maʼlumotlar bazasi;
reyestrni shakllantiruvchi ishchi guruh (ishchi guruh) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan masʼul xodimlardan tashkil etiladigan reyestrga kiritish uchun axborot resurslarini yigʻish, qayta ishlash va shakllantirish boʻyicha ishchi guruh.
3. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, mavjud maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki reyestrdan chiqarishda toʻlovlar undirilmaydi.
2-bob. Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi
4. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Subyektlarga doir maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tartibda shakllantiriladi.
6. Reyestrni shakllantirish, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda roʻyxatdan chiqarish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
7. Ishchi guruh besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Ishchi guruh tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralarning vakillari ham oʻzaro kelishuvga asosan kiritilishi mumkin.
9. Ishchi guruh tomonidan subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish besh ish kunida amalga oshiriladi.
10. Subyektlarga doir maʼlumotlar ishchi guruhning besh nafar aʼzosidan kamida uch nafari tomonidan maʼqullangan taqdirda yurituvchi tomonidan reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
11. Bunda ushbu maʼlumotlar ikki ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbarlantirish agentligi har oy yakuni bilan organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan muvofiqlik sertifikatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi.
13. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishda maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash maqsadida subyektlarga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni operatordan soʻrab olish mumkin.
14. Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmasligi organik subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrga kiritish va roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
15. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha qabul qilingan qaror nusxasi operatorga elektron tarzda yuborilishini taʼminlaydi.
16. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishning asoslari bartaraf etilgan taqdirda, operator ushbu maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish uchun subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchiga qaytadan topshirish huquqiga ega.
3-bob. Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan subyektlarga doir maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
17. Subyektlarga doir maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan holatda operator bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan sanadan boshlab oʻn ish kunida subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchiga qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etadi.
18. Ishchi guruh taqdim etilgan qoʻshimcha maʼlumotlarga asosan besh ish kunida reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qaror qabul qiladi.
19. Ishchi guruhning reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qabul qilingan qarori asosida subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi tomonidan bir ish kunida reyestrga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
20. Reyestrdagi subyektlarga doir maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ularning reyestrda qayd etilgan raqamiga oʻzgartirish kiritilmagan holda amalga oshiriladi.
4-bob. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrdan chiqarish tartibi
21. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
operatorning reyestrdan chiqarish boʻyicha asoslangan maʼlumotlariga asosan;
subyektning faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilganda;
maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish boʻyicha subyektlar tomonidan murojaat qilinganda.
22. Cubyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish ushbu Nizomning 17 — 20-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Subyektlarga doir maʼlumotlar reyestrdan chiqarilgan taqdirda, uning reyestrda qayd etilgan raqami bekor qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
23. Masʼul tashkilot vakillari va rahbarlari reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga masʼuldir.
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Subyektlarga doir maʼlumotlarni taqdim etuvchi operator
1. Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan subyektlarga doir maʼlumotlarni tayyorlaydi.
2. Maʼlumotlarni elektron yoki qogʻoz shaklida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
3 ish
kunida
2-bosqich
Ishchi guruh (Ishchi guruh besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning tarkibi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi).
1. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish uchun operatordan qabul qiladi.
2. Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻri ekanligini oʻrganadi.
3. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ishchi guruh raisiga taqdim etadi.
4. Subyektlarga doir maʼlumotlarnireyestrda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilinganda, subyektlarga doir maʼlumotlar reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida jurnalga qayd etadi.
5. Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qarorni operatorga yuboradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.
5 ish
kunida
3-bosqich
Subyektlarga doir maʼlumotlarni taqdim etuvchi operator
Berilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan sanada reyestrni yurituvchiga qoʻshimcha maʼlumotlarni yuboradi.
10 ish
kunida
4-bosqich
Ishchi guruh
Yuborilgan maʼlumotlarga muvofiq reyestrga oldin kiritilgan maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.
5 ish
kunida
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini shakllantirishda quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi
I. Umumiy maʼlumotlar 1.1. Subyektning nomi. 1.2. Subyektning joylashgan joyi (pochta manzili, telefon raqami). 1.3. Subyektning faoliyat turi. 1.4. Subyektga berilgan organik muvofiqlik sertifikati sanasi, roʻyxatga qoʻyilgan raqam va amal qilish muddati. 1.5. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar nomlari. 1.6. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar hajmi, yetishtirilgan yer maydoni (gektarda). 1.7. Organik muvofiqlik sertifikati (yakka yoki guruhga) berilganligi. 1.8. Organik mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar. 1.9. Organik mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan xom ashyo nomlari (roʻyxat). 1.10. Muvofiqlikni baholash tashkilotining nomi. 1.11. Muvofiqlikni baholash tashkiloti joylashgan joy (pochta manzili, telefon raqami). 1.12. Muvofiqlikni baholash tashkiloti akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sana va qayd raqami. II. Operator haqida maʼlumotlar 2.1. Operatorning nomi: _______________________________________________________________________ 2.2. Operator rahbarining F.I.O.: _______________________________________________________________ 2.3. Operatorning telefon va faks raqami: ________________________________________________________ 2.4. Operatorning elektron pochta manzili: ________________________________________________________ 2.5. Operatorning manzili: ____________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ III. Operatorning maʼlumotlar bazasi 3.1. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasining nomi: ___________________________________________________________________________________________ 3.2. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlash boshlangan sana: ___________________________________________________________________________________________ 3.3. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlashni tugatish muddati yoki sharti: ___________________________________________________________________________________________ 3.4. Subyektlarga doir maʼlumotlarning koʻrinishi (elektron va qogʻoz shaklda): ___________________________________________________________________________________________ 3.5. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlashning maqsadi: ___________________________________________________________________________________________ 3.6. Subyektlarga doir maʼlumotlarni olishda (yigʻishda) subyektdan ruxsat olinganligi ___________________________________________________________________________________________ 3.7. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning familiyasi, ismi va lavozimi: ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qaroriga 2-ILOVA
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
Maqsadi va qoʻllanish sohasi
1. Ushbu Texnik reglament texnik jihatdan tartibga solish sohasida organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yoʻq qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Texnik reglament qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan organik va organik-mineral oʻgʻitlarga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Mazkur Texnik reglament organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
Ushbu Texnik reglament quyidagi organik va organik-mineral oʻgʻitlarga nisbatan qoʻllaniladi:
turli sanoat va kommunal-maishiy xoʻjalikning chiqindilari asosida ishlab chiqariladigan organik va organik-mineral oʻgʻitlar (qattiq va suyuq maishiy chiqindilar);
shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun xonaki va madaniy gullar, butalar va daraxtlarni yetishtirish uchun ishlatiladigan oʻgʻitlar.
4. Agar organik va organik-mineral oʻgʻitlarning ayrim turlari uchun boshqa Texnik reglamentlar qabul qilingan boʻlsa, unda ushbu turdagi organik va organik-mineral oʻgʻitlarga qoʻllaniladigan texnik reglamentlarning talablariga javob berishi lozim.
Atama va taʼriflar
5. Mazkur Texnik reglamentda quyidagi atama va taʼriflar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — muvofiqlikni deklaratsiya qilish maqsadida vakolatli davlat organlariga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
vakolatli davlat organi — mazkur Texnik reglament talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan davlat organi;
biogumus (vermikompost) — yomgʻir chuvalchanglari organik chiqindilarini qayta ishlash natijasida olingan organik oʻgʻit, chuvalchanglarning hayot faoliyatida organik moddalarni (qoramol, choʻchqa va boshqa hayvonlarning goʻngi) qayta ishlash jarayoni orqali hosil boʻlgan yuqori molekulyar organik birikmalar (quyon, qushlar axlatlari, xashak, daraxt barglari, oziq-ovqat sanoati va maishiy chiqindilarning fermentatsiya qilingani bundan mustasno);
geni oʻzgartirilgan manbalar (GOʻM) — tabiiy yoki qayta ishlangan shaklda odamlar tomonidan ishlatiladigan, geni oʻzgartirilgan organizmlardan (GOʻO) olingan yoki ularning tarkibida boʻlgan xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari (komponentlar);
geni oʻzgartirilgan organizmlar (GOʻO) — genetik materiali gen-muhandislik usullari yordamida oʻzgartirilgan organizm;
goʻng — chorva mollari va parrandalarning qattiq va suyuq chiqindilari aralashmasi;
kompost — oʻsimlik yoki hayvonlar organik chiqindilarining chirishi natijasida hosil boʻlgan organik oʻgʻit;
mahsulot identifikatsiyasi — muayyan mahsulotning namunasiga va (yoki) tavsifiga muvofiqligini aniqlash;
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya — organik va organik-mineral oʻgʻitlarning Texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligining hujjatlashtirilgan tasdigʻi;
organik oʻgʻit —kelib chiqishi oʻsimlik yoki hayvonlar bilan bogʻliq moddalardan tashkil topgan oʻgʻit;
organik-mineral oʻgʻit — organik yoki noorganik oziqa moddalari bilan organik va mineral oʻgʻitlarni aralashtirish va (yoki) kimyoviy birikmalarni hosil qilish orqali olinadigan oʻgʻit;
organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun xavfsizlik pasporti — isteʼmolchi ish joyida inson salomatligi va xavfsizligini, atrof-muhitni organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlarida atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishi uchun qulay va qisqa shakldagi ishonchli maʼlumotni oʻz ichiga olgan hujjat;
tezak — qushlarning, quyonlarning toʻshamali yoki toʻshamasiz chiqindilari;
toʻshama goʻng — toʻshama va yem-xashak qoldiqlari mavjud boʻlgan goʻng;
toʻshama — chiqindilarni singdirish va issiq, quruq joy yaratish uchun qishloq xoʻjaligi hayvonlariga toʻshaladigan namlikni yutuvchi materiallar;
efflyuyent — metantenk fermenterlarida organik chiqindilarni anaerob tarzda qayta ishlash natijasida olingan organik oʻgʻit;
yashil oʻgʻit — oʻsimliklarning yashil massasini oʻstirish va ularni haydash natijasida olingan organik oʻgʻit.
2-bob. Xavfsizlik talablari
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
6. Oʻgʻitlar xavfsizligining asosiy qoidalari ushbu Texnik reglament, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
7. Texnik reglament organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlariga qoʻyiladigan eng kam talablarni belgilaydi. Ularning bajarilishi biologik, ekologik, kimyoviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlaydi.
8. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligini baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sogʻligʻi uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyali xavflar yoʻqligi;
organik va organik-mineral oʻgʻitlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga salbiy taʼsirini bartaraf etish;
toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga oʻziga xos va uzoq muddatli taʼsirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish natijasida chiqariladigan tashlamalarda ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari meʼyorlarini taʼminlaydigan tozalash inshootlarini va ularning uzluksiz monitoringini yuritish uchun avtomatik tizimlarni oʻrnatmasdan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish (qayta ishlash)ga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish choralarini koʻrmasdan hamda ularni zararsizlantirmasdan, ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni zararsizlantirish va qayta ishlashni oʻzaro kelishuv asosida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga topshirishi zarur.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
11. Yangi va rekonstruksiya qilingan inshootga qoʻyiladigan joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishda ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalarini maksimal darajada kamaytirish va tozalash, kam chiqimli va chiqitsiz texnologiyadan, chiqindilarni qayta ishlash hamda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish choralari koʻrilishi lozim.
12. Sanitariya muhofaza zonasining oʻlchami turar joy binolari chegarasiga qadar korxona, ishlab chiqarish va obyektning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
13. Hudud funksional xususiyatlariga koʻra ishlab chiqarish, saqlash, yordamchi va maʼmuriy-xoʻjalik zonalariga boʻlinadi. Zona oʻlchamlarining nisbati korxona quvvatiga bogʻliq. Zonalarni oʻzaro joylashtirishda shamol yoʻnalishini hisobga olish lozim, bunda zaharli moddalarning sanoat tashlamalari (tashkiliy va uyushtirilmagan) manbalari shamolli tomonda joylashgan boʻlishi lozim.
14. Uskunalar yongʻin xavfsizligini taʼminlashning asosiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
15. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish tizimlarini loyihalashtirish tabiiy-iqlim sharoitlar, joyning relyefi hisobga olinishi, amaldagi qurilish, sanitariya-gigiyena va veterinariya meʼyorlari va qoidalariga, texnologik loyihalashtirish sohasidagi meʼyorlarga amal qilish lozim.
16. Chorvachilik chiqindilari asosida oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va (yoki) qayta ishlash korxonasida:
jarayonning asosiy bosqichlari uchun texnologik rejimlar va meʼyoriy parametrlar, xomashyo va tayyor mahsulotlar sifati va xavfsizligi koʻrsatkichlariga eʼtibor qaratish;
atrof-muhitga chiqarilgan tashlamalarning miqdorini kamaytirish va sifat koʻrsatkichlari va chiqindilar hosil boʻlishining oldini olish;
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, gigiyena talablariga hamda mehnat muhofazasiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish ustidan doimiy ravishda ishlab chiqarish nazorati tizimini joriy qilish lozim.
17. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlarni bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Texnologik jarayon ishlab chiqarish qoidalari va ish joylari uchun texnologik yoʻriqnomalarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
19. Zararli gazlar va bugʻlarning chiqish manbai boʻlgan barcha qurilmalar maksimal darajada germetizatsiya yoki aspiratsiya qilingan pana joylar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
20. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari va shiftlarining ichki yuzasi moddalarning kimyoviy taʼsiriga chidamli loklar va boʻyoqlar yordamida himoyalangan boʻlishi lozim.
21. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar suv bilan yuvishni yengillashtiradigan qoplamalardan tayyorlanadi.
22. Oʻgʻitlar ishlab chiqariladigan, qadoqlanadigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari tutunni tortib zararli gazlarni soʻrib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
23. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni foydalanishga chiqarilganda xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
24. Oʻgʻitlardan ilmiy asoslangan meʼyorlar asosida:
tuproqning tabiiy mikrobiotsenozining buzilishiga;
atrof-muhitda patogen mikrofloraning, inson uchun xavfli boʻlgan gelmintlarning yashovchan tuxumlari, patogen ichak sodda bakteriyalarining sistalari, enterokokklar va boshqa xavfli biologik vositalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda foydalanish lozim.
25. Organik oʻgʻitlarda GOʻO va GOʻMlardan foydalanish taqiqlanadi.
26. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari ularning atrof-muhitga taʼsirini baholashdan oʻtishi lozim.
Chorvachilik majmuasi binolaridan suyuq goʻngni chiqarib tashlashga qoʻyiladigan talablar
27. Chorvachilik majmuasi binolaridan suyuq goʻngni chiqarib tashlash tizimlari xodimlari goʻngni oʻz vaqtida chiqarib tashlashi, chorvachilik binolarining maksimal tozaligini va tavsiya etilgan mikroiqlimni taʼminlashi lozim.
28. Chorvachilik binolaridan suyuq goʻng mexanik, gidravlik (suv bilan yuvib tashlash, oqar suv tizimlari) yoki pnevmatik usulda chiqarib tashlanadi.
29. Epizootiya holatida epizootik holatlarning oldini olish maqsadida har bir chorvachilik majmuasida suyuq goʻngni zararsizlantirish usullari va texnik vositalar oldindan nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
30. Sanoat chorvachilik majmualarining tozalash inshootlarida suyuq gungni olti kun saqlashni taʼminlab beruvchi, karantinli saqlash yoki seksiyali goʻng saqlash joylari boʻlishi lozim. Bu davrda majmuadagi epizootik vaziyat aniqlanadi.
31. Epizootiya sodir boʻlganda, epizootik holatlarda yuqumli kasalliklarning qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan suyuq goʻngning barcha massasi fraksiyalarga boʻlinmasdan oldin dezinfeksiya qilinishi kerak. Zararsizlantirilgan goʻng belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologiyaga muvofiq qayta ishlanadi va foydalaniladi.
32. Agar suyuq goʻngni saqlash yoki seksiyali goʻngni saqlash joylarida hayvonlarning xavfli kasalliklari qayd etilmagan boʻlsa, u holda goʻng fraksiyalarga ajratishdan oldin dezinfeksiya qilinmaydi va qayta ishlash hamda undan foydalanish uchun tashiladi.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
33. Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi organik va organik-mineral oʻgʻitlar Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga muvofiq tashilishi lozim.
34. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar qadoqlar va oʻgʻitlarning xavfsizligini taʼminlaydigan barcha transport turlarida tashiladi.
35. Suyuq turdagi oʻgʻitlar transport konteynerlarida suyuq holda, qadoqsiz yoki qadoqlangan holda tashiladi.
36. Qattiq turdagi oʻgʻitlar yomgʻirdan himoyalangan, atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etuvchi, sochilgan yoki qadoqlangan shaklda, traktorlarda yoxud avtomashinalarda tashiladi.
37. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni tashishda atrof-muhitni, ularni yuklash va tushirish joylarini ifloslanishdan himoya qilishni taʼminlovchi choralar nazarda tutilishi lozim.
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali organik va organik-mineral oʻgʻitlarni eksport, import va tranzit qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek, veterinariya sertifikatlarini (guvohnomalarini) rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
39. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar quruq maxsus yopiq xonalarda (omborlarda), germetik sigʻimlarda (siloslar, saqlash joylarida) saqlanadi.
40. Muayyan turdagi organik va organik-mineral oʻgʻit uchun xavfsizlik pasportida koʻrsatilgan saqlash shartlaridagi maxsus talablar bajarilishi lozim. Saqlash vaqtida organik va organik-mineral oʻgʻitlarning (ularning miqdori va sifati) saqlanishi va xodimlarning salomatligiga va atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi boʻlmasligi lozim.
41. Oʻgʻitlar fizik-kimyoviy xossalari farqlanadigan va kuchli oksidlovchi, yongʻin va portlash xavfi mavjud moddalardan alohida saqlanishi lozim.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlardan alohida saqlanishi kerak.
42. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash joylarida koʻzga koʻrinadigan joylarda ularni saqlashning oʻziga xos xususiyatlari, gigiyena qoidalari, xavfsizlik choralari, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi haqida maʼlumot joylashtiriladi.
43. Saqlanadigan organik va organik-mineral oʻgʻitlar miqdori loyihada nazarda tutilgan omborning sigʻimidan katta boʻlmasligi lozim.
44. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun oʻgʻitlar omborlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Omborda organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan bogʻliq ishlar shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
46. Suyuq organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan toʻldirilgan bochkalarni, bidonlarni toʻldirish teshiklari tepaga qaratilgan boʻlishi kerak.
47. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash joylariga favqulodda vaziyatda xodimlarning erkin kirishlari taʼminlanadi.
48. Suyuq organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan sigʻimlarni saqlashda sigʻim (namlikka chidamli xonalar, suv oʻtkazmaydigan tagliklar yoki boshqa vositalar) favqulodda yemirilganda, toʻkilgan mahsulotlar umumiy hajmining tarqalishini cheklovchi tegishli texnik chora-tadbirlar va vositalarni oldindan nazarda tutish zarur.
49. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar qadoqlari stellajlarga yoki tagliklarga joylashtiriladi. Tagliklarda saqlanadigan tekis taxlangan oʻgʻitlarning qadoqlangan holdagi balandligi 2 metrdan oshmasligi kerak. Konteynerlarda oʻgʻitlar ikkinchi qavatda saqlanadi.
50. Qadoqlangan oʻgʻitlar turlari boʻyicha alohida saqlanadi. Tagliklar va soʻrilarsiz qadoqlangan oʻgʻitlarni omborxonada ustma-ust qilib saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
51. Qadoqlangan quruq organik va organik-mineral oʻgʻitlar stellajlarga taxlanganda, ustki qismiga kimyoviy suyuq oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va suyuq mineral oʻgʻitlarni taxlashga ruxsat etilmaydi.
52. Omborxona ichida soʻrilar va tagliklarda joylashtirilgan qadoqlangan oʻgʻitlarning joylashuvi xonalarni tozalash, yuk ortgichlarning erkin harakatlanishi, xodimlarning erkin kirib-chiqishi, shuningdek, omborda havo aylanishini taʼminlashi lozim.
53. Toʻshama goʻng, kompostlar, suyuq goʻngning qattiq fraksiyasi tuproq va yerosti suvlariga oʻgʻitlarning infiltratsiyasining oldini olish uchun qattiq qoplamali maydonlarda uyum qilib saqlanadi. Saqlash joylari shaltoq yigʻish oʻralari bilan jihozlangan, yomgʻir va erigan qor suvlari quyilishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
54. Oziqa moddalarning yoʻqotilishini kamaytirish maqsadida, shuningdek, zaharli gazlar bilan havoning ifloslanish darajasini kamaytirish uchun saqlash vaqtida qattiq organik oʻgʻitlarning uyumlari shimuvchi materiallar qatlami — torf, yogʻoch qipigʻi va somon bilan qoplangan boʻlishi lozim.
55. Yarim suyuq, suyuq goʻng, tezak, ulardan oqib chiqqan suvlar monolit beton yoki germetik tarzda payvandlangan plyonka qoplamalariga ega boʻlgan maxsus seksiyali toʻplagichlarda saqlanadi.
56. Suyuq goʻngni qayta ishlash inshootlari joylashgan hududda olti kun saqlash uchun karantinli sigʻimlar boʻlishi lozim.
57. Toʻshama goʻng (tezak, kompost) anaerob sharoitda zichlangan yoki notekis yotqizilgan shtabellarda, keyin uni isitgandan soʻng zichlab qoʻyish sharti bilan saqlanishi mumkin.
Shtabel usti 15 — 20 sm tuproq qatlami bilan qoplanadi.
58. Yerga chuqurlashtirib koʻmilgan goʻng ombori (tezak saqlash joyi) polimer materiallardan yasalgan va suv oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
59. Goʻng omborlarining sigʻimi goʻngning kunlik miqdori va uning ishlatilishidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.
60. Fraksiyalarga boʻlinmagan goʻngni saqlash uchun moʻljallangan goʻng omborlari uni aralashtiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Goʻng omborlarining yonbagʻirlari va tagi qattiq qoplamaga ega boʻlishi lozim. Yopiq goʻng omborlari lyuklar, tutunni tortib oluvchi ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
61. Suyuq goʻng va uning qayta ishlangan mahsulotlari koʻchma yoki statsionar qurilma (gidromexanik transport) tomonidan tashiladi.
62. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchi ulardan foydalanish uchun saqlash va (yoki) yaroqlilik muddatini belgilaydi.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni yoʻq qilish va qayta ishlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
63. Organik-mineral oʻgʻitlarning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng oʻgʻit xavfsizlik pasportiga muvofiq yoʻq qilinadi.
64. Chorvachilik va oʻsimliklar chiqindilari (qoramol, choʻchqalar, otlarning toʻshamali va toʻshamasiz goʻngi, parranda tezaklari, shuningdek, ular asosida oʻsimlik biomassasi qoʻshilgan kompost aralashmalari) metantenk fermenterida ishlab chiqilgan organik oʻgʻit, kompostlash va boshqa usullar bilan qayta ishlanishi mumkin.
65. Oʻgʻitlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin texnologik qayta ishlanishi lozim.
66. Metangeneratsiya usuli bilan metantenk fermenteri yordamida efflyuyent ishlab chiqarish uchun chorvachilik chiqindilari va ularning oʻsimlik biomassasi bilan aralashmasi ishqorliligi — 1500 mg dan 5000 mg CaCO3/dm3 gacha, vodorod koʻrsatkichining qiymati 6,5 — 7,5 pN birlik, uchuvchan kislotalar miqdori — 600 dan 1500 mg/dm3 gacha boʻlishi lozim.
67. Efflyuyentni zararsizlantirish bevosita metantenkda fermentatsiya jarayonida amalga oshiriladi. Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda efflyuyent qoʻshimcha ravishda zararsizlantirilishi lozim.
68. Efflyuyent ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilar zarur:
texnologik rejimga va ishlab chiqarish yoʻriqnomalaridagi normalarga rioya qilish;
jihozlarning toʻgʻri ishlashini kuzatib borish;
yongʻin xavfsizligi rejimiga rioya qilish;
ishlayotgan jihozda taʼmirlash ishlarini bajarishga yoʻl qoʻymaslik;
barcha harakatlanuvchi mexanizmlarning pana qilib toʻsib qoʻyilganligini kuzatib borish;
maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlarning ishlashiga ruxsat berish.
69. Maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari alohida shkaflarda, maxsus ajratilgan toza quruq xonada saqlanadi. Maxsus kiyimlar haftasiga kamida bir marta sovun-sodali suvda; rezina qoʻlqoplar, koʻzoynaklar har kuni suv bilan yuvilishi lozim; respiratorlar (yoki ularning smenali filtrlari) zarur hollarda almashtirib turiladi.
70. Efflyuyent ishlab chiqariladigan, qadoqlanadigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari tutunni tortib oluvchi ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni sotish boʻyicha xavfsizlik talablari
71. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar maxsus savdo shoxobchalarida sotilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.
72. Bir savdo boʻlimida organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ular isteʼmol xossalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
73. Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlar qadoqlangan shaklda sotiladi.
3-bob. Organik va organik-mineral oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha xavfsizlik talablari
Organik va organik-mineral oʻgʻitlardan foydalanish xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
74. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning, shu jumladan, qayta ishlangan oʻgʻitlarning xavfsizlik koʻrsatkichlari mazkur Texnik reglamentga talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oʻgʻitlardan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan hamda dehqonchilik texnologiyasi va xavfsizlik pasportida koʻrsatilgan boshqa ehtiyot choralariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
75. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlatishdan oldin uni ishlatish boʻyicha tavsiyalar bilan tanishish bilan bir qatorda:
yonbagʻirlarning nishabligi;
ob-havo sharoiti;
tuproqning agrokimyoviy xossalari;
yerusti va yerosti suvlarining joylashuvini oʻrganish lozim.
76. Oʻgʻitlarni solish tegishli maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotlarga muvofiq oʻgʻitlarni solish rejalashtirilayotgan tegishli hududning xususiyatlari hisobga olingan holda cheklanadi, jumladan:
tuproqning holati, agrokimyoviy xossalari va joyning nishabligi;
iqlim sharoitlari, yogʻingarchilik miqdori va sugʻorish rejimi (usullari);
yerdan foydalanish va qishloq xoʻjaligini yuritish usullari, shu jumladan, ekinlarni almashlab ekish tizimlari hisobga olinadi.
77. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar solish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
suv bilan toʻyingan, suv ostida qolgan, muzlagan yoki qor bilan qoplangan tuproqni oʻgʻitlash;
yerusti suviga oqib tushishi va shimilishi hamda ekinlardan tashqariga chiqish xavfi mavjud boʻlgan tik yonbagʻirlarni oʻgʻitlash;
suyuq organik oʻgʻitlarni yomgʻirlatib sepish yoki elektr uzatish liniyalari orqali 30 metrli zonaga sochib yuborgan holda oʻgʻitlash;
suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, qurimaydigan soylar, shuningdek, suv xoʻjaligi va ichimlik suv taʼminoti ehtiyojlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalari qor qoplami ustidan oʻgʻit solish, tarkibida mahalliy goʻng boʻlgan oqova suvlarni zararsizlantirmasdan oʻgʻit sifatida foydalanish.
muayyan turdagi oʻgʻitlardan foydalanish taqiqlangan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan davrlar;
goʻng (tezak) saqlanadigan omborlarning sigʻimi va qurilishi, shu jumladan, atrof-muhitning tarkibida goʻng mavjud boʻlgan oqova suvlar bilan ifloslanishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;
oʻgʻitlarni solish tezligi va bir xilda oʻgʻitlash tartibi;
yerdan foydalanishning boshqaruvi, shu jumladan, ekinlarni almashlab ekish tizimlaridan foydalanish hisobga olinishi kerak.
Yogʻingarchilik mavsumida suvning nitratlar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida suvning tuproqdan azotni oʻzlashtiradigan oʻsimlik qoplamasining minimal miqdorini saqlab turish lozim.
79. Oʻgʻitlar almashlab ekish, tuproqni himoyalovchi ekinlarni ekish, yashil oʻgʻitlarni solish, ohaktoshlar va boshqa tabiiy yoki biologik xavfsiz oʻgʻit va qoʻshimchalarni qoʻshish bilan birgalikda ishlatilishi lozim.
80. Biologik qattiq moddalardan, oqova suvlar choʻkmasidan, septik chiqindilardan va inson hayoti va faoliyatidagi boshqa chiqindilardan, shuningdek, inson hayoti va faoliyatidagi chiqindilardan iborat moddalardan oʻgʻit sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Suyuq goʻng va uning qayta ishlangan mahsulotlaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
81. Quduqqa yoki goʻng toʻplagichga shlangli yoki kislorodli izolyatsiyalovchi gaz niqoblarisiz va arqonli xavfsizlik kamarisiz tushish qatʼiyan man etiladi.
Gaz xavfi boʻlgan ishlarni kamida ikki kishidan iborat brigada amalga oshirishi kerak, ulardan biri rahbar boʻlishi kerak. Dastlab xavfsizlik choralarini koʻrgan holda, quduqda toʻplangan gazsimon moddalar yondirmasdan chiqarib tashlanadi.
Har bir masʼul shaxsga gaz chiqish xavfi boʻlgan ishlarni amalga oshirishga doir ishlar rejasiga asosan alohida naryad-ruxsatnoma beriladi. Naryadda ishlarni bajarish uchun xavfsizlikning asosiy choralari koʻrsatilishi kerak.
82. Chorvachilik komplekslaridan chiqadigan zararsizlantirilgan goʻng va oqova suvlardan Texnik reglament talablariga muvofiq organik oʻgʻit sifatida qishloq xoʻjaligida va (yoki) oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladi.
83. Chorvachilik komplekslarining zararsizlantirilgan gung va oqova suvlari oʻsimlikda ishlatiladi, bunda hosilning zararlanishi yoki ifloslanishiga, shuningdek, inson va hayvonlarga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
84. Oʻsimliklar vegetatsiya davrida oʻgʻit sifatida suyuq goʻng solinganda, oxirgi solingan muddatdan terimgacha yoki undan foydalanishgacha boʻlgan vaqtga rioya qilinadi.
85. Atrof-muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻgʻitlarni purkash mumkin emas.
Qattiq organik oʻgʻitlardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
86. Tuproqni azot va boshqa oziqa moddalari bilan boyitish uchun ishlatiladigan chorva mollari va parranda goʻngi oldindan (termal quritish, kompostlash va boshqa usullar yordamida) zararsizlantirilishi lozim.
87. Faqat hayvonlar (parrandalar) va odamlar uchun umumiy boʻlgan zooantroponoz (chorva mollari orqali yuqishi mumkin boʻlgan) kasalliklardan xoli boʻlgan chorvachilik xoʻjaliklaridan keltirilgan goʻnglardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
88. Oʻgʻitlar maxsus agrotexnik mashinalar (oʻgʻitlagich pluglar, diskli pluglar) yordamida qisqa vaqtda (12 soat ichida) qoʻllanilishi lozim.
Oʻgʻit uchun ishlatiladigan oqova suvlar loyqasiga qoʻyiladigan talablar
89. Tegishli sanitariya normalari va qoidalari bilan belgilagan usullarning biridan foydalanib, oqova suvlarning loyqalari zararsizlantirilgandan soʻng ulardan oʻgʻit sifatida foydalanishga (chorvachilik fermer xoʻjaliklari va komplekslarining suyuq goʻng va oqova suvlaridan foydalanuvchi meliorativ tizimlardan tashqari) ruxsat berilishi mumkin.
90. Loyqalar qayta ishlash va saqlash texnologiyasiga qarab namligi 92 — 96 foiz boʻlgan suyuq shaklda yoki namligi 50 — 70 foiz boʻlgan sochiluvchan massa, shuningdek, kompost shaklida ishlatilishi mumkin. Kompostlash uchun torf, somon, goʻng, yogʻoch va boshqa organik chiqindilar ishlatiladi.
91. Loyqa bilan oʻgʻitlash uchun moʻljallangan maydonlarda tuproq quyidagi koʻrsatkichlar: pH, fosfor, kaliy, ogʻir metallar-qoʻrgʻoshin, kadmiy, xrom, mis, nikel, simob, ruxning harakatchan shakllari boʻyicha agrokimyoviy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
92. Suvni muhofaza qilish va qoʻriqxona zonalarini, oʻrmonlar va daraxt bilan qoplangan maydonlarni, shuningdek, ogʻir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni loyqa bilan oʻgʻitlash taqiqlanadi.
93. Pichanzor va yaylovlarni oʻgʻitlashga faqat (shudgorlash chogʻida) qayta oʻtloq barpo etish jarayonida ruxsat etiladi.
94. Oʻgʻitlar xususiyatlariga koʻra organik-mineral kompostlar, toʻshamali yoki toʻshamasiz (suyuq) goʻng kabi oqova suv loyqalari organik-mineral yoxud organik oʻgʻitlar deb hisoblanishi mumkin.
95. Loyqalarning har bir turkumida kelib chiqishi bir xil boʻlgan oʻgʻitlash qiymatini belgilash uchun pH tuz, quruq moddalar, organik moddalar, kul, umumiy va mineral (nitratli H-HO3 va ammoniyli H-HO4) azot, fosfor, kaliy va umumiy kalsiyning umumiy va harakatchan shakllari tarkibi aniqlanishi kerak.
96. Tuproq, mahsulotlar va atrof-muhitning ogʻir metallar bilan ifloslanish xavfini bartaraf etish uchun oʻgʻit uchun moʻljallangan oqova suvlarning loyqalarida qoʻrgʻoshin, kadmiy, xrom, mis, nikel, simob, rux kabi ogʻir metallarning miqdori tahlil qilinishi zarur.
97. Loyqalardagi oziqa moddalari va ogʻir metallarning tarkibi oʻgʻitni yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan tashkilot tomonidan kimyoviy tahlil qilinadi va uning natijalari foydalanuvchiga ilova qilinadigan hujjat (sertifikat) shaklida beriladi.
98. Loyqalarni saqlash va kompostlash ular solinadigan joylarda yoki bunday hududlarga yaqin joylarda amalga oshirilishi mumkin.
Qattiq va suyuq loyqalarni solish uchun mos ravishda qattiq va suyuq organik oʻgʻitlarni solish uchun moʻljallangan mashinalar va texnologiyalardan foydalaniladi. Loyqalar dalaga shudgorlashdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri agʻdarma pluglar bilan solinadi.
99. Oqova suvlar loyqalarini yoki ular asosida tayyorlangan kompostlarni solish qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun boshqa organik va mineral oʻgʻitlardan foydalanish imkoniyatini istisno etmaydi. Bunda loyqa bilan tuproqqa solinadigan elementlarning miqdori hisobga olinishi kerak.
4-bob. Xavfsizlik pasporti
100. Xavfsizlik pasporti isteʼmolchiga ish joyida odamlar salomatligi va xavfsizligini, organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlarida, shu jumladan, ularni yoʻq qilishda atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash uchun zarur choralar koʻrilishi uchun yetarli boʻlgan, ushbu Texnik reglamentga 6-ilovaga muvofiq tasdiqlangan hamda qisqa shaklda taqdim etilgan haqqoniy maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
101. Xavfsizlik pasportini tuzuvchi hamda organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchi va bozorga yetkazib beruvchi tashkilot (shaxs) uning tarkibidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
Pasportni tuzish uchun zarur maʼlumotlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilgan tadqiqotlar (sinovlar) natijasiga asoslanishi kerak.
102. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni bozorda taqdim etishga masʼul boʻlgan tashkilot (shaxs) (ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi) isteʼmolchini xavfsizlik pasporti bilan bepul taʼminlashi shart.
103. Isteʼmolchining talabiga binoan xavfli xususiyatlar yoki organik va organik-mineral oʻgʻitlarning zararli taʼsiri turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻpchilikka maʼlum boʻlgan holatlarda ham mijozga xavfsizlik pasporti berilishi kerak.
104. Muomalada boʻlgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizlik pasporti asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5-bob. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni qadoqlash hamda tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
105. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni qadoqlash materiallari biologik jihatdan parchalanuvchi yoki qayta ishlanuvchi materiallardan tayyorlanadi.
106. Qadoq va idishlarni tayyorlash uchun oʻgʻitlarning yemiruvchi yoki boshqa zararli taʼsiriga chidamli va oʻzaro taʼsiri vaqtida:
yonish va (yoki) sezilarli miqdordagi issiqlik ajralishiga;
tez yonuvchan, toksik yoki nafasni siquvchi gazlarning ajralishiga;
boshqa kimyoviy faol va xavfli moddalarning hosil boʻlishiga olib kelmaydigan materiallar qoʻllaniladi.
107. Isteʼmol qadogʻi toʻliq kafolat muddati davomida oʻgʻitlarning isteʼmol xususiyatlarining oʻzgarmasligini va Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
108. Isteʼmol qadogʻining yuza qismi uni Texnik reglament talablariga muvofiq tamgʻalash imkoniyatini berishi kerak.
109. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar qadogʻidagi yorliqda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
nomlanishi;
oʻgʻit ishlab chiqarish uchun asos boʻlgan normativ hujjatning nomi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili, shu jumladan, mamlakat, agar yuridik manziliga nomuvofiq boʻlsa, ishlab chiqarish(lar)ning) va import qiluvchining manzili;
ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (mavjud boʻlsa);
shtrixli identifikatsiya qilish kodi (mavjud boʻlsa);
maqsadi (asosiy isteʼmol xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
koʻllash usuli, foydalanish boʻyicha cheklovlar, boshqa oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar bilan muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
moddalarning oziqaviy elementlari massa ulushi (tarkibi);
ishlab chiqarilgan sana va turkumning raqami;
kafolat muddati;
saqlash, tashish, foydalanish qoidalari va shartlari;
xavflilik darajasi;
sof ogʻirligi (qattiq oʻgʻitlar uchun), idishdagi nominal hajmi (suyuq oʻgʻitlar uchun);
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralari;
“Namlikdan saqlansin” va “Quyosh nuridan saqlansin” belgilari;
oʻgʻitlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnomalar.
110. Har bir transport qadogʻida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tamgʻasi mavjud boʻlgan etiketka boʻlishi lozim:
nomlanishi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili, shu jumladan, mamlakat, agar yuridik manziliga nomuvofiq boʻlsa, ishlab chiqarish(lar)ning va import qiluvchining manzili;
maqsadi (asosiy isteʼmol xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
oziqaviy moddalarning massa ulushi (tarkibi);
saqlash, tashish, foydalanish qoidalari va shartlari;
ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati;
“Namlikdan saqlansin” va “Quyosh nuridan saqlansin” belgilari;
turkumning raqami;
xavflilik darajasi;
qadoqlangan oʻgʻitning miqdori;
qadoq birliklarining soni;
qadoqlovchining raqami.
111. Tamgʻani bosish texnologiyasi kafolat muddati davomida mahsulotni tashish, saqlash va sotish davomida uning oʻchib ketmasligini taʼminlashi kerak.
112. Uyum holda tashiladigan oʻgʻitlar uchun tamgʻa ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatiladi.
113. Tamgʻalash davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan foydalangan holda amalga oshiriladi va boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin.
114. Mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda, mahsulotning nomida, oʻramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “eco” soʻzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
115. Organik oʻgʻitlarni markalash va reklama qilishda organik mahsulotning belgilari (logotiplari), agar ular “Organik” standart talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan boʻlsagina ishlatilishi mumkin.
116. Yarim suyuq va suyuq oʻgʻitlar polimer materiallardan tayyorlangan kanistrlar, plastik idishlar (PET-idishlar), polimer bochkalar, payvandlangan poʻlat bochkalarga solinadi.
117. Qadoqlash materiallari oʻgʻitlarni tashish, saqlash va ulardan foydalanish paytida but saqlanishini va sifatini hamda isteʼmolchi xavfsizligini taʼminlashi kerak. Aluminiy qoʻshib tayyorlangan qadoqlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
6-bob. Muvofiqlikni baholash
118. Yetkazib berilayotgan organik va organik-mineral oʻgʻitlarning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagilar orqali baholanadi:
oʻgʻitning muvofiqligini deklaratsiya qilish;
oʻgʻitning muvofiqligini sertifikatlashtirish.
7-bob. Muvofiqlikni tasdiqlash
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni deklaratsiya qilish
119. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan organik va organik-mineral oʻgʻitlarning muvofiqligi deklaratsiya qilish orqali tasdiqlanishi shart.
120. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va import qilinadigan organik va organik-mineral oʻgʻitlarning muvofiqligi mazkur bobda belgilangan qoida va sxemalarga muvofiq tasdiqlanadi.
121. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning muvofiqligi 1D, 2D, 3 D, 4D va 6D sxemalar boʻyicha deklaratsiya qilinadi:
1D sxema — turkumi ishlab chiqarilgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
2D sxema — organik va organik-mineral oʻgʻitlar toʻpi uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
3D sxema — turkum ishlab chiqarilgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyalari ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
4D sxema — organik va organik-mineral oʻgʻitlar toʻpi uchun akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyalari ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
6D sxema — ishlab chiqaruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlanib, joriy etilgan menejment tizimiga ega boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
122. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqaruvchi (tadbirkor) va (yoki) akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyasining oʻgʻitni mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan sinov bayonnomalari;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻgʻit xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlar;
menejment tizimining muvofiqlik sertifikatlari;
oʻgʻit xavfsizligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar.
123. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
124. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
mazkur Texnik reglament talablari oʻzgarganda;
oʻgʻitning belgilangan talablarga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatadigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish va (yoki) saqlashning texnologik jarayonlari yoki texnik hujjatlar tarkibi oʻzgarganda.
Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya uni qabul qilish tartibi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
125. Texnik hujjatlar, shu jumladan, muvofiqlikni tasdiqlaydigan hujjatlar quyidagi muddatlarda saqlanadi:
turkum ishlab chiqarilgan oʻgʻit uchun-oʻgʻit ishlab chiqarish olib qoʻyilgan (tugatilgan) kundan boshlab kamida 10 yil;
menejment tizimining sertifikatlaiggirish natijalarini tasdiqlovchi dalil materiallari, muvofiqlik sertifikatini bergan muvofiqlikni baholash organida, menejment tizimining muvofiqlik sertifikati muddati tugagandan keyin kamida 5 yil.
Ushbu banddagi hujjatlar davlat nazorati organlariga ularning talabiga binoan taqdim etiladi.
126. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar hamda ularga bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlari boʻyicha mazkur Texnik reglamentda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni identifikatsiya qilish
127. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni identifikatsiya qilishda taqdim etilgan oʻgʻit bilan yorliqda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar bir xilligi aniqlanadi.
128. Quyidagilar oʻgʻitlarni identifikatsiya qilish tadbirini oʻtkazadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishni taʼminlovchi ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar);
sertifikatlashtirish organi muvofiqlikni baholash va tasdiqlash maqsadida;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasidagi ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektini xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat roʻyxatiga olish, shuningdek, zararli moddalarni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi yoki yoʻq qiluvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash maqsadida va xavfli ishlab chiqarish obyektida baxtsiz hodisa yuz berganda, boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun;
davlat nazorati organi Texnik reglament talablariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash maqsadida.
129. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar nomi va turi, bir xilligi, shuningdek, aniqlanadigan oʻgʻit turining oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha identifikatsiya qilinadi.
130. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar quyidagi usullardan biri yoki ular birgalikda qoʻllangan holda identifikatsiya qilinadi:
hujjatlar boʻyicha;
tashqi koʻzdan kechirish;
sinovlar.
131. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizlik pasporti, yetkazib berish kelishuvi, shartnomalar va yorligʻida keltirilgan maʼlumotlardan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni roʻyxatga olish
132. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni roʻyxatdan oʻtkazishda ariza beruvchilar yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik yoki jismoniy shaxs, vakolatli ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi boʻlishi mumkin.
133. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq organik va organik-mineral oʻgʻitlarga roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
134. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati besh yil.
135. Respublika hududida foydalanishga ruxsat berilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va oʻgʻitlarning yangilangan davlat reyestri vakolatli organning rasmiy saytida joylashtiriladi.
Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash
136. Muvofiqlikni baholashdan oʻtgan, Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
137. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar muomalaga chiqarilishidan oldin mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanadi.
138. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni qadoqlashning har bir birligiga yoki etiketkaga/yorliqqa (agar qadoqqa belgi tushirishning iloji boʻlmasa) mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining muvofiqlik belgisi tushiriladi, shuningdek, oʻgʻitlar turkumiga ilova qilinadigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
139. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining muvofiqlik belgisi oʻgʻitdan toʻliq foydalanilgunga qadar aniq tasvirni taʼminlaydigan usulda tushirilishi lozim.
140. Mazkur Texnik reglament talablariga nomuvofiq boʻlgan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
141. Vakolatli davlat organi organik va organik-mineral oʻgʻitlarning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng ishlab chiqaruvchini (tadbirkor) oʻgʻitni Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishni cheklash, taqiqlash va bozordan qaytarib olish choralarini koʻrish zarurligini tushuntiruvchi dalillar va sabablarni koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
8-bob. Davlat nazorati
142. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
143. Mazkur Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning qaroridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
144. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar organik va organik-mineral oʻgʻitlarga belgilangan tartibda berilgan xulosalar va muvofiqlik sertifikatlari amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Mazkur Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi boʻyicha amaldagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarning ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari qoʻllaniladi.
145. Mazkur Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga ILOVA
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
Bosqichlari
Subyekt
Tadbir nomi
Muddati
1-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglamentni organik va organik-mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarga, sinov laboratoriyasi va vakolatli organga yetkazadi.
Besh kun muddatda
2-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzkimyosanoat” AJ
1. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini shakllantiradi va xatlovdan oʻtkazadi.
Bir oy muddatda
2. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga rioya qilishni taʼminlaydigan standartlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi.
Oʻn besh kun muddatda
3. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni sinash va oʻlchash usullari Texnik reglamentning talablarini qoʻllash va bajarish hamda texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun zarur sinash va oʻlchash qoidalari va usullari, jumladan, namunalarni olish qoidalarini oʻz ichiga olgan standartlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi.
Oʻn kun muddatda
3-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha sinovlardan oʻtkazish uchun sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qamrovini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi.
Olti oy muddatda
4-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzkimyosanoat” AJ
Texnik reglamentni qoʻllash maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida jamoatchilik, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Rejaga muvofiq
5-bosqich
Davlat nazorati organlari
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlaydi.
Oʻrnatilgan tartibda
6-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzkimyosanoat” AJ
Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi hamda tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritib boradi.
Har chorakda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/9/0024-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2020-y., 09/20/729/1525-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son; 13.01.2025-y., 09/25/9/0024-son)