1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
MINERAL OʻGʻITLAR (AMMIAKLI SELITRADAN TAShQARI), DEFOLIANTLAR VA BOShQA KIMYoVIY MAHSULOTLARNI SOTISh BOʻYIChA YaRMARKA SAVDOLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-fevralda 1450-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 24-iyundagi 272-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1450-1, 24.06.2019-y.) asosan Davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1450-1/3328-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 33-sonli qaroriga muvofiq (“Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-yil 3-son, 33-modda) qaror qilamiz:
1. Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.