Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
1. 2-bandning
toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralariga” degan soʻzlar “notarial idoralarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 7-bandning
yettinchi xatboshisidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
1-ilovadagi jadvalning yettinchi ustunidagi “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar “notarial idoraga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
2 va
3-ilovalarning matnidagi “davlat notarial idorasining” va “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “notarial idoraning” va “notarial idoraga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9-ilova
matnidagi “davlat notarial idorasining” degan soʻzlar “notarial idoraning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.