Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi boshqa mintaqalardan oladigan energiya manbalarining narxlari oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha sotish hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritilib, 1-bandining
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“bozor fondining qolgan 20 foizini urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga A-72, A-76, AI-91, AI-92, AI-93 avtobenzinining 1 litri uchun 4 soʻmdan sotishni tashkil etsin”.