(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyekti tomonidan qonun hujjatlari buzilishi sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda xavfni tahlil etish natijalari asosida nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart, bundan kameral soliq tekshiruvlari mustasno.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining oʻtkazilgan tekshiruvlari natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlari qonunga xilofdir.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asos boʻladi. Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Soliq organi soliq auditini oʻtkazishning boshlanishi toʻgʻrisida soliq auditi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini soliq auditini oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi belgilangan tartibda faqat soliq organlari tomonidan, soliq auditini oʻtkazish davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari aniqlagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq auditi:
aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan kameral tekshiruv natijalariga koʻra taqdim etilgan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmagan yoki taqdim etgan asosnomalari yetarli emas deb topilgan soliq toʻlovchilar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavfini tahlil etish natijalari asosida belgilanadigan yuqori darajadagi xavfga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) toifasiga mansub soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga topshiriladi”;
“40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi”;
3) 41-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, shuningdek tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan faqat yuqori turuvchi soliq organiga ular ustidan shikoyat qilinganidan keyin sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 03/25/1031/0160-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) 25-moddasi chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 31-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-327-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 7, 449-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaviy korxona aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas”;
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda) 1381-moddasining birinchi qismidagi “yagona ijtimoiy toʻlovlar” degan soʻzlar “ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-427-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda) 29-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-539-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 264-modda) 14-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 344-moddaning ikkinchi qismi “tashkilotlariga” degan soʻzdan keyin “mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar;
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʻllab-quvvatlash mustasno)”;
3) 378-modda quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan oshmagan holda”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 12-moddasi 2 va 3-bandlarining qoidalari 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
OʻRQ-646-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 19.02.2025-y., 03/25/1031/0160-son)