1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ENERGIYA RESURSLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan energiya manbalari narxlarining oshishi, neft va gaz qazib olish, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashishi munosabati bilan hamda issiqlik-energetika majmui tarmoqlari va respublika xalq xoʻjaligining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1992-yil 19-oktabrdan boshlab neft, tabiiy va suyultirilgan gaz, gaz kondensati, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmir isteʼmolchilari bilan hisob-kitoblar shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, budjet, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va aholi bundan mustasnodir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga issiqlik-energetika majmui tarmoqlari boʻyicha rentabellikning cheklangan darajalari toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, budjet va qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va koʻmirni sotish 1992-yil 19-oktabrdan boshlab shartnomaviy narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, lekin ular 1-ilovaga muvofiq oshirishning cheklangan koeffitsiyentlari qoʻllanilgan holda hozirgi vaqtda amal qiluvchi belgilab qoʻyilgan narxlardan yuqori boʻlmasligi kerak.
4. 1992-yil 1-noyabrdan boshlab aholiga sotiladigan issiqlik, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar oshishining cheklangan koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga sotiladigan benzinning imtiyozli narxi 1 litri uchun 10 soʻm miqdorida, har oydagi berish normasini 50 litr qilib belgilagan holda saqlab qolinsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
5. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar neft va neft mahsulotlari, koʻmir, suyultirilgan gaz, tabiiy gaz va gaz kondesati qoldiqlarini shartnomaviy narxlar darajasigacha qayta hisoblab chiqishni amalga oshirsinlar, qayta baholash mablagʻlarini oʻz oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
aholiga sotiladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga imtiyozli narxlar va tariflar belgilanishi munosabati bilan Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvga beriladigan dotatsiyalar miqdorini bir hafta muddat ichida aniqlasin;
bir hafta muddat ichida yoqilgʻi va energiyaning yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda preyskurantlarning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qoʻllanishining toʻgʻriligini doimiy nazorat qilib borsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ulgurji narxlar va tariflarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandidagi yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga ulgurji narxlar va tariflar oʻzgarishining cheklangan miqdorlariga tegishli qismi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benzinini tijorat narxlarida sotish hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qarori, “Respublika shaharlarida yoʻlovchilar tashish tariflari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining shahar va shahar atrofida yoʻlovchilar tashish tariflariga tegishli qismi, “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-iyuldagi 306-son qarori, “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari va tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 14-avgustdagi 381-son qarorining yoqilgʻi-energetika resurslariga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 16-oktabr,
474-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga va budjet tashkilotlariga sotiladigan yoqilgʻi-energetika resurslarining amaldagi belgilab qoʻyilgan ulgurji narxlari va tariflarini oshirishning CHEKLANGAN KOEFFITSIYENTLARI