1. “Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1450, 2005-yil 16-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 28-maydagi RG-1-7/6-2248-5-son, Moliya vazirligining 2019-yil 13-iyundagi TI/19-02-32-24/992-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 14-dekabrdagi 48-son, 125-son va 02-20/102-son “Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1450, 2005-yil 16-fevral) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
272-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1450-1/3328-son)