Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 7-iyuldagi 28, 21-son qarori (roʻyxat raqami 2909, 2017-yil 1-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 785-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalari manzil-maʼlumot byurolari (bundan buyon matnda MMB deb yuritiladi) hamda Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)larining maʼlumotlar bazalari orqali tekshiradi va ularni IIV MvaFRBBga yuboradi.”.
2.
26-banddan “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3.
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. IIV MvaFRBB kelib tushgan roʻyxatlarni tekshiradi va ayni vaqtda ularni IIV Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasiga yuboradi. Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi yetti ish kuni ichida natijalar haqida IIV MvaFRBBga axborot beradi.”.
4.
60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. IIV hududiy boshqarmalarining MvaFRBvaB kelib tushgan hujjatlarni oʻn ish kuni ichida IIV hududiy boshqarmalari MMB va Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)larining maʼlumotlar bazalari orqali tekshiradi hamda ularni IIV MvaFRBBga yuboradi.”.
5. 66-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “(axborot markazi, MMB va boshqalar)” degan soʻzlar “(Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)lari, MMB va boshqalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.