Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiyani ishlab chiqarish va koʻrsatiladigan xizmatlar xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 17-avgustidan boshlab aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiyaning, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatishning davlat chakana narxlari va tariflarini oshirishning cheklangan miqdorlari
ilovaga muvofiq belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz huquq doiralariga muvofiq yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi chakana narxlari va tariflarini tasdiqlasinlar hamda 1992-yilning 17-avgustidan boshlab joriy etsinlar, preyskurantlarni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga aholiga koʻrsatiladigan sanitariya-tozalash xizmati tariflarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
2. Gaz-ballonli avtomobillar uchun suyultirilgan uglevodorodli yoqilgʻi gaz boʻyicha shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtish amalga oshirilsin.
3. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, vazirliklar hamda idoralarning ishchilar taʼminoti boshqarmalari va ishchilar taʼminoti boʻlimlari, chakana narxlarni oshirish koeffitsiyentidan kelib chiqqan holda, 1992-yilning 17-avgustigacha boʻlgan holati boʻyicha qolgan koʻmirni
ilovaga muvofiq qayta baholab chiqsinlar.
4. Yuqorida koʻrsatilgan tovarlar va xizmatlar guruhiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son
qarori bilan tasdiqlangan chakana narxlar darajasini oshirishning cheklangan narxlari bekor qilinsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.