Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
uslubiy koʻrsatmalarga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki maʼmuriy usullar orqali tartibga solish taqiqlanadi.
Qonunosti hujjatlarining loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.”;
2. Quyidagi mazmundagi 581-band bilan toʻldirilsin:
“581. Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi.”.
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan — yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;”;